Boks uzbek tigers kubada cuba domadores bilan jang kiladi — ozbekiston

Boks uzbek tigers kubada cuba domadores bilan jang kiladi — ozbekiston

Boks: uzbek tigers kubada cuba domadores bilan jang k’iladi — o’zbekiston

Uzbek Tigers yarim professional boks klubi Jahon boks seriyasi javob uchrashuvi doirasida Kuba jamoasi bilan uchrashadi. Uchrashuv Kuba poytaxni Gavanada 20 may kuni 5:30 da (Toshkent vak’ti bilan) bo’lib o’tadi.
52 kg: Yosvani Veytiya — Jasurbek Latipov
Osiyo chempioni va ikki karra jahon chempionati sovrindori 25 yoshli Jasurbek Latipov (1?0) hal k’iluvchi jangda ikki karra JCh sovrindori, Markaziy Amerika va Karib havzasi o’yinlari chempioni 25 yoshli Yosvani Veytiya (20?3) bilan bahsga kirishadi.
64 kg: Lasaro Alvares Estrada — Elnur Abduraimov
2015 yilda Osiyo chempionati bronza medali sohibi 22 yoshli Elnur Abduraimov (6?2) yak’indagina OCh oltin medalini ham k’o’lga kiritdi. U WSB chorak finalida uch karra jahon chempioni va Olimpiada o’yinlarining ikki karra bronza medali sohibi Lasaro Alvares Estrada (22?1) bilan bellashadi. Bokschilar 2015 yilgi JCh yarim finalida ham uchrashgan, o’shanda kubalikning k’o’li baland kelgan edi.
69 kg: Ronel Iglesias — Shahram G’iyosov
23 yoshli Shahram) G’iyosov (1?2) o’tgan yili boks olamidagi asosiy k’ahramonlardan biri bo’lgan edi. 2016 yilgi Olimpiada kumush medali sohibi Krishtianu Ronaldu uslubida g’alabani nishonlagan bokschi bu safar ikki karra Olimpiya o’yinlari sovrindori va jahon chempioni 28 yoshli Ronel Iglesias (18?4) bilan uchrashadi. Olimpiada chorak finalida ular bellashgan, o’zbekistonlik bokschi ishonchli g’alabaga erishgan edi.
81 kg: Xulio Sesar la Krus — Bektemir Melik’o’ziev
Nankindagi o’smirlar Olimpiya o’yinlari g’olibi, Osiyo chempioni, jahon va OO’-2016 vise-chempioni 21 yoshli Bektemir Melik’o’ziev (2?1) uch karra jahon chempioni, so’nggi Olimpiya o’yinlari g’olibi 27 yoshli Xulio Sesar la Krus (19?3)ga k’arshi ringga ko’tariladi.
+91 kg: Xose Larduet Gomes — Bahodir Jalolov
22 yoshli Bahodir Jalolov (1?1) yak’indagina bo’lib o’tgan Osiyo chempionatida oltin medalni k’o’lga kiritdi. U 27 yoshli Xose Larduet Gomes (5?2) bilan jang olib boradi.
+91 kg: Yoandri Toirak — Mirzobek Hasanov
23 yoshli Mirzobek Hasanov (3?1) 22 yoshli charm k’o’lk’op sohibi Yoandri Toirak (3?2) k’arshiligini engib o’tishi talab k’iladi. Birok’ bu jang ikki uchrashuv natijasiga ko’ra g’olib anik’lanmasdan, hisob teng bo’lib k’olganda o’tkaziladi.
Eslatib o’tamiz, birinchi uchrashuv Uzbek Tigers foydasiga 3:2 natija bilan tugagan edi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.