Bosh prokuror jasurbek ibragimov olimi yuzasidan tergov harakatlarini shaxsan nazorati ostiga oldi — ozbe

Bosh prokuror jasurbek ibragimov olimi yuzasidan tergov harakatlarini shaxsan nazorati ostiga oldi — ozbe

Bosh prokuror jasurbek ibragimov o’limi yuzasidan tergov harakatlarini shaxsan nazorati ostiga oldi — o’zbekiston

Borovskiy nomidagi Toshkent shahar tibbiyot kolleji o’k’uvchisi Jasurbek Ibragimovning o’lmi bo’yicha jinoiy ishni tergov k’ilish jarayoni O’zbekiston bosh prokurori Ixtiyor Abdullaevning shaxsiy nazorati ostiga olindi. Bu hak’da Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar k’ildi.
Avval xabar k’ilinganidek, 3 may kuni kollejning 2-bosk’ich talabasi 1999 yilda tug’ilgan Jasurbek Ibragimov tan jarohati olib, Toshkent shahar 2-son bolalar jarrohlik shifoxonasiga yotk’izilgan va olgan tan jarohatlari natijasida 1 iyun kuni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida vafot etgan.
Holat yuzasidan Mirobod tumani IIB tomonidan O’zbekiston Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-k’ismi «d» bandi bilan jinoyat ishi k’o’zg’atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishi 4 iyun kuni Toshkent shahar prokuraturasi ish yurituviga k’abul k’ilingan. To’plangan dalillar majmui asosida Islom To’laganov Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-k’ismi «d» bandi bilan ayblanuvchi tarik’asida ishtirok etishga jalb k’ilindi va unga nisbatan «k’amok’» ehtiyot chorasi k’o’llanildi.
Hozirda jinoyatga alok’ador shaxslar doirasini anik’lash yuzasidan tegishli tezkor-tergov harakatlari olib borilmok’da.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.