Bukhoro-miskin temir yulini yotqizish tugallandi navbat — elektrlashtirishga — ozbekiston

Bukhoro-miskin temir yulini yotqizish tugallandi navbat — elektrlashtirishga — ozbekiston

Bukhoro-miskin temir yulini yotqizish tugallandi, navbat — elektrlashtirishga — o’zbekiston

1 sentyabr kuni Bukhoro viloyatining chul hududida 355 kilometrlik «Bukhoro-Miskin» liniyasining sunggi bir necha un metri yotqizildi. Bunyod etilayotgan temir yulning ikki bulagini birlashtirish ishlari 147- va 148-kilometrlar urtasida amalga oshirildi, deb khabar qildi «Uzbekiston temir yullari» AJ matbuot khizmati.
Mazkur temir yul liniyasi qurilishi 2016 yil dekabrida bir vaqtning uzida Bukhoro tumanida va Qoraqalpogistonning Miskin posyolkasida boshlangan edi. Yangi liniya buylab lokomotiv utdi. Birinchi bosqichda u orqali yuk tarkiblari harakati yulga quyiladi. Loyiha qiymati 283,1 mln AQSh dollarini tashkil etdi.
Loyihaning ikkinchi bosqichida liniya tezyurar Afrosiyob poezdi harakatlanishi uchun elektrlashtiriladi. Loyiha muddati va qiymati malum qilingani yuq.
Liniya ishga tushishi bilan Toshkent va Urganch urtasidagi masofa 75 km ga qisqaradi. Hozirda poezdlar Khorazm poytakhtiga «Navoiy-Uchquduq-Miskin» yunalishi buylab qatnamoqda (umumiy masofa — 1064 km).
Yangi liniyani barpo etishda 121 ta suniy inshoot, 12 ta kuprik va 6 ta yul utkazgich, 5 ta stansiya va 5 ta razezd qurildi. 1500 dan ortiq ishchi va mutakhassislar hamda 1000 dan ortiq tekhnika va mekhanizmlar jalb qilindi. Tuproq ishlari hajmi 21,2 million kub metrni tashkil etdi.
«Uzbekiston temir yullari» matbuot khizmatining qayd etishicha, ayni paytda mamlakatdagi temir yullarning umumiy uzunligi «Bukhoro-Miskin» liniyasini hisobga olmaganda 6500 km ni tashkil etadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.