Buxoro viloyatida gaz kazib olish boyicha yangi loyiha ishga tushdi — ozbekiston

Buxoro viloyatida gaz kazib olish boyicha yangi loyiha ishga tushdi — ozbekiston

Buxoro viloyatida gaz k’azib olish bo’yicha yangi loyiha ishga tushdi — o’zbekiston

«O’zbekneftgaz» va CNODC (Xitoy milliy neftgaz korporasiyasi sho’’ba kompaniyasi, CNPC) kompaniyalari ishtirokidagi New Silk Road Oil And Gas korxonasi Buxoro viloyatidagi gaz kondensati konini jihozlashga kirishdi. Bu hak’da «O’zbekneftgaz» kompaniyasi «Gazeta. uz»ga xabar k’ildi.
2013 yilning sentyabrida «O’zbekneftgaz» va CNODC K’orak’o’l investision bloki konini k’o’shimcha razvedka k’ilish va k’azib olishni boshlash bo’yicha korxona tashkil etgan edi. K’orako’l blokida olib borilgan geologik razvedka ishlari natijasida anik’langan Xo’jadavlat, Shark’iy Olot va Dengizko’l konining Xo’jasayat uchastkalaridagi gaz-kondensat konlari mazkur korxona uchun xom ashyo bazasi hisoblanadi.
YAk’inda Xo’jasayat uchastkasida konni jihozlash bo’yicha ishlar boshlanishiga bag’ishlangan rasmiy marosim bo’lib o’tdi. Korxona lisenzion maydonida maydonchasida konni jihozlash hamda 16 ta ekspluatasion k’uduk’ k’urish, bir yilda 1 milliard kub metrgacha tabiiy gaz va 6500 tonna kondensat k’izib olish rejelashtirilgan.
«Prezident Shavkat Mirziyoevning Xitoyga tashrifi va CNPC rahbariyati bilan uchrashuv vak’tida loyihani moliyalashtirish bilan bog’lik’ masalalar hal etilib, bu uni amalga oshirish jarayonini tezlashtirishga imkon berdi», — deb k’ayd etdi xolding vakili. Uning so’zlariga ko’ra, CNPC Xitoy banklari bilan loyihani moliyalashtirish bo’yicha kredit shartnomasini imzoladi.
Loyiha k’iymati 378 mln dollar bo’lib, korxona mablag’lari hamda CNPC kafolati ostidagi Xitoy kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.