Buyuk britaniya norvegiya va chexiya rossiya mezbonlik kiladigan biatlon boyicha jahon kubogiga boykot e

Buyuk britaniya norvegiya va chexiya rossiya mezbonlik kiladigan biatlon boyicha jahon kubogiga boykot e

Buyuk britaniya, norvegiya va chexiya rossiya mezbonlik k’iladigan biatlon bo’yicha jahon kubogiga boykot e’lon k’ildi — o’zbekiston

Buyuk Britaniya, Norvegiya va Chexiya Tyumen shahrida o’tishi ko’zda tutilgan biatlon bo’yicha Jahon Kubogiga boykot e’lon k’ildi. «RIA Novosti»ning k’ayd etishicha, bu k’arorga rossiyalik sportchilar bilan yuz bergan doping mojarolari sabab bo’lgan.
Avvalrok’ Britaniya biatlonchilar uyushmasi shunday k’arorga keldi va biatlonchilar xalk’aro uyushmasini bu hak’da ogohlantirdi. Arizada Norvegiya terma jamoasi ham Rossiyaga tashrifdan bosh tortgani ko’rsatib o’tilgan.
Norvegiyalik biatlonchilar Butunjahon antidoping tashkiloti ro’yxatiga tushib k’olgan barcha rossiyalik sportchilarni diskvalifikasiya k’ilishni talab k’ilgan. Shuningdek, Rossiyada o’tishi ko’zda tutilgan barcha biatlon bo’yicha xalk’aro musobak’alar olib k’o’yilishi kerak degan g’oyani ilgari surgan.
Chexiya tomoni ham Tyumenga bormasligi hak’ida ogohlantirdi. Taxminlarga ko’ra, yak’in orada Fransiya terma jamoasi ham Jahon Kubogida ishtirok etmaslik bayonoti bilan chik’adi.
Ma’lumot uchun, 13 dekabr kuni Rossiyaning Sochi shahri mezbonlik k’ilishi kerak bo’lgan bobsley bo’yicha Jahon Chempionati bekor k’ilingandi. Bobsley xalk’aro federasiyasi bunday og’ir damlarda Rossiyada turnir o’tkazish to’g’ri ish emas deb vaziyatga tushuntirish bergandi.
Bu murojaatdan oldinrok’ AK’Sh, Avstriya va Latviya termalari Sochiga bormasliklari hak’ida aytib o’tgandi. Bunga sabab k’ilib Rossiya bilan bog’lik’ doping mojarolari va Richard Maklaren bayonoti ko’rsatilgandi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.