Davids yuventusning eng katta muammosi bu ronaldu — ozbekiston

Davids yuventusning eng katta muammosi  bu ronaldu — ozbekiston

Davids: yuventusning eng katta muammosi – bu ronaldu — o’zbekiston

«Yuventus» klubi sobik’ futbolchisi Edgar Davids Evropa chempionlar ligasi final oldidan o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
«Chempionlar ligasi finalida favorit yo’k’. O’tgan yili «Real» «Atletiko»ga k’arshi finalni yaxshi boshlagandi, ammo barchasi penaltilar seriyasi bilan yakunlangandi. Bunday o’yinlarda istalgan narsa ro’y berishi mumkin.
«Real» taslim bo’lmas jamoa emas, ammo madridliklar o’z tarkibida 2-3 nafar futbolchi borki, ular katta ishni k’ilishadi. «Yuventus»ning eng katta muammosi — bu Ronaldu. «Yuventus» futbolchilari uning «Atletiko» darvozasiga urgan 3ta golini ko’rishdi.
«Yuventus»ning kuchli himoyasi BBC hujum uchligini to’xtatishga k’odirmi? Shunday futbolchilar borki, ularni to’xtatib bo’lmaydi. Masalan, Messi, Neymar va Suares. Ular sizga gol ura olmasa, demak, omadingiz kelibdi.
Dibala va Iguain – yaxshi hujumchilar, ammo ular Ronaldu darajasida emas.
Buffon? U «Oltin to’p»ga munosib o’yin ko’rsatdi. Jiji «Monako» va «Barselona»ga k’arshi o’yinlarda hal k’iluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Milanda bo’lib o’tgan EChL-2016 finalida Ronaldu kuchli o’yin ko’rsatmadi, ammo u hal k’iluvchi penaltidan gol urdi. Umid k’ilaman, bu safar ish penaltilar seriyasigacha etib borsa, Buffon so’nggi so’zni aytish huk’uk’iga ega bo’ladi», – dedi Davids.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.