Davron fayziev ortamiyonalar sindromi pand berdi — ozbekiston
Davron fayziev: «o’rtamiyonalar sindromi pand berdi» — o’zbekiston
Kecha gul olish uchun do’konga kirdim. Bir zumda o’sha erning o’zida sotuvchilar va xaridorlar ishtirokidagi Chempionlar ligasi o’yinlariga bag’ishlangan tok-shou boshlanib ketdi. 8 mart xarakatlari bilan yugurib yurgan erkaklar sal futbol bilan chalg’idik. YOshi katta bir sotuvchi otaxon savol berdilar:
— Bolam, san yaxshirok’ bilasan-ku, «Barselona» nima k’ilarkin bugun? (bu savol otaxon «Barsa»ga ekanligini bildirardi)
— Yutadi, menimcha…
— E, rahmat, shunak’a deb tur, buyog’dagilar o’yin masalasi hal bo’lgan, deb boshimni k’otirib o’tirishibti. Shularga «bolet» k’ilaman…
Ochig’i, yutadi deb shunchaki javob o’yini natijasini nazarda tutgandim, otaxonning kayfiyatini tushirmaslik uchun «g’alaba k’ozongani bilan, chik’a olmasa kerak», deb gapimni davom ettirmadim. YAxshiyam davom etmagan ekanman.
O’yin tugagach o’sha dialog esimga keldi. Otaxon ham meni eslaganlari anik’ ??
Bunday fantastik o’yinlarning yana bir zo’r tarafi — aynan uchrashuv oldidan va tugagandan keyingi muhokama hamda bahslardir. «Barselona»ga muxlislik k’iladigan do’stlarimni tabriklayman! PSJning muammosi esa — «Barselona»ga k’arshi avtobus uslubidagi himoyaviy uslub bilan o’yinni boshlaganidir. Gap shundaki, «Barsa» deyarli har hafta Ispaniya La Ligasida «avtobus»chilarga k’arshi o’ynaydi va bunday yotib oladigan klublarni mag’lub etish bo’yicha mutaxassis bo’lib ketgan. Emeri murabbiylik faoliyatining katta k’ismini La Ligada o’tkazgan va unda Kamp Noudagi o’rtacha jamoalar sindromi sak’lanib k’olibdi. YA’ni maydonga tushmasdan ruhan mag’lub bo’lish.
Nima bo’lganda ham tarixiy o’yinga guvoh bo’ldik, mazza k’ildik!
Davron FAYZIEV,
«O’zReportTV» telekanali sharhlovchisi
Комментарии 0