Davron fayziev saviyamiz khitoynikidan past bulsa jchga chiqib nima qilamiz — ozbekiston

Davron fayziev: «saviyamiz khitoynikidan past bulsa, jchga chiqib nima qilamiz» — o’zbekiston
Shu bir hafta Uzbekiston futboli tarikhida yangi yorqin sahifani ochishi mumkin. Ikkita uta muhim uyin va undagi galaba milliy jamoamizni JCh-2018 final bosqichiga olib chiqadi. Ha, bu ishni amalga oshirish oson bulmaydi, lekin uddalash mumkin.
Kupchilikning fikricha, termamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan taktika tanlash, shogirdlarini uyinga tayyorlash bobida khitoylik va koreyalik hamkasblariga yon beryapti. Bu fikrga kup jihatdan qushilish mumkin.
Ayniqsa, italiyalik Marchello Lippi masalasida. Uz vaqtida Italiya termasini jahon chempioniga aylantirgan mutakhassis kelgach, Chin yurti vakillari uyinida ijobiy uzgarish kuzatildi.
Biz oldinda turgan ikki bellashuv yuzasidan taniqli futbol sharhlovchisi Davron Fayzievdan intervyu oldik(Suhbat 28 avgustda utkazilgan).
— Davron, hozirda kupchilik milliy jamoamiz bosh murabbiyini aniq bir uyin uslubi, taktikasi yuqligi, uyinning borishiga qarab, uni uzgartirib yuborish qobiliyatiga ega emaslikda ayblayapti. Bu masalada fikringiz qanday?
— Bilasizmi, Khitoy termasini shu paytgacha maglub etib kelganmiz va bu borada ortiqcha muammoga duch kelmaganmiz. Navbatdagi tuqnashuvimizda ham galaba qozonishimizga ishonyapman.
Garchi Chin yurti jamoasiga Marchello Lippi ustozlik qilayotgan bulsada, futbolchilarimiz bu ishni uddalay olishadi. Saviya buyicha taqqoslasak, biz Khitoydan ustunmiz. Termamiz tarkibida tajribali ijrochilar jamlangan. Aynan shu tomondan ham bizning ustunligimiz bor.
— Tugriku-ya, lekin italiyalik mutakhassis qisqa fursatda Khitoy termasi uyinini ijobiy tomonga uzgartira oldi. Shu jihatdan 31 avgust kuni utkaziladigan bahsda khitoyliklar bizga chinakam bosh-ogriq bulishlari mumkin…
— Fikringizga qushilaman. Lekin Lippi shu kungacha uz darajasidan past uyin namoyish etgan Khitoyni asl darajasiga olib chiqa oldi, kholos. Hech qachon boshdan baland sakrab bulmaydi.
Shakhsan men hozirgi Khitoy darajasini Uzbekiston termasidan ustun deb hisoblamayman. Agar saviyamiz ularnikidan past bulsa, unda jahon chempionatiga chiqib nima qilamiz?
Mundial yullanmasi uchun kurashayotgan jamoa oldida Khitoyni maglub eta olarmikan, degan savollarning paydo bulishi biroz kulgili holat. Tarkibimizdagi futbolchilarning aksariyati tajribali. Ularda hech qanday qurquv yuq. Shunchaki, bu futbolchilarga kayfiyatni bera olish kerak.
— Usha kayfiyatni kim beradi?
— Birinchi navbatda, futbolchilarning uzlari bunga ishonishlari lozim. Yani, ularda Khitoy va Janubiy Koreya termalarini maglub etishga zarracha shubha qolmasligi darkor.
Ikkinchidan, bosh murabbiy muhim uyinlar oldidan shogirdlarining ruhiyatini kutara olishi shart. Uchinchidan, mukhlislar futbolchilarga ishonch bildirib, ularga muhim pallada ruhiy dalda bulishlari kerak.
Agar hozir uyinchilar, murabbiylarga tanqid toshlari otishda davom etilsa, bu zararga ishlashi mumkin. Shu bois, hamma yagona maqsad yulida birlashishi lozim.
— Keling, maydonni shakhmat doskasiga qiyoslaymiz. Uning ikki tomonida grossmeysterlar, yani bosh murabbiylar, takhtadagi sipohlar esa — futbolchilar. Ikki grossmeys-ter — Lippi va Babayanning taktik yurishida kimni ustun deb hisoblaysiz?
— Marchello Lippiga alohida tarif berish shart bulmasa kerak. Shu jihatdan olib qarasak, bu ikki murabbiyni solishtirish, taqqoslashga hojat yuq. Hamma kimning ustun ekanligini juda yakhshi bilib turibdi.
Lippi jahon futbolida olamshumul yutuqlarga erishgan. Marchelloning birgina Italiyani jahon chempioni qilganining uzi kup savollarga javob beradi. Shakhsiy fikrim, bu uyin-da kup narsa futbolchilarga bogliq buladi.
Agar ular chindan ham mundialga chiqishni istashsa, raqibni maglub etishadi. Buyuk Khitoy devori mahv etilsa, Toshkentdagi bahs chinakamiga finalga aylanadi. Bu superuchrashuv barcha rekordlarni yangilaydi.
— Aksariyat mutakhassislar va mukhlislarning fikricha, hozirgi Janubiy Koreya avvalgidek kuchli emas, garchi tarkibida yulduzlari bulsa ham…
— Ushbu mamlakat futboli rahbarlari Qatardan qabul qilingan maglubiyatdan sung jamoaga mahalliy mutakhassisni bosh murabbiy etib tayinlashdi. Hozir koreyalik mutakhassisning termada qanday islohotlar olib borayotganini bilmaymiz.
Nafaqat biz, balki milliy jamoamiz murabbiylar shtabi ham bundan bekhabarlar, hoynahoy. Bilganimiz, u J. Koreya olimpiya termasini Olimpiadaga olib chiqib, mazkur musobaqadagi munosib ishtirokni taminladi.
Demak, bu mutakhassisning qanday salohiyatiga ega ekanligi shundoq kurinib turibdi. Agar usha yondashuv, usha uyin bulsa, koreyaliklardan katta khavf kutish mumkin.
Eshitishimcha, 5 sentyabr kungi bahsda raqiblarimizning ayrim yulduzlari maydonga tushmas ekan. Bu yakhshi khabar. Zero uzaro uchrashuvlarda aynan koreyaliklarning etakchilari uyin taqdirini hal qilib kelishgan.
J. Koreya — Eron tuqnashuvi natijasini kutib utirish kerak emas. Chunki hozir hammasi uz qulimizda, ikkita bahsda zafar quchsak, jahon chempionati eshiklari biz uchun ochiladi.
— «Uzreport» telekanali bu mavsum uz mukhlislariga qaysi chempionatlarni namoyish etishni rejalashtirgan?
— Birinchi navbatda, EChL va EL uchrashuvlarini aytib utish lozim. Qolaversa, utgan mavsumda bulgani kabi, mukhlislar Ispaniya va Angliya chempionatlarining jonli translyasiyalaridan ham bahramand bulishlari mumkin.
Комментарии 0