Devis kubogi ozbekiston janubiy koreyaga karshi birinchi uchrashuvni otkazdi — ozbekiston

Devis kubogi: o’zbekiston janubiy koreyaga k’arshi birinchi uchrashuvni o’tkazdi — o’zbekiston

Tennis bo’yicha O’zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari 3 fevral kuni Janubiy Koreyaning Kimchxon shahrida Devis Kubogi birinchi raundining birinchi kunini 1:1 hisobida yakunladi.
Devis Kubogi (Davis Cup) — erkaklar tennisida yirik xalk’aro jamoaviy musobak’a. 1900 yildan buyon o’tkazib kelinmok’da, 1979 yildan boshlab Xalk’aro tennis federasiyasi shafeligida tashkil etiladi. Turli mamlakatlardan tennischilar jamoasi o’zaro o’ynaydi va mag’lub jamoa musobak’ani tark etadi. Kubokning joriy sohibi — Argentina termasi.
Birinchi o’yinda Sanjar Fayziev (jahon reytingida 367-o’rinda) Janubiy Koreyaning birinchi rak’amli tennischisi Xyon Chondan (73) 2:3 — 6/4, 6/4, 6/7(7), 4/6, 6/0 hisobida mag’lub bo’ldi. O’zbekistonlik tennischi 13 ta eys, 3 ta breykni amalga oshirib, 7 ta ketma-ket xatoga yo’l k’o’ydi. Uning rak’ibi esa 7 breyk, 15 ta eysni amalga oshirib, ikkinchi zarbada 13 marta xatoga yo’l k’o’ydi.
Denis Istomin (80) to’rt setda Dak Xi Lini (139) 1:3 — 6/4, 2/6, 6/7(7), 4/6 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. O’zbekistonning birinchi raketkachisi 17 ta eys, 4 ta breykni amalga oshirib, 4 ta ketma-ket xatoga yo’l k’o’ydi. Uning rak’ibi ikkinchi zarbada 6 marta xatoga yo’l k’o’yib, 3 ta eys va 2 ta breykni amalga oshirdi.
Shanba kuni Istomin va Fayziev Xyon Chona va YOn Kyu Lim (444) duetiga k’arshi o’ynaydi.
O’zbekiston va Janubiy Koreya Osiyo/Okeaniya zonasida I guruhdan joy olgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.