Dori vositalari narxlari cheklanadi — ozbekiston

Dori vositalari narxlari cheklanadi — o’zbekiston
Ozbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev tomonidan Ozbekiston Prezidentining Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar togrisidagi karori imzolandi.
Hujjatda aholi va tibbiyot muassasalarining arzon va sifatli dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirish, ularning narxini belgilash boyicha ochik-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatda arzon va sifatli preparatlar bolishiga karamasdan tashxis koyish va davolash standartlarida kozda tutilmagan hamda asosan kimmat import dori-darmon vositalarini tavsiya etish kabi nomakbul amaliyotning oldini olish va kelgusida Bunday holatlarga yol koymaslik choralari belgilangan.
Karorda 2017 yilning 1 yanvaridan chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mamlakatimiz ishlab chikaruvchilaridan sotib olinadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish, ularni etkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan kat’i nazar, ulgurji savdo uchun sotib olingan kiymatidan 15 foizdan, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortik bolmagan mikdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari kollanilishi belgilanmokda.
Shu bilan birga, tibbiyotda keng kollaniladigan 167 nomdagi ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmon vositalari va 22 turdagi tibbiyot buyumlari uchun muayyan narxlar belgilanmokda. Bu narxlar davolash muassasalari va aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni tizimli asosda nazorat kilish boyicha tashkil etiladigan Respublika komissiyasi tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun jahon narxlari kon’yunkturasini tahlil kilish asosida ornatilgan tartibda har chorakda belgilanadi.
Mazkur komissiya zimmasiga, shuningdek:
mamlakat farmasevtika bozorining, jumladan, respublikamizda ishlab chikarilayotgan asosiy dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanganlik darajasini tizimli ravishda tahlil etish va otkazilgan tahlil asosida dori-darmon vositalari hamda tibbiyot buyumlari turlarini diversifikasiya kilish, mamlakatimiz bozorini etarli darajada toldirishga doir takliflar ishlab chikish, aholini dori-darmonlar bilan ta’minlashga mas’ul davlat organlari faoliyatini takomillashtirish;narxlarini belgilash boyicha alohida tartib ornatiladigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari royxatiga ozgartish va koshimchalar kiritish, shuningdek, tashxis koyish va davolash standartlariga ozgartish hamda koshimchalar kiritilgan takdirda karorlar kabul kilish;royxatga kiritilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari narxlariga rioya etilishini nazorat kilish tadbirlarining amalga oshirilishini monitoring kilish va boshka muhim vazifalar yuklatilgan.
Yukorida korsatilgan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari Ozbekiston Soglikni saklash vazirligi tomonidan belgilanadigan kvotalar boyicha mamlakatimizda tegishli faoliyat bilan shugullanish lisenziyasiga ega ulgurji va ulgurji-chakana kompaniyalar ortasida tender otkazish asosida chetdan xarid kilinadi. Bunday tenderlarni otkazish Ozbekiston Respublikasi Tashki iktisodiy alokalar, investisiyalar va savdo vazirligi zimmasiga yuklangan.
Ozbekiston Xususiylashtirish, monopoliyadan chikarish va rakobatni rivojlantirish davlat komitasi hamda Soglikni saklash vazirligi dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shugullanadigan tashkilotlar tomonidan narxlarni davlat tomonidan belgilangan tartibga rioya etilishini bevosita nazorat kiladi.
Mazkur karorda dori-darmon vositalarini togri tavsiya etish, tashxis koyish, davolash hamda klinik protokollar standartlarini barcha tibbiyot muassasalariga, jumladan, foydalanish uchun ochik bolgan axborot tizimlari orkali etkazish, ularga rioya etilishini kat’iy nazorat kilish maksadida xalkaro amaliyotga muvofik asosiy kasalliklarga tashxis koyish, ularni davolash va klinik protokollar standartlarini takomillashtirishga doir vazifalar belgilangan.
Karorda eng muhim dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarining barcha dorixonalar uchun majburiy yangilangan minimal royxati, shifokor reseptisiz beriladigan dori-darmon vositalari royxatini tasdiklash;
yuridik shaxslar tomonidan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlariga narx belgilash tartibi kopol buzilganligi uchun lisenziyani bekor kilish kozda tutilgan.
Ozbekiston Prezidentining kabul kilingan ushbu karorining hayotga tatbik etilishi ichki bozorni arzon va sifatli dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan yanada tolik ta’minlash, narx belgilash boyicha ochik-oshkora mexanizmni joriy etish, mamlakatda arzon va sifatli preparatlar bolishiga karamasdan, tashxis koyish va davolash standartlarida kozda tutilmagan hamda asosan kimmat import dori vositalarini tavsiya etish boyicha nomakbul amaliyotning oldini olish va kelgusida Bunday hollarga yol koymaslik imkonini beradi.
Mazkur barcha chora-tadbirlar, birinchi navbatda, aholini sifatli va arzon dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga, aholining salomatligini yanada mustahkamlashga xizmat kiladi.
Комментарии 0