Dori vositalari va farmasevtika faoliyati tugrisidagi qonunga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida —

Dori vositalari va farmasevtika faoliyati tugrisidagi qonunga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida —

«dori vositalari va farmasevtika faoliyati tugrisida»gi qonunga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 12 avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009 yil 28 avgustda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 1997 yil 25 aprelda qabul qilingan «Dori vositalari va farmasevtika faoliyati tugrisida»gi 415-I-sonli Qonuniga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 1997 yil, № 4-5, 120-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Akhborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda) quyidagi uzgartish va qushimchalar kiritilsin:
1) 2-modda:
ikkinchi khatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«dori vositalari — kelib chiqishi tabiiy va suniy bulgan bir yoki bir nechta dori moddalari (substansiyalar) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasallikning oldini olish, tashkhis quyish va davolash uchun qullashga rukhsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga immunobiologik, radiofarmasevtik va parafarmasevtik preparatlar, gomeopatik, tashkhis quyish va sterilizasiya vositalari, shuningdek dori vositalarini ishlab chiqarish va tayyorlash uchun muljallangan dori moddalari (substansiyalar) kiradi»;
un ettinchi khatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«tibbiy buyumlar — kasallikning oldini olish, tashkhis quyish va davolash uchun tibbiyotda qullaniladigan buyumlar»;
quyidagi mazmundagi un sakkizinchi, un tuqqizinchi va yigirmanchi khatboshilar bilan tuldirilsin:
«qalbakilashtirilgan dori vositasi — tarkibi va (yoki) ishlab chiqaruvchisi haqida yolgon malumot ilova qilingan dori vositasi;
sifatsiz dori vositasi — yaroqsiz holga kelgan dori vositasi va (yoki) yaroqlilik muddati utgan dori vositasi;
Uzbekiston Respublikasida ruykhatdan utkazilgan dori vositalarining gayriqonuniy nuskhalari — intellektual mulk tugrisidagi qonun hujjatlari buzilgan holda muomalaga kiritilgan dori vositalari»;
2) 7-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Uzbekiston Respublikasida davlat ruykhatidan utkazilmagan dori vositalarini, qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek Uzbekiston Respublikasida ruykhatdan utkazilgan dori vositalarining gayriqonuniy nuskhalarini ishlab chiqarish taqiqlanadi»;
3) 13-moddaning beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Qalbakilashtirilgan va ruykhatdan utkazilmagan dori vositalarini, shuningdek Uzbekiston Respublikasida ruykhatdan utkazilgan dori vositalarining gayriqonuniy nuskhalarini realizasiya qilish taqiqlanadi.
Sifatsiz dori vositalarini realizasiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi»;
4) 14-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini, shuningdek Uzbekiston Respublikasida ruykhatdan utkazilgan dori vositalarining gayriqonuniy nuskhalarini Uzbekiston Respublikasi hududiga import qilish taqiqlanadi».
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2009 yil 18 sentyabrdagi 184 (4847)-sonida elon qilingan.
Uzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009 yil 17 sentyabr,
URQ-222-son
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2009 y., 38-son, 416-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.