Dunyo ozbeklari — ismat xushev — ozbekiston

Dunyo ozbeklari — ismat xushev — ozbekiston

Dunyo o’zbeklari — ismat xushev — o’zbekiston

“Dunyo O’zbeklari” o’k’uvchilariga!
Biz anchadan bo’yon dunyo o’zbeklari hak’ida ko’ngil k’o’yib o’k’iydigan, ularning orzu – o’y, k’uvonch va k’ayg’usini baham ko’radigan
bir sayt – mustak’il internet gazeta ochishni niyat k’ilib yurgan edik.
Ne baxtki, bugun bizning bu azaliy orzu-umidimiz ushaldi!
Biz o’zbek xalk’ining dunyoga sochilib ketgan turli k’atlamlarini saytimiz bilan hamkorlik k’ilishga chorlarkanmiz, ular fisk’u-fasod va hak’oratdan iborat – “ko’cha”ning gapini emas, balki odamlar k’albini o’rtayotgan – millatning dardini bizga yo’llaydilar deb umid k’ilamiz.
O’zini O’zbekiston rejimiga muxolif deb bilgan vatandoshlarimizning sog’lom fikr va mulohazalaridan iborat tank’idiy k’arashlari bayon etilgan mak’ola va suhbatlarga ham saytimizda keng o’rin beriladi.
(O’zbekiston hak’ida ijobiy va afsonaviy gap so’zlarni o’k’ishni istaganlar mamlakatda chik’ayotgan gazeta-jurnallarga bemalol murojaat k’ilishlari mumkin)…
Lekin bu mak’olalar diniy radikalizm va k’urolli k’o’zg’olonga chorlash yo’lidagi goh oshkor, goh yashirin hatti-harakatlardan xoli bo’lishi shart!
Eshigimiz hammaga ochik’. Xolis niyat bilan millat uchun k’ayg’uradigan, uning k’uvonch va tashvishini baham ko’radigan, o’zbek xalk’ining dardi bilan yonadigan butun dunyo uchun – keng ochik’.
Biz o’z sahifamizga ulug’ bobomiz Amir Temur o’gitlarini bosh shior k’ilib olishga k’aror berdik.
Dunyoning uchdan bir k’ismini egallagan buyuk jahongir har bir k’adamini mana shu shioriga amal k’ilgan holda, adolatni hamma joyda ustivor k’ilib k’o’yganligini jahon biladi.
Amir Temurning zurriyodlariga k’oldirgan vasiyatnomasidagi eng so’nggi nasihati: “Bolalarim, ittifok’ bo’lsangiz – butun dunyo Sizniki, agar noittifok’ bo’lsangiz – biz k’urgan saltanatni ham barbod k’ilasiz” degan so’zlardan iborat bo’lgan ekan.
Ota-onamiz ko’chaga ilk k’adam k’o’yganimizda ham, “Bolalarim, mahalla-ko’y bilan ittifok’ bo’linglar” deyishardi.
Darhak’ik’at, biz ittifok’ bo’lishimiz kerak. Nafak’at mahalla kuy bilan, balki butun dunyo bilan ittifok’ bo’lishimiz kerak.
Dunyo o’zbeklari bugun o’zbek saltanatini kimning k’o’lidan kimga olib berishni emas, balki o’z’aro ahil va ittifok’ bo’lib Vatan va yurt, millat tak’diri hak’ida bosh k’otirishni o’zining asosiy mak’sadi deb biladi.
Ana o’shandagina biz o’z podshohimizdan Amur Temur tuzuklarida yozilganidek – bizni ADOLAT me’zonlariga amal k’ilib boshk’arishni talab k’ilishga hak’li bo’lamiz.
Agar u bizni eshitmasa, ulug’ bobomizning “Kuch adolatda!” degan ak’idasini amalda isbot k’ilib, uni eshitishga majbur k’ila olamiz.
Afsuski, biz hali bunday k’udratga ega emasmiz. Buning sababi esa oddiy – biz tark’ok’ va noittifok’miz!
Amur Temur bobomizning oltin vasiyatlariga amal k’ilmaganimiz uchun ham biz o’zbeklar bugun butun dunyoga tarik’dek sochilib ketdik…
Bobomiz o’z tuzuklarida: ”Davlat ishlarining to’k’k’iz ulushini – kengash, tadbir va mashvarat, k’olgan bir ulushini – k’ilich bilan amalga oshirdim” degan edilar.
Bu – Amir Temur adolatining ustivor cho’k’k’isi edi!
Afsuski, bugun O’zbekistonda davlat ishlarining bir ulushi – kengash, tadbir va mashvarat bilan, k’olgan to’k’k’iz ulushi – k’ilich (kuch) bilan amalga oshirilmok’da…
“K’ay bir joydan bir g’isht olsam, o’rniga o’n g’isht k’o’ydirdim, bir daraxt kestirsam, o’rniga yuz ko’chat ektirdim” deganlar Amur Temur.
Bugun O’zbekistonda bobomizning bu so’zlariga amal k’ilinmaganligi uchun ham, shahar va k’ishlok’larimiz o’rta asrlardagiday xarob, uning o’rmon va daraxtlari kesilib, o’tinga – “ko’mir”ga aylandi.
Bir paytlar yam-yashil yaylov va vodiydan iborat bo’lgan mamlakat bugun k’urib tamom bo’lish arafasida…
Amir Temur o’z tuzuk va nasihatlarini har safar “Farzandlarim” deb boshlaganida u albatta bizni – kelajak avlodni xam nazarda tutganligiga shubha yo’k’.
Bobomizning adolat va ittifok’lik hak’idagi bu o’gitlarini K’ashk’adaryo farzandi bo’lganim uchun ham yuragimga bir karra yak’inrok’ olaman.
Negaki, Kitobdagi mening k’ishlog’imdan bor yo’g’i bir necha chak’irim narida – Shahrisabzning Xo’ja Ilg’orida tug’ilgan Amir Temur bobomning bu so’zlari uning farzandlari k’atorida men uchun ham birday taalluk’li deb bilaman.
K’olaversa, uning bu nasihat va o’g’itlari butun dunyo o’zbeklariga ham bab — baravar alok’ador.
Biz – uning nabiralari ulug’ bobomiz vasiyatlariga amal k’ilib, birlashishimiz, o’z’aro ahil va ittifok’ bo’lishimiz kerak!
“Dunyo o’zbeklari” sayti ana shu ezgu-mak’sad yo’lidagi xayrli va savobli ishlarimizda bizga kamarbasta bo’ladi deb umid k’ilamiz.
Ismat Xushev,
“Dunyo o’zbeklari” Bosh muharriri.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.