Echl chorak final monako ertagi davom etadi — ozbekiston

Echl chorak final monako ertagi davom etadi — ozbekiston

Echl, chorak final. monako ertagi davom etadi — o’zbekiston

Evropa chempionlar ligasining chorak final bosk’ichi doirasida «Borussiya» va «Monako» o’rtasidagi o’yin kecha bo’lib o’tishi kerak edi. Ammo dortmundliklar avtobusi oldida yuz bergan portlashlar ork’ali uchrashuv bugunga k’oldirilgandi.
Germaniyaliklar kechagi vok’eadan o’ziga kelishga ulgurmagandi shekilli, ular o’z o’yinlarini namoyish k’ila olishmadi, aynik’sa, birinchi bo’limda. O’yinning 15-dak’ik’asida «Monako»ning yosh hujumchisi Mbeppe tezlik bilan himoyachidan o’tib ketdi, ammo Sokratis uni tortib yik’itdi. Belgilangan penaltidan esa Fabino samarali foydalana olmadi — uning zarbasi noanik’ chik’di.
Oradan 2 dak’ik’a o’tib, mehmonlar baribir o’z mak’sadlariga erishishdi. Chap k’anotdan etkazilgan uzatma natijasida to’p Mbeppening tizzasiga tegib, to’rga borib tushdi. K’anot hakami hujumchining biroz ofsaydda turganini k’ayd eta olmadi.
Shu bilan «Dortmund»ning omadsizligi tugab k’olmadi. O’yinning 35-dak’ik’asida chap k’anotdan etkazilgan uzatmani Sven Bender bosh bilan o’z darvozasiga burib yubordi — 0:2.
Tanaffusga k’adar mezbonlar vaziyatni o’zgartirish uchun hech k’anday chora k’o’llay olishmadi. Tanaffusda esa Tomas Tuxel shogirdlari kerakli ko’rsatmalarni berdi va birdaniga 2ta o’zgarishni amalga oshirdi. Aynik’sa, Pulishich «Borussiya»ning o’ng k’anotini kuchaytirdi. Bahsning 57-dak’ik’asiga kelib dortmundliklar dastlabki javob to’pini kiritishdi. Chap k’anotdan jarima maydonchasiga etkazilgan to’p yo’nalishini Obameyang tovoni bilan burdi. Natijada Kagava va Dembele posbon k’arshisida yolg’iz k’olishdi. YAponiyalik futbolchining uzatmasini Usmon darvozaga joylab k’o’ydi.
Fransiyaliklar k’olgan dak’ik’alarda ishonchli himoyalanishda davom etishdi. «Borussiya» himoyachilarining k’o’pol xatosi mezbonlarni yana k’iyin ahvolga solib k’o’ydi. Maydon markaziga yak’in joyda to’pni bir-birlariga oshirayotgan himoyachilardan Mbeppe to’pni o’g’irlab ketdi va yakkama-yakka vaziyatga chik’ib, germaniyaliklar darvozasiga uchinchi golni urdi.
Oradan ko’p o’tmasdan, «Dortmund» ikkinchi javob golini urishga muvaffak’ bo’ldi. O’ng k’anotdan berilgan uzatmani Kagava rak’ib jarima maydonchasida egallab oldi va bir himoyachini aldab, darvozani ishg’ol k’ildi.
Ikkinchi bo’limga k’o’shib berilgan dak’ik’alarda mezbonlar hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. Ammo Dembele o’ng k’anotdan etkazgan uzatmani Obameyang darvozabon maydonchasi ichida bosh bilan darvozaga joylay olmadi.
Shu tarik’a, «Monako» safarda 3:2 hisobida g’alaba k’ozondi va yarim finalga chik’ish uchun juda yaxshi imkoniyat hosil k’ilib oldi. Javob o’yini 1 haftadan keyin Monako shahrida bo’lib o’tadi.
EChL, Chorak final, dastlabki o’yin
«BORUSSIYA D» — «MONAKO» 2:3 (0:2)
12 aprel, 21.45, «Signal Iduna Park»
Gollar: 0:1 – 19 Mbappe, 0:2 – 35, avtogol Bender, 1:2 – 57 Dembele, 1:3 – 79 Mbappe, 2:3 – 84 Kagava.
Noanik’ penalti: Fabino (35, «Monako»)
Borussiya D – Byurki, Papastatopulos, Ginter, Shmelser (Pulishich, 46), Gerreyru, Vaygl, Bender (Shaxin, 46), Kagava, Pishchek, Obameyang, Dembele.
Monako – Subashich, Glik, Fabino, Radji, Jemerson, Lemar, Bernardu Silva (Dirar, 66), Mbappe, Moutinyu, Ture, Falkao (Jermen, 85).
Ogohlantirishlar: Papastatopulos (16), Ginter (40), Jemerson (46), Lemar (58), Dirar (69), Fabino (81), Subashich (87).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.