Echl final bugun yuventus — real madrid — ozbekiston

Echl. final. bugun yuventus — real madrid! — o’zbekiston
Bugun Evropada mavsumni yakunlab beruvchi eng so’nggi o’yin bo’lib o’tadi. Lekin k’anday o’yin bu?! Ko’hna k’it’aning eng nufuzli musobak’asi g’olibini anik’lab beradigan o’yinga bahsin k’anday jamoalar etib kelishdi?!
«Real» Evropa chempionlar ligasini anchayin «o’ziniki» k’ilib oldi. Madridliklar, nihoyat, EChLni ketma-ket 2 marta yutib chik’k’an dastlabki klubga aylanishi mumkin. Buning uchun Zidan shogirdlarida barcha imkoniyat bor. Mavsum so’nggiga kelib «K’irollik klubi» yaxshi formaga kirdi, futbolchilarning barchasi ajoyib formada. Fak’at EChL finali oldidan yuzaga kelgan 2 haftalik oralik’ jamoani o’yin ritmidan biroz uzok’lashtirib k’o’ymagan bo’lsa bo’lgan. Nazarimizda, unday emas, aksincha, Zidan jamoani o’ta muhim uchrashuvga mak’sadli tayyorlay olgan.
«Yuventus» ham ushbu mavsumda yo’lida uchragan rak’iblarni ayab o’tirmadi. Turinliklarda Evropaning kamdan-kam jamoalariga nasib etgan «trebl» k’ilish imkoniyati bor. «Kaksa sinora» Italiya tomonlarda ham chempionlik, ham kubokni k’o’lga kiritib bo’ldi. Endi navbat — Evropa chempionlar ligasiga. Metin himoya va ishonchli darvozabon har k’anday jamoaning asabini egovlashi anik’. «Yuventus»da jamoaviy o’yin yaxshi shakllangan, klub ham yaxshi o’yin tonusida. YAna bir marta harakat k’ilinsa, nihoyat, Buffon boshchiligidagi yigitlar k’itaning bosh sovriniga ega chik’ishadi.
Xullas, bizni juda k’izik’arli o’yin kutib turibdi. Kim g’olib chik’sa, bunga hak’li ravishda erishadi. Bir-biriga mos jamoalar.
Demak, bugun Uels poytaxti — Kardiff shahri. «Millenium» stadioni. Toshkent vak’ti bilan 23:45. Uchrashuvni birgalikda tomosha k’ilamiz. Saytdan uzok’lashmang, matnli onlayn translyasiyani bizda kuzatib boring. Hammasi ajoyib bo’ladi.
Комментарии 0