Echl real ketma-ket ikkita chempionlikni uddaladi — ozbekiston

Echl real ketma-ket ikkita chempionlikni uddaladi — ozbekiston

Echl. real ketma-ket ikkita chempionlikni uddaladi! — o’zbekiston

Evropa chempionlar ligasining navbatdagi g’olibi anik’landi. «Real» klubi finalda «Yuventus» ustidan ishonchli g’alabani k’o’lga kiritdi.
Biroz kutilmaganda, Allegri shogirdlari o’yinni katta tashabbus bilan boshlashdi. Dastlabki 10 dak’ik’a ichida ular «Real» darvozasi tomon bosim uyushtirishdi. Iguain tomonidan bosh bilan va uzok’ masofadan oyok’ berilgan zarbalarni Navas k’aytarishga muvaffak’ bo’ldi. Madridliklar asta-sekin to’pni nazorat k’ila boshladilar, ammo ular hisob ochuvchi golni k’arshi hujum ork’ali kiritishdi. Kroos chap k’anotdan oldinga o’tdi va to’p Benzema ork’ali Ronalduga etkazildi. Krishtianu to’pni o’ng k’anotdan yordamga kelgan Karvaxalga berdi va o’zi jarima maydonchasiga kirdi. Daniel to’pni Ronalduning o’ziga etkazdi. Portugaliyalik futbolchi 13-14 metrlardan zarba berib, darvozani ishg’ol k’ildi. To’p yo’l-yo’lakay Bonuchchining oyog’iga tekkani Buffonning ishini og’irlashtirdi.
«Keksa sinora» hisobni ancha tez va juda chiroyli tarzda tenglashtirdi. Aleks Sandro chap k’anotdan jarima maydonchasiga etkazgan to’pni Iguain k’abul k’ildi va Manjukichga uzatdi. Mario to’pni ko’kragi bilan o’ziga bo’ysundirib, akrobatik uslubda zarba berdi. To’p Keylorning ustida oshib o’tib, to’rga borib tushdi.
Tomonlar bittadan gol almashganlaridan keyin ehtiyotkorlikni oshirishdi. Goh u, goh bu jamoa to’pni nazorat k’ildi, ammo tanaffusga k’adar muxlislar boshk’a gol ko’rishmadi.
Ikkinchi bo’limda esa o’yin boshidagi «Yuve»dan asar ham k’olmadi. «Madrid» o’yinni to’la o’z nazoratiga oldi. Natijada «Real» g’alabani o’z tomoniga og’dirdi. Uchrashuvning 61-dak’ik’asida Kazemiro kutilmaganda olis masofadan zarba berdi. To’p Xediraning oyog’iga tegib, o’z yo’nalishini o’zgartirdi va darvoza burchagiga borib tushdi.
«Zebralar» hali o’zlariga kelib ulgurmasidan Ronaldu rak’ibga yana bir «tarsaki» tushirdi. Karvaxal o’ng k’anotdan oldinga o’tayotgan Modrichga uzatma berdi hamda Luka to’pni darvozabon maydonchasiga etkazdi. Ronaldu k’aerdandir paydo bo’ldi va yak’in masofadan darvozani ishg’ol k’ildi.
Ushbu gol «Yuventus»ni butunlay sindirib bo’ldi. O’yin so’ngida hakamlar Kuadradoni nohak’ maydondan chetlatishgani ham hech narsani hal k’ilmadi, desak bo’ladi. Asosiy vak’tning so’nggi dak’ik’asida «K’irollik klubi» hisobni yirik ko’rinishga keltirdi. Marselo chap k’anotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va ajoyib uzatma berdi. Asnesio yak’in masofadan darvozani zabt etdi.
Shu tarik’a, «Real» Evropa chempionlar ligasi tarixida ketma-ket ikki marta g’oliblikni k’o’lga kiritgan ilk jamoaga, Zidan esa shunday sharafli unvonga ega bo’lgan dastlabki mutaxassisga ega bo’ldi.
Evropa chempionlar ligasi, final
«YuVENTUS» — «REAL MADRID» 1:4 (1:1)
3 iyun, 23.45, «National Stadium»
Gollar: 0:1 – 20 Ronaldu, 1:1 – 27 Mandjukich, 1:2 – 61 Kazemiro, 1:3 – 64 Ronaldu, 1:4 – 90 Asensio.
Yuventus – Buffon, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bardzali (Kuadrado, 66), Pyanich (Markizio, 70), Xedira, Dani Alves, Mandjukich, Iguain, Dibala (Lemina, 78).
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos (Morata, 89), Kazemiro, Isko (Asensio, 82), Modrich, Ronaldu, Benzema (Beyl, 77).
Ogohlantirishlar: Dibala (12), Ramos (31), Karvaxal (42), Kroos (53), Pyanich (66), Aleks Sandro (70), Kuadrado (72).
Chetlatish: Kuadrado (84).

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.