Eizdagi biznes muammolardan xalos etilmagan — ozbekiston

Eizdagi biznes muammolardan xalos etilmagan — ozbekiston

Eizdagi biznes muammolardan xalos etilmagan — o’zbekiston

Erkin ik’tisodiy zonalarda faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkorlar byurokratik sansalorliklar, elektr va gaz ta’minotidagi uzilishlar hamda boshk’a muammolardan himoyalanganmagani O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi (SSP) tashkil etgan navbatdagi uchrashuvdan ma’lum bo’ldi. Yuk’orida tilga olingan masalalar Prezidentning «Urgut», «G’ijduvon», «K’o’k’on» va «Hazorasp» erkin ik’tisodiy zonalarini tashkil etish to’g’risida»gi farmoni (12 yanvar) imzolanganidan so’ng yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi.
Biznes vakillarining fikricha, yangi EIZlarga investorlarni jalb k’ilish uchun dastavval mavjud EIZlardagi muammolar hal etilishi lozim (O’zbekistonda «Navoiy», «Jizzax» va «Angren» EIZlar faoliyat ko’rsatmok’da). Davlat rahbarining oktyabrdagi «Erkin ik’tisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir k’o’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmoni k’abul k’ilinishi bilan avvalgi imtiyozlar o’z kuchini yo’k’otdi. Bu hak’da Navoiy viloyatidan kelgan bojxona hujjatlarini rasmiylashtirish bo’yicha mutaxassis Yunus Otaboev ma’lum k’ildi.
«Mohiyatiga ko’ra faoliyatimizga ijobiy ta’sir ko’rsatishi kerak bo’lgan Prezident farmoni imzolandi, birok’ hujjat chik’k’anidan so’ng bizdan bojxona to’lovlari va solik’larni to’lik’ hajmda to’lashni talab k’ilish boshlandi. YAngi aktlar chik’ar ekan, yo ular ishlamayapti, yoki boshk’a aktlarga k’arshi bo’lib k’olayapti. Sizlardan Navoiyga borish, mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashish va ularning muammolarini eshitishingizni iltimos k’ilaman», — deb davom ettirdi u.
Davlat bojxona k’o’mitasi bo’lim boshlig’i Jasur Saidaliev bu kabi holatlarning mavjudligini tan oldi. Farmonning bojxona to’lovlaridan ozod k’ilish to’g’risidagi bandida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdik’lanadigan materiallar, xom ashyo va uskunalar ro’yxati kiritilgan edi. Birok’ ushbu ro’yxatning o’zi bo’lmagani uchun bojxona organlari tadbirkorlarga imtiyozlar tak’dim eta olmagan. DBK’ vakili hujjatga o’zgartish kiritilgani va tez orada kuchga kirishini ma’lum k’ildi. Bunda etkazilgan zararlar k’ayta hisob-kitob k’ilinib, to’lanadi.
«O’zbekenergo» va «O’ztransgaz» eng ko’p tank’idlar ostida k’oldi. «O’zvinosanoat-xolding» vakili Temur Tashtanovning fikricha, ishlab chik’aruvchilar uchun eng dolzarb muammo, bu — energiya va gazni uzluksiz etkazib berish bo’yicha kafolatning mavjud emasligidadir.
«Biz tez-tez bark’aror gaz va energiya ta’minotining kafolatlanmagani muammosi bilan to’k’nash kelamiz. Masalan, mahsulot ishlab chik’aramiz va ishlab chik’arish jarayonining k’ok’ o’rtasida chirok’ o’chadi. Uch kundan keyin elektr energiyasi etkazilishi bilan bog’lik’ muammo hal bo’ladi, lekin mahsulot endi yarok’siz. Va hech kim etkazilgan zarar uchun javobgarlikni bo’yniga olmaydi. Bizga har safar muammoni hal etishlari kerak emas, ularning hech k’achon bo’lmasligini xohlaymiz», — dedi u.
Lochin Asbob-Uskuna kompaniyasi direktori maslahatchisi Xurshid Bo’riev EIZda loyihalarni amalga oshirishning barcha jarayonlarini — er ajratishdan tortib, ob’ekt k’urilishigacha k’ayta ko’rib chik’ishni taklif k’ildi. U hujjatlarni yig’ishga k’ariyb yarim yil sarflagani, birok’ haligacha ish boshlanmaganini aytib o’tdi.
«Ma’muriyatning [EIZ] er uchastkasini ajratish to’g’risidagi k’arorini olish uchun 20 ta muassasadan hujjat to’plash kerak. Bu shunchaki ak’lbovar k’ilmas kuchni talab k’iladi. Masalan, ekologik nazorat boshk’armasidan loyihani tuzish va ekspertiza o’tkazish uchun 48 kun vak’t ketdi, vaholanki k’onunchilikda 30 kun k’ilib belgilangan. Keyingi masala — texnik sharoitlarni olish, anik’rog’i gaz va elektr energiyasi limitini belgilash hak’ida. Loyiha instituti bunga 120 kVt elektr energiyasi ketishi ma’lum k’ildi, ayni paytdaelektr tarmok’lari hududiy bo’linmasi fak’atgina 40 kVt berishga tayyor. Xuddi shunday holat gaz bilan ham ro’y beradi. Biz bittagina muhrni bostirish uchun ko’p hajmdagi vak’tni yo’k’otayapmiz. Juda ko’p k’onun va farmonlar k’abul k’ilindi, birok’ ularning hammasi ham hayotimizni k’amrab olayotgani yo’k’. Agarda vaziyat o’zgarmasa, yangi EIZlarda ham tadbirkorlarga oson bo’lmaydi», — deya k’ayd etdi Bo’riev.
«Auto Pad Sistems» K’K asoschisi Asad Hikmatov mahalliy hom ashyoni xarid k’ilishdagi murakkabliklarni aytib o’tdi. «Biz ikki yildan buyon faoliyat ko’rsatayapmiz, birok’ hozircha eksport k’ila olganimiz yo’k’. Muammo shundaki, yak’in vak’tgacha biz 100 foiz xom ashyoni Xitoydan xarid k’ilar edik. Tashish xarajatlari sababli dastlabki material narxi Xitoydagi tayyor mahsulot narxi bilan k’ariyb bir xil bo’lib k’olayapti. Biz 20 foiz resursni O’zbekistondan sotib olishga muvaffak’ bo’ldik, birok’ bu rak’am 80 foizga k’adar ortishi mumkin. Buning uchun olimlarning yordami kerak».
Mahalliy xom ashyodan foydalanish masalasi birvarakayiga bir k’ancha uchrashuv ishtirokchilari tomonidan ko’tarib chik’ildi. Davlat organlari vakillari ishchi guruh shaklida hududlarga chik’ib, k’abul k’ilingan hujjatlar ijrosini muhokama k’ilish, EIZlarda faoliyat ko’rsatayotgan kompaniyalardan to’g’ridan-to’g’ri fikrlarni olishi yo’lga k’o’yilishini ma’lum k’ildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.