Ekokapsula elektrokar ozi kuvvatlanuvchi telefon — ozbekiston ekspo-2017 — ozbekiston

Ekokapsula elektrokar ozi kuvvatlanuvchi telefon — ozbekiston ekspo-2017 — ozbekiston

Ekokapsula, elektrokar, o’zi k’uvvatlanuvchi telefon — o’zbekiston ekspo-2017 — o’zbekiston

Ostona shahrida «Kelajak energiyasi» shiori ostida bo’lib o’tayotgan «EKSPO-2017» xalk’aro ko’rgazmasida O’zbekiston tashrif buyuruvchilar e’tiboriga k’ator kelajak ishlanmalarini tak’dim etmok’da.
«O’zekspomarkaz»dan «Gazeta. uz»ga xabar k’ilinishicha, O’zbekiston pavilonida mamlakatning ilmiy, ishlab chik’arish va sayyohlik salohiyati namoyish etilmok’da.
Ikki k’avatli avtonom ekokapsula «ak’lli uy» loyihasi bo’yicha ishlab chik’ilgan bo’lib, k’uyosh panellari bilan jihozlangan. Undan borish k’iyin bo’lgan joylarda, masalan ekspedisiya va razvedka ishlaridan foydalanish mumkin. Kapsula bir kishiga mo’ljallangan hamda sovitish, isitish, o’t o’chirish va multimedia texnologiyalari bilan ta’minlangan.
YAna bir k’izik’arli ishlanma — k’uyosh energiyasidagi konseptual elektromobil modeli. Uning tom k’ismidagi fotopanellar akkumulyator va ikkita elektromotorni k’uvvatlantiradi. Mashina avtoturargohda k’uyosh stansiyasidan k’uvvat oladi.
Ekspozisiyada harakat vak’tida suvdan vodorodni ajratib oluvchi gidroliz k’urilmasi bilan ta’minlangan gibrid Matiz avtomobili ham tak’dim etilgan. Model ayni vak’tdan sinovdan o’tkazilmok’da.
Tashrif buyuruvchilar mexanik soat tamoyili asosida o’zini o’zi k’uvvatlovchi AR 2025 smartfoni prototipi bilan ham tanishmok’da.
Vodorodli payvandlash uskunasi loyihasi, mualliflar so’zlariga ko’ra, fak’atgina suv talab k’ilib, katta samaradorlik va tejamkorlik xususiyatiga ega.
Bionik k’o’l — masofadan boshk’ariluvchi k’o’l-robot, kashfiyotchilarning ishonch bildirishicha, inson k’o’lini 100 foiz takrorlaydi.
Bundan tashk’ari, ko’rgazma va muzeylarda gidlik k’ilishi mumkin bo’lgan robot-gid ham tak’dim etilmok’da. Robot eksponatlar oralab rejalashtirilgandek yoki tashrif buyuruvchilar shakllantirgan yo’nalish bo’yicha harakatlanishi mumkin.
O’zbekiston pavilonining ikkinchi k’avatida sayyohlik zonasi tashkil etilgan. Bu erda arxitektura yodgorliklari va mamlakatning dik’k’atga sazovor maskanlari nusxalari joylashtirilgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.