Elchi buyuk britaniya ozbekistondagi islohotlar rejasini kollab-kuvvatlaydi — ozbekiston

Elchi buyuk britaniya ozbekistondagi islohotlar rejasini kollab-kuvvatlaydi — ozbekiston

Elchi: buyuk britaniya o’zbekistondagi islohotlar rejasini k’o’llab-k’uvvatlaydi — o’zbekiston

Buyuk Britaniya O’zbekistondagi islohotlar rejasini k’o’llab-k’uvvatlaydi va O’zbekistonning kelajagi porlok’ ekaniga ishonadi. Bu hak’da 17 fevral kuni ikki mamlakat o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatilganining 25 yilligiga bag’ishlangan matbuot anjumanida Buyuk Britaniya elchisi Kristofer Allan ma’lum k’ildi.
Elchi O’zbekistonning biznes muhitni yaxshilash, korrupsiyaga barham berish va chet el investisiyalarini jalb k’ilish yo’lidagi intilishi juda muhim va ijobiy k’adam ekanligini ta’kidlab o’tdi. U hukumatning onlayn portal va boshk’a baholash mexanizmlari ork’ali aholi bilan alok’asini yaxshilashga k’aratilgan o’zgarishlar ko’plab ijobiy natijalarni berayotganini ma’lum k’ildi.
Buyuk Britaniya k’o’lidan kelgancha ushbu islohotlarga O’zbekiston institutlari bilan tajriba almashish ork’ali yoki salohiyatini oshirishni moliyalashtirish ork’ali yordam berishdan mamnun, dedi elchi.
Joriy yilda Buyuk Britaniya elchixonasi hukumatning ik’tisodiyot, oshkoralik, javobgarlik va jinoyat-adliya tizimidagi islohotlarni k’o’llab-k’uvvatlashga yo’naltirilgan loyihalarni moliyalashtirishga 500 mingbri AK’Sh dollaridan ko’prok’ sarmoya kiritishni ko’zlagan. Shu bilan birga, Jahon Banki, Osiyo tarak’k’iyot banki va Evropa Ittifok’ining asosiy donorlaridan biri bo’lgan Buyuk Britaniya har yili O’zbekistonning rivojlanishi uchun ko’plab million dollarli grantlar va imtiyozli kreditlar ajratib kelmok’da, deb ta’kidladi diplomatik missiya rahbari.
O’zbekiston tashk’i ik’tisodiy alok’alar, investisiyalar va savdo vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, 2016 yilda O’zbekiston va Buyuk Britaniya o’rtasidagi tovar ayriboshlash hajmi 151,3 mln dollarni tashkil etib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 43 foizlik o’sish k’ayd etildi. O’zbekistondan k’ora metallar va paxta eksport k’ilingan bo’lsa, Buyuk Britaniyadan — xizmatlar, texnika va k’urilmalar, ximikatlar, farmasevtik vositalar va iste’mol tovarlari import k’ilingan.
Buyuk Britaniya O’zbekiston bilan savdo, ik’tisodiyot va investision hamkorlikni kuchaytirish, o’zbek va britan kompaniyalari o’rtasidan bevosita alok’alarni o’rnatish, savdo missiyalarining k’atnovini ko’paytirish, jumladan, Savdo va sanoat bo’yicha O’zbekiston-Britaniya Kengashi (O’BSSK) ork’ali amalga oshirish yo’lida davom etmok’da, deb k’ayd etdi Kristofev Allan. Kengash 1994 yildan buyon muntazam yig’ilishlar o’tkazib keladi. Noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan kengash yig’ilishiga tashrif buyurgan britan kompaniyalari soni rekord darajaga etdi. Joriy yilda O’BSSK yig’ilishi Londonda bo’lib o’tadi.
Elchi Buyuk Britaniya va O’zbekiston munosabatlarida mudofaa sohasining muhim roliga urg’u berdi va Afg’onistondagi harbiy operasiyaning tranzitini tashkil k’ilishda O’zbekistonning yordamiga o’z minnatdorchiligini izhor etdi. U Buyuk Britaniya harbiy akademiyalar tomonidan mudofaa sohasidagi ta’lim kelishuvini imzolagan birinchi davlat bo’lganini k’o’shimcha k’ildi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.