Emelyanenko mitrion bilan revansh jang utkazishni istayman — ozbekiston

Emelyanenko mitrion bilan revansh jang utkazishni istayman — ozbekiston

Emelyanenko: «mitrion bilan revansh jang utkazishni istayman» — o’zbekiston

Rossiyalik yakkakurashchi Fyodor Emelyanenko Bellator 180 turnirida Mett Mitrion bilan kechgan jangda nokautga uchragach, raqibini revanshga chaqirdi.
«Men Mitrion bilan revansh utkazishni istardim, chunki jang ikki tomonlama yakhshi kechayotgandi, shunchaki Mett ertaroq uzini tiklab oldi.
Bugungi maglubiyatga keladigan bulsak, jangga bor kuchimni ishga solib tayyorgarlik kurdim, shunday ekan, menda imkon bor edi, tayyorgarlik jarayonida hech narsani uzgartirmagan bulardim. Men khuddi shu murabbiy rahbarligi ostida va khuddi shu sparring-sheriklarim bilan tayyorlangan bulardim», — dedi Emelyanenko turnirdan keyingi matbuot anjumanida.
Eslatib utamiz, amerikalik Mett Mitrionga qarshi jang qilgan rossiyalik sportchi 74-soniyadayoq maglubiyatga uchradi. Har ikki sportchi bir-biriga nokdaunga tushirib quyadigan zarba berdi. Bunda Mett raqibidan tezroq uziga keldi va uni bir yula nokautga uchratgan edi.
Nyu-Yorkdagi jangga qadar 38 yoshli Mitrion 12 ta jangda zafar quchgan bulib, 11 tasida raqiblarini nokaut qilgan va 5 ta jangni boy bergandi. Emelyanenko esa ayni paytda 40 yoshda.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.