Enrikening barselonadagi eng yomon xotiralari — ozbekiston

Enrikening barselonadagi eng yomon xotiralari — o’zbekiston
La Liganing navbatdagi turida «Sporting» Xixonni yirik hisobda mag’lubiyatga uchratgan «Barselona» kelasi mavsumdan yangi murabbiy k’o’li ostida maydonga tushadigan bo’ldi.
Kataloniyaliklar ustozi Luis Enrike o’yindan so’ng jamoa bilan shartnomasini uzaytirmasligini ma’lum k’ildi. Fursatdan foydalanib, Goal. com nashri Luis Enrikening «Barselona»dagi eng yomon xotiralarini tuzib chik’di.
Ilk “El klasiko”dagi mag’lubiyat – 2014 yil oktyabrida birinchi marotaba MSN bilan maydonga tushgan Enrike “Real”dan ilk mag’lubiyatini k’abul k’ilib oldi. Ronaldu, Pepe, Benzemaning gollari evaziga “Real”ning derbida k’o’li baland keldi.
“Atletik” Bilbaoda uchralgan yirik mag’lubiyat (4-0) – Enrike ilk mavsumidayok’ jamoasi bilan beshta sovrinni yutib oldi. Agarda jamoa Ispaniya Superkubogida “Atletik” Bilbaodan engilmaganida 100 %lik natija ko’rsatgan bo’lardi. Safarda 4-0 hisobida mag’lubiyatga uchragan kataloniyaliklar o’z uylarida 1-1 o’ynab oltinchi sovrinni boy bergan edi.
“Selta”dan uchralgan mag’lubiyatlar – “Balaidos”da o’tkazilgan ikki uchrashuvda kataloniyaliklar o’z darvozalaridan nak’ 8 gol o’tkazib yubordi. 2015 yil sentyabrida 4-1, 2016 yil oktyabrida 4-3 hisobida Enrike shogirdlari og’ir mag’lubiyatlarni k’abul k’ilib oldi.
“El klasiko”dagi ikkinchi mag’lubiyat – 2016 yil 2-aprel kuni madridliklar bu safar “Kamp Nou”da g’alaba k’ozondi. Serxio Ramosning maydondan chetlatilib kamchilik bo’lib k’olganiga k’aramay, “Real” yakunda “Barselona”ni mag’lub eta oldi.
Chempionlar Ligasida “Atletiko”dan uchralgan mag’lubiyat – 2016 yil aprel oyida, Chempionlar Ligasi chorak final bosk’ichida “Atletiko” Madrid bilan to’k’nash kelgan Enrike jamoasi ikki o’yin yakuniga ko’ra 3-2 hisobida mag’lubiyatga uchradi va musobak’ani erta tark etdi.
“Alaves”dan uchralgan mag’lubiyat – Luis Enrike shogirdlari 2016 yil sentyabr oyida musobak’a debyutanti “Alaves”dan kutilmaganda mag’lubiyatga uchradi. Ikkinchi bo’limda Inesta, Messi, Suareslarning o’yinga k’o’shilishi ham kataloniyaliklarni mag’lubiyatdan k’utk’ara olmadi.
“PSJ”dan uchralgan yirik mag’lubiyat – Chempionlar Ligasi nimchorak final bosk’ichida Parijga musobak’a favoriti mak’omida yo’l olgan Enrike jamoasi parijliklardan k’ak’shatkich zarba k’abul k’ilib oldi. 4-0 hisobida mag’lubiyatga uchragan “Barselona” musobak’ani bu mavsum ham erta yakunlaydigan bo’lib turibdi.
Комментарии 0