Erkak va ayolning namozining farki — ozbekiston

Erkak va ayolning namozining farki — ozbekiston

Erkak va ayolning namozining fark’i — o’zbekiston

Erkak va ayolning namozidagi fark’
Bismillahir rohmanir rohiym
Barcha mak’tovlar Allohga xosdir. Biz Unga hamd va istig’forlar aytib, undan nafsimizning shumligi va amallarimizning yomonligidan panoh so’raymiz. Alloh hidoyat k’ilgan kimsani adashtiruvchi, adashtirgan kimsani to’g’ri yo’lga soluvchi zot yo’k’dir. Men «YAgona, sheriksiz Allohdan boshk’a iloh yo’k’ va Muhammad Uning bandasi va rasulidir» deb guvohlik beraman.
«Ey mo’minlar, Allohdan hak’-rost k’o’rk’ish bilan k’o’rk’inglar va fak’at musulmon bo’lgan hollaringda dunyodan o’tinglar!» (Oli Imron: 102).
«Ey insonlar! Sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratgan va undan juftini vujudga keltirgan hamda u ikkovidan ko’p erkak va ayollarni tark’atgan Robbingizdan k’o’rk’ingiz! YAna oralaringizdagi savol-javoblarda o’rtaga nomi solinadigan Allohdan k’o’rk’ingiz va k’arindosh-urug’laringiz (bilan ajralib ketishdan k’o’rk’ingiz)! Albatta Alloh ustingizda kuzatuvchi bo’lgan zotdir» (Niso: 1).
«Ey mo’minlar, Allohdan k’o’rk’inglar, to’g’ri so’zni so’zlanglar! (Shunda Alloh) ishlaringizni o’nglar va gunohlaringizni mag’firat k’ilar. Kim Allohga va Uning payg’ambariga itoat etsa, bas u ulug’ baxtga erishibdi» (Ahzob: 70, 71).
So’ng…
Darhak’ik’at, so’zlarning rosti – Allohning Kalomi, yo’llarning yaxshisi – Muhammad sollallohu alayhi va sallamning yo’li, ishlarning yomoni – (dinda) yangi paydo k’ilinganlari, (dinda) yangi paydo k’ilingan barcha narsa bid’at, barcha bid’at – zalolat, barcha zalolat esa jahannamga eltuvchidir.[1]
Namoz asoslarida erkak bilan ayol kishining namozi o’rtasida hech k’anday fark’ yo’k’. Rosululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: «Men k’anday namoz o’k’iyotganimni ko’rgan bo’lsangiz, xuddi shunday namoz o’k’ing!» (Buxoriy 631, 6008).
Bu buyruk’ har k’anday namozga tegishlidir, bu farz namozlari bo’ladimi yoki nafl bo’ladimi, ummatning hamma a’zosiga tegishli, erkak bo’ladimi yoki ayolmi, k’ariyami yoki yoshmi.
Bir muhim k’oidani bilib olshimiz lozim, Alloh taoloning dinida Allohning yoki Uning Payg’ambarining (sollallohu alayhi va sallam) har k’anday buyrug’i istisnosiz hammaga tegishlidir, fak’atgina dalil bilan fark’lanmasagina.
Bir kishiga murojaat butun ummatga murojaatni o’z ichiga oladi, xuddi shunday erkaklarga k’ilingan murojaat ayollarga murojaatni o’z ichiga oladi. Bu masala hususida Ahli-Sunna ichida ixtilof yo’k’.
Alloh taolo aytadi:
«Xoh erkak, xoh ayol bo’lsin — kimda-kim mo’min bo’lgan holida yaxshi amallardan k’ilsa, ana o’sha kishilar jannatga kirurlar va ularga zarracha zulm k’ilinmas» (Nisa: 124).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat k’ilinadi: «Bir kuni Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam), o’rnida ho’llik topgan, lekin uyk’usida ehtilom bo’lgani eslolmagan kishi hak’ida so’raldilar. U kishi aytdilar: «U g’usl k’ilishi lozim». U kishi shahvoniy tush ko’rgan, ammo ho’llik ko’rmagan kishi hak’ida so’ralganlarida, aytdilar: «U g’usl k’ilishi shart emas». Shunda Ummu Sulaym so’radi: «Agar ayol kishi tushida shu kabi narsani ko’rsa g’usl k’ilishi shartmi?». Javob berib aytdilar: «Ha, albatta, ayollar erkaklarning birodarlaridir!»» (Abu Dovud 236, Termiziy 113. Imom Ibn al-K’atan va shayx Alboniy bu hadisni sahihligini tasdik’lashdi).
Bu hadisni sharhida Imom Xattobiy aytdilar: «Bu hadisdan tushuniladiki, agar murojaat erkaklarga k’aratilgan bo’lsa, bunga ayollar ham kiradi. Fak’atgina ba’zi belgilangan o’rinlarda, anik’ dalillar hukmni ajratib bayon k’ilgani bundan mustasno» (Ma’alimu-Ssunan 1/161).
Xuddi shunday k’avlni Shayx Shamsulhak’ Azim Adabiy ham keltiradilar. U kishi Imom Abu Dovudning hadislar to’plamiga mashhur sharhni yozganlar («Avnul-Ma’bud» 1/295).
Bu zarur k’oidani bilib olganimizdan keyin, erkaklar bilan ayollarning namozida bu yoki u holatda fark’ bor deydiganlarga aytamizki: Bu gapingizga dalil keltiring!
Ha, sajdada va tashahhudda o’tirganda ayollar erkaklarga o’xshamasligi hak’ida uchta hadis bor. Bu hadislardan biri mursaldir, uni Abu Dovud «al-Marosil»da 118 rak’am bilan rivoyat k’iladilar. Mursal – shunday hadiski, uning sanadida tobein bilan Payg’ambarimiz (sollallohu alayhi va salllam) orasidagi roviy tushib k’olgan («Nuzhatun-nazar» 43). Bunday hadis dalil sifatida k’abul k’ilinmaydi.
K’olgan ikki hadis esa, ularning sanadi to’lik’, ammo ikkisi ham zaifdir. Bu hadislarni imom Bayhak’iy rivoyat k’ilib aytadilar: «Bu masala (erkak bilan ayolning namozi fark’liligi) borasida esa ikkita zaif hadis rivoyat k’ilinadi. Ularga asoslanish mumkin emas!» («Sunan al-kubro» 2/222).
Shunday ekan, namozni ado k’ilishda erkak bilan ayolni orasida fark’ borligiga dalolat k’iluvchi biror sahih hadis yo’k’. Buning aksi, salaflarimizdan rivoyat k’ilingan asalar, erkak bilan ayolni namozi orasida fark’ yo’k’ligini tasdik’laydi. Imom Buxoriy rivoyat k’iladilar: «Ummu Dardo namozda erkaklar o’tirgani kabi o’tirardi, u fak’iha ayol edi» («Sahih al-Buxoriy» 1/123).
Ammo olimlar orasida bu k’aysi Ummu Dardo ekani hak’ida ixtilof bor, sahobiyami yoki tobeinlardanmi? Chunki, Abu Dardoning ikkita xotinlari bo’lgan. Hofiz Ibn Hajar bu erda kichik Ummu Dardo ekanligini ixtiyor k’ildi, Buxoriyni o’zi esa kattasini ixtiyor k’ildi, chunki uni o’zi aytdi, u fak’iha edi deb. Shu sababdan o’zining «Sahih»larida dalil sifatida rivoyat k’ildi. Hatto Ibn Hajarni o’zi, bu bobning nomining ma’nosini sharhlab va Buxoriy shu bobda Ummu Dardodan rivoyatni keltirganini aytib, shunday dedi: «Buning sabablaridan biri shuki, erkak bilan ayolni namozni ado k’ilishida fark’ yo’k’ligidir» («Fathul Boriy» 1/356).
Ammo, erkaklar bilan ayollarning namozi o’rtasida ba’zi fark’lar borki, bunga Sunnat dalolat k’iladi. Bu k’uyidagilardir:
1. Avratni berkitish. Bunda ular fark’lidirlar, chunki ayol kishi erkaklardan fark’li o’larok’, kaft va yuzidan boshk’a butun badanini berkitishi lozim.
2. Erkaklardan ork’ada namoz o’k’ishlari lozim. Imomning xatosiga ayollar chapak chalish bilan ishora k’ilishadi, erkaklar «Subhanalloh» deyishlik bilan.
3. Agar ayol bir erkak bilan namoz o’k’isa, masalan akasi yoki eri bilan, ayol kishi ork’ada turadi. Ikki erkak esa yonma-yon turishadi.
4. Agar ayollar o’zaro jamoat bo’lib namoz o’k’ishsa, erkaklardan fark’li ravishda, imom birinchi k’atordagi ayollarni orasida turadi. Oisha (roziyallohu anho) shunday k’ilganlar.
5. Erkaklardan fark’i, ayollar uchun jamoat namozidagi eng yaxshi k’ator ork’adagisi (erkaklardan uzok’rog’i). Erkaklar uchun eng yaxshi k’ator avvalgisidir.
6. Ayol kishi erkaklar uchun azon va ik’omat aytmaydi, ammo o’zaro bu ishni k’ilishlari mumkin. Bu Oishadan (roziyallohu anho) rivoyat k’ilinadi.
7. Begona erkaklar borligida namozni ovoz chik’arib o’k’imaydi.
8. Ular uchun namozni jamoat bilan ado k’ilish vojib hisoblanmaydi, erkaklarda esa aksincha («al-Mug’niy» 1/488, 2/258, 328, «al-Majmu’» 3/429, 455).
Namozning o’zini ado k’ilish borasida esa hech k’anday fark’ yo’k’, na k’iyomda, na k’o’l ko’tarishda, na k’o’llarni ko’krakka k’o’yishda, na ruku’da, na sajdada va na tashahhudga o’tirishda fark’ yo’k’.
Ammo ba’zi imomlarning ayol kishi k’o’llarini badaniga tekkizishi va sik’ilibrok’ namoz o’k’ishini yaxshirok’ deb bilishganlari esa, ularning bunday chegaralashlariga biror sahih hadis yo’k’. Bu shartlarga imom Ibn Hazm raddiya berib, bu hak’ida biror dalil yo’k’ligini aytganlar («al-Muhalla» 4/124).
Kim aksini gapirsa dalil keltirishi shartdir («Sahih fik’hus-Sunna» 1/345-346).
Vallohu a’lam.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.