Erkaklardagi ortikcha vaznning sabablari — ozbekiston

Erkaklardagi ortik’cha vaznning sabablari — o’zbekiston
Reklama roliklari va jurnallarda ortik’cha vaznga ega bo’lmagan xushbichim erkaklar suratlari k’o’yiladi. Ular sog’lom va ko’rkam hisoblanadi. Birok’ bu asosan plakat va suratlarda shunday. Ko’chada esa biz ortik’cha vaznli va hatto semizlikdan nafasi sik’adigan erkaklarni uchratamiz. Vazn yig’ilishining ko’p ovk’atlanish kabi oddiy sababi bilan birga biz bilmagan yashirin sabablari ham talaygina. Xushbichim bo’lishni istaysizmi — faol hayot tarziga rioya k’iling.
Gormonlar jangi
Erkaklarda gormonal fonning buzilishi vaznning nazoratdan chik’ishiga olib kelar ekan. Bu nima degani? Erkak kishi sog’lom hayot tarzini olib borib, 2-3 marta sport zaliga k’atnagan tak’dirda ham, vazn to’plashi mumkin. «Gormonal vazn» — bu ortik’cha 3-5 kilogramm. Bu muammoni endokrinolog yoki malakali psixolog hal k’iladi.
Real hayotdagi bulimiya
To’g’risini aytganda, erkaklar ham parhez k’ilishadi hamda bulimiya va hatto anoreksiyadan aziyat chekishadi. Bu vazn to’plashning yana bir jiddiy sababidir. Erkaklar ularda bulimiya bo’lishi mumkin emas deb o’ylab adashishadi, keyin esa uni enterolog va dietologlar tavsiyasi asosida davolashadi.
Noto’g’ri ovk’atlanish dasturi
Muntazam ravishda zalda shug’ullanuvchi kishilar maxsus ishlab chik’ilgan dastur asosida ozik’lanishadi va shu yo’l bilan vazn to’plashadi. Tegishli bilimga ega bo’lmagan zal murabbiyi tomonidan ishlab chik’ilgan ozik’lanish dasturi organizm uchun sekin ta’sir k’iluvchi bomba kabidir. Katta jismoniy harakatlar amalga oshirilgan tak’dirda ham insonning vazn to’plashi — organizmda nimadir noto’g’ri ketayotganiga ishora k’iluvchi birinchi belgi.
Gipodinamiya
Erkaklar 30 yoshdan keyin ikki karra ko’p harakatlanishi kerak, chunki moddalar almashinuvi sekinlashadi, yog’ k’atlamlarining shakllanish jarayoni esa tezlashadi. Bu yoshda fak’at juda faol hayot tarzini olib boruvchi kishilargina xushbichimlikni sak’lab k’olishadi. «Men haftada 3 marta zalga chik’aman» varianti bu yoshda ketmaydi, organizm bu ritmga o’rgangan va unga ortik’cha kuch sarflamaydi — organizmni 25-28 yoshdagidan ko’prok’ energiya sarflashga majbur k’ilish kerak.
Комментарии 0