Erkin iktisodiy zonalar yangi imtiyozlarga ega boldi — ozbekiston

Erkin iktisodiy zonalar yangi imtiyozlarga ega boldi — ozbekiston

Erkin iktisodiy zonalar yangi imtiyozlarga ega boldi — o’zbekiston

Ozbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev 26 oktyabr kuni Erkin iktisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir koshimcha chora-tadbirlar togrisidagi farmonga imzo chekdi. Hujjatda Navoiy erkin industrial-iktisodiy zonasi, Angren va Jizzax maxsus industrial zonalari nomini birxillashtirish maksadida ularni Navoiy, Angren va Jizzax erkin iktisodiy zonalar deb atash belgilandi.
Farmonda kayd etilishicha, mazkur hujjat mamlakatda yukori texnologiyali yangi ishlab chikarish kuvvatlarini tashkil etish, hududlarni rakobatdosh va eksportga yonaltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab chikarishni ozlashtirishga yanada faol jalb kilish, ishlab chikarish, muhandislik-kommunikasiya, yol-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal rivojlantirishni ta’minlash uchun togridan-togri xorijiy investisiyalarni jalb etishni kengaytirishning eng muhim omili sifatida erkin iktisodiy zonalarni izchil rivojlantirish borasida yanada kulay shart-sharoitlar yaratish maksadida kabul kilindi.
Kuyidagilar Navoiy, Angren va Jizzax erkin iktisodiy zonalari (keyingi orinlarda — erkin iktisodiy zonalar) faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yonalishlari etib belgilandi:
xorijiy investorlarga mamlakatimiz iktisodiyotining real sektorlariga investisiya kiritishi uchun yanada kulay sharoitlar yaratish maksadida erkin iktisodiy zonalar uchun yagona hukukiy rejimni belgilash, solik va bojxona imtiyozlari, preferensiyalarni birxillashtirish;mahalliy mineral-xomashyo resurslarini chukur kayta ishlaydigan va yukori koshimcha kiymatga ega rakobatdosh mahsulotlar ishlab chikaradigan yukori texnologiyali va mahalliylashtiriladigan zamonaviy korxonalarni tashkil kilish uchun togridan-togri investisiyalarni, avvalambor, xorijiy investisiyalarni faol jalb etish, erkin iktisodiy zonalarning muayyan sohaga ixtisoslashuvini kollab-kuvvatlash va ularda sanoat kooperasiyasini rivojlantirish;erkin iktisodiy zonalarda yagona darcha tamoyili asosida barcha turdagi davlat xizmatlarini korsatishga, jumladan, ruxsat berish tartib-taomillariga boskichma-boskich otish;ishlab chikarish, muhandislik-kommunikasiya, yol-transport va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish, shuningdek, sifatli logistika xizmatlari korsatish boyicha zamonaviy infratuzilmani shakllantirish;oliy, orta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarida erkin iktisodiy zonalarning soha kadrlariga bolgan hozirgi va istikboldagi ehtiyojlaridan kelib chikib, ularning erkin iktisodiy zonalarda joylashgan korxonalarda ishlab chikarish amaliyotini otashini nazarda tutgan holda, yukori malakali mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish.
Erkin iktisodiy zonalar ishtirokchilari kuyidagi tolovlardan ozod kilindi:
er soligi, daromad soligi, yuridik shaxslar mulk soligi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligi, mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona solik tolovi, shuningdek, Respublika yol jamgarmasi va Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashkari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya kilish, kapital ta’mirlash va jihozlash jamgarmasiga majburiy ajratmalaridan;ozining ishlab chikarish ehtiyojlari uchun olib kelinadigan uskunalar, xomashyo, material va butlovchi buyumlar, shuningdek, Ozbekistonda ishlab chikarilmaydigan va loyihalarni amalga oshirish doirasida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiklanadigan royxatlar boyicha olib kelinadigan kurilish materiallari uchun bojxona tolovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigimlaridan tashkari).
Korsatib otilgan imtiyozlar 3 yildan 10 yilgacha muddatni oz ichiga olgan bolib, bunda kiritilgan sarmoyalar mikdori inobatga olinadi:
300 ming AKSh dollaridan 3 million AKSh dollarigacha hajmdagi investisiyalar — 3 yil muddatga;3 million AKSh dollaridan 5 million AKSh dollarigacha hajmdagi investisiyalar — 5 yil muddatga;5 million AKSh dollaridan 10 million AKSh dollarigacha hajmdagi investisiyalar — 7 yil muddatga;10 million va undan kop AKSh dollari hajmidagi investisiyalar songgi 5 yilda amaldagi stavkalardan 50 foiz kam hajmdagi daromad soligi va yagona solik tolovi stavkalari kollangan holda — 10 yil muddatga beriladi.
Angren va Jizzax erkin iktisodiy zonalari ishtirokchilari koshimcha ravishda:
erkin iktisodiy zonalar faoliyati davomida eksportga yonaltirilgan mahsulotlar ishlab chikarish uchun olib kelinadigan xomashyo, material va butlovchi buyumlar uchun bojxona tolovlari tolashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yigimlaridan tashkari) ozod etiladi;erkin iktisodiy zonalar doirasida ishtirokchilar ortasida tuzilgan shartnomalarga muvofik xorijiy valyutada hisob-kitob kilish va tolash;Ozbekiston Respublikasining boshka xojalik yurituvchi sub’ektlari — rezidentlari tomonidan etkazib berilgan tovarlar, ishlar (xizmatlar) uchun xorijiy valyutada tolash, shuningdek, eksport va import kilinadigan tovarlar uchun ozlariga kulay bolgan tolash hamda hisob-kitob kilish shart va shakllaridan foydalanish hukukiga ega boladi.
Farmon bilan erkin iktisodiy zonalarning Ma’muriy kengashlari tugatilib, ularning orniga erkin iktisodiy zonalar Ma’muriy kengashi tashkil etiladigan boldi.
Bir oy muddatda erkin iktisodiy zonalari faoliyatini yanada takomillashtirish va kengaytirish boyicha konunchilikni takomillashtirish, ishlab chikarish, muhandislik-kommunikasiya va transport infratuzilmasini va ushbu zonalarni rivojlantirishning boshka masalalariga taallukli anik tadbirlar kozda tutilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chikiladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.