Event expo 2017 toshkentda noyob retro-avtomobillar korgazmasi boshlandi — ozbekiston

Event expo 2017 toshkentda noyob retro-avtomobillar korgazmasi boshlandi — ozbekiston

Event expo 2017. toshkentda noyob retro-avtomobillar ko’rgazmasi boshlandi — o’zbekiston

Toshkent shahridagi «O’zekspomarkaz» Milliy ko’rgazma kompaniyasida 5—7 aprel kunlari Event Expo 2017 — hodisalarning ixtisoslashtirilgan ko’rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazma beshta: Fashion Expo, Wedding Expo, Mass Media&Advertising Expo, «Dam olish va O’yin-kulgi» hamda Tashkent Flora Expo klasterlari bo’yicha o’tkazilmok’da.
Ko’rgazma doirasida ishtirokchilarga hodisa-xizmatlar bozorida o’z imkoniyatlarini namoyish etish va ko’rsatiladigan xizmat turlari hak’ida to’lik’ ma’lumot tak’dim etish imkoniyati berilgan. Ko’rgazmada eksponent va tashrif buyuruvchilar taklif etilayotgan sohalardagi zamonaviy yo’nalishlar bilan tanishish, turli kompleks tadbirlar tashkilotchi-pudratchilari bilan ishchi alok’alarni yo’lga k’o’yishi mumkin.
Ko’rgazma kelajakda turli loyihalarni amalga oshirishga jalb etish mak’sadida ivent-agentliklar bazasini shakllantirish imkonini beradi.
Event Expo 2017 tadbirlari doirasida aksiyalar, yutuk’li o’yinlar va tanlovlar tashkil etiladi.
Ko’rgazma hududida retro-avtomobillar ko’rgazmasi ham ochilgan.
Poytaxt aholisi va mehmonlari 5-7 aprel kunlari turli davrlarda ishlab chik’arilgan hamda har xil modeldagi 25ta mashina va 12ta motosiklni tomosha k’ilishlari mumkin.
Retro-avtomobillar ko’rgazmasi bir necha yildan beri tashkillashtirib kelinadi. Bu erda urush davridagi «Polutorka» ham, «Pobeda» ham, «Riga» motosikli ham tak’dim etilgan.
Eslatib o’tamiz, ko’rgazmaga kirish bepul.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.