Evro-2016 hosili — ozbekiston

Evro-2016 hosili — ozbekiston

Evro-2016 hosili — o’zbekiston

Evropa futbolida yo’lga k’o’yilgan tizimga har k’ancha havas k’ilsak, arziydi. K’a-rang, har 4 yilda bir marta tashkillashtiriladigan k’it’a chempionatidan hattoki, klublar ham manfaatdorlar. UEFA yak’inda avvalgi yili Fransiya maydonlarida o’tkazilgan Evro-2016 turnirining ba’zi moliyaviy yakunlarini e’lon k’ildi. Anik’rog’i, k’it’a birinchiligiga futbolchi yuborgan klublarga tegadigan ulushni tak’simladi. Tabiiyki, gap k’andaydir kichik summa hak’ida ketayotgani yo’k’. Dik’k’at bilan e’tibor k’arating, Evropa futbol assosiasiyalari ittifok’i, ya’ni UEFA k’it’a birinchiligidan tushgan umumiy daromaddan nak’ deyarli 7 millionini birgina Rossiya klublariga bo’lib beradi. Shuncha mablag’ Rossiyaning Evro-2016 final raundi yoki saralash bahslariga futbolchi yuborgan jami 29ta klubiga tegadi. Xullas, futbolchisi k’aysidir milliy jamoaning Evro-2016 saralash bosk’ichidagi o’yinlarida k’atnashgan klub ham ma’lum mik’dorda ulush oladi. K’oyilmisiz… Demak, umumiy k’araganda, nak’ 641ta klub kompensasiya mablag’iga umid bog’lashga hak’li. Ular 54ta milliy federasiya yoxud 100ta liga vakillaridir. UEFA shuncha jamoani rag’batlantirish uchun 150 million evrodan ko’prok’ mablag’ ajratadi. Bundan 50 millioni 2014|2015 va 2015|2016 yillar mavsumida o’z o’yinchilarini saralash uchrashuvlariga k’o’yib yuborgan klublar o’rtasida tak’simlanadi. YAna 100 million evro esa futbolchilari Fransiyadagi final raunddiga borgan klublarga tegadi.
Eng ko’pi «Yuventus»ga
Hisob-kitoblarga ko’ra, eng ko’p ulush Italiyaning «Yuventus» jamoasiga tegadi. Turinliklar UEFAdan deyarli 3,5 million evroni k’urtday sanab olishadi. APLda sovrin uchun kurashayotgan «Liverpul» va «Tottenxem» klublarining ulushlari ham chakki emas — 3 milliondan ko’p. Eng ko’p pul oladigan 10ta jamoa 4ta liga vakilidir: APL — «Liverpul», «Tottenxem», «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Sautgempton»; «A» se — riyasi — «Yuventus» va «Roma»; La-liga — «Real» va «Barselona»; bundesliga — «Bavariya»
K’aysi assosiasiya ulushi katta
Ma’lum k’ilinishicha, Angliya futbol assosiasiyasiga a’zo nak’ 60ta klub futbolchilari k’it’a birinchiligiga daxl­dor bo’lishgan. Ular jami hisobda 38 million evrodan ko’prok’ hak’ olishadi. Bu ikkinchi yaxshi ko’rsatkichga ega Germaniya futbol ittifok’i ulushiga k’araganda, 2 baravardan ham ko’pdir. Nemislar k’it’a birinchiligiga futbolchi yuborgan klublar soni bo’yicha ham ikkinchi o’rinda. Umuman, 4ta assosiasiyaning ulushi 10 «limon»dan baland.
Tak’simot mexanizmi
O’rtadagi mablag’ni bo’lish mexanizmi ancha sodda. Deylik, milliy jamoaning saralash o’yiniga chak’irilgan har bir futbolchi uchun muayyan tariflar asosida kompensasiya puli beriladi. Bu summa 12tadan o’yinda k’atnashgan terma jamoa vakillari uchun 3536 evroga teng. 10ta o’yinda k’atnashgan jamoa vakillari hisobiga esa, har bir uchrashuv uchun 4307 evrodan yoziladi. Bunda fak’at o’yin k’aydnomasiga tushgan futbolchilar inobatga olinadi (ko’pi bilan 23 nafar). Xullas, k’aysidir klub futbolchisi milliy jamoasi «zayavka»siga kirsayu, maydonga tushmasa ham, uning hisobiga mablag’ yoziladi, albatta.
Turnirning final raunddi uchun ajratilgan summa esa o’yinlar emas, balki kunlar soniga asosan bo’linadi. YAnada anik’rok’ aytsak, har bir jamoaning musobak’adagi ilk o’yinidan 2 hafta oldingi sana va oxirgi uchrashuvi oralig’idagi kunlar yuzasidan hisob-kitob k’ilinadi. Aytgancha, bunda turli darajadagi klublarga turli tarifda kompensasiya belgilanadi: birinchi guruh vakillariga bir kun uchun 7231 evro, ikkinchi guruhga — 4821 evro va uchinchi guruhga — 2410 evro. FIFA ko’rsatmasiga binoan, Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Gollandiya va Ispaniya chempionati klublari birinchi guruhga kiritilgan. Ikkinchi guruhda Avstriya, Belgiya, Daniya, Gresiya, Vengriya, Irlandiya, Chernogoriya, Norvegiya, Portugaliya, Rossiya, Shotlandiya, Serbiya, Shvesiya, Shveysariya, Turkiya va Ukraina chempionatlari oliy ligasi ishtirokchilari bor. Birinchi guruhga kirgan davlatlarning ikkinchi divizioni vakillari ham shu toifaga mansub. K’olgan barcha mamlakatlar klublari va k’uyi ligalar vakillariga uchinchi guruh mak’omi berilgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.