Evropada murabbiylar charxpalak bolishi uchun oz fursat koldi — ozbekiston

Evropada murabbiylar charxpalak bo’lishi uchun oz fursat k’oldi — o’zbekiston
Kelayotgan yoz tan olingan murabbiylar uchun o’ziga xos «charxpalak» mavsumga aylansa, ajabmas. Har holda, Evropaning ko’plab nomdor jamoalari yangi boshk’aruvchi k’idirishga tushgan, ayrimlarida bosh murabbiyning o’zgarishi anik’ bo’lib ulgurdi, hatto. To’g’ri, bir yil oldingidek katta ko’lamda «aylanish» kuzatilmas, ammo evrofutbolning umumiy k’iyofasi sezilarli darajada o’zgarsa kerak, baribir.
«BARSELONA»
Murabbiy: Luis Enrike
Ketish ehtimoli: 99 foiz
Da’vogarlar: Xuan Karlos Unsue, Xorxe Sampaoli, Ronald Kuman
Luis Enrike mart oyi boshidayok’ iyungacha mo’ljallangan shartnomasi muddatini uzaytirmasligini ma’lum k’ildi. Lekin ispan mutaxassisi «PSJ»ga k’arshi kechgan 2ta bir-biriga sira o’xshaman o’yinlar orasida shunday bayonot bergandi. Balki u fikridan k’aytib k’olar hali, to’g’ri, buning ehtimoli yo’k’, hisobi. Nima bo’lishidan k’at’iy nazar, Enrike o’z vorisiga ajoyib jamoani meros k’oldiradi. Tushunarliki, yangi murabbiy Kataloniyada boshk’atdan jamoa shakllantirishi shart emas, shunchaki, mavjud tarkibga biroz sayk’al berib, ayrim murvatlarni oz-moz burab k’o’ysa, bas. «Barselona» rahbariyati ayni shu sababga ko’ra, chetdan «begona» mutaxassis chak’irishni istamaydi. K’olaversa, bunday tajriba samara ham keltirmagan — argentinalik Xerardo Martino klubni boshk’arishda omadsizlikka yo’lik’k’andi. Katta ehtimolki, yozda jamoa boshk’aruvini hozirgi bosh murabbiy assistenti — 49 yoshli Xuan Karlos Unsue o’z k’o’liga oladi. «Barsa» rahbarlari bu borada og’iz ham ochishdi, ammo hali rasmiy xabar berilganicha yo’k’. Aytgancha, Unsue «Selta»da ham Luis Enrikening yordamchisi sifatida ishlagandi. Umuman, kataloniyaliklar boshk’a nomzodlarga e’tibor k’aratib k’o’yishlari ham hech gap emas. Misol uchun, hattoki, Arsen Venger tilga olingandi.
«ARSENAL»
Murabbiy: Arsen Venger
Ketish ehtimoli: 50 foiz
Da’vogarlar: Tomas Tuxel, Massimiliano Allegri, Eddi Xau
Fransiyalik mutaxassis o’tgan kuz «Arsenal»da ish boshlaganining 20 yilligini nishonladi. Tabiiyki, u o’sha vak’t ko’pchilik uchun notanish edi. Endi esa Vengerni tanimaydigan, bilmaydigan futbol odami yo’k’. Axir uning London klubiga chuk’ur ildiz otganiga ancha bo’ldi. Boshk’acha aytganda, Arsen va «Arsenal» bir-biriga batamom k’orishib ketgan. Ammo bu hayotda hech narsa abadiy emas va ikkisi k’achondir ajrashishi ham ta-yin. Bir k’arashda, hozir xayrlashish vak’ti ancha yak’inlashgandek. Zero, «kanonirlar» Venger erasidagi eng yomon mavsumni o’tkazishyapti, fanatlar sabr kosasi tobora to’lib bormok’da. K’olaversa, «Professor» mak’omini olgan fransuzning amaldagi shartnomasi ham aynan yozda tugaydi. Xo’sh, «Arsenal»da mutlak’ hokimiyat o’rnatgan murabbiy oxir-ok’ibat, ketsa, uning o’rnini kim bosadi? Nomzodlar orasida Tomas Tuxel («Borussiya» D.) va Massimiliano Allegri («Yuventus») favoritdek, ammo har ikkisi London klubida ishlash variantini k’at’iyan rad etyapti. Ammo bilamizki, zamonaviy futbolda bunday rad etishlar hech narsani anglatmaydi.
«PSJ»
Murabbiy: Unai Emeri
Ketish ehtimoli: 40 foiz
Da’vogarlar: Arsen Venger, Massimiliano Allegri
Arab shayxlari aslida Emeri bilan uzok’ muddat hamkorlik k’ilishni rejalashtirishgan. Zero, bask mutaxassisining «Sevilya» boshk’aruvida evroarenada ko’rsatgan karomatlari ko’pchilik k’atori ularni ham sehrlab k’o’ygandi. Umuman, fransuzlarga Chempionlar Ligasida baland sakrash uchun shunday inson kerak edi. Birok’ Emerining debyut mavsumi omadsiz o’tmok’da. Birinchidan, «PSJ» oxirgi 5 yil ichida ilk marta evroturnirning chorak finalidan chetda k’oldi. Ikkinchidan, Fransiya ligasida ham kutilmagan muammolarga yo’lik’di. Shularni hisobga olsak, parijliklar iyun oyiga borib, Emeriga javob berishlari hech gap emas. L~Equipe nashri ma’lumotlariga tayansak, shunday tak’dirda «PSJ» boshk’aruvi Massimiliano Allegri yoki Diego Simeonega topshirilishi mumkin. Shuningdek, «Tottenxem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning sobik’ klubi radariga tushgani hak’ida ham gap-so’zlar urchidi. Ammo argentinalik mutaxassis Londondan ketmasa kerak-ov… Venger esa Angliya poytaxtidan ketishi mumkin. Fransuz mutaxassisi «Arsenal» bilan xayrlashgan tak’dirda ham, faoliyatini davom ettirishni istashi tayin. «PSJ» esa uning uchun zo’r variant!
«YuVENTUS»
DAVOMI
Комментарии 0