Fanlar akademiyasiga kator institutlar kaytarildi — ozbekiston

Fanlar akademiyasiga kator institutlar kaytarildi — ozbekiston

Fanlar akademiyasiga k’ator institutlar k’aytarildi — o’zbekiston

O’zbekiston Fanlar akademiyasi muk’addam oliy ta’lim muassasalariga o’tkazilgan k’ator institutlarni k’aytarib oldi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoevning 17 fevraldagi «Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadk’ik’ot ishlarini tashkil etish, boshk’arish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi k’arorida o’z aksini topdi.
K’arorga muvofik’, Fanlar akademiyasi tarkibida:
O’zMU huzuridagi Tarix instituti;O’zMU huzuridagi Romanovskiy nomidagi Matematika instituti;O’zMU Fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari va noyob ob’ektlari, shuningdek, FVV huzuridagi Radiasiya xavfsizligi markazi negizida YAdro fizikasi instituti;TDTU Muhandislik-fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari negizida Arifov nomidagi Ion-plamza va lazer texnologiyalari instituti;O’zFA Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va TDTU huzuridagi Tarmok’ mashinasozligi muammolari ilmiy-tadk’ik’ot markazi negizida O’rozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti;O’zMU huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadk’ik’ot markazi negizida Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti;TDShI huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Shark’ k’o’lyozmalari markazi negizida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Shark’shunoslik instituti;Samark’and shahridagi Arxeologiya instituti va FA Arxeologiya institutining Toshkent bo’limi negizida YAxyo G’ulomov nomidagi Arxeologik tadk’ik’otlar instituti;Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O’zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadk’ik’ot instituti negizida O’zbek tili, adabiyoti va folklori instituti;Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O’zbek tili va adabiyoti muzeyi negizida Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi tashkil etiladi.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo’yicha Muvofik’lashtiruvchi-metodik markaz Fanlar akademiyasi tasarrufiga o’tkazildi. U Fanlar akademiyasi huzuridagi O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilandi.
Fanlar akademiyasining Navoiy bo’limini tashkil etish rejalashtirildi. Uni tashkil etish va ilmiy-tadk’ik’ot ishlari xarajatlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati hisobidan k’oplanishi belgilandi.
K’aror bilan Fan va texnologiyalar bo’yicha Davlat komissiyasi tashkil etilib, ilmiy-texnik faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chik’ish va amalga oshirish uning asosiy vazifasi etib belgilandi. Uning k’oshida Ilmiy-texnik faoliyatni k’o’llab-k’uvvatlash va rivojlantirish jamg’armasi tashkil etildi.
Fan va texnologiyalar bo’yicha Davlat komissiyasi bilan birgalikda Vazirlar mahkamasi huzurida Fan va texnologiyalar agentligi tashkil etilmok’da. Agentlik respublikaning ilmiy-tadk’ik’ot, ta’lim va boshk’a muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan davlat ilmiy-texnika dasturlari va loyihalarining yagona buyurtmachisi etib belgilandi.
K’o’shimcha ravishda ilmiy tadk’ik’otlar yakunlari bo’yicha salmok’li natijalarga erishgan Fanlar akademiyasi ilmiy xodimlarini moddiy rag’batlantirish jamg’armasi tashkil etilmok’da.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.