Farzand tarbiyasi — maslahtlar abdulloh domla — ozbekiston

Farzand tarbiyasi — maslahtlar  abdulloh domla — ozbekiston

Farzand tarbiyasi — maslahtlar abdulloh domla — o’zbekiston

…Go’dakning holiga k’arab ish tutish, uni k’aysi ishlarga k’obiliyati bor, nimalar k’ilishga tayyor ekanini nazarda tutish zaruriy narsalardandir. U ham yaralgan bir mavjudot ekanini yaxshi anglash lozim va shariatda izn berilgan har k’anday yumushni unga yuklab k’o’yavermaslik kerak. Chunki unga k’o’lidan keladigan ishdan boshk’asi yuklansa, u ishni bajara olmaydi va k’obiliyati etadigan narsani ham k’o’ldan boy beradi. Agarda valiy bolani fahmu farosati o’tkir, idroki durust, xotirasi yaxshi, to’g’ri anglaydigan va bilimga rag’batli deb bilsa, bu uning ilmni k’abul k’ilishga tayyorligining alomatidir. Bas, modomiki k’alb lavhasi forig’ bo’lib turgan ekan, unga ilmni nak’sh k’ilsin. Toki, ilm k’albga muhrlansin va tobora rivojlanib borsin…
Chak’alok’ning tanglayini ko’tarish hak’ida
«Sahihayn»da Abu Muso Ash’ariy roziallohu anhu dedilar: «Men o’g’il ko’rdim va uni Nabiy sollallohu alayhi va sallam oldilariga olib keldim. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam unga Ibrohim deb ism k’o’ydilar va xurmo bilan tanglayini ko’tardilar».
Bu hadis Buxoriyda k’uyidagi ziyodasi bilan kelgan: «…va unga baraka tilab duo k’ildilar-da, menga berdilar». Bu bola Abu Muso Ash’ariyning eng katta farzandlari edi.
Chiroyli ism k’o’yish
Bani Isroil k’avmi farzandlarini ko’pincha Emmanuel deb nomlashardi. Bu kalimaning ma’nosi Ilohimiz biz bilan demakdir. Shu bois ismlarning Allohga eng maxbubrog’i Abdulloh, Abdurrahmondir. Bola esini tanib, ak’li to’lganda o’zining Allohga banda va Alloh uning sayyidi, hojasi ekanini biladi.
Chak’alok’ni avaylash
Farzandlarni tug’ilganidan to uch oy va undan ko’prok’ o’tmasdan turib, u yok’dan-bu yok’k’a ko’tarib olib yurmaslik kerak. Chunki bu paytda ular onalarining k’ornidan endigina chik’k’an va tanalari zaif bo’ladi.
Emizish
To tishlari chik’k’uncha oshk’ozonlari va hazm k’ilish k’uvvatlari zaif bo’lgani tufayli ularga sut berish bilan cheklanish lozim. K’achon tishlari chik’ib, oshk’ozonlari k’uvvat hosil k’ilsa, taom bilan ozik’lanadigan bo’ladi. Alloh Taolo bolaning taomga xojati tushmagunicha uning tishlari chik’ishini kechiktirib turadi. Bu esa Allohning hikmati, lutfi hamda ona va uning ko’kragiga rahm k’ilganidandir. Zero, shunda chak’alok’ ona ko’kragini tishlab olmaydi.
Tish chik’ishi
Tish chik’ish pallasi bolaning holi o’zgarib k’oladi, unda k’ayt k’ilish, injik’lik va yomon k’ilik’lar ko’zg’aladi. Aynik’sa, tish chik’ishi k’ish va sovuk’ paytlarga yoki yoz va issik’ paytlarga to’g’ri kelsa, bu narsa kuchlirok’ kechadi. Tish chik’ishi uchun eng k’ulay payt bahor va kuzdir. Tish chik’ish vak’ti bolaning etti oylik paytida bo’ladi. Gohida tish besh oyligida chik’adi, goho o’n oylik bo’lguncha kechikadi. Shunday k’ilib, tishi chik’ayotganda muloyimlik bilan bok’ish, k’ayta-k’ayta hammomga solish, engil ozuk’a berish va uning k’ornini taomga to’ldirib yubormaslik kerak bo’ladi.
Tish chik’ish payti bo’lganda ularning milklarini har kuni sariyog’ bilan ishk’alash kerak. Tish chik’ishidan to rivojlanib, kuchli bo’lgunicha k’attik’ narsalardan ehtiyot k’ilish va k’at’iy man etish kerak bo’ladi. Chunki bunga yo’l k’o’yish tishlarning yomonlashishi, k’ing’ir-k’iyshik’ bo’lib k’olishi va oralari ochilib ketishiga sabab bo’ladi.
Tish chik’k’andan keyingi ozik’lantirish
Tishlari chik’k’andan so’ng bolalarni tadrijiy ravishda ozik’lantirib borish lozim. Ularga beriladigan eng birinchi ozuk’a mayin ozuk’a bo’lishi kerak. YA’ni issik’ suvda ivitilgan non, k’atik’, sut, undan keyin go’shtdan holi bo’lgan ovk’at va sho’rva, keyinrok’ juda latif bo’lgan go’shtni yaxshi chaynab, yumshatib beriladi.
Chak’alok’ning tili chik’ayotganda
K’achonki tillari chik’adigan payt yak’inlashsa va ularga gapirishni osonlashtirilmok’chi bo’lsa, ularning tillari asal, issik’ suv va andaroniy tuz (oppok’ rangli tuz navi) bilan ishk’alanadi. Chunki bu narsalar gapirishga monelik k’iladigan og’ir rutubatlarni ketkazadi. Nutk’ k’iladigan paytlari kelsa, ularga «La ilaha illallohu Muhammadur Rasululloh»ni ayttirsinlar. Toki ularning k’ulok’lariga eng birinchi kiradigan narsa Allohning ismi va Uning tavhidi hamda U Zotning Arsh ustida ularni k’aerda bo’lsalar ham ko’rib, gaplarini eshitib turganligi hak’idagi so’zlar bo’lsin.
Bolaning yig’lashi
Bolaning yig’lab k’ichk’irishi (aynik’sa, k’orni ochganda sut emishidan oldin) ota-onasini k’iyin ahvolga solmasligi kerak. Chunki bola bundan ulkan foyda oladi. Negaki bu narsa uning a’zolarini mashk’ k’ildiradi, me’dalarini kengaytiradi, ko’kragini ochadi, miyasini isitadi, mizojini k’izdiradi, uning tug’ma haroratini ko’zg’aydi, tabiatidagi chik’itlar, miyasidagi mishik’ va boshk’a narsalardan bo’lgan xiltlarni chik’arib tashlashi uchun uning jismini harakatga keltiradi.
Bola o’tiradigan bo’lganda
Bola to jismi k’attik’lashib, a’zolari kuchga kirib, erga o’tiradigan bo’lguncha uni yo’rgaklash yoki beshikka belab k’o’yishga beparvo k’aramaslik lozim. O’tiradigan bo’lganda uni mashk’ k’ildirib, shoshilmagan holatda harakatga o’rgatiladi, shu bilan birga to malaka va k’uvvat hosil k’ilib, o’zi tura oladigan bo’lgunicha oz-ozdan turishga o’rgatib boriladi.
Bolaning ruhiyati
Bolani cho’chitib yuboradigan har k’anday shovk’in-suronli tovushlar, k’attik’ tortishuv va sarosimaga soluvchi harakatlardan avaylash lozim. Negaki bu narsa uning hali zaif bo’lgan ak’liy k’uvvatining buzilishi va voyaga etganda undan foydalana olmay k’olishiga olib kelishi mumkin. Bordi-yu shu narsalardan biri sodir bo’lgudek bo’lsa, shu zahoti uning ziddini paydo k’ilish va o’sha narsani unuttiradigan narsa bilan uni ovutish kerak. Uni notinch k’ilgan narsa k’uvvai hofizasida o’rnashib k’olib, keyin ketishi k’iyin bo’lmasligi uchun darhol unga ko’krak tutib, emizish lozim bo’ladi. To uxlaguncha latif harakat bilan uni beshikka belanadi va u bezovtalikni unutadi. Bu narsaga beparvo k’aramaslik kerak. Chunki bunga beparvo bo’lish uning k’albida k’o’rk’ok’lik va hurkaklik imkonini ochib k’o’yadi-da, u shu holda ulg’ayadi, keyin uni ketkazish k’iyin bo’ladi yoki umuman iloji bo’lmaydi.
Bolani ko’krakdan ajratish (fitom) hak’ida
Emizuvchi ayol bolani sutdan chik’armok’chi bo’lsa, asta-asta ovk’at berib borishi va uni to’satdan bir daf’ada ko’krakdan ajratmasligi lozim. O’rganib k’olgan holat va odatdan birdaniga ko’chish bolaga ziyon k’ilgani bois, uni ovk’atga ko’niktirib, o’rgatib boriladi.
Bolani ko’p eyishdan sak’lash
Bolalarni taomga to’yib olishlari va ko’p eb-ichishlariga yo’l k’o’yib k’o’yish ularga yaxshi k’aramaslikdandir. Ularga k’arashning eng foydalisi, bu ularning hazmi yaxshi bo’lishi va xiltlari mo’’tadil bo’lishi uchun hamda tanalarida chik’itlar ozayib, jismlari sog’lom bo’lishi uchun ularga to’yib ketmaydigan darajada taom berishdir. Shu bilan ozik’ moddalarida keraksiz chik’itlarning ozligi tufayli kasalliklari ozayadi.
Tabiblardan biri k’aysidir k’avmni zikr k’ilib, aytadi: «Men bolalarni to’yib ketmaydigan darajada ovk’atlantiradigan k’avmni mak’tayman. Shu sababli ularning k’omatlari o’sadi, jismlari mo’’tadil bo’ladi, hamda boshk’alarda bo’ladigan kuzzoz (yoki kuzoz — k’attik’ sovuk’dan bo’ladigan kasallik yoki undan bo’ladigan diydirash) va yurak og’rig’i kabi xastaliklar ularda oz bo’ladi». U yana aytadi: «Agarda bola jismi ko’rkam va k’omati tekis, bukchaymagan bo’lishini xohlasang, uni ko’p to’yishdan sak’la. Negaki bola ovk’atga to’lsa, to’ysa, shu soatdan boshlab ko’p uxlaydi va bo’shashadi, k’orni dam bo’ladi va g’aliz (k’attik’) el keladi».
Bolaning ko’p suv ichishi
Jolinus aytadi: «Men go’daklarni sovuk’ suv ichishlaridan aslo to’smayman. Balki ko’pincha taomdan keyin hamda yoz kezlari issik’ bo’lganda ko’ngillari tusasa, ularni suv ichishga k’o’yib k’o’yaveraman».
Ibn K’ayyim rahimahulloh dedilar: «Buning sababi ularda kuchli tabiiy issik’likning mavjudligidadir. Bu paytlarda, aynik’sa taomdan keyin suv ichishlari ularga ziyon k’ilmaydi. Shunday ekan, harorat ko’tarilishi bilan chank’ok’ni ko’tara olmaganlari uchun ularga biror mik’dorda suv ichishga imkon berish zarurdir».
Bolaning oyog’i chik’ayotganda
Hushyor bo’lish lozim bo’lgan narsalardan yana biri, bolani vak’ti kelmay turib yurishga majburlashdir. Chunki bu ularning oyok’lari zaifligi, buni k’abul k’ilolmasligi tufayli oyok’larning k’iyshik’ bo’lib k’olishiga olib keladi.
Ehtiyojlardan to’sishlikning ok’ibati
Bola muhtoj bo’lgan k’usuk’, uyk’u, taom, ichimlik, aksirish, peshob, k’on chik’ishi kabi narsalarni to’sib k’o’yishdan juda ehtiyot bo’lmok’ darkor. Negaki bu narsalarni to’sib k’o’yish go’dakka ham, kattaga ham yomon ok’ibatlar olib keladi. Vallohu a’lam.
Farzand ulg’aya boshlaganda…
Xulk’ tarbiyasi
Go’dak g’oyatda muhtoj bo’lgan narsalardan biri uning xulk’iga e’tibor bilan k’arashdir. Zero u yoshligida tarbiyachisi o’rgatgan xulk’lar bilan o’sib-ulg’ayadi. Jumladan, tajanglik, achchik’lanish, urushk’ok’lik, shoshk’alok’lik, engiltaklik, pala-partishlik, k’o’rslik, ochofatlik kabi odatlar borki, katta bo’lganda bularni tashlash k’iyin bo’ladi va bu xulk’lar unda mustahkam o’rnashgan sifat va xulk’k’a aylanib k’oladi. Odam garchi juda hushyor bo’lib yursa ham, bu odatlar bir kuni albatta uni sharmanda k’iladi. Shu tufayli aksar odamlarning egri xulk’lar bilan k’olganlarini ko’rasiz. Bu narsa ularni o’stirib-undirgan tarbiya natijasidir. Shuningdek, bola esini taniganda uni behuda (lag’v), botil ishlardan va k’o’shik’ majlislaridan, bid’at va yomon gap-so’zlardan uzok’ k’ilish vojibdir. Agarda bular uning k’ulok’lariga ilashib k’olsa, ulg’ayganda ulardan ajralishi og’ir bo’ladi va bolani bulardan xalos k’ilish uning tarbiyachisiga k’iyin kechadi. Zero, odatlarni o’zgartirish eng k’iyin ishlardandirki, uning sohibi o’z xulk’ida o’ziga mutlak’o begona ikkinchi bir tabiatni paydo k’ilishga muhtoj bo’ladi. Tabiat hukmidan chik’ish esa, o’ta og’irdir.
Bolaning valiysi (tarbiyachisi) uni boshk’alardan narsa olishdan juda yirok’ sak’lashi kerak. Bola k’achon olishga odatlansa, bu unga tabiat bo’lib k’oladi va berish emas, olishga o’rganib ulg’ayadi. Bolani berish, ulashishga odatlantirish lozimdir. K’achonki valiy birovga narsa bermok’chi bo’lsa, bolaning k’o’li ork’ali bersinki, bola berish halovatini tuysin.
Bolani yomon xulk’lardan sak’lash
Bolani yolg’onchi va xiyonatchi bo’lishdan juda k’attik’ sak’lash kerak. Agarda valiy bolaga yolg’on va xiyonat yo’lini k’ulaylashtirib k’o’ygudek bo’lsa, uning dunyo va Oxirat saodatini barbod etgan, uni hamma yaxshilikdan mahrum etgan bo’ladi.
Bolani yalk’ov, bekorchi, erinchok’ va rohatda bo’lishga k’o’yib k’o’ymaslik, balki uni bularning ziddi bilan tutib turmok’ kerak. Unga fak’at k’iladigan mashg’uloti uchun nafsi va badanini jamlab oladigan darajada dam bermok’ kerak. Zero, dangasalik va bekorchilikning yomon ok’ibatlari bordir. Mehnatkashlik va tolik’ishning xoh dunyoda xoh oxiratda, xoh ularning har ikkisida bo’lsin, mak’tovli natijalari bordir. Insonlarning eng rohatlisi eng tolik’k’anidir, insonlarning eng ko’p tolik’k’ani eng rohatdagisidir. Dunyo sardorligi va Oxirat baxt-saodatiga fak’at tolik’ish ko’prigidan o’tib erishiladi. YAhyo ibn Abu Kasir dedilar: «Ilmga jismning rohati bilan erishilmaydi».
Ibodatlarga rag’bat uyg’otish
Bolani (kattarok’ bo’lganda) kechaning oxirida uyg’onishga odatlantiriladi. Bu g’animatlar tak’simlanadigan, sovrinlar ulashiladigan palladir. Kimgadir kamrok’, kimgadir ko’prok’ ulush tegadi, yana kimdir bebahra k’oladi. Bola k’achon yoshligida odatlanib olsa, katta bo’lganida bu unga k’ulay bo’ladi.
Ziyonkorlik sabablari
Bolani ortik’cha ovk’atlanish, oshik’cha gapirish va ko’p uxlashdan, odamlarga ko’p k’o’shilishdan yirok’ k’ilmok’ kerak. Zero, ziyonkorlik mana shu narsalarning keragidan ortig’idadir. Bular bandani dunyo va Oxirat yaxshiligidan k’oldiradi.
Uni k’orni va farjiga taalluk’li shahvatlarning zararlaridan bag’oyat uzok’ k’ilmok’ kerak. Bu zararlarni keltirib chik’aradigan omillarga yo’l ochib k’o’yish bolani shunday aynitadiki, keyin uni tuzatish og’ir bo’ladi.
K’anchadan-k’ancha odamlar o’z farzand va jigarbandlarini o’z hollariga beparvo tashlab k’o’yish, odob-tarbiya bermaslik va ularning xohish istaklarini k’ondirishiga yordam k’ilish bilan dunyo va Oxiratda baxtsiz k’ilganlar. Holbuki, ular bolani e’zozlayapmiz, deb o’ylashardi, birok’ uni xorladilar, unga rahm-shafk’at k’ilyapmiz, deb o’ylashardi, birok’ unga zulm k’ildilar va yaxshilikdan mahrum etdilar. Shu bilan farzandlarining ota-onaga keltirishi mumkin bo’lgan manfaatlarini ham k’o’ldan boy berdilar va bolalarning dunyo-yu Oxiratdagi nasibasini yo’k’ k’ildilar.
Bolalardagi fasodga e’tibor k’ilsangiz, uning ko’pi aslida otalar tomonidan ekanini ko’rasiz.
YOmonlar suhbatidan sak’lash
Bolaning ak’lini ketkazadigan va mast k’iladigan narsalarni iste’mol k’ilishidan k’attik’ sak’lamok’ lozim. Shuningdek, buzuk’ligi ma’lum, gap-so’zlari-yu xulk’ida zararli jihatlari bo’lgan kimsa bilan suhbatlashishdan bolani juda-juda ehtiyot k’ilmok’ kerak. Kimki unga bu narsalarning yo’lini k’ulay k’ilib ochib k’o’ygan bo’lsa, dayuslikni o’ziga o’zi ravo ko’rgan bo’ladi. Dayus jannatga kirmaydi.
Otalarning burchlari
Otalarning o’z bolalariga lok’ayd, beparvo bo’lishlari kiyim-kechaklarni olov uchk’unlari oppa-oson sachraydigan erga k’o’yib k’o’yish kabidir. Beparvolik shunak’a illatki, bolani bunchalik buzadigan hech narsa yo’k’.
Otalarning sustkashlik k’ilib, Alloh hak’larini ado etmaganliklari va Alloh ularga vojib k’ilgan manfaatli ilm hamda solih amaldan yuz o’girganliklarining ok’ibati shu bo’ldiki, ular o’z farzandlaridan manfaat topa olmadilar. Farzandlar ham otalarining yaxshiligidan va ularning manfaatidan mahrum bo’ldilar. Bu otalarning jazosidir.
Haromlardan yirok’ k’ilish
Bolani ipakdan tayyorlangan kiyimlar kiyishdan uzok’lashtiriladi. Chunki bu uning tarbiyasini buzadi va xotinchalish tabiat k’ilib k’o’yadi. Shuningdek, bachchabozlik, arok’xo’rlik, o’g’rilik va yolg’on ham uni xotinchalishga aylantiradi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Ipak va tilla ummatimning erkaklariga harom k’ilindi, ayollariga halol k’ilindi». (Sahih. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja va boshk’alar rivoyat k’ilishgan). Go’dak mukallaf bo’lmasa-da, uning valiysi mukallafdir. Valiyning bola uchun haromga yo’l ochib k’o’yishi nojoizdir. Negaki bola shunga odatlanib k’olsa, undan ajralishi og’ir bo’ladi. Bu olimlarning ayni masala yuzasidan aytgan so’zlarining eng to’g’risidir.
Ipak kiyish bolaga harom bo’lmaydi, deydiganlar: «Chunki u mukallaf emas, uning ham ipak kiyishi harom bo’lmaydi», — deydilar. Bu so’z eng fosid k’iyosdan kelib chik’adi. Axir, go’dak mukallaf bo’lmagani bilan mukallaf bo’lishga tayyorlanayapti-ku! Shuning uchun unga tahoratsiz, yalang’och yoki najosatli holda namoz o’k’ishga, arok’ ichishga, k’imor o’ynashga, bachchabozlik k’ilishga yo’l k’o’yilmaydi.
Bolaning k’obiliyati va layok’atiga e’tibor k’ilish
Go’dakning holiga k’arab ish tutish, uni k’aysi ishlarga k’obiliyati bor, nimalar k’ilishga tayyor ekanini nazarda tutish zaruriy narsalardandir. U ham yaralgan bir mavjudot ekanini yaxshi anglash lozim va shariatda izn berilgan har k’anday yumushni unga yuklab k’o’yavermaslik kerak. Chunki unga k’o’lidan keladigan ishdan boshk’asi yuklansa, u ishni bajara olmaydi va k’obiliyati etadigan narsani ham k’o’ldan boy beradi. Agarda valiy bolani fahmu farosati o’tkir, idroki durust, xotirasi yaxshi, to’g’ri anglaydigan va bilimga rag’batli deb bilsa, bu uning ilmni k’abul k’ilishga tayyorligining alomatidir. Bas, modomiki k’alb lavhasi forig’ bo’lib turgan ekan, unga ilmni nak’sh k’ilsin. Toki, ilm k’albga muhrlansin va tobora rivojlanib borsin.
Agarda bolani hamma tomondan yuk’oridagilarning aksicha ko’rsa hamda ilmga layok’ati va rag’bati yo’k’ ekanini sezsa, birok’ unda bahodirlik va shuning shartlaridan bo’lgan ot minish, o’k’ otish, nayza o’ynatish kabi ishlarga k’obiliyat ko’rinsa, unga bahodirlik omillari bilan shug’ullanish va mashk’ k’ilish uchun yo’l ochadi. Mana shu ish unga va musulmonlarga foydalirok’dir. Bordi-yu aksincha, uni bunday ishlarga k’obiliyati yo’k’ ekanini ko’rsa va uning musulmonlarga foydali bo’lgan biron-bir hunarni eplab ketishiga ak’li etsa, o’shanga yo’l ochib bersin.
Bularning bari unga dindan u muhtoj bo’ladigan eng zarur narsalarni o’rgatilgandan keyingi ishlardir. Bu vazifalarni bajarish har bir kishining k’o’lidan keladigan k’ilib yaratilgan. Bandalar ustida Allohning hujjati k’oim bo’lishi uchun mana shunday oson k’ilingandir. Bandalar ustida Allohning mo’l-ko’l ne’mati bo’lganidek, Uning etuk hujjati ham ular ustida bark’arordir.
Narsa berishda bolalar o’rtasida adolat k’ilish
«Sunan» kitoblari, «Musnadi Ahmad» va Ibn Hibbon «Sahih»larida No’’mon ibn Bashir roziallohu anhudan rivoyat k’ilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Farzandlaringiz o’rtasida adolat k’ilinglar». (Sahih hadis).
Imom Muslim rivoyat k’ildilar. Bashir roziallohu anhuning ayollari: «Mening bolamga xizmatkor sovg’a k’iling va bu narsaga Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni guvoh k’iling», — dedi. Bashir roziallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oldilariga keldilar-da:
— Falonchining k’izi (ayollarini aytayaptilar — tarj.) o’zining o’g’liga xizmatkor tuhfa etishimni so’rayapti… — dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
— Uning aka-ukalari bormi?, — deb so’radilar. Bashir dedilar:
— Ha.
— Ularning hammalariga ham bunga k’ilganingdek tuhfa k’ilganmisan? — deb so’radilar Rasululloh.
— Yo’k’.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam:
— Bunday k’ilish yaramaydi, men fakatgina hak’ narsaga guvohlik k’ilaman, — dedilar.
Imom Ahmad rivoyatlarida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Meni javrga guvoh k’ilma, albatta bolalaringning sendagi hak’k’i ular orasida adolat k’ilishingdir», — dedilar.
Bayhak’iy rivoyat k’ildilar. Anas roziallohu anhu dedilar: Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bilan birga o’tirgan edi, uning o’g’ilchasi kelib k’oldi va u o’g’lini o’pdi-da, bag’riga olib o’tk’azdi. Keyin uning k’izchasi keldi, u k’izchasini oldi-da, yoniga o’tk’azdi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Sen ular o’rtasida adolat k’ilmading», — dedilar.
Salaflar bolalarini o’pishda ham ular o’rtasida adolat k’ilishni yaxshi ko’rishardi.
«Tuhfatul mavdud biahkomil mavlud» nomli kitobdan olingan

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.