Fath surasi — 29 — ozbekiston

Fath  surasi — 29 — ozbekiston

Fath surasi — 29 — o’zbekiston

Muhammad Allohning Rasulidir, u bilan birga bo’lganlar kofirlarga shiddatli, o’zaro rahmdildirlar. Allohdan fazl va rozilik tilab, ruku’ va sajda k’ilgan hollarini ko’rasan. Ularning siymosi sajda asaridan yuzlarida (balk’iydi). Ana o’sha, ularning Tavrot va Injildagi misollaridir. Bu xuddi urug’ini yorib chik’arib, k’uvvatlanib, yo’g’onlashib, poyasida tik turib, dehk’onlarni ajablantirgan bir ekinga o’xshar. Kofirlarning g’azabini k’o’zish uchun. Alloh ulardan iymon keltirib va solih amallarni k’ilganlarga mag’firat va ulug’ ajrni va’da k’ildi.
Bu oyati karima Muhammad alayhissalomning Rasullik sifatlarini ta’kidlash bilan boshlanmok’da.
«Muhammad Allohning Rasulidir»
Ma’lumki, mushrik va kofirlar bu sifatlarni inkor k’ilgan edilar. Ularning vakili Suhayl ibn Amr, k’issaning avvalida aytilganidek, Payg’ambar alayhissalom sulh matnini imlo k’ilayotganlarida, matndan «Allohning Rasuli» degan iborani o’zgartirishlarini k’at’iy talab k’ilib turib olgan edi. «Biz seni Allohning Rasuli ekaningni tan olganimizda bu ishlarni k’ilmas edik» degan ma’noda gap k’ilgan edi. Oyati karima mushriklarning mana shu k’aysarliklariga k’ak’shatk’ich zarba bermok’da. Mo’min-musulmonlarning yaxshi sifatlari ko’p ammo ushbu oyatda ularning vakillari bo’lmish sahobai kiromlarning ba’zi sifatlari maxsus vasf k’ilinmok’da:
«… u bilan birga bo’lganlar kofirlarga shiddatli, o’zaro rahmdildirlar».
Sahobai kiromlarning fazllarini zohir etish uchun keltirilgan ushbu sifat har bir mo’minning ham sifati bo’lishi lozim. Sahobalar, otalari yoki bolalari kofirlar safida bo’lsalar, ularga k’arshi ham k’attik’k’o’l bo’lganlar. Ammo kim bo’lishidan k’atdiy nazar, musulmonga mehribon bo’lishgan.
«… Allohdan fazl va rozilik tilab ruku va sajda k’ilgan hollarini ko’rasan…»
Ularning asosiy sifatlaridan biri-hamma ishni Allohning fazli va roziligi uchun k’ilishlari. Boshk’a biror taraf yoki shaxsning roziligi deb Allohning roziligini chetga surmaydilar. Shuning uchun fazli marhamatni ham fak’at yagona Allohning O’zidan kutadilar.
YAna bir sifatlari,
«ruku’ va sajda k’ilgan hollarini ko’rasan».
ular doim ruku’ va sajda holatida, ya’ni, ibodat holatida bo’ladilar. Mo’min-musulmon shaxsning, hosatan, oyatda madhlari kelayotgan sahobai kiromlarning barcha hayotlari ibodatdan iboratdir. Lekin, shunday bo’lsa ham, bandaning Allohga eng yak’in bo’ladigan payti-ruku’ va sajda paytining oyatda zikr k’ilinishi bejiz emas. Oyati karimadagi tavsifdan ular xuddi doimo ruku’ va sajdada turgandek tasavvur paydo bo’ladi.
«Ularning siymosi sajda asaridan yuzlarida (balk’iydi)».
YA’ni, ibodatning asari yuzlaridan bilinib turadi. Bu oddiy hak’ik’at bo’lib, ibodatli, pok, tak’vodor insonlarning yuzlaridan iymon nuri yog’ilib turishini har bir mulohazali ko’zi ochik’ kishi ko’ra oladi.
Payg’ambarimizdan k’ilingan rivoyatlardan birida, kimning kechasida namozi ko’paysa, kunduzida yuzi chiroyli bo’ladi, deyilgan. Sahobai kiromlar bu borada hammaga o’rnak bo’lganlar.
«Ana o’sha, ularning Tavrot va Injildagi misollaridir»
Ushbu oyati karimadan ma’lum bo’ladiki, sahobai kiromlarning sifatlari avvalgi ilohiy kitoblar Tavrot va Injilda ham zikr k’ilingan. Ma’lumki, hozirda yahudiylarning k’o’llaridagi Tavrot Muso alayhissalomga Alloh taolodan tushirilgan hak’ik’iy Tavrot emas, balki buzilib, rostidan yolg’oni, to’g’risidan no to’g’risi ko’p bir holatga kelgan bir kitobdir. Injil hak’ida ham xuddi shu narsani aytish mumkin. Shunday bo’lsa-da, ulamolarimiz bu ikki kitobning hozirgi nusxalaridan ham mazkur oyati karimani tasdik’lovchi matnlarni topishgan. Biz o’rganayotgan oyati karimada esa, hak’ik’iy, hech buzilmagan ilohiy vasf kelgan, u ham bo’lsa:
«Xuddi bir ekinga o’xshaydiki, urug’ini yorib chik’ib, k’uvvatlanib, yo’g’onlashib, poyasida tik turib, dehk’onlarni ajablantirganidek…»
Ushbu zarbulmasal ila Alloh taolo Islom dinining boshlanishi, o’sishi, ulg’ayishini bayon k’ilmok’da. Chunki, Muhammad alayhissalom yolg’iz o’zlari boshlagan da’vatni sahobai kiromlar k’o’llab-k’uvvatladilar va shu tarz xuddi k’obig’ini yorib chik’k’an urug’ asta-sekin rivojlanib, dehk’onning ko’zini k’uvontiradigan o’simlikka aylangani singari Islom ham Payg’ambarimiz boshchiliklaridagi sahobalar jamiyatida o’sib ko’zni k’uvontirib bordi.
Lekin bu holat kofirlarning g’azabini k’o’zitar edi. Shuning uchun ham oyati karimada,
«Kofirlarning g’azabini k’o’zish uchun», degan ibora keldi. Ushbu ma’nodan kelib chik’adiki, sahobalardan g’azabi k’o’zigan, ularni behurmat k’ilganlar kofirlar k’atoriga k’o’shilar ekanlar. Oyatdagi shunchalik izzat-ikrom ustiga Alloh taolo sahobai kiromlarga yana mag’firat va ulug’ ajrlarni ham va’da k’ilmok’da:
«Alloh ulardan iymon keltirib va solih amallarni k’ilganlarga mag’firat va ulug’ ajrlarni va’da k’ildi».
Albatta, Allohning va’dasi hak’, U zot O’z va’dasiga aslo xilof k’ilmaydi. Sahobalar-ulug’ insonlar. Payg’ambarimizning suhbatlarini topishdan ham ulug’rok’ baxt bormi dunyoda?! Shuning uchun ham har bir musulmon sahobai kiromlarning hurmatlarini o’rniga k’o’yishi lozim. Ularga nisbatan beodoblik k’ilishga hech kimning hak’k’i yo’k’. Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom hadisi shariflaridan birida: «Sahobalarimni so’kmanglar, mening nafsim k’udrat k’o’lida bo’lgan zot bilan k’asamki, agar birortangiz Uhud tog’idek oltin nafak’a k’ilsangiz ham, ularning bittasining bir muddiga (og’irlik o’lchovi) to’g’ri kelmaydi», deganlar.
Alloh subhanahu va taolo barchamizni sahobai kiromlardan o’rnak olib, ularni hurmatlab yashashga muyassar k’ilsin.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.