Favkulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi yaxshilanadi — ozbekiston

Favkulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi yaxshilanadi — ozbekiston

Favk’ulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi yaxshilanadi — o’zbekiston

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Katta va alohida muhim suv xo’jaligi ob’ektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat k’ilish davlat inspeksiyasi, Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi, shuningdek, Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutining Tezkor xabarlar xizmati O’zbekiston Favk’ulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga o’tkazildi. Ushbu o’zgarishlar O’zbekiston Prezidentining 1 iyundagi «Favk’ulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi farmonida ko’zda tutilgan.
Tinchlik va harbiy davrda tabiiy va texnogen xususiyatli favk’ulodda vaziyatlarning oldini olish va ok’ibatlarini bartaraf etish, gidrotexnik inshootlarning bark’aror ishlashi, gidrometeorologik va seysmologik kuzatuvlar, kichik hajmdagi kemalardan bexatar foydalanish, suv havzalarida fuk’arolarning hayoti va sog’lig’ini himoya k’ilish, favk’ulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavfi va omillarini oldindan anik’lash, ular vujudga kelishini barvak’t profilaktika k’ilish va oldini olishni ta’minlash hamda boshk’a vazifalar O’zbekiston Favk’ulodda vaziyatlar vazirligining yangi asosiy vazifalari etib belgilandi.
FVVda favk’ulodda vaziyatlar rivojlanish xavfi yuk’ori bo’lgan tumanlarda (shaharlarda) favk’ulodda vaziyatlar bo’yicha k’o’shimcha bo’limlar va k’utk’aruv otryadlari tashkil etiladi.
Mazkur farmonga muvofik’, Favk’ulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha hukumat komissiyasi, shuningdek, K’orak’alpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tuman shahar hokimliklari huzurida ham shunday hududiy komissiyalar tashkil etildi.
Ular vazifalari k’atorida har yili favk’ulodda vaziyatlarning oldini olish samaradorligini oshirishga k’aratilgan fuk’aro muhofazasi (bahor mavsumida), aholini va hududlarni favk’ulodda vaziyatlardan muhofaza k’ilish (kuz mavsumida) oyligini tashkil etish va o’tkazish ham joy oldi. Komissiya mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat va xo’jalik boshk’aruvi organlari, fuk’arolar o’zini o’zi boshk’arish organlarining avariya, halokat, tabiiy va boshk’a ofatlar ok’ibatida jabrlangan fuk’arolar, shuningdek, favk’ulodda vaziyatlarni bartaraf etishda ishtirok etgan shaxslarni ijtimoiy-ik’tisodiy va huk’uk’iy muhofaza k’ilib, tibbiy reabilitasiya k’ilish bo’yicha faoliyatini muvofik’lashtiradi.
Mazkur farmonda favk’ulodda vaziyatlarning oldini olish va ok’ibatlarini bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari, ilm-fan va texnika yutuk’larini joriy etish, shuningdek, Favk’ulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko’zda tutilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdik’landi.
Farmonni amalga oshirish mak’sadida O’zbekiston Prezidentining «O’zbekiston Respublikasi Favk’ulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida»gi hamda «Aholi va hududlarni favk’ulodda vaziyatlardan himoya k’ilish sohasida mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi k’arorlari imzolandi.
Mazkur hujjatlarda ko’zda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishi favk’ulodda vaziyatlarni monitoring k’ilish va prognozlash borasidagi ishlarni sezilarli darajada yaxshilash va sifatini oshirish, gidrometeorologik va seysmik kuzatuvlar bo’yicha ishlarni tizimlashtirish, yirik gidrotexnik inshootlar va suv ob’ektlarida favk’ulodda vaziyatlar paydo bo’lish xavf-xatarlarini barvak’t anik’lash imkonini beradi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.