Fcbuz blogida kun kelib ularni soginamiz — ozbekiston

Fcbuz blogida kun kelib ularni soginamiz — ozbekiston

Fcb. uz blogida: kun kelib, ularni sog’inamiz! — o’zbekiston

Futbol – unga oshik’ bo’lgan insonlar uchun, hayot mazmunidek, go’yo! U bilan yurishadi, u bilan nafas olishadi. Lek aslo usiz yashashga rozi bo’lishmaydi. Hech sinab ko’rganmisiz, futbol ko’rishni to’xtatishga ? Sabringiz necha kunga etgan ? Ha to’g’ri, futbol olamini shunchaki tark eta olmaymiz. Hozir men yozmok’chi bo’lgan mavzuim esa, sizni futbolga bog’lab turgan jozibani yaratuvchilar hak’ida. Shunday futbolchilar borki, ularning maydondagi harakatlarini ko’rib mahliyo bo’lib k’olasan kishi. Lek afsuski, vak’t o’z so’zini aytmasdan k’o’ymaydi. YAk’in yillar ichida faoliyatini yakunlaydigan futbolchilar ham bor, lekin ular haligacha futbol olamida o’z o’rnini yo’k’otmagan. O’zining sport formasini yuk’ori ko’rsatkichlarda ushlab turibdi. Biz ularni o’yinini sevamiz! Biz ularning harakatlaridan zavk’ olamiz!
Andres In’esta. Jozibakor o’yinni tomosha k’ilmok’chimisiz ? Andresni harakatlarini ko’rishni tavsiya etaman. To’pni o’zida olib k’olishi, ajoyib driblinglari, mo’’jizakor to’p etkazishlari odamni hayratga soladi. Afsuski, In’esta ham yana 3-4 yilda faoliyatini yakunlashiga to’g’ri keladi. Undan ham ko’prok’ o’ynaydi deysizmi ? Bo’lsa bordir, lekin “Barselona” shunday klubki, unda rak’obatda yutib chik’ishing uchun sen umuman formangni yo’k’otmasliging, doimo mashg’ulotlarda tinmasliging kerak. In’estaga esa vak’t to’sk’inlik k’iladi. YOdingizdami, Gollandiyaga k’arshi finalda urilgan gol ?! YOdingizdami, Klassikoda urgan goli uchun “Santiago Bernabeu”dagi olk’ishlar?! 2012-yilda Evropa chempionatida ham terma jamoasi uchun asosiy figura bo’ldi. O’shanda yil yakuni bo’yicha futbolchilar uchun juda yuk’ori ahamiyatga ega bo’lgan sovrin “Oltin to’p”ni aynan Andres olishini kutgandim. Afsus, nom, brend, reklama yana o’z so’zini aytgandi. Andresning o’zi ham “Oltin to’p” borasidagi savollar joniga tekkach, “Oltin to’p” ? Kechirasiz, men unak’a sovrinni bilmayman, degandi. Nahot 3-4 yildan keyin shunday vaziyatlarni k’ayta ko’rmaymiz ? Nahot In’estaning ham maydondagi harakatlarini bir necha yillardan keyin sog’ina boshlaymiz ? Andres faoliyatini yakunlagach, futbol olami juda katta yo’k’otishga uchraydi. Buni o’sha paytda tushunib etadi hamma. Hali vak’t bor… Hali Iniesta maydonda… Shunday ekan uning o’yinidan zavk’ olaylik!
Janluidji Buffon. “Yuventus”ning chin ma’noda tirik afsonasi. Jijji garchi darvozabon bo’lsa ham, garchi maydonni bir chetida tursa ham, u k’ahramonga aylana oldi ! Ko’pincha, hujumchilarning shedevr gollari-yu, yarim himoyachilarning jozibador passlari oldida, darvozabonlarning xatti-harakatlari unchalik ko’zga tashlanmaydi. Lekin shunda ham “porlab” turish, endi bu mahorat ! Jijji siymosida sodik’likni ham ko’ramiz. Jamoasi k’uyi divizionga tushib ketsa ham, uni boshk’a klub libosiga almashtirmadi. Jamoaga sodik’ k’oldi. Bu hozirgi yulduzlik pillapoyalaridan chik’ayotgan futbolchilar uchun mahorat maktabi bo’lsa, ajabmas. Buffonning faoliyatidagi eng yuk’ori nuk’ta, shubhasiz, 2006-yilga borib tak’aladi.
Davomi>>

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.