Fifa prezidenti infantino alisher usmonov samolyotidan foydalanganlikda ayblandi — ozbekiston

Fifa prezidenti infantino alisher usmonov samolyotidan foydalanganlikda ayblandi — ozbekiston

Fifa prezidenti infantino alisher usmonov samolyotidan foydalanganlikda ayblandi — o’zbekiston

FIFA prezidenti Janni Infantino uz vaqtida rossiyalik biznesmen Alisher Usmanovga tegishli bulgan samolyotdan bir necha marta foydalangan.
Mail on Sunday nashrining yozishicha, Usmonovning Rossiya sporti bilan bogliq shakhs ekanini inobatga oladigan bulsak, bu «manfaatlar tuqnashuvi»ni keltirib chiqarishi mumkin.
FIFAning bir necha azolari Infantinoning bu harakatidan norozi bulib, yozma ravishda tegishli qumitaga shikoyat qilgan. Infantino shakhsiy samolyotda amalga oshiradigan parvozi haqida tashkilotni ogohlantirmagan. Bu esa FIFA qoidalarining buzilishidir.
Ammo FIFAning ahloq qumitasi bu ayblovlar buyicha aniq dalillarni topolmagan. Prokuror Robert Torresning gapiga kura, Infantino uchgan samolyot uning dusti Leon Semyonenkoga tegishli bulib, u bu samolyotni ikki yil muqaddam Usmonovdan sotib olgan.
«Semyonenko va Usmonovning aloqalari u qadar yaqin emas. Bu hattoki, «manfaatlar tuqnashuvi» sifatida urganilishga ham arzimaydi», — deya qayd etib utgan Torres.
«Samolyot 2014 yildan buyon menga tegishli. Men va oilam Janni Infantino bilan bir necha yillardan buyon dustmiz. Men unga Milan orqali Rimga uchishni taklif qildim, sababi uzim ham makhsus tadbirda ishtirok etish uchun uchib ketayotgandim. Keyin men Rimda qoldim, uni esa Jenevaga kuzatib quydim. Men bu vaziyatni tushuntirish uchun FIFA tergov qumitasiga kamida ikki soat kursatma berdim», — degan Semyonenko.
Mazkur bayonotlarga qaramasdan, samolyot Infantino undan foydalangan vaqtda boshqa shakhs quliga utgan. Layner Kayman orollarida ruykhatga olingan bulib, aslida unga kim egalik qilishi aniq emas. Bu haqdagi malumotlar FIFAga junatilganida, ish allaqachon yopilgani haqida javob kelgan. FIFA vakillaridan birining takidlashicha, agar samolyot Usmonovga tegishli bulgan taqdirda ham, Infantino bu haqda bilmagan va unga nisbatan hech qanday shubha bulishi mumkin emas.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.