Fikr durdonalari — ozbekiston

Fikr durdonalari — ozbekiston

Fikr durdonalari — o’zbekiston

81. Hak’ik’iy k’uvvat nimaligini bilasizlarmi?
K’uvvat – k’iyin lahzalarda xotirjamligingni sak’lashingizdir.
K’uvvat – siz baxtni his k’ilmayotgan bo’lsangiz ham, boshk’alarga baxtni zohir k’ilishingizdir.
K’uvvat – yig’lagingiz kelib turganda ham, tabassum k’ilishingizdir.
K’uvvat – k’albingiz ezilib ketgan bo’lsa ham, boshk’alarni baxtli k’ilishga urinishngizdir.
K’uvvat – mashak’k’atlarning og’irligidan bak’irgingiz kelib turgan bo’lsa ham, sukut k’ila olishingizdir.
K’uvvat – siz tasalliga, daldaga ehtiyoj sezib turgan bo’lsangiz ham, boshk’alarga tasalli berib, ularga dardkash bo’lishingizdir.
82. Bir kishidan “Onang chiroylirok’mi yoki oymi?” deb so’raldi. Shunda u: “Onamga k’arasam, oyni unutaman. Oyga k’arasam, onamni eslayman” deb javob berdi.
83. Ichkaridan pok bo’layotganingda: Alloh senga sen bilmagan tomondan nur ato k’iladi. Insonlar seni sen bilmagan tomondan yaxshi ko’radi. Talab va istaklaring senga sen bilmagan tomondan keladi. Ey Alloh, bizni pok k’alb bilan rizk’lantir!
84. Insonlardan birortasi sening ularga k’ilgan yaxshiligingni inkor k’ilsalar, sik’ilma! Ko’chalarni kechalari yorituvchi chirok’lar ham kunduzi unutiladi.
85. Insonlarni rozi k’ilish uchun o’zgarma! Insonlarning mak’tovlariga erishish uchun turlanma! Muvaffak’iyatsizlik sababli o’zligingni almashtirma! Yutuk’k’a erishganing sababli kibrlanma!
K’uyidagi ma’lumotlar feysbukdagi “Rovai’ul fikr” (Fikr durdonalari), “Xovatir rok’iya” (Salmok’li fikrlar) kabi sahifalardan olingan.
Nozimjon Hoshimjon tarjimasi

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.