Fitr sadakasi — zakot ramazon oyi — ozbekiston

Fitr sadakasi — zakot ramazon oyi — ozbekiston

Fitr sadak’asi — zakot (ramazon oyi) — o’zbekiston

Fitr sadak’asi arab tilida “sadak’a” sababiga izofa k’ilinib “Sadak’at ul-fitr” deb nomlanadi. YA’ni fitr (hayit) kuning tongi ushbu sadak’ani vojib bo’lishiga sabab bo’ladi. Shunga ko’ra fitr kuni tong vak’tda tug’ilgan bolaga ham fitr sadak’asi vojib bo’ladi. Tongdan keyin tug’ilgan bolaga esa vojib bo’lmaydi. Tong vak’ti vafot bo’lgan kishidan fitr sadak’asi sok’it bo’ladi, tongdan keyin vafot k’ilgan kishidan fitr sadak’asi sok’it bo’lmaydi. Shuningdek, tong vak’tida nisob mik’doridagi mulkka ega bo’lsa, unga fitr sadak’asi vojib bo’ladi. Tongdan keyin yoki tongdan oldin ega bo’lib, tong vak’tida ega bo’lmasa vojib bo’lmaydi.
Xullas, fitr sadak’asining ma’nosi fitr kunining tongi sababli vojib bo’ladigan sadak’adir.
Fitr sadak’asi zakot farz bo’lishidan oldin, ramazon ro’zasi farz bo’lgan yili sunnat bilan sobit bo’lgan vojib amaldir.
?? ??? ??? ??? : ”??? ???? ???? ??? ???? ???? ???? ???? ????? ???? ?? ??? ?? ???? ?? ???? ??? ????? ????? ?????? ??????? ??????? ??????? ?? ???????? ???? ??? ?? ???? ??? ???? ????? ??? ??????“ ???? ????
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: “Rasullulloh sollalohu alayhi va sallam fitr zakoti xurmodan bir so’, arpadan bir so’ mik’dorida musulmonlardan k’ulga ham, hurga ham, erga ham, ayolga ham, kichikka ham, kattaga ham farz k’ildilar. Uni odamlar namozga chik’ishidan oldin ado etishga amr k’ildilar”. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat k’iladi.
Rasullulloh sollalohu alayhi va sallam ushbu hadisi sharifda fitr sadak’asini vojib k’ilib, uning mik’dorini ta’yin k’ildi. Fitr sadak’asi Rasullulloh sollalohu alayhi va sallam zamonlarida insonlar odatda taomlanadigan va ularning ko’pining uyida topiladigan xurmo va arpadan ekani bayon k’ilindi. O’sha vak’tlarda bug’doy juda ham kam iste’mol k’ilingan, deyarli bo’lmagan.
Fak’ihlarimiz mazkur va boshk’a hadislarni jamlab fitr sadak’asi bug’doy, bug’doydan olinadigan un va talk’ondan va mayizdan yarim so’, xurmo yoki arpadan bir so’ berish kishi boshiga vojib bo’ladi deydi. “So’” bir idish bo’lib, o’sha vak’tning o’lchov birligi bo’lgan. Bir so’ Abu Hanifa va Irok’ fak’ihlarining e’tibrida 3.800 grammga tengdir. YOki mazkurlarning k’iymatini berish joizligiga hanafiy ulamolar ittifok’ k’ilganlar.
Fitr sadak’asining hikmati.
?? ??? ???? ??? ??? ???? ???? ??? ???? ???? ???? ???? ????? ???? ???????? ????? ?????? ?? ????? ?????? ??? ??? ??? ?????? ??? ???? ?????? ??? ????? ??? ?????? ??? ???? ?? ??????? ???? ??? ???? ? ???????
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: “Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam fitr zakotini ro’zador uchun behuda gap-so’z va harakatlardan poklanish va miskinlar uchun taomlanish bo’lishi uchun farz k’ildilar. Kim uni namozdan oldin ado k’ilsa, u mak’bul zakot bo’ladi. Kim uni namozdan keyin ado k’ilsa sadak’alardan bir sadak’a bo’ladi”. Abu Dovud va Doramiy rivoyat k’iladi.
Ushbu hadisi sharifdan fitr sadak’asini ado k’ilinishda sadak’ani savobini topish bilan birgalikda ikkita hikmat va foyda ko’zda tutilishi ma’lum bo’ladi.
Birinchi hikmati va foydasi fitr sadak’asi ramazon ro’zasini xato va kamchiliklardan poklaydi. Shuning uchun Vake’ ibn Jarroh “Ramazon oyining fitr sadak’asi xuddi namozning sahv sajdasiga o’xshaydi. Namozning vojib amali tark bo’lgan vak’tda sahv sajdasi namozni to’g’rilagandek, fitr sadak’asi ro’zaning kamchiliklarini to’g’rilaydi” — deydi. Lekin biror uzr bilan ro’za tutolmagan kishilar ham, ro’za tutish vojib bo’lmagan yosh bolalarga ham fitr sadak’asini berish vojib bo’ladi.
Ikkinchi hikmati va foydasi hayit kunida kambag’al va miskinlar, etim va bechoralarni xursand k’ilish, ularning ochliklarini ketkazib, hak’ik’iy bayram kayfiyatini ularga berishdir. Shuning uchun ham fitr sadak’asini hayit kuni tong vak’tida berish vojib bo’ladi. Ammo, ramazonning avvalida, oldindan bersa joiz. Hayit namozidan keyinga k’oldirmaslik kerak. Namozdan keyinga k’olsa ham sok’it bo’lmaydi. Hattoki, zimmasiga vojib bo’lgandan so’ng ink’irozga uchrab kambag’al bo’lgandan keyin ham fitr sadak’a sok’it bo’lmaydi. Lekin zakot zimmasi vojib bo’lgandan keyin nisobni ba’zisi yoki hammasi halok’ bo’lsa zakot sok’it bo’ladi.
Fitr sadak’asida mana shunday ikki ulug’ hikmat va foyda bor ekan. Go’yoki fitr sadak’a bilan ro’zaning k’abul bo’lishiga yo’l ochilayapdi. Shuning uchun ba’zi ulug’larimiz ba’zi kishilarga shar’iy hukm e’tiboridan fitr sadak’a vojib bo’lmasada, lekin uni hikmat va foyda ko’p bo’lgani uchun fitr sadak’ani ado k’ilmok’ zaruriydir deydi.
Shuning uchun ham Shofe’iy mazhabida fitr sadak’ani vojib bo’lishi uchun nisob shart k’ilinmadi. Sadak’ai fitr berishga k’odir bo’lsa vojib bo’ladi.
Fitr sadak’asi vojib bo’lish shartlari.
1. Hur bo’lish.
Fitr molyaviy ibodatlardan bo’lgani uchun hur bo’lmagan kishilarga vojib bo’lmaydi. Chunki k’ulning mol-mulki bo’lmaydi. Balki, k’ul xojasining mulki bo’ladi. Ana shu xojasiga xizmat k’ilib turgan k’ulning fitr sadak’asini berish xojasiga vojib bo’ladi.
2. Musulmon bo’lish.
Fitr sadak’asi ibodat va u bilan k’urbat (savob) hosil bo’ladi. Ibodatlarni to’g’ri bo’lishi uchun niyat lozim. Niyat esa fak’at musulmon kishidangina durust bo’ladi. Musulmon bo’lmaganlarning niyati to’g’ri bo’lmaydi va niyati to’g’ri bo’lmagani uchun ibodat bo’lmaydi.
3. Nisob mik’doridagi mulkka ega bo’lish.
Fitr sadak’asi molyaviy ibodat bo’lgani uchun ma’lum bir mik’dordagi mol-mulkka ega kishiga vojib bo’ladi. Fak’ir va miskinlarga vojib bo’lmaydi.
?? ??? ?????: ?? ???? ??? ?? ??? ??? ???? ????
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi: “Rasullulloh sollalohu alayhi vasallam sadak’a boylikni ork’asidan vojib bo’ladi” – dedi. Imom Ahmad rivoyat k’iladi.
Rasullulloh sollalohu alayhi va sallam ushbu hadisi sharifda fitr sadak’ni vojib bo’lishi boy bo’lgan, ma’lum bir moddiy k’uvvati bor kishiga vojib bo’lishini bayon k’ilmok’da. Islom dini engil, uning molyaviy ibodati ham engil bo’lishi kerak. Engil ado k’ilinishi ma’lum nisobga ega bo’lgandan keyin bo’ladi.
Fatovoi K’ozixonda: “Fitr sadak’asini vojib bo’lishi uchun shart k’ilingan boylik zakot nisobiga yoki asliy hojatdan (maskanidan, kiyib yurgan kiyimidan, mebelidan, ulovidan va asbob-uskunasidan) tashk’ari nisob k’iymatidagi molga ega bo’lmok’lik bilan bo’ladi. Fitr sadak’asining nisobida molni o’suvchi bo’lishi e’tiborga olinmaydi. Bir hovlidan boshk’a hovli, kiyimning uch juftidan boshk’a kiyimlari fitr sadak’asining nisobida etiborga olinadi” — deyiladi.
Zakotni vojib bo’lishida esa fak’at o’suvchi mollar 1. tillo, kumush va bugungi kundagi muomaladagi k’og’oz pullar. 2. chorvo mollari. 3. tijorat niyatidagi mollar nisobga etgan bo’lishi e’tiborga olinadi va k’irk’dan bir k’ismi zakot bo’ladi.
Demak, zakot nisobi boshk’a, fitr sadak’asining nisobi boshk’adir. Zakot nisobi fak’at zakot chik’ariladigan o’suvchi mollardan hisob k’ilinadi. Fitr sadak’asining nisobi esa asliy hojatdan (ishlatilib turgan mol-mulkdan) tashk’ari mol-mulklar ham hisob k’ilinadi. Ushbu fitr sadak’asini nisobiga ega kishiga o’zining va balag’otga etmagan fak’ir farzandining fitr sadak’asi vojib bo’ladi. Xotinining, balag’otga etgan farzandining va balag’otga etmagan boy farzandining fitr sadak’asi vojib bo’lmaydi. Lekin mazkurlarni fitr sadak’asini bersa ado topadi. Shu boylikka ega kishiga boshk’alarning zakotini, sadak’asini va nazrini olmok’ harom bo’ladi. k’urbonlik k’ilish va nafak’asiz k’olgan mahram k’arindoshlarning nafak’asini k’ilish vojib bo’ladi.
Fitr sadak’asi zakot beriladigan kishilarga berish bilan ado topadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.