Foto bobur nomidagi toshkent markaziy ekobogi ochildi — ozbekiston

Foto: bobur nomidagi toshkent markaziy ekobog’i ochildi — o’zbekiston
Shanba kuni eski hayvonot bog’i o’rnida Bobur nomidagi Toshkent Markaziy ekobog’i ochildi.
Marosimda shahar hokimi Rahmonbek Usmonov, Mirzo Ulug’bek tuman hokimi Sherzod Kudbiev va boshk’alar ishtirok etdi.
Bog’ hududi 12 ga ni tashkil etib, unda yugurish va velosiped yo’lakchalari, mini futbol, ok’ k’um to’shalgan plyaj voleyboli va badminton maydonchalari, vorkaut uchun trenajyorlar, yoga bilan shug’ullanish uchun peshayvon hamda ikkita tennis korti mavjud. Sport maydonchalari k’arshisida bog’ ma’muriyati binosi, kassa, kiyim almashtirish va dush k’abul k’ilish xonalari joylashgan. Bolalar uchun ham o’yin maydonchalari mavjud. Ekobog’da attraksionlar o’rnatilmagan.
Bog’ hududiga kiriladigan har ikki darvoza — turar-joy mavzesi va Mahtumk’uli ko’chasi tomonda — avtoturargoh mavjud. K’urilish ishlarida ekologik materiallar va gabion — tosh bilan to’ldirilgan to’rlardan foydalanilgan.
Bog’dagi eski favvora rekonstruksiya k’ilingan. YAshil hudud markazida atrofi ko’l bilan o’ralgan orol mavjud. U erda kunduzgi bayram tadbirlarini o’tkazish, esdalik uchun fotosuratga tushish mumkin.
10 iyun kuni tashrif buyuruvchilar uchun animatorlar, ko’zboylog’ichlar va masharabozlar ishtirokida ko’ngilochar dasturlar, kechki 17:00 da esa layv-bendlar va o’zbek estradasi yulduzlari ishtirokida konsert tashkil etiladi, deb xabar k’ildi ekobog’ ma’muriyati.
Foto
Комментарии 0