Foto paralimpiya jch ishtirokchilari toshkentda kutib olindi — ozbekiston

Foto: paralimpiya jch ishtirokchilari toshkentda kutib olindi — o’zbekiston
26 iyul kuni erta tongda Londonda engil atletika buyicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Uzbekiston paralimpiya terma jamoasi Toshkentga qaytib keldi.
Islom Karimov nomidagi khalqaro aeroportda JCh golib va sovrindorlarini qarindosh va yaqinlari, Milliy paralimpiya assosiasiyasi vakillari, jamoatchilik va mukhlislar kutib oldi.
Sportchilar jahon birinchiligida uchta oltin va turtta kumush medalni qulga kiritib, jahon va Osiyo rekordlarini urnatishdi.
Doniyor Soliev.
Uch hatlab sakrashda jahon chempioni va Osiyodagi eng yakhshi natija sohibi Doniyor Soliev 2017 yilgi jahon chempionati Uzbekiston uchun juda muvaffaqiyatli kechganini takidladi.
Aleksandr Svechnikov mukhlislari bilan.
Paralimpiya uyinlari-2016 oltin medal sohibi, nayza uloqtirish buyicha jahon chempioni va jahon rekordi muallifi Aleksandr Svechnikov uz galabasiga unchalik ishonch bildirmaganini aytib utdi. «Raqiblarga etarli baho bermaslik mumkin emas. Uz galabamga uncha ishonmagan edim, biroq halol galabani qulga kiritdim, deb hisoblayman. Har yili yangi sportchi, ertaga nima bulishini bilmaysan. Barcha mashhur sportchilar ham qachondir tushadi va men bu haqda hozircha uylaganim yuq, golib bulishni istayman va tamom», — dedi sportchi.
Nozima Qayumova — nayza uloqtirishda kumush medal sohibasi.
Sofiya Burkhanova — disk va yadro uloqtirishda kumush medallar sohibasi.
Комментарии 0