Foto shomahmudovlar oilasi yodgorligi toshkent markaziga kaytmokda — ozbekiston

Foto shomahmudovlar oilasi yodgorligi toshkent markaziga kaytmokda — ozbekiston

Foto: shomahmudovlar oilasi yodgorligi toshkent markaziga k’aytmok’da — o’zbekiston

Xotira va k’adrlash kuni (9 may) arafasida urush yillarida 15 bolani asrab olgan toshkentlik temirchi Shoahmad Shomahmudov oilasi yodgorligi poytaxt markaziy k’ismiga k’aytarildi.
1 may kuni yodgorlik shahar tashk’arisidagi o’rnidan Do’stlik bog’iga (sobik’ Bobur bog’i) ko’chirildi. Hozirda Tinchlik k’o’ng’irog’i yak’inida haykaltaroshlik kompozisiyasi uchun postament tayyorlanmok’da.
YOdgorlik 1982 yilda Xalk’lar do’stligi maydoniga o’rnatilgan edi. 2008 yilda monument shaharning chetki k’ismiga ko’chirib o’tk’azildi.
Madaniyat vazirligi Madaniy yodgorlik ob’ektlarini muhofaza k’ilish va ulardan foydalanish bosh boshk’armasining «Gazeta. uz»ga xabar k’ilishicha, Prezident virtual k’abulxonasi ishga tushgan vak’tdan buyon fuk’arolardan yodgorlikni shahar markaziga k’aytarish bo’yicha ko’p sonli iltimoslar kelib tushgan.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.