Fuqarolar yigini raisi oqsoqoli va uning maslahatchilari saylovi tugrisidagi uzbekiston respublikasi qo

Fuqarolar yigini raisi oqsoqoli va uning maslahatchilari saylovi tugrisidagi uzbekiston respublikasi qo

«fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tugrisida»gi uzbekiston respublikasi qonuniga uzgartish va qushimchalar kiritish haqida — o’zbekiston

Qonunchilik palatasi tomonidan 2013 yil 15 martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013 yil 28 martda maqullangan
1-modda. Uzbekiston Respublikasining 2004 yil 29 aprelda qabul qilingan «Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tugrisida»gi 609–II-sonli Qonuniga (Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Akhborotnomasi, 2004 yil, № 5, 78-modda) uzgartish va qushimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bulgan uz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta kurib chiqishlari va bekor qilishlarini taminlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy elon qilingan kundan etiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun «Khalq suzi» gazetasining 2013 yil 24 apreldagi 78 (5752)-sonida elon qilingan
Uzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013 yil 22 aprel,
URQ—351-son
Uzbekiston Respublikasining Qonuni
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tugrisida
(yangi tahriri)
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi, ovullardagi mahalla fuqarolar yigini (bundan buyon matnda fuqarolar yigini deb yuritiladi) raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish va utkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tugrisidagi qonun hujjatlari
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tugrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Uzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etish huquqi
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida Uzbekiston Respublikasi fuqarolarining (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) ishtirok etishi ikhtiyoriy hamda erkindir. Fuqarolarga ularni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida, shuningdek ularning uz khohish-irodasini erkin bildirishiga tasir kursatishga hech kim haqli emas.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash huquqiga saylov kuni un sakkiz yoshga tulgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida (bundan buyon matnda tegishli hudud deb yuritiladi) doimiy yashovchi fuqarolar ega.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etishi mumkin emas.
Qarang: Uzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasi, Uzbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining 33-bobi («Fuqaroni muomala layoqati cheklangan yoki muomalaga layoqatsiz deb topish»).
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
4-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazishning asosiy prinsiplari
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish oshkoralik, muqobillik va teng saylov huquqi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
5-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazishda oshkoralik
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tashkil etilayotganda hamda utkazilayotganda fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) utkaziladigan sana, vaqt va joy tugrisida fuqarolar voqif etiladi, fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar haqida, ovoz berish yakunlari tugrisida khabardor qilinadi.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish qanday borayotganligi ommaviy akhborot vositalari tomonidan yoritib boriladi.
6-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining muqobillik asosida utkazilishi
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga ikki va undan kup nomzod kursatgan holda amalga oshiriladi.
7-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini utkazishda teng saylov huquqi
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, etiqodi, shakhsiy va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, teng saylov huquqiga egadir.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar yiginining (fuqarolar vakillari yigilishining) har bir ishtirokchisi bir ovozga ega buladi.
8-modda. Fuqarolar yigini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari fuqarolar yigini tomonidan, fuqarolar yiginini chaqirish imkoni bulmagan taqdirda esa, fuqarolar vakillarining yigilishi tomonidan ikki yarim yil muddatga saylanadi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 105-moddasi.
9-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazishni davlat tomonidan qullab-quvvatlash
Davlat organlari fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazishda fuqarolar yiginlariga kumaklashadi, zarur hollarda esa ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan taminlashi shart.
2-bob. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish
10-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini utkazish muddatlarini belgilash
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini utkazish muddatlari saylov boshlanishidan kamida ikki oy oldin Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini utkazish muddatlari va tartibi Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
11-modda. Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazishga kumaklashuvchi komissiyasi
Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazishga kumaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat Kengashining komissiyasi deb yuritiladi) Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish davriga tuziladi.
Senat Kengashi komissiyasining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini qonun hujjatlariga tula muvofiq holda tashkil etish hamda utkazish;
fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazishga kumaklashuvchi Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Qarang: Mazkur Qonunning 12 va 13-moddalari.
komissiyalar saylovni samarali utkazish uchun zarur buladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan taminlanishini tashkil etish;
fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini utkazish masalalari yuzasidan aholi urtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish qanday borayotganligi ommaviy akhborot vositalarida yoritilishini tashkil etish;
fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish masalalari buyicha fuqarolarning murojaatlarini kurib chiqish;
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari tugrisida»gi Qonuni.
saylov yakunlari tugrisida tegishli komissiyalar tomonidan taqdim etilgan akhborotni umumlashtirish va kurib chiqish, bu akhborotni keng jamoatchilik etiboriga etkazish.
Senat Kengashining komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
12-modda. Fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazishga kumaklashuvchi komissiyalarni tuzish
Fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazishda fuqarolar yiginlariga amaliy yordam kursatish uchun Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hududida tegishincha Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tuziladi.
Komissiyalar Qoraqalpogiston Respublikasi Juqorgi Kengesi, tegishli khalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashi qarori bilan tuziladi. Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish davriga tuziladi. Tumanlar va shaharlar komissiyalari fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi elon qilinganidan keyin uz faoliyatini tugatadi.
Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yiginlarining, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar komissiyaga azo shakhslar yokhud ularning yaqin qarindoshlari orasidan kursatilgan taqdirda, ular komissiya tarkibidan chiqariladi.
13-modda. Komissiyalarning vakolatlari
Komissiyalar uz vakolatlari doirasida:
fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tugrisidagi qonun hujjatlarining ijrosini taminlaydi;
fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish buyicha ishchi guruhlarning (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Qarang: Mazkur Qonunning 14 va 15-moddalari.
fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish masalalari buyicha aholi urtasida tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
hovlilar, uylar, kuchalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi normasini belgilaydi;
ishchi guruhlardan keyinchalik tegishli tuman, shahar hokimlari bilan kelishish uchun fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qilib oladi;
fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlaydi, bundan Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadigan byulletenlar namunalari mustasno;
ishchi guruhlarning fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish masalalari bilan bogliq akhborotini eshitadi;
tegishli hududda fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqaradi hamda Senat Kengashining komissiyasiga akhborot taqdim etadi;
fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini kurib chiqadi;
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari tugrisida»gi Qonuni.
fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish bilan bogliq hujjatlarning arkhivga topshirilishini taminlaydi.
Qarang: Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Arkhiv ishi tugrisida»gi Qonuni va Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 5 apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan «Arkhiv hujjatlarini jamlash, davlat hisobiga olish, saqlash va ulardan foydalanish tartibi tugrisida»gi Nizom.
Komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
14-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish buyicha ishchi guruh tuzish
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish uchun fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) qarori bilan ishchi guruh tuziladi. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi elon qilinganidan keyin ishchi guruh uz faoliyatini tugatadi.
Ishchi guruh tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yiginining, tegishli hududda joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek khalq deputatlari tegishli tuman (shahar) Kengashining deputati kiritiladi. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigini organlarining boshqa khodimlari, shuningdek fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning, fuqarolar yigini organlari boshqa khodimlarining yaqin qarindoshlari ishchi guruh tarkibiga kiritilishi mumkin emas.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar ishchi guruhga azo shakhslar yokhud ularning yaqin qarindoshlari orasidan kursatilgan taqdirda, ular ishchi guruh tarkibidan chiqariladi.
15-modda. Ishchi guruhning vakolatlari
Ishchi guruh:
fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) utkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilaydi hamda uni utkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni khabardor qiladi;
hovlilar, uylar, kuchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi buyicha umumiy yigilishlarini tashkil etadi va utkazadi;
hovlilar, uylar, kuchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisi umumiy yigilishining ishtirokchilarini ruykhatga oladi hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi malumotlarni kursatgan holda aholining umumiy yigilishi bayonnomasini tuzadi;
tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini hisobga olgan holda tegishli komissiyaga taqdim etish uchun fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar buyicha takliflar tayyorlaydi;
fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish masalalari yuzasidan aholi urtasida tushuntirish ishlarini olib boradi;
fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining takroriy saylovi, shuningdek bushab qolgan urinlarga fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi utkazilishini tashkil etadi;
fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda utkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini kurib chiqadi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shakhslarning murojaatlari tugrisida»gi Qonuni.
Ishchi guruh qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-bob. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar kursatish
16-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar kursatish
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar kursatish tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Ishchi guruh fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tayyorlaydi va tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga saylovdan kamida un kun oldin taqdim etadi. Hujjatlarga fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning uz nomzodi kursatilishiga yozma roziligi ilova qilinadi.
Tuman yoki shahar hokimi fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini kurib chiqadi va uzining ushbu nomzodlar buyicha asoslantirilgan khulosalarini keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun tegishli komissiyalarga yuboradi.
Ishchi guruh tuman yoki shahar hokimining khulosasini olganidan keyin fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) lavozimiga kelishilgan nomzodlar haqidagi akhborotni saylovdan kamida besh kun oldin fuqarolar yigini binosiga va guzarlarga osib quyadi.
17-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga quyiladigan talablar
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar Uzbekiston Respublikasi fuqarolari bulishi, qoida tariqasida, oliy malumotga ega bulishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan bulishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarda yokhud tadbirkorlik va boshqa khujalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi urtasida obru-etiborga ega bulishi kerak.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ogir yokhud uta ogir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shakhslar, shuningdek sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy khizmatdagi shakhslar, diniy tashkilotlarning professional khizmatchilari fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib kursatilishi mumkin emas.
18-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdor tarkibini belgilash
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdor tarkibi hovlilar, uylar, kuchalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi inobatga olingan holda fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) tomonidan belgilanadi.
19-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar kursatish
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar tegishli hududda doimiy yashaydigan fuqarolarning fikrlari inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan kursatiladi.
4-bob. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini utkazish tartibi
20-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini utkazish uchun fuqarolar yiginini (fuqarolar vakillarining yigilishini) chaqirish
Fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) «Fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda chaqiriladi va utkaziladi.
Fuqarolar vakillari yigilishiga hovlilar, uylar, kuchalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi. Tarkibida mahallalar mavjud bulgan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar vakillarining yigilishiga mahallalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi.
Vakillik normasini tegishli komissiya belgilaydi.
21-modda. Fuqarolar yiginini (fuqarolar vakillarining yigilishini) utkazish tartibi
Fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) ishchi guruhning rahbari raisligida utkaziladi.
Fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) kun tartibiga, qoida tariqasida, quyidagi masalalar kiritiladi:
sanoq komissiyasini saylash;
fuqarolar yigini raisini (oqsoqolini) saylash;
fuqarolar yigini raisining (oqsoqolining) maslahatchilarini saylash.
Fuqarolar yiginida (fuqarolar vakillarining yigilishida) fuqarolar yiginining (fuqarolar vakillari yigilishining) ish reglamenti, shu jumladan fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning maruzalari, ularning muhokamasi, savollar va javoblar uchun vaqt belgilanadi.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi buyicha ovoz berish natijalarini aniqlash uchun fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) tomonidan kamida uch kishidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.
Fuqarolar yiginida (fuqarolar vakillarining yigilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni elon qiladi. Shundan sung fuqarolar yiginida (fuqarolar vakillarining yigilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning har biriga suz beradi.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning maruzasi alifbo tartibida utkazilib, nomzodlar uzining kelgusi faoliyat dasturini elon qiladi.
22-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda ovoz berish shakllari
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Ovoz berish shakli tugrisidagi qaror fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
23-modda. Ovoz berishni utkazish tartibi
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi ochiq ovoz berish orqali utkazilayotganda ovoz berish har bir nomzod buyicha qul kutarish yuli bilan utkaziladi. Bunda fuqarolar yiginida (fuqarolar vakillarining yigilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga quyadi.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar buyicha ovoz berish utkazilganidan keyin, fuqarolar yiginida (fuqarolar vakillarining yigilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigini raisining (oqsoqolining) maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga quyadi.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi yashirin ovoz berish orqali utkazilayotganda fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) ishtirokchilariga sanoq komissiyasi tomonidan saylov byulletenlari (bundan buyon matnda byulleten deb yuritiladi) beriladi.
Byulletenga fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritiladi.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilarini saylashda byulletenlarni berish bevosita ovoz berishdan oldin boshlanadi.
Byulleten ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki khonasida tuldiriladi. Ovoz beruvchi byulletenning ung tomonida uzi yoqlab ovoz berayotgan fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchisi lavozimiga nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan bush kvadratga belgi-krestik quyadi.
Ovoz beruvchi tuldirilgan byulletenni saylov qutisiga tashlaydi.
Saylov qutilari ovoz berish tugaganidan keyin sanoq komissiyasi tomonidan ochiladi.
Byulletenlarning namunalari va shakllari Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2013 yil 25 sentyabrdagi KQ-91-II-sonli «Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi buyicha saylov byulletenlari namunalarini tasdiqlash tugrisida»gi Qarori.
24-modda. Ovozlarni sanab chiqish
Ovozlar sanoq komissiyasi tomonidan fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga har bir nomzod buyicha sanab chiqiladi.
25-modda. Sanoq komissiyasining bayonnomasi
Ovozlarni sanash natijalari buyicha sanoq komissiyasi tomonidan bayonnoma tuziladi va bayonnoma sanoq komissiyasining raisi hamda azolari tomonidan imzolanadi.
Sanoq komissiyasining bayonnomasida quyidagilar kursatiladi:
fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) ishtirokchilarining umumiy soni;
ovoz berishda qatnashgan fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) ishtirokchilarining soni;
yashirin ovoz berish utkazilganida byulleten olgan fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) ishtirokchilarining soni;
fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni;
yashirin ovoz berish utkazilganida haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar soni.
Sanoq komissiyasining bayonnomasi sanoq komissiyasining raisi tomonidan uqib eshittiriladi va fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) tomonidan tasdiqlanadi.
26-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqarish
Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan kuprogi ovozini olgan nomzod fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchisi lavozimiga saylangan deb hisoblanadi.
Fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi yakunlari buyicha qaror qabul qiladi, mazkur qaror fuqarolar yiginida (fuqarolar vakillarining yigilishida) raislik qiluvchi tomonidan uqib eshittiriladi.
Fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) bayonnomasi ikki nuskhada tuzilib, bir nuskhasi saylov yakunlarini umumlashtirish uchun tegishli tuman va shahar komissiyasiga taqdim etiladi.
Tegishli tuman va shahar komissiyalari fuqarolar yiginlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlariga doir umumlashtirilgan malumotlarni yuqori turuvchi komissiyaga topshiradi.
27-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini utmagan yoki haqiqiy emas deb topish
Agar fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolar yiginida ishtirok etuvchilar ruykhatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kamrogi ishtirok etgan bulsa, saylov utmagan deb topiladi. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar vakillarining yigilishlarida utkazilgan taqdirda, agar yigilishda hovlilar, uylar, kuchalardan hamda shaharchalar, qishloqlar va ovullar mahallalaridan fuqarolar vakillarining uchdan ikki qismidan kami ishtirok etgan bulsa, saylov utmagan deb topiladi.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi davomida yoki ovozlarni sanab chiqishda yul quyilib, ovoz berish yakunlariga tasir qilgan qoidabuzarliklar tufayli saylov sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
28-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida takroriy ovoz berish
Agar fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga ikki nafardan ortiq nomzod kursatilgan va ulardan birontasi ham saylanmagan bulsa, fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) eng kup ovoz olgan ikki nomzod buyicha takroriy ovoz berishni utkazish tugrisida qaror qabul qiladi. Takroriy ovoz berish ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda utkaziladi.
Takroriy ovoz berish chogida ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan kuproq olgan nomzod fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga saylangan hisoblanadi.
29-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi quyidagi hollarda utkaziladi, agar:
avvalgi saylov utmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bulsa;
takroriy ovoz berish fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylanganligini aniqlash imkonini bermasa;
fuqarolar yiginida (fuqarolar vakillarining yigilishida) fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga kupi bilan ikki nafar nomzod kursatilgan hamda ulardan birontasi ham saylanmagan bulsa.
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda bir oylik muddatdan kechiktirmasdan utkaziladi.
30-modda. Bushab qolgan urinlarga fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tegishli fuqarolar yiginlarida ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda yangi saylov utkaziladi.
31-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari ustidan shikoyat qilish
Fuqarolar yiginining (fuqarolar vakillari yigilishining) fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari buyicha qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
32-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari buyicha fuqarolar yigini organlarini shakllantirish
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari buyicha fuqarolar yigini (fuqarolar vakillarining yigilishi) bir oy ichida fuqarolar yigini kengashini shakllantiradi, fuqarolar yigini faoliyatining asosiy yunalishlari buyicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylaydi.
Qarang: Uzbekiston Respublikasi «Fuqarolarning uzini uzi boshqarish organlari tugrisida»gi Qonunining 9-moddasi uchinchi qismi, 9 va 18-moddalari.
33-modda. Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Fuqarolar yigini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tugrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shakhslar belgilangan tartibda javobgar buladilar.
(Uzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tuplami, 2013 y., 17-son, 220-modda)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.