Futbol daholarining faoliyatini yakunlayotgan totti hakidagi fikrlari — ozbekiston

Futbol daholarining faoliyatini yakunlayotgan totti hakidagi fikrlari — ozbekiston

Futbol daholarining faoliyatini yakunlayotgan totti hak’idagi fikrlari — o’zbekiston

28 may kuni Italiya A seriyasinining so’nggi, 38-turi doirasida «Roma»ning afsonaviy sardori, 40 yoshli «imperator» Franchesko Totti professional futbolchilik faoliyatidagi so’nggi o’yinini o’tkazadi. Shu munosabat bilan futbol olamidagi eng ko’zga ko’ringan shaxslarning italiyalik hujumchi to’g’risidagi fikrlarini tak’dim etamiz.
Pele, 2016 yil may: «Totti italiyalik Pelemi? Ha, shunday deyish mumkin. Bu super futbolchi».
Diego Maradona, 2017 yil may: «Franchesko Totti – Rim imperatori! U men hayotim davomida ko’rgan eng yaxshi futbolchi bo’lib k’oladi».
Florentino Peres, 2013 yil iyun: «Men Tottini «Real»ga olib kelishga uringanim rost. Bu juda buyuk futbolchi, birok’ bu ushalmagan orzuligicha k’oldi».
Zinedin Zidan, 2016 yil fevral: «Bu Totti bir o’zi o’ynaydigan spektakldir, uning oldida shlyapamni echaman. Futbolni yaxshi ko’ruvchi insonlar Tottini maydonda ko’rishni istaydi».
Mishel Platini, 2015 yil oktyabr: «Totti futbol dahosidir. U butun faoliyatini bir jamoada o’tkazgan yagon buyuk futbolchi».
Frans Bekkenbauer, 2009 yil dekabr: «Tottining hak’ik’atdan oltin oyok’lari bor. U butun dunyoga mashhur Bandiera (bayrok’)dir».
Lionel Messi, 2016 yil sentyabr: «Men senga doim havas k’ilib kelganman, seni uchratgan kunimdan buyon bu havas yanada oshgan. Umid k’ilamanki, sen hali yana uzok’ vak’t o’ynaysan».
Arsen Venger, 2009 yil fevral: «Bu jahon darajasidagi futbolchi. Totti hamma ishni bir o’zi k’ilishi mumkin. Uning har bir to’p uzatishi sizni «o’ldirishi» mumkin. U bir harakat bilan himoyalarni «ochib tashlay» oladi».
Milosh Zeman, 2016 yil iyun: «Tarixdagi besh nafar eng yaxshi italyan futbolchisi? Totti, Totti, Tottti, Totti va Totti».
Luis Enrike, 2014 yil may: «Men Tottiga maftun bo’lgan odamman. Hatto uning rafik’asi uni mendan rashk k’iladi. Bu chempion bilan ishlash men uchun sharaf edi».
Roje Federer (tennischi), 2016 yil aprel: «Franchesko va men o’z sport turlarimizda timsollarmiz. Uning futbol uchun k’ilgan ishlariga teng keladigani yo’k’. Bu hak’ik’iy namuna. Bu zamonaviy timsol».
Pep Gvardiola, 2014 yil oktyabr: «Bu hayratlanarli futbolchi. Uning futbolga bo’lgan muhabbatini his k’ilish mumkin. Uni hozirgi yoshida shunday k’at’iy holda ko’rish – ajoyib».
Raul, 2015 yil aprel: «Totti ajoyib futbolchi, o’z avlodining eng yaxshilaridan biri. Uni o’z jamoasida ko’rishni istamagan kimdir bormi?».
Luka Modrich Totti bilan almashtirgan futbolkasi hak’ida: «Bu futbolka men o’z faoliyatimda almashgan liboslar orasida eng k’adrlisidir. U mening kumirim».

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.