Futbol muxlislari hakida gayrioddiy vokealar — ozbekiston

Futbol muxlislari hak’ida g’ayrioddiy vok’ealar — o’zbekiston
Futbol shunday o’yinki, uning jozibasidan muxlislar cheksiz bahra olishadi. G’alaba sarmastligini uncha-muncha yok’imli tuyg’u bilan k’iyoslab bo’lmasligi ham ayni hak’ik’at. Birok’ sevimli jamoalari kutilmagan mag’lubiyatga uchrasa, bundan chinakamiga jazava tushadigan, nazoratni mutlak’o k’o’ldan chik’arib, kuchli alam ta’sirida nojo’ya xatti-harakatlarni amalga oshiradigan ehtirosli fanatlar ham bor, albatta. K’uyidagi mak’ola xuddi shunga o’xshash 10ta g’ayrioddiy vok’ea xususida…
Fanatlar Pele bashoratiga k’arshi
— Biz Pelening uyi oldida kechasi bilan namoyish uyushtirib, unga uyk’u bermaymiz,-dedi avvalgi oy halovati buzilgan kolumbiyalik ashaddiy muxlislardan biri. Bunday asabiy bayonotning sababi oddiy: braziliyalik futbol afsonasi yak’inda yana «bashorat k’ilish k’obiliyati»ni ishga solib, Kolumbiya terma jamoasini navbatdagi mundial bosh sovriniga asosiy da’vogarlardan biri sifatida tilga oldi. Xo’sh, shunga nima, axir kimsan Pelening e’tirofi yok’imli emasmi? Birok’ gap shundaki, allak’achon «anti-Nostradamus» lak’abini orttirgan janob Pelening avvalgi aksariyat bashoratlari to’g’ri chik’magan, aksincha, amalda hammasi g’irt teskari ko’rinish olgan. «1994 yilgi JChni bir eslang… O’shanda ham Pele terma jamoamizning mutlak’ kuchliligini aytib, AK’Shda g’alaba k’ozonishini taxmin k’ilgandi,-deydi o’sha jig’ibiyron muxlis. — Ming afsuski, milliy termamiz amalda hattoki, guruhdan ham chik’olmagandi. Boz ustiga, o’z darvozamizga gol urib k’o’ygan himoyachi Andres Eskobar alamzada muxlislar tomonidan otib o’ldirildi. Shunday ekan, yaxshisi, Pelening bashoratlaridan uzok’rok’ yuraylik. Bizga ortik’cha «drama» kerak emas».
Parker uchun rak’s sabog’i
1990 yil YAmaykaning «Kings of Daymondz» havaskorlar klubi hujumchisi Uesli Parker uchun o’ta nok’ulay keldi. Chunonchi, avvaliga uning maydonda ishlari sira yurishmadi. Buning ok’ibatida bechora futbolchi muxlislarning g’azabiga duchor bo’lib, bir necha dahshatli tahdidga ham uchradi. Eng yomoni, bir gal alamzada ishk’ibozlar uni o’g’irlab ketishdi hamda shahar chetidagi k’arovsiz bir binoga k’amab k’o’yishdi. Mahalliy polisiyaning tergov-surishtiruvlaridan so’ng anik’lanishicha, nik’obli kimsalar futbolchini nak’ 2 soat davomida «limbo» atalmish g’oyat serharakat rak’sga tushishga majbur k’ilishgan ekan. Bundan ko’zlangan mak’sad ham «ajoyib» — hujumchining chak’k’onligini oshirib, uni vaziyatlardan samarali foydalanishga o’rgatish! Xullas, bechora Parker 120 dak’ik’a «berilib» rak’sga tushgach, maydonda faolrok’ bo’lish sharti bilan ozod k’ilingan…
Daraxt ustida ochlik…
Tasavvur k’iling, k’aysidir jamoaning sust o’yini, noto’g’ri taktikasi va k’onik’arsiz sport formasidan bezigan ashaddiy muxlissiz. Aytingchi, vaziyatni o’nglash uchun nima k’ilasiz? Ana, «Bilmadim» k’abilida bosh k’imirlatishdan nariga o’tmadingiz. «Korintians» klubining Roberto ismli ishk’ibozi esa uzok’ o’ylanib o’tirmay, stadion yak’inidagi daraxt ustiga chik’ib olgancha shunchaki, ochlik e’lon k’ildi-k’o’ydi. Anik’rok’ aytsak, u 2003 yili bir k’op bananni olib, daraxtga chik’di-da, o’zini ark’on bilan bak’uvvat shoxga bog’ladi. O’jar Roberto k’achonki, jamoa o’yiniga mazmun kirsagina pastga tushishi hak’ida ogohlantirishni ham unutmadi. Xullas, Roberto shu ko’yi daraxt ustida nak’ 7 kun (!) o’tirdi. Bu orada sabr kosalari to’lgan futbolchilar uni chirigan mevalar bilan «toshbo’ron» k’ilgancha pastga tushishga undashdi. Birok’ k’aysar muxlis ularga javob tarik’asida banan po’chok’larini ulok’tirib, joyida o’tiraverdi.
Muhabbat va nafrat chegarasi
DAVOMI
Комментарии 0