Futzal boyicha u-20 osiyo chempionatiga kura tashlandi — ozbekiston

Futzal boyicha u-20 osiyo chempionatiga kura tashlandi — ozbekiston

Futzal bo’yicha u-20 osiyo chempionatiga k’ur’a tashlandi — o’zbekiston

Tailand poytaxti Bangkok shahrida bugun, 30 mart kuni 20 yoshgacha bo’lgan futzalchilar o’rtasida tarixda birinchi marta o’tkaziladigan Osiyo chempionatiga k’ur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi.
Marosim Bangkok shahridagi Grand Fourwing Hotel mehmonxonasida o’tkazildi. K’ur’a natijasiga ko’ra, O’zbekiston U-20 terma jamoasi “C” guruhidan joy oldi. Mazkur guruhda o’zbekistonlik futzalchilar K’atar, Livan, Myanma va Gong Kong davlatidagi tengdoshlari bilan kuch sinashadi.
Musobak’a reglamentiga ko’ra, har bir guruhda 1–2 o’rinlarni egallagan jamoalar chorak finalga yo’l oladi. Chorak finalda g’alaba k’ozonganlar yarim finalga, yarim finalda yutganlar esa finalga yo’l oladi. Shuningdek, uchinchi o’rin uchun ham uchrashuv o’tkaziladi.
Eslatib o’tamiz, futzal bo’yicha U-20 Osiyo chempionati 2017 yilning 16–26 may kunlari Bangkok shahridagi Bangkok Arena va Huamark Indoor Stadium sport majmualarida o’tkaziladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.