Gemorroy — belgilari davosi — ozbekiston

Gemorroy — belgilari davosi — ozbekiston

Gemorroy — belgilari, davosi — o’zbekiston

K’adimgi Misr va Vavilonda gemorroyni jarrohlik yo’li bilan davolashgan. Bu xastalik hak’ida Gippokrat, Galen, Ibn Sino asarlarida ham etarlicha to’xtalingan.
Ma’lumki, Napoleon Bonapart ham shu xastalikdan aziyat chekkan.
Hozirgi kunda gemorroyga aholining 10% chalingan bo’lib ularning aksariyati 30-50 yoshdagi erkaklardir. Bu kasallikka ayollar aynik’sa homiladorlik davrida chalinadilar.
Ko’pchilik bemorlarga an’anaviy tibbiyot jarrohlik operasiyalarni tavsiya etsa-da, bunga fak’at 20 % ehtiyoj sezadi.
Insonning ork’a teshigi mushak va birlashtiruvchi to’k’imalardan tashkil topgan. Ichidan shillik’ k’avatli bo’g’imchalar – ya’ni gemorroidal tugunlar bilan k’oplangan. Gemorroidal tugunlar inson k’attik’ kuchanganida shillik’ k’avat bilan birga pastga surilishi mumkin. Buning natijasida k’on aylanish buzilib gemorroidal tugunlar o’lchovi kengayadi va tashk’ariga chik’ib k’oladi. Kasallikning bir necha bosk’ichlari mavjud:
1. gemorroidal tugunlar kengayib k’onaydi;
2. najas chik’ayotgan paytda tugunlar tashk’ariga chik’ib ketsa-da, yana joyiga k’aytadi;
3. tugunlar chik’ib ketib, joyiga k’aytarish uchun k’o’llardan foydalaniladi;
4. tugunlar chik’ib ketib joylashtirib bo’lmaydi;
5. tugunlarning chik’ib ketishi keskin og’rik’ bilan birga kuzatiladi.
K’on ok’ishi har k’anday bosk’ichda ham yuzaga kelishi mumkin.
Kasallikning belgilari
Agar hojatga kirganda (bo’shanish paytida) ichki kiyim, tualet k’og’oz yoki unitazda k’on ko’rsangiz, ork’a teshik k’ismida k’ichish, gemorroidal tugunlarning tashk’ariga chik’ishini kuzatsangiz darhol shifokor-proktologga murojat k’iling. Gemorroy belgilarining ostida jiddiy ichak kasalliklari ham yashirinishi mumkin.
Kasallikni keltirib chik’aruvchi omillarga:
-tez-tez sodir bo’ladigan k’abziyat va ich ketish;
— ich k’otishi;
-gemoroidal venalarning yallig’lanishi va infeksiyasi;
-ichaklarning yallig’lanishi;
— kam harakatlik;
-homiladorlik sabab bo’ladi.
Ofisda, kompyuter oldida, kutubxonada k’izik’arli kitob bilan tikuv mashinasi oldida soatlab o’tirish zararlidir. Bunday paytda soatiga bir mahal har k’anday zarur ishlarni k’o’yib 5-10 dak’ik’ali tanaffus k’ilish kerak. Yumshok’ kursi o’rniga k’attik’ o’rindik’dan foydalaning (bu bel va umurtk’a uchun ham foydali). O’rindik’k’a maxsus yog’och taxtachani (bu maslahat haydovchilarga hamtegishli) k’o’yib o’tiring. Boshlanayotgan gemorooyda og’ir jismoniy ishlar bajarish mumkin emas. Haydovchilar esa rul oldida 3 soatdan ko’p vak’t o’tkazishlari zararlidir. Yo’lda tanaffus k’ilib, faollik bilan harakatlanish kerak.
Gemorroyga homilador ayollar ko’p chalinadilar. Hisobotlarga ko’ra gemorroyga 41-42% homilador va tuk’k’an ayollar chalinsa, boshk’a yoshdagi ayollar ichida bu ko’rsatkich atigi 8% ni tashkil etadi. Ko’pincha gemorroy birinchi va ikkinchi homiladorlik davrida paydo bo’ladi.
Gemorroyni oldini olish uchun kichik tosdagi k’on aylanishni yaxshilash mak’sadida muntazam ravishda k’orin mushaklarini kuchaytirish zarur. Mutaxassislar tomonidan ishlab chik’ilgan ba’zi mashk’lar bu noxush xastalikdan xalos bo’lishga yordam beradi:
1. Tik turib oyok’larni juftlashtiriladi, dumba va ork’a teshik mushaklarini taranglashtiriladi.
2. k’attik’ o’rindik’k’a o’tirib belni tik tutiladi, bir oz oldinga burilib ork’a teshik mushaklarini muntazam taranglashtiriladi.
3. chalk’ancha yotib elka kengligida oyok’larni bukib tovonlarni polga tirab turiladi. Bel va tovonlarga tayanib tos poldan ko’tariladi.
4. Chalk’ancha yotib oyok’larni navbatma-navbat ko’tariladi.
5. Chalk’ancha yotib oyok’larni ikki tarafga yoyiladi va k’aychi shaklida birlashtiriladi.
6. Chalk’ancha yotib tizzalarda bukilgan oyok’lar ko’tariladi va xuddi velosipedda ketayotgandek harakatlarni bajariladi.
7. Chalk’ancha yotib tizzalar bukiladi va k’attik’ holda k’oringa birlashtiriladi.
Mashk’larni kuniga 2-3 marta bajarish kerak.
Gemorroy kasalligida bir vak’tda ovk’atlanish kerak. Ovk’atlanish tartibi organizmni ich ketishi va k’abziyatdan muhofaza k’ilish zarur. Buning uchun xamirli va o’ta yog’li ovk’atlar keskin kamaytiriladi. Taomnomangizda muntazam ravishda k’atik’, kepak mahsulotlari, sabzavotlar, tarkibida magniy va sulfatlar bo’lgan mineral suvlar bo’lishi shart. Xona haroratidagi ilik’ mineral suvni kuniga uch mahal bir piyoladan ichishni o’zingizga odat k’ilib oling. Achchik’, tuzlangan taomlar, ichimliklar k’at’iy mumkin emas.
Agar gemorroyga k’abziyat sabab bo’lgan bo’lsa, taomnomangizni ozuk’a kletchatkasi bilan boyiting. U ozuk’a kepagi, karam, loviya, lavlagi, oshk’ovok’, sabzi, tarvuz, k’ovun, k’ora undan tayyorlangan, javdari nonda ko’pdir. Ohirgi paytlarda bargizub urug’i asosida tayyorlangan (mukofalk) va sellyulozadan tayyorlangan (MKS-28) dori vositalari keng tark’aldi. Shu bilan bir k’atorda ko’p mik’dorda suyuk’lik ichish (sutkasiga 2-3 litrgacha) zarur. Aks holda bunday parhez organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Og’rik’ni k’oldirish va kasallikning zo’rayishini oldini olish mak’sadida muntazam ravishda mustahab k’ilinadi. Shark’ mamlakatlarida gemorroyga chalinish xavfi halk’ning kichikligidan mustahab k’ilishga o’rganganligi sababli kamdir. Zo’rayishlar paytida och-pushti rangli margansovka eritmasida mustahab k’ilish yoki hojatdan chik’kandan keyin 1,5-2 dak’ik’a margansovkali vannalar k’abul k’ilinadi.
Agar kasallik zo’rayib davolash muolajalari yaxshi yordam bermasa, har hojatga kirganda tugunlar tashk’ariga chik’sa, operasiya (gemorroediktomiya) tavsiya etiladi. O’rta yoshgacha bo’lgan insonlar keksalarga k’araganda operasiyani oson kechirib yaxshi natijalarga erishadilar. Ammo keksa yoshdagi kishilarda yaralar bitish k’iyin bo’lib, yiringlashi ham mumkin.
Gemorroyda dush k’abul k’ilish yaxshi natija beradi. Buning uchun xona haroratidagi ilik’ suvda ork’a teshikni pastdan tepaga k’arab yuviladi. Dushni muntazam ravishda k’abul k’ilish og’rik’larni kamaytirib o’z samarasini beradi.
Kasallik zo’rayganda yangi sabzining bargidan choy damlab iching yoki Gippokrat tavsiyasiga ko’ra ork’a teshikka bodring bo’lagini k’o’ying.
Agar ork’a teshik k’ichishsa yoki undan suyuk’lik ajralsa maxsus choy iching:
1 osh k’oshik’dan bo’ymodaron, sano, frangula po’sti, k’izilmiya ildizi, kashnich o’tlarini aralashtirib, 1 osh k’oshig’iga bir piyola k’aynok’ suv k’uyiladi va bug’da 10 dak’ik’a k’aynatiladi. Sovutib dokadan o’tkaziladi. Bir piyoladan kechasiga ichiladi.
1 choy k’oshik’ limono’tga bir piyola k’aynok’ suv k’uyib vanna yoki huk’na k’ilinadi. Kasallik zo’rayganda yallig’langan joylarni mayda tuyilgan o’rik magizi va sariyog’ bilan 1:5 mik’dorda aralashtirilgan surtmada suriladi.
Xalk’ tabobati usullaridan k’uyidagilar tavsiya k’ilinadi: 1.O’rtacha temir bidonga k’attik’ k’izdirilgan g’ishtni solib mayda to’g’ralgan sarimsok’ piyozni sepiladi. G’isht tutashni boshlaganda bidon ustiga o’tiriladi.
2. K’alin sopol idishga 2 litr sut k’uyib ichiga 4 dona katta piyoz tashlanadi bir soatga bug’xonada, past olovda pishiriladi. Tayyor bo’lgandan keyin usti teshik yog’och k’opk’ok’ bilan yopib o’tiriladi. Muolajani har uch kunda k’aytariladi. 3-4 muolaja etarli bo’ladi. Muolajadan oldin ich suruvchi dori k’abul k’ilish, ork’a teshikka vazelin surkash kerak.
3. Tog’oraga sovuk’ suv k’uyib 5-7 dak’ik’aga o’tiriladi. Muolaja har kuni uyk’udan oldin 3 hafta mobaynida o’tkaziladi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.