Gollar shousida surkhon maglub buldi — ozbekiston

gollar-shousida-surkhon-maglub-buldi-ozbekiston Все новости

Gollar shousida surkhon maglub buldi — o’zbekiston

Bugun Respublikamizning bir qator shaharlarida futbol buyicha Uzbekiston milliy chempionati birinchi liga jamoalari navbatdagi 31-tur uchrashuvlarida maydonga tushishdi. Khususan Termizdagi «Alpomish» uyingohida bulib utgan uchrashuvda «Surkhon» jamoasi Muborakning «Mashal-2» jamoasi qabul qildi.
Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq mehmonlar hisobni ochishdi. Khimoyachilarimizning khatosidan unumli foydalangan Muni Mirmukhsin uchrashuvda hisobni ochdi 0:1. Oradan khech qancha vaqt utmasdan aniqrogi 9-daqiqada Rajabov Mirjalol yana bir bor himoyachilarimiz hatosidan unumli foydalanib hisobni 0:2 etkazdi.
Chap qanot himoyasida kharakat qilgan legionerimiz Vladislav Pavlenko usha pallada juda sust kharakat qildi. “Surkhon” jamoasining chap qanot himoyachisi Akbar Murodov sariq kartochkalari soni 4 taga etganligi sababli ushbu uchrashuvni utkazib yuborishdi. Uning joyi bugun juda bilindi.
39-daqiqada hisob yana uzgardi. Najmiddin Normurodov bilan yakamma-yakka kurashda ustunlikka erishgan Shakhzod Ubaydullaev Akrom Khodjaev bilan birga — bir vaziyatdan unumli foydalanib khisobni 0:3 etkazdi.
Oradan 1 daqiqa utar — utmas Nuriddin Hasanovga nisbatan «Mashal» futbolchisi qupollik ishlatdi va khakam 11-metrlik jarima zarbasi belgiladi. Jonibek Kuchimov penaltini aniq amalga oshirib hisobni qisqartirdi, 1:3. Birinchi taym ushbu hisob bilan yakunlandi.
Ikkinchi bulim boshida khakam yana 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi. Bu safar Jonibek zarbani noaniq amalga oshirdi va hisob uzgarmay qoldi.
Uchrashuvning 58-daqiqasida Shakhzod Ubaydullaev uzining dublini nishonladi. Bu safar u 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi, 1:4.
Uyinning 77 va 86-daqiqalarida Sanjar Baratov ham dubl qayd etdi, 3:4 ga etdi. Qarama qarshilikda juda kup tukhtalishlar bulganligi sababli uchrashuv khakami ikkinchi bulimga 7 daqiqa qushib berdi, lekin, afsuski bu daqiqalarda mekhbonlar khar qancha kharakat qilmasin hisobni tenglashtira olishmadi.
Dramatik tarzda kechgan uchrashuvda «Mashal-2» futbolchilari galaba qozonishdi.
Uchrashuvning eng yakhshi futbolchilari «Surkhon» jamoasidan Sanjar Baratov, «Mashal-2» tarkibida Shakhzodbek Ubaydullaevlar buldilar.
Birinchi liga 31-tur.
12.10.2017.
«Surkhon» (Termiz) — «Mashal -2» (Muborak) 3:4
Hakamlar: I. Khudaydatov (Toshkent), S. Ulfatov (Toshkent vil.), S. Nishonboev (Toshkent)
Nazoratchi: G. Karimov (Toshkent)
Gollar: Yusupov Munimirmukhsin 6, Rajabov Mirjalol 9, Shakhzod Ubaydullaev 39, 58, Jonibek Kuchimov 41, Sanjar Baratov 77, 86.
«Surkhon»: 35. Akrom Khodjaev4. Mirjalol Kurbonov 5.Najmiddin Normurodov 6. Nuriddin Khasanov 7. Azizbek Usmonov 8. Farrukh Khaydarov 9. Nizomjon Norov 17. Sanjar Baratov 19. Vladislav Pavlenko 21. Akmal Abdurakhmonov 77. Jonibek Kuchimov
Zakhiradagilar: 1. Ruslan Matniyazov 18. Sardor Arabov 47. Islom Puladov 27. Ulugbek Mamanorov 22. Timur Mamadaliev.
“Mashal-2”: 40. Tukhtaboev Dostonbek 5. Togaev Shakhzod 7. Yusupov Munimirmukhsin 8. Inoyatov Akhrorjon 10. Ubaydullaev Shakhzodbek 16. Kholmurodov Kholmurod 20. Rustamov Sunnatilo 47. Rajabov Mirjalol 55. Toshpulatov Mukhammad 70. Nazarov YOdgor 90. Abduraimov Shakhboz.
Zakhiradagilar: 1. Ziyavuddinov Shukhratbek 9. Akromov Zafarbek 17. Egamberdiev Mirzokhid 24. Rizvonov Mukhiddin 26. Farkhadov Boburbek.
“Surkhon” Matbuot kotibi, Elyor Uzakov.

Оцените статью
Добавить комментарий