Grizmann realni 2 ochkodan mahrum kildi — ozbekiston

Grizmann realni 2 ochkodan mahrum k’ildi — o’zbekiston
Ispaniya chempionatining 31-turi doirasida «Real» va «Atletiko» jamoalari «Santyago Bernabeu» stadionida to’k’nash kelishdi. Zidan shogirdlari g’alabaga yak’in turishgandi, ammo Antuan Grizmann «K’irollik klubi»ni g’alabadan mahrum k’ildi.
La ligada chempionlik uchun kurashda muhim palla boshlandi. Buyog’iga yo’k’otiladigan har bir ochkoning k’adri juda yuk’ori bo’ladi. Buni his k’ilgan Zidan jamoasini Madrid derbisiga yuk’ori formada olib kelishga harakat k’ildi.
Simeone jamoasi esa o’z uslubida zich himoyani tashkil k’ilib, k’arshi hujumdan foydalanishga harakat k’ilishdi. Mezbonlar rak’ibga nisbatan ko’prok’ golli vaziyatlarni yaratganini ta’kidlash lozim.
O’yinning 15-dak’ik’asida Ronaldu jarima maydonchasi burchagidan xavfli zarba berdi! YAn Oblak zarbani k’aytardi. Shu tarik’a «Atletiko» posbonining k’ahramonligi boshlandi. 28 dak’ik’aga kelib Benzema va Ronaldu o’zaro «devor» o’ynab, rak’ib jarima maydonchasi kirishdi. Karim 14 metrlardan bergan zarbani Oblak k’aytarishga muvaffak’ bo’ldi.
Oradan 3 dak’ik’a o’tib, hisob ochilishi kerak edi. «Atletiko» futbolchilari maydon markazida to’pni rak’ibga berib k’o’yishdi va «Real» o’ta xavfli k’arshi hujum tashkil k’ildi. Ronaldu o’ng tomondan jarima maydonchasiga kirib zarba berdi. Darvozaga kirib ketayotgan to’pni Savich bosh bilan k’aytarib k’oldi!
Bo’lim so’ngida «matraschilar» hisobni ochishga yak’in kelishdi. Serxio Ramos maydon markazida to’pni Grizmanga berib k’o’ydi. Antuan rak’ib jarima maydonchasi atrofiga yak’inlashib, zarba berdi. To’p Navasning k’o’lidan tark etdi.
Ikkinchi bo’limni «k’aymok’ranglilar» faol boshlashdi. O’ng k’anotdan etkazilgan uzatmani Ronaldu bosh bilan darvozabon maydonchasiga etkazdi. Benzema tomonidan yo’llangan zarbani Oblak ko’kragi bilan k’aytarib k’oldi. Nihoyat, 52-dak’ik’ada hisob ochildi. Toni Kroos jarimadan etkazib bergan uzatmani Pepe bosh bilan darvozaga joylab k’o’ydi.
Bahsning 60-dak’ik’asida «Atletiko» hisobni tenglashtirish uchun juda k’ulay imkoniyatga ega bo’ldi. Koke maydon markazida to’pni egallab, Torresni birga-bir vaziyatga chik’arib yubordi. Fernandoning zarbasini Keylor Navas k’aytardi!
O’yinning so’nggi 10 dak’ik’asida Zidan jamoasi e’tiborni himoyaga k’arata boshladi. Mehmonlar rak’ib mudofaasini bir marta yorib o’tishga muvaffak’ bo’lishdi va shuning o’zi durang uchun etarli bo’ldi. Antuan Grizmann yakkama-yakka vaziyatga chik’ib, darvozani ishg’ol k’ildi.
Ushbu durang natijasida «Real»ning ochkolari 72taga etdi. «Barselona» bugun «Malaga»ni mag’lub etsa, ochkolar bo’yicha «K’irollik klubi»ga etib oladi va to’plar fark’iga ko’ra jadval peshk’adamiga aylanadi.
Ispaniya La ligasi, 31-tur
8 aprel, 19.15, «Santyago Bernabeu»
«REAL MADRID» — «ATLETIKO MADRID» 1:1 (0:0)
Gollar: 1:0 – 52 Pepe, 1:1 – 85 Grizmann.
Real Madrid – Navas, Pepe (Nacho, 67), Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Isko, 76), Beyl (Vaskes, 81), Ronaldu, Benzema.
Atletiko – Oblak, Savich, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul (Korrea, 62), Gabi, Ferreyra Karrasko (Ximenes, 88), Koke, Grizmann, Torres (Parti, 78).
Ogohlantirishlar: Kazemiro (37), Saul (52), Godin (60), Karvaxal (88), Koke (89).
Комментарии 0