Hakikat hamisha golib chikadi — ozbekiston

Hakikat  hamisha golib  chikadi — ozbekiston

Hak’ik’at hamisha g’olib chik’adi — o’zbekiston

Islom olamining shavkatli k’ahramoni, Payg’ambarimiz Muhammad s. a.vning ishonchli va sadok’atli safdoshi, musulmonlarning ikkinchi xalifasi, dono va odil Umar Ibn Xattobning (r. a.) nomi, Islom da’vati yo’lidagi xizmatlari tillarda doston bo’lib kelyapti…
TAK’DIM
Islom olamining shavkatli k’ahramoni, Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning ishonchli va sadok’atli safdoshi, musulmonlarning ikkinchi xalifasi, dono va odil Umar Ibn Xattobning (r. a.) nomi, Islom da’vati yo’lidagi xizmatlari tillarda doston bo’lib kelyapti. Hazrati Umarning (roziyallohu anhu) tilidayu dilida hamisha Allohning zikri edi. Alloh taolo Umar (r. a.) sababidan Islomning shavkatini ulug’ladi. Alloh taolo hazrati Umarni (r. a.) shunday martabaga erishtirdiki, u so’zlaganda dunyo larzaga kelardi. U odillik bilan hukm chik’arganda g’ayridinlar ham lol k’olardi. To’g’rini egridan ajratishda o’ta hassos bo’lganidan Payg’ambarimiz alayhissalom unga “Foruk’” (fark’lovchi) deb nom bergandilar. U hak’ik’at yo’lida javlon urganida dunyoni o’tk’azib-turg’izardi. U musulmon ummati uchun york’in nur, jannat ahli uchun porlagan chirok’ bo’ldi. Hazrati Umar (r. a.) Islomni k’abul k’ilganida Allohning maloikalari bu xushxabarni bir-birlariga etkazib, xursand bo’lishgandi.
Umar Ibn Xattob (r. a.) K’uraysh k’abilasidan edi, kunyasi Abu Hafsa, lak’abi Foruk’ bo’lgan. Ota tomondan shajaralari – Xattob o’g’li, Nufayl o’g’li, Abdul Uzzo o’g’li, Riyoh o’g’li, K’urt o’g’li, Raziy o’g’li, Adiy o’g’li Ka’bdir. Sulolasi to’k’k’izinchi otada (Ka’bda) Payg’ambarimizning sulolalariga birlashadi. Onalari Xontama ismli ayol bo’lib, K’urayshning Bani Maxzum naslidan, Hoshimning k’izi edi.
Hazrati Umar (r. a.) fil yilidan uch yil keyin tug’ilgan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Payg’ambarlikka musharraf bo’lganlarida, 27 yoshda edi. Payg’ambarlikning oltinchi yili, ya’ni 33 yoshda Islomga kirdi. U makkalik musulmonlarning k’irk’inchisi bo’ldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan o’n uch yosh kichik edi, u zotdan o’n uch yil keyin vafot etdi. Bok’iy dunyoga rihlat k’ilganida, Janobi Payg’ambarimiz kabi 63 yoshda edi. Abu Bakr Siddik’ roziyallohu anhudan so’ng o’n yarim yil xalifa bo’ldi. Asharai Mubashsharadan edi.
Hazrati Umar (r. a.) odil va dono xalifa bo’libgina k’olmadi. U kishi davrlarida Islom futuhoti ancha tezlashdi, K’ur’on va hadisni o’rganish va targ’ib k’ilish kuchaydi. Umar ibn Xattobning (r. a.) xalifalik yillarida ko’plab madaniy-maishiy islohotlar amalga oshirildi. Hazrati Umar (r. a.) idoraviy va moliyaviy ishlarni takomillashtirishga katta e’tibor berdi, Islom davlatida ilk bor pochta xizmati, taftish idorasi, bolalar uylari, hibsxona tashkil ettirgan ham Hazrati Umar (r. a.) bo’ldi. U kishining davrida pul islohotida katta o’zgarishlar bo’ldi, bek’iyos obodonchilik, k’urilish ishlari olib borildi. Xalifa Umar (r. a.) Basra, Kufa, Misrdagi Fistat shaharlarini barpo k’ildi, Nil bilan K’izil dengizni tutashtiruvchi kanal k’azitdi, ko’plab arik’ va ko’priklar k’urdirdi. Makka va Madina, Shom va Hijoz o’rtasidagi k’atnov yo’liga musofirxonalar, Islom etib borgan joylarga ko’plab masjidlar tiklatdi. Makkadagi Masjidul-Haromni va Madinadagi Masjidul-Nabaviyni kengaytirdi.
Shunday insonning holi hayotda nihoyatda kamtar, kamsuk’um, oddiy bo’lganliklari hak’ida juda ko’p rivoyatlar bor. Islom olamini boylik va shuhratga ko’mib tashlagan xalifa berilgan ozgina maoshga k’anoat k’ilar, kiyimida bir k’ancha yamok’ bilan yurar, vafot etganida anchagina k’arzi bor edi.
Abdulloh ibn Mas’ud (r. a.) shunday deganlar: «Umarning ilmini tarozuning bir pallasiga k’o’yib, butun Arabistondagilarning ilmini boshk’a bir pallasiga k’o’yganda, Umarning ilmi k’o’yilgan tarozu pallasi og’ir kelardi. U kishi Allohni eng yaxshi tanigan, Alloh kitobini eng yaxshi tushunib anglagan va dinni ham nihoyatda chuk’ur tushunadigan bir odam edi». Payg’ambar alayhissalom esa: «Ko’kda Umarni hurmat k’ilmagan farishta yo’k’, erda undan hayik’magan shayton yo’k’», deganlar.
Ushbu kitob Islom olamida «Mo’minlar amiri», «Hak’ni botildan ajratuvchi», «Odil xalifa» kabi nomlar bilan mashhur bo’lgan Umar ibn Xattob (r. a.) hak’ida hikoya k’iladi. Kitobxonni Suriya, Eron, Mag’rib, Misr kabi katta o’lkalarning fathiga bosh bo’lgan ulug’ fotih, Rasuli akramning (s. a.v.) ishlarini davom ettirgan sodik’ safdosh, jannatga kirishi bashorat k’ilingan o’n sahobiyning biri, to’g’ri yo’ldagi to’rt xalifaning ikkinchisi bo’lmish hazrati Umarning (r. a.) hayoti va faoliyatidan lavhalar bilan tanishtiradi. Islomiy idora yuritishda va madaniy sohada ulkan islohotlar uyushtirgan, musulmonlar uchun tak’vim va hijriy sana yuritishni joriy etgan, xalifalik paytida favk’ulodda adolat bilan ish tutgan sahobiyning ibrati bilan o’k’uvchilarni tanishtiradi.
JAHOLAT ZAMONI
Sahrodagi vok’ea
Kechga borib havo aynidi. Osmonni bir zumda chang-to’zon k’opladi. Kun bo’yi olov selini yog’dirgan k’uyosh ham jamolini berkitib oldi. Garmsel issig’ini yuzlarga urib turgan shamol yanada kuchaydi. Uchib yurgan k’umlar og’iz, ko’zlarga kirar, tishlar orasida g’ijirlar edi. Kechgacha yo’l yurib holdan toygan, tashnalikdan og’zi ko’pikka to’lib, tumshug’iga ko’pirib chik’k’an tuyalar sarbonning buyruk’lariga ham bo’ysunmay k’o’ydi. Savdogarlarning karvonni to’xtatib, shu erda manzil k’urishdan o’zga chorasi k’olmagandi. Makkadan o’n chak’irim berida, issik’ shamol uvillab yotgan sahroda tunab k’olish Umarga juda alam k’ilayotgandi. Aynik’sa, bir oy o’zga yurtlarda sarson-sargardonlikdan keyin, shomlik savdogarlar bilan k’izg’in talashib-tortishuvlardan keyin, safar mashak’k’at-azoblaridan charchagan vujudlar orom, farog’at, taskin istab turgan bir paytda bu majburiy k’o’nish hammaga ham malol kelayotgandi.
Shu payt tuyalardan biri yoshgina tuyakashga bo’ysunmay, karvondan chetga chik’di-da, lo’killab k’ocha boshladi. Bir necha kishi tuya ortidan yugurib ketdi. Sababi unga nodir buyumlar yuklangan bo’lib, savdogarlar tuyaning beboshligidan sarosimaga tushib k’olishgandi.
YArim soatlardan keyin tuyakash bola sarkashni sudrab keldi. Umar tutog’ib ketganidan, hech narsa so’ramadi. Tuyakashni k’amchi ila yuz-ko’zi demay, savalab ketdi. Tuya ortidan chopaverib, shundok’ ham holdan toygan bola erga yuztuban yig’ildi. Yuz-ko’zi k’onga belandi, k’umga aralashib loyga aylandi. Umarning jahli shunda ham pasaymagan, G’azabi so’nmagan edi. Agar sheriklari o’z vak’tida to’xtatib k’olishmaganida, u bolani kaltaklab o’ldirib k’o’yishi hech gap emas edi.
U harsillab, bo’g’rik’ib hozirgina tiklangan chodirga kirib kelarkan, k’o’lidagi k’amchinini jahl bilan chodir ichiga otdi. U boshidagi ro’mol va chambarini ham echib tashladi. Hayajonini bosolmay, dag’al sholcha ustiga cho’zildi. Sal narida yotgan Abu Muso uning ahvolini ko’rib, ovutmok’chi bo’ldi.
– Rossa jahling tez-da, Xattobning o’g’li, axir tuya ongsiz bir hayvon-ku! Hammasi ham sarkashlik k’iladi. Bolada nima ayb?
– Hamma gunoh tuyakashda. Beparvo bo’lmaganda, tuya ham k’ochib ketmasdi, g’azabimga ham uchramasdi. Munosib jazosini berdim. Uning yonini olib, nima k’ilasan, Musoning o’g’li?
– Aytdim-k’o’ydim-da. Tuya ham, tuyakash ham seniki. Shunday bo’lgach, xohlaganingni k’ilaver, Xattobning o’g’li!
Uning murosali ovozidan Umarning G’azab oti jilovlanganday bo’ldi. K’o’li bilan paypaslab, kichkinagina meshni topdi-da, bog’ichini echib, undagi sharobni yutog’ib simira boshladi…
Umar keng gavdali, uzun bo’yli, k’orachadan kelgan, k’uyuk’ sok’ol-mo’ylovli, boshining old k’ismi sochsiz, ikki k’o’li bilan teng harakat k’ila oladigan, katta k’adam tashlab yuradigan alp kelbat bir kishi edi. Birovga bo’yin egmas, kuchi vujudiga sig’mas edi.
Umar Makkada o’zining jahldorligi, k’ahri shadidligi, k’attik’k’o’lligi bilan nom chik’argandi. Ana shu k’usurlariga k’aramay, u shaharning baobro’ a’yonlaridan edi, e’tiborli, badavlat, sayyid kishi edi.
Alloh uni k’albi pokiza, zakovati kuchli, hak’ deb ishongan narsasiga sodik’ k’oladigan sohibi jasorat k’ilib yaratgan edi. U boy-badavlat bo’lishi ila K’urayshning siyosiy ishlariga bosh-k’osh edi, k’abilalar o’rtasidagi nizo va janjallarni o’zining obro’-e’tibori, mavk’ei bilan murosaga keltirardi.
…Umarning k’orni ochk’ab ketdi. Egulik axtarib, chodir ichidagi barcha xurjunlarni titkilab chik’di. Nafsni orom oldirmok’ uchun yarim mesh sharobdan boshk’a narsa topolmadi. Birdan xurjun ichida k’o’liga nimadir urilganday bo’ldi. Olib k’arasa, ertalab ibodat k’ilish uchun xurmo va halvodan ezg’ilab yasab olgan sanam ekan. U butga biroz hayron bo’lib tikilib turdi, keyin unga ibodat k’ila boshladi. Ibodatini tugatib bo’lgach, yana k’orni ochligi esga tushdi. Baribir ochlik ustun keldi. U sanamni uch-to’rt tishlam k’ilib, pok-pokiza tushirdi.
Xattobning o’g’li
Makkadan Madinaga boradigan karvon yo’lining ikki tomonida keng va bepoyon o’tlok’lar bo’lardi. Bolalar u erlarda tuya va k’o’ylarini bok’ar, hayvonlarni yaylovga k’o’yib yuborib, o’zlari ertadan-kechgacha bolalarga xos o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishardi.
Xattob ham o’n uch yoshli Umarni tuya bok’ishga k’o’ygandi. U Bani Maxzum k’abilasidagi boshk’a oilalarning tuyalarini ham k’o’shib bok’ar, erta tongdan to k’osh k’orayguncha kunni hayvonlar ortida yurib o’tkazardi. Uzun bo’yli, chayir, bak’uvvat, xiylagina jahldor Umar k’at’iyat, jasurligi va mehnatsevarligi bilan alohida ajralib turardi.
Hozir ham hayvonlarni yantog’, shuvok’ kabi ko’katlar Arabiston k’uyoshida k’ovjirab yotgan sayxonlikka k’o’yib yuborib, bir necha tengdoshlari bilan kurash tushishga kirishdi. U o’zidan ham kattarok’ bolalarning uchtasiga teng kelayotgandi. Bolalar Umarga har tomondan tashlanishar, biri oyog’iga yopishsa, ikkinchisi belidan ushlab, tortib yig’itishga urinardi. Ammo Umar aslo ularga taslim bo’lishni istamasdi. Ajib bir epchillik bilan ikkitasini chalk’ancha ag’dardi. Vaziyatning k’altisligini ko’rgan uchinchi bola tirk’irab k’ochib k’oldi. Umar g’olib chik’k’anidan shodlanib, u er-bu erini k’ok’arkan, shu payt ko’zi sal narirok’da otdan tushmay, o’g’lining olishuvini tomosha k’ilib o’tirgan otasiga tushdi.
Yuragini vahima chirmadi. Tuyalarni o’z holiga tashlab, kurash tushayotganidan otasining jahli chik’ishini o’ylab, oyok’-k’o’liga titrok’ kirdi. K’attik’k’o’lligi, toshbag’irligi, k’ahri kuchliligi bilan butun Makkaga dovrug’i ketgan Xattobdan o’g’li u yok’da tursin, hatto kattalar ham hayig’ib yurishardi. Uning jahli chik’ib k’olganida yoki biror narsadan achchik’langanida ro’para bo’lishdan Xudoning o’zi asrasin. U nafak’at k’ullarning, balki kichkina Umarning elkasida ham k’amchisini tez-tez sinab ko’rar, jonidan yaxshi ko’rgan o’g’lini ayovsiz kaltaklab turar, buning sababini so’raganlarga yoki o’rtaga tushmok’chi bo’lganlarga: «K’o’yaver, mayli pishisin, Xattobning o’g’li bo’shang, k’o’rk’ok’ va noshud bo’lib o’sishini xohlamayman», deb o’zini ovutardi. Shuning uchun Umardan kaltak egan yoki kurashda engilgan bolalar uning badanidagi, oyok’-k’o’lidagi kaltak, k’amchi izlarini ko’rib tasalli topishardi. Hozir ham unga k’amchi tushib k’olishi hech gap emasdi…
Umar k’o’rk’a-pisa otasiga k’aradi. Ammo uning vajohatli yuzida k’ahr-g’azab alomatlarini emas, nimtabassum va mamnunlik ko’rinishlarini o’k’idi. Vujudidagi taranglik, zo’rik’ish bo’shashdi. U ham otasiga jilmayib bok’di.
– YAsha, o’g’lim, mening arslon o’g’lim, — degan xitoblar bilan Xattob otdan tushdi, o’g’lining elkasiga zalvorli k’o’llari bilan bir-ikki urib k’o’ydi. Umar munkib ketay dedi. Otasi yana uni rag’batlantirib k’o’ydi: «Bolalar bilan kurash tushganingni ko’rdim. Har g’alay tarbiyam behuda ketmabdi. Chavandozlik va merganlikda k’anchalik ilgari bo’lsang, kurashda ham shunak’a mak’omga ega bo’libsan. Xattoblar xonadoniga, Bani Maxzum k’abilasiga munosib o’g’lon bo’libsan!»
O’g’li tuyalarni k’aytarish uchun chopib k’olarkan, Xattob u tug’ilgan paytni xotirlab, jilmayib k’o’ydi. Xotini Xontamaning oy-kuni yak’inlashganida unga: «K’iz tug’ishni xayolingga keltira ko’rma, Makkada hech kimga gap bermaydigan Xattobning k’iz farzand ko’rishi mumkin emas, agar shu safar o’g’il tug’sang, keyinchalik k’ancha k’iz ko’rsang ham roziman», deb dag’dag’a k’ilganlarini esladi. O’shanda Alloh unga o’g’il ato etdi. O’sha o’g’li Umarni endi o’ziga o’xshash botir, shijoatli, haybatli bo’lishini orzu k’ilardi. Umarni k’anchalik yaxshi ko’rmasin, ana shu niyat yo’lida uni kaltaklashdan ham o’zini tiya olmasdi. Umar ham otasining yuzini, k’abilaning yuzini erga k’aratadigan bola bo’lib ulg’aymayotgandi.
«Otajon, rahm k’iling!»
Bugun eng fojiali, eng baxtsiz kun edi. Bugun musibatli va tengsiz uk’ubat kuni edi. Makkaning tanik’li kiborlaridan biri Umar ibn Xattob johiliyat davrining k’abih va yaramas bir odatini amalga oshirmok’chi edi. U k’abiladoshlarining urfiga rioya k’ilib, o’z k’izini, jajjigina, mushtipar, ma’suma k’izchasini tiriklay ko’mib yubormok’chi edi. Chunki barcha hijozliklar k’atori k’urayshiylar ham k’iz farzand ko’rishni o’zlariga ayb va or sanashar, yoshligidayok’ tiriklay erga ko’mishardi.
U hovlida o’ynab yurgan k’izchasini oldiga chorladi. K’izalok’ o’yinini tashlab, chopk’illab otasining oldiga keldi: «Labbay otajon!»
– Yur, seni bir o’ynatib kelay! – Umar shunday deb k’o’liga yog’och kurakchasini oldi. Savol nazari bilan tikilib turgan k’izchasiga dalda berdi:
– Hozir senga bozordan chiroyli ko’ylakcha olib beraman.
K’izi xursand bo’lib, otasiga ergashdi. Ular etaklashib shahar tashk’arisiga chik’ishdi. Umar tepalik yak’inidan bir joyni kavlay boshladi. K’izi hayron bo’lib so’radi:
– Otajon, chuk’urni nima k’ilasiz?
– Unga seni ko’mmok’chiman.
– Nega bunday k’ilasiz, axir men sizning k’izingizman-ku, rahmingiz kelmaydimi?
– Ota-bobolarimizning odati – bu!
Ammo k’izalok’k’a bu dalil ishonarli emas edi. Shuning uchun u jonining boricha bemehr otadan va tahlikali joydan k’ocha boshladi. Umar ikki hatlashdayok’ dag’-dag’ titrayotgan k’iziga etib oldi. Jajji k’o’lchalaridan siltab tortib yana chuk’ur oldiga olib kelib o’tk’azib k’o’ydi. K’izcha yana k’ochmok’chi bo’ldi. Ammo otasining kuchli va dag’al k’o’llari uni yana chuk’ur oldiga irg’itdi.
Shu payt chuk’ur kavlayotgan Umarning otgan tuprog’i sachrab yuz-ko’ziga sochildi. Otasining k’ilmishlarini ko’zida yosh jalasi, k’o’rk’uv va taajjub ila kuzatib turgan k’izalok’ otaning terchigan yuziga sochilgan tuprok’ni shiringina k’o’llari bilan tozaladi, sok’olini tarab ularni tushirdi.
– Otajon, meni ko’mib yuborsangiz, sok’olingizni kim tarab, yuzingizni kim tozalaydi?
Umar k’izining k’o’lchalarini siltab tashladi, o’zini itarib yubordi. YAna k’azishda davom etdi.
Hozir uning k’albida bir-biriga zid ikki tuyg’u kurash boshlagandi: «Olti yil avaylab-e’zozlab o’stirgan k’izchasini o’z k’o’li bilan tiriklayin erga ko’myapti. Bordi-yu, uni etaklab Makkaga k’aytsa, nima bo’ladi? K’urayshiylarning masxarasiga, ta’na-malomatlariga k’oladi-ku!»
Ko’mib yuboray, desa, k’izining yalinchok’ nolalari, «Otajon rahm k’iling», degan iltijolari yuragini k’iymalayotganga o’xshardi. Uni o’ldirib yuborsa, umr bo’yi vijdon azobiga k’olib ketmasmikin?
Birdan Umar o’ziga keldi. Fitratidagi toshbag’irlik, k’ahri k’attik’lik ustun bo’ldi. K’izchani jahl bilan, dod-faryodiga k’ulok’ solmay, chuk’ur ichiga tortib tushirdi. Shoshib erga yuztuban yig’ilgan k’izi ustiga tuprok’ tashlay boshladi. Uning faryod solib o’rnidan turmok’chi bo’lganini ko’rib, k’o’pol oyok’lari ila murg’ak va ojiz tanani bosib turdi. Tuprok’ k’imirlamay k’olgandan keyingina peshonasidagi terni arta-arta k’abrdan uzok’lashdi. U uyiga k’arab ketarkan, yuzida g’azab, vajohat, k’ahr o’ynab turar, ammo ko’zlari g’ij yoshga to’lgan edi…
Bo’ysunmas joriyalar
Umar ko’chadan kelib, endigina istirohat uchun yonboshlamok’chi edi, k’o’shni ayol kirib keldi:
– Menga k’ara, Ibn Xattob, sendan yordam so’rab chik’dim. Ikki joriyam sarkashlik k’ilib, jonimga tegyapti. Ota-bobolarimizning dinini tashlab, anavi Muhammad deganlariga ergashayotgan emish. Yo’lga solishga kuchim etmayapti, bilasan, boshimda erkagim yo’k’. Sen bir ta’zirini berib k’o’yarmikansan, deb chik’uvdim.
Umarga jon kirdi. Uning vujudida yovvoyi bir kuch, shafk’atsiz bir telba tuyg’u aslo tinchlik bermas, fitratidagi badjahllik, k’aysarlik, urishk’ok’lik hamisha uni gij-gijlab turar, k’aerda janjal-to’polon bo’lsa, o’sha erda Umar hoziru nozir edi. Hozir ham endigina k’ozik’k’a ilgan k’amchisini olib, bevanikiga k’arab yurdi. Kira-solib, ona-bola Nahdiyya va Lubaynani ayamay, boshi-ko’zi demay savalay ketdi. U «dindan chik’k’an» ona-bolani uzok’ k’amchiladi, ularning yuz-ko’zi k’ip-k’izil k’onga belandi. Umar ora-sira urishdan to’xtab, ayollarning «insof»ga kirib, uzr so’rashini kutar, ammo ularning shuncha kaltakka ham parvo k’ilmay, «iymon», «iymon», deyaverishlari battar G’azablantirardi. U yana jazavaga tushganicha, k’amchi ustiga k’amchi yog’dirardi.
Oxiri Umar holdan toydi, peshonasidagi reza-reza terlarni k’omiysining etagi bilan artib, ona-bolaga ko’zlarini k’ahr bilan tikdi:
– Xo’sh, Lubayna, kaltakka to’ygandirsan? Senga rahmim kelganidan emas, charchaganimdan to’xtadim. Oxirgi marta so’rayman, bekangning aytganiga ko’nasanmi-yo’k’mi?
Lubayna og’zidagi k’onni tupurib tashladi, indamay Umarga k’arab, «yo’k’» deganday bosh chayk’adi:
– YAna savashimni xohlayapsan, shekilli?
– Sen-ku kaltaklab charchaysan, Umar, ammo men kaltak eyishdan charchamayman. Sening k’amchilaring mening k’albimdagi iymonni mustahkamlayapti, xolos!..
Ayol gapini tugata olmadi. Umarning a’zoi badani k’altirab, jazavaga tushdi, ilojsizlikdan, gapiga ko’ndirolmaganidan alamga kirdi va «uv» deya k’ichk’irganicha, holdan toygan Lubaynaga tashlanib, uni bo’g’a boshladi. Bu ikki cho’ri kim bo’libdiki, hech kim gapini ikki k’ilolmaydigan Umarga tik bok’sa, gapiga rad javobi bersa?! Ularning ishongani kim o’zi, suyangani nima o’zi?!
Umar go’yoki k’uturgan bir maxluk’ holatiga tushgandi, ko’ziga hech narsa ko’rinmasdi. U bak’uvvat va dag’al k’o’llari bilan Lubaynani bo’g’arkan, ayol bor kuchini to’plab, uning k’o’llarini ajratib tashlamok’chi bo’ldi, ammo kaltaklar zarbidan holsizlangan tananing bunga majoli etmadi. Lablari «Alloh, Alloh», deya pichirladi-yu boshi shilk’ etib shalvirab tushdi. Umar uni o’ldi, deb o’ylab k’o’lini bo’shatdi. Endi u boyadan beri k’iziga azob berayotgan Umarga k’o’rk’uv, dahshat va g’azab bilan termulib turgan Nahdiyya tomon yurdi. Uni ham rosa kaltakladi, keyin tomog’idan olib bo’g’di. Bechora ona ham hushidan ketdi. Umarning shunda ham g’azabi so’nmagan, jahli pasaymagan edi.
Oradan bir necha kun o’tib, beva ayol yana cho’rilarini xo’rlab, kaltaklayotganida bir vok’ea sodir bo’lganini Umar eshitib k’oldi. Beva ayol: «YO ota-bobolarimiz diniga k’aytasizlar, yo o’lib k’utilasizlar», deb xo’rlayotganida, yak’indagina Islomga kirgan Makka kiborlaridan Abu Bakr shu erdan o’tib k’olibdi va ikki cho’rini sotib olib, Alloh roziligi yo’lida ozod k’ilib yuboribdi. Bu xabardan Umarning hayronligi oshdi, Abu Bakr bilan urishmok’chi ham bo’ldi. Nimadir uni bu yo’ldan k’aytarib k’oldi… Nimadir uning k’albini bezovta k’ilayotgandi…
K’uturgan sel
Makka mushriklari shaharda Islom diniga kirib, Muhammad alayhissalomga ergashganlarga aslo tinchlik bermay k’o’yishdi. Ko’cha-ko’yda uchratib k’olishsa, hak’oratlashar, goho kaltaklashar, itga talatishardi. Boshlaridan xamr k’uyib yuborishardi. Axlat va mag’zavalarni sochib ketishardi. Bolalarini musulmonlarning bolalariga k’arshi gij-gijlashardi. Xullas, mushriklar Islomga kirganlarning boshiga it kunini solayotgan alamli, xo’rlik kunlar edi. Bu ishda, aynik’sa, Makkaning obro’li, gapi butun akobirlaridan Abu Sufyon, Amr ibn Hishom, Umar ibn Xattob kabilar rosa k’uturib, alamini uchragandan olayotgan, zahrini xohlaganga sochayotgan fojiali kunlar edi.
Amr ibn Robia ham xotini Laylo bilan ko’p musibat, xo’rlik-kamsitishlarga duchor bo’lishdi. Oxiri ko’ch-ko’lonlarini yig’ishtirib, k’ancha yillar yashagan hovli-joylar, xesh-ak’robalarini tashlab, Habash yurtiga hijrat k’ilishga k’aror k’ilishdi. Ularning yo’l tadorigiga tushib k’olganini ko’rgan Umar Layloning yo’lini to’sib chik’di:
– Yo’l bo’lsin, Abdullohning onasi, Makkani tark etib, safarga ketmok’chimisizlar?
Laylo Umar bilan gap talashish befoydaligini his etib, o’zini k’o’lga oldi-da, hayajonini yashirib ohista dedi:
– Ha, Umar, bu yurtdan bosh olib ketmok’chimiz. Allohning dargohi keng, shuncha xo’rlanganimiz, azob-sitamlarga k’olganimiz etar! Axir sizlar kun bermay k’o’ydingizlar-ku, ayovsiz xo’rlab, kamsitib, azoblab tashladingizlar-ku! Ha, Umar, Allohning eri bepoyon, karami keng, biror joydan tinchrok’, erkinrok’ yashash imkoni chik’ib k’olar?
– YAxshi o’ylabsizlar, xudoyingiz sizlarga yo’ldosh bo’lsin!
Er-xotin gapni chuvalatmaslik uchun eshaklarini nik’tashdi. Umar ularning ortidan ma’yus tikilganicha k’oldi. Laylo buni sezdi. Hatto Umarning tovushida allak’anday sinik’lik, achinish ohanglarini ilg’aganday bo’ldi. YO o’zining hozirgi holati juda g’amgin bo’lgani, yig’lab yubormaslik uchun lablarini k’attik’ k’imtib olgani uchunmi, unga shunday tuyulgan bo’lishi mumkin edi. Har g’alay, tug’ilib o’sgan joyingni, vataningni, k’avmu-k’arindoshlaringni tashlab ketish oson ish emasdi. Ammo bunday k’ilmaslikning iloji ham yo’k’ edi. Chunki tarozining narigi pallasiga er-xotinning dini-iymoni k’o’yilgan edi.
Biroz yurishgach, Laylo eri Amirga k’albini kemirayotgan shubhalarini so’zlab berdi. Ammo u xotinining kuzatishlariga uncha ahamiyat bermadi:
– Nima, Umar ham musulmon bo’ladi, deb o’ylayapsanmi?
– Anik’ aytolmayman-u, ammo shunak’aga o’xshaydi. Gaplaridan k’ilgan zulmlariga pushaymon bo’layotgani sezilganday tuyuldi.
– E, bunga aslo ak’lim etmaydi. Xattobning eshagi musulmon bo’lishiga ishonish mumkindir, ammo Umarning Islomga kirishiga ishonish k’iyin.
Hijratga otlanib, vatanini tark etayotgan Amir va Laylo zolim va toshbag’ir Umarning k’albida hozir nelar kechayotganini, nimalar tug’yon urayotganini k’ayok’dan bilsinlar? Go’yoki jilovsiz sel kabi kuch-shijoati vujudiga sig’mayotgan Umar, kechagina uchraganga zahrini sochib yoki tekkanga tegib, tegmaganga tosh otib, dilini og’ritib yurgan Umar, aynik’sa Muhammad alayhissalomga ergashib, iymon va Islom ne’matiga musharraf bo’lgan musulmonlarni k’on k’ak’shatayotgan Umar bugun sal boshk’acharok’ bo’lib k’olayotgandi. K’uturgan, vahshatli, dahshatli, yo’lida uchragan hamma narsani, jonzot va jonsizni surib, yig’itib, yanchib borayotgan sel ok’imini to’g’ri to’g’onga yo’llab k’o’yilsa, sokin bo’lib, tinchlanib k’olgani kabi jaholat va g’azab, k’aysarlik va shafk’atsizlik uya k’urgan Umarning k’albiga bugun iymon nurlari, Allohning nuri tajalliysi o’ziga yo’l axtarayotgandi.
Payg’ambarning (s. a.v.) duosi
Arab jazirasida Ukoz bozorining oldiga tushadigan ma’mur bozor yo’k’. Makkadagi bu bozorga dunyoning hamma joyidan mol, k’ul va pul ok’ib keladi. Ertadan kechgacha xaridor chak’irayotgan sotuvchilarning k’ichk’irig’i, odamlarning g’ala-g’ovuri, tuyalarning o’kirishi, k’o’ylarning ma’rashi, rak’k’osalarni jazavaga solgan duf ohanglari, shoir va notik’larning kuchanib she’r o’k’ishlari, nutk’ irod etishlari bir zum tinmaydi. Bir tomoni YAmanu Shomdan, Bag’dodu Sherozdan kelayotgan savdogarlar mol yuklangan tuya karvonlarini Ukozga k’arab burishardi. Anvoyi gazmollar, kiyim-kechaklar yonida mis va kumushdan yasalgan idish va ko’zachalar terib k’o’yilgandi. Bir tomonda Habashistondan olib kelingan k’ullar – erkak, ayol va bolalar sotuvga k’o’yilgan. YAna bir tomonda mesh va idishlarda uzum va xurmodan tayyorlangan xamr va sharob. Boshk’a tomonda hayvon bozori, tuyalar, k’o’ylar, parrandalar… Och ham, to’k’ ham, boy ham, fak’ir ham shu erda. Oshpazlar doshk’ozonlarda taom tayyorlab, miskinlarga, ochlarga tark’atish bilan ovora, saxiy boylar kambag’allarga sadak’a ulashish bilan mashg’ul. Xullas, k’aynab-toshgan, guvillagan, odamga lik’ to’lgan Ukoz bozori ana shunak’a ajoyib va g’aroyib edi.
Bozordan sal chetrok’dagi kattagina maydonda, odatda arab shoirlari she’rlarini xaloyik’k’a o’k’ib beradigan, voizlar, notik’lar nutk’ so’zlab, hammani og’ziga k’aratadigan joyda bugun odam har k’achongidan ham ko’p. Olomon davra k’ilib, o’rtani o’rab olgan. O’rtada esa ko’ksi ochik’, keng, etagi erga tegay, deb turgan ko’ylakda Umar gir aylanib yurardi:
– K’ani, Umarga teng keladigan, men bilan kurash tusha oladigan bormi? K’ani, o’ziga ishonganing bormi?
Shu payt bo’yni yo’g’on, keng gavdali, bo’ydor, k’uyoshda k’op-k’orayib ketgan bir badaviy o’rtaga chik’di. Umar unga boshdan-oyok’ bir k’arab chik’di-da, asta yak’inlashdi. Keyin hali o’zini o’nglashga ulgurmagan sahroyining belidan mahkam k’isib, dast ko’tardi-da, boshidan aylantirib erga urdi. Tuyg’us zarbadan gangib k’olgan a’robiy o’rnidan turishga ham holi kelmay, erda indamay yotardi. Hamma yok’ni k’iyk’irik’, olk’ish, k’arsak ovozlari tutib ketdi. Odamlar Umarning elkasiga urib, «YAshavor, Xattobning o’g’li», «Boplading», «Butlarimiz seni k’o’llasin!» degan xitoblar bilan xursandchiliklarini izhor etishardi.
Fak’at bir kishigina bu g’ala-G’ovurga aralashmay, chetda xomush turardi. U Umarning alp kelbatiga, issik’ va hayajondan bo’g’rik’ib ketgan yuziga, bak’uvvat k’o’l-oyok’lariga allak’anday faxr va mehr bilan nigoh tashlarkan, yuzlarini Haram tomonga k’aratib, k’o’llarini biroz ko’tardi-da, Allohga iltijo k’ila boshladi:
– Ey Allohim! Sen har narsaga k’odir Zotsan, o’likdan tirikni, tirikdan o’likni yaratguvchi Zotsan! O’z diningni ana shu Umar kabi jasur va bak’uvvat bandang bilan kuchlantirgin. Uning k’albiga iymon nurlarini yuborgin! Ey Allohim, bu dinni yo Umar bilan, yoki Amr bilan aziz k’il!..
Duo k’ilgan bu zot insoniyatga Alloh tomonidan yuborilgan oxirgi Payg’ambar Muhammad alayhissalom edilar. Keyinchalik ham Islomga kirgan mo’minlar Rasulullohning (s. a.v.) ana shunday duo k’ilganlarini ko’p eshitishdi. Har gal u zotning duosiga «Omin», deya k’o’shilib turishdi. Chunki Payg’ambar alayhissalom ular bilan Islomni aziz va kuchli k’ilishni istagan ikki kishi Makkaning eng nomdor, oliy martabali, so’zi o’tkir kiborlaridan edi. Umar ibn Xattob bilan Amr Ibn Hishom (ya’ni, Abu Jahl) ikkovlari Islom ne’matidan bahramand bo’lishsa, dinga k’uvvat bo’lishini, yuzlab, minglab odamlar ularga ergashishini Rasululloh (s. a.v.) yaxshi bilardilar, doimo shuni orzu k’ilardilar. Ammo Alloh taoloning hikmati va irodasini k’arangki, ularning biri – Umar Ibn Xattobning k’albi iymon nuri ila munavvar bo’lib, Rasulullohning (s. a.v.) eng yak’in safdoshlariga, xulafoi roshidinning biriga aylandilar, Islom diniga ulkan xizmatlarni k’ilishga musharraf bo’ldilar. Ikkinchisi – Amr Ibn Hishom Islomning va musulmonlarning eng katta dushmaniga aylandi, kofirligicha o’lib ketdi, Abu Jahl nomini olib, la’nat va mazammatlarga g’ark’ bo’ldi.
HAZRATI UMARNING ISLOMGA KIRIShI
«Musulmon bo’lishga keldim»
Makka shahri ajib bir evrilish, g’alati bir tozarish ostonasida turardi. Jaholat va razolat botk’og’iga botgan shahar bir nuri ilohiyning tajallisi ila munavvar va nurafshon bo’lmok’da edi. Necha asrlardan buyon bijg’ib yotgan buzuk’lik, ifloslik, hak’sizlik axlatxonalari uzra bir pokiza va farahbaxsh nasimlar esib, o’lik k’alblarni uyg’otayotgan edi. Odamlar ummoni po’rtanalarida bir-biriga zid ikki to’lk’in: shirk va iymon to’lk’inlari kurash boshlagandi. Necha asrlar bo’yi jaholat, axlok’sizlik, k’imor, zino, fahsh, ribo k’on-k’oniga singib ketgan makkaliklar ana shu iflosliklardan xalos bo’la olmay ikkilanayotgan, k’iynalayotgan, g’azabga minayotgan bir davr boshlangan edi. Arab jazirasidagi bu tabarruk shahar to’lg’onib, k’aynab-toshib, aziyat cheka-cheka ana shu ikki to’lk’in kurashiga jimgina shohid bo’layotgandi. Gunohlarga botib ketgan K’uraysh Ka’ba atrofini zavk’-safo, k’imor va mayxo’rlik uyiga aylantirib olgandi.
Xuddi mana shu pallada Makka yak’inidagi Xiro tog’ining cho’k’k’isidagi torgina g’orga Alloh taoloning ilk vahiylari tusha boshladi. Alloh taolo tomonidan oxirgi Payg’ambarlikka munosib ko’rilgan rasullarning sayyidi Muhammad sollallohu alayhi vasallam malak Jabroil alayhissalom keltirgan mujdalarni hayajon, k’o’rk’uv, k’izik’ish va ixlos ila k’abul k’ilishni boshlagan saodatli bir davr boshlandi. Jaholat asri o’z o’rnini saodat asriga bo’shatib berayotgan muborak bir zamon boshlanayotgandi.
Makka yak’inidagi shahar kiborlari mashvarat va kengashlar o’tkazadigan Sho’ro uyi – Dorun-nadva bugun har k’achongidan bezovta, besaranjom, tahlikali bir to’lg’onish og’ushida. Amir Hamzaning musulmon bo’lishi K’uraysh akobirlarini sarosimaga solib k’o’ygan. A’yonlar to’plangan joyda Sho’ro raisi Abu Sufyonning g’azabnok va k’ahrli so’zlari aks-sado berib yangrayotir:
– Ey ahli K’uraysh, k’achongacha bu bedodlikka tomoshabin bo’lib turamiz? Abdulmuttalibning nabirasi o’zini Payg’ambar sanab, ota-bobolarimizning ming yillik dinini oyok’ osti k’ilishiga k’achongacha yo’l k’o’yib beramiz? Uning kasriga Makkaning va Baytullohning chin egalari k’urayshiylar ikkiga bo’linib ketishdi. Ota-bola, aka-uka bir-biriga dushmanga aylandi. K’abila parokandalikka yuz tutdi. Erta-indin K’uraysh o’z mavk’eini yo’k’otib, hamma obro’-e’tiboridan mahrum bo’ladi…
Boyadan beri g’azabidan ko’karib-bo’zarib o’tirgan Abu Jahl raisning gapini sabrsizlarcha bo’lib, shartta o’rtaga chik’di:
– Bas, etar! Muhammadni yo’k’ k’ilmasak, o’zimiz mag’lub bo’lamiz. K’ani, oralaringda bu ishning uddasidan chik’a oladigan biror mard bormi?
Safning ork’a tomonidan: «Bor, mana men uning adabini beradigan», degan hayk’irik’ yangradi. Otilib chik’k’an Umar k’ilichini shartta k’inidan sug’urib, havoda bir silkidi-da, «Uning jonini mahv eturman», deganday tahdid k’ildi. Har tarafdan kiborlarning «YAshavor, Xattobning o’g’li», «Umarday mardlar – K’urayshning faxri», degan k’izg’in xitoblari eshitildi.
Umar k’ilichini tak’ib, Ka’bani tavof k’ildi, Safo tepaligiga k’arab yurdi. Uning mak’sadi – janobi Rasulullohni jisman yo’k’ k’ilish, shu tarik’a Islomning g’olibona yurishini to’xtatib k’olish edi. U bu ishni k’abila oldidagi burchi deb bilardi. Bo’linib ketgan K’urayshni birlashtirib, avvalgi mavk’eini tiklamok’chi edi.
Umar yo’lda Abdulloh o’g’li Nuaymga duch kelib k’oldi. Uning vajohatini ko’rib, Nuaym sergak tortdi. Umarni savolga tutdi:
– Yo’l bo’lsin, Xattob o’g’li?
– Arablar o’rtasiga nifok’ solayotgan Muhammadning vujudini yo’k’ k’ilish uchun ketyapman. U K’urayshni xarob k’ilyapti, allak’ayok’dagi safsatalari bilan ota-bobolarimiz diniga tajovuz k’ilyapti. Uning adabini berib k’o’yishni Makka kiborlari menga topshirishdi.
Nuaym titrab ketdi. U hali Islomga kirmagan esa-da, agar Umarni chalg’itmasa, Makkaning eng rostgo’y va halol kishisi Muhammadga biror kor-hol bo’lishi mumkin. U tezda bir k’arorga keldi:
– Vallohi, juda k’iyin ishga bosh uribsan. Muhammadning sahobalari uni k’attik’ k’o’rik’lashadi. Menga k’ara, Umar, sen Muhammadning dinini mag’lub k’ilish uchun ketyapsan-u, u yok’da singling bilan kuyoving allak’achon uning diniga kirib bo’lishdi-ku!
– Yo’k’, yolg’on aytasan, Abdullohning o’g’li! Bo’lishi mumkin emas! Agar gaplaring rost bo’lsa, ikkovini ham k’ilichdan o’tkazganim bo’lsin! – dedi Umar k’ahr bilan.
U yo’lidan k’aytib, to’ppa-to’g’ri kuyovi Saidning uyiga bostirib bordi. Bu erda bir necha ashob K’ur’on mutolaasi ila mashg’ul edi. Umarning selday shiddat bilan kirib kelishi Saidning uyiga to’planganlarni parokanda k’ilib yubordi. O’k’ib o’rganilayotgan muk’addas K’ur’on sahifalari darhol yashirildi. Umar ichkariga kirar-kirmas, vahshat ila so’radi:
– Menga k’ara, badbaxt, dindan k’aytdingmi, nima o’k’iyotgan eding?
– Nima o’k’iyotganimizni senga aytolmaymiz.
– Ie, kuyovim bo’laturib, hali mendan sir yashiradigan bo’ldingmi?
Umar shunday dedi-yu, Saidni erga yotk’izib do’pposlay ketdi. Ozg’in va nimjon Said filday bak’uvvat va jahldor Umarga aslo bas kelolmasdi. Vaziyatning k’altis tus olayotganini ko’rgan Umarning singlisi Fotima yig’lab yubordi va erini ajratish uchun akasining k’o’liga yopishdi. Bu «odobsizlik»ka chidolmagan Umar singlisining basharasiga musht solib yubordi. Ayolning yuz-ko’zi k’onga belandi. U shunda ham taslim bo’lmadi, aksincha, g’azab va k’at’iyat bilan akasiga mag’rur tikildi:
– Allohdan k’o’rk’, ey Umar! Kuching bir xotinga etdimi? Erim bilan musulmon bo’ldik. Boshimizni olsang ham, biz baribir musulmonlikdan kechmaymiz!
«Voajab! Avvalgi yuvvoshgina, itoatgo’y Fotima aytyaptimi shu so’zlarni? Undagi bu ishonch, bu shijoat, bu k’at’iyat k’aerdan paydo bo’ldi?» Yuzidagi k’onlarga ham parvo k’ilmay, k’ahrli ko’zlarini akasidan uzmay turgan Fotimaning shu topdagi holatini ko’rib, aka hovridan tushdi. U k’ilgan ishidan pushaymon edi. Ular o’k’iyotgan k’og’ozlarni so’radi, keyin allak’anday soxta beparvolik, lok’aydlik bilan o’k’iy boshladi. Bular «Hadid» surasining k’uyidagi ilk oyatlari edi:
«Osmonlardagi va erdagi narsalar Allohga tasbeh aytdi. Va U aziz va hakimdir. Osmonlaru er Uning mulkidir, tiriltiradi va o’ldiradi, U har bir narsaga k’odirdir. U osmonlaru erni olti kunda yaratib, so’ngra Arshga ko’tarilgan Zot. Erga nima kerakligini ham, undan nima chik’k’anini ham, osmondan nima tushganini ham biladi. U k’aerda bo’lsangiz ham, siz bilan birga. Alloh k’ilayotgan amallaringizni ko’rib turuvchidir. Osmonlaru erdagi mulklar Unikidir va barcha ishlar Allohning O’zigagina k’aytadi. Kechasini kunduzga kiritadi, kunduzni kechasiga kiritadi va ko’ksingizdagi narsani ham yaxshi biluvchidir. (Ey insonlar) Allohga va Uning Payg’ambariga iymon keltiringlar…»
Bu ne sir-sinoatki, oyatlarni o’k’ib bo’libok’ Umar taxtadek k’otib k’oldi. Avvalda hech eshitmagan bu fasohatli oyatlarning yuksak ohangi, teran mazmunidan hayratga tushdi, vujudi larzaga keldi, ko’zlariga yosh k’alk’di. Alloh kalomining ta’siri ruhini k’amrab oldi. Shu zahoti tillari beixtiyor «Ashhadu anla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan rasululloh» degan kalimani k’aytara boshladi. U ajib bir holatga tushib k’olgan, nazarida vujudi ham o’ziga bo’ysunmayotganday edi. Mushrik Umar o’rniga mo’min Umar paydo bo’lib k’olgandi. U atrofida hayron k’otgan odamlarga titrab-k’ak’shab murojaat k’ildi:
– Meni Allohning Payg’ambari huzuriga etkazinglar!
Bu paytda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ark’amning Safodagi uyida ashoblari bilan din suhbati k’urib o’tirgandilar. Umar eshikdan ovozining boricha: «Men musulmon bo’lishga keldim», deb hayk’irar edi.
Mushriklar tarafdori bo’lgan, hamisha ularning suhbatida k’oim turgan bu jangari va badjahl odamning suhbatga beijozat va shitob ila kirib kelishi ashobni sergaklantirdi. Sababi Umardan hamma narsani kutish mumkin edi. Ehtimol, u Nabiy alayhissalomga suik’asd k’ilish uchun kelgandir? YAk’indagina Islom ne’matidan bahramand bo’lgan hazrati Hamzaning k’o’li beixtiyor k’ilich dastasiga yugurdi. Ikki-uch sahoba shaxdam o’rindan turib, Umarning k’o’lini k’ayirishga shay turardi. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nim tabassum ila «Unga tegmanglar», deb ishorat k’ildilar.
Bundan dadillangan Umar Rasulullohning (s. a.v.) oldilariga yak’inlashdi. Shunda Payg’ambar alayhissalom Umarning ko’ylagidan tortib, shunday dedilar:
– Ey Xattob o’g’li, Islomga kelsang bo’lmaydimi?
Bunga javoban Umar:
– Ashhadu anla ilaha illallohu va annaka Rasululloh, – deb shahodat kalimasini aytib yubordi. Rasululloh (s. a.v.):
– Allohu akbar! – dedilar.
Odamlar bu k’uvonchli holdan shodlanib, eru-ko’kni «Allohu akbar!» takbirlariga to’ldirib yuborishdi. Bu takbirdan tog’lar larzaga kelayozdi. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, Umarning Islomga kirganida Payg’ambarimiz huzurlariga Jabroil alayhissalom tashrif buyurib, Umarning musulmon bo’lganiga maloikalar ham xursand bo’lganining xabarini berib ketgan ekanlar.
Eng baxtli kun
Makka musulmonlarining k’irk’inchisi bo’lgan Umar hozir juda baxtiyor edi. Ana shunday mard, jasur, shijoatli insonning Islomga kirganidan ashoblar ham shod va mamnun edilar. Ular:
– Dushanba kuni Rasulimiz Robbilaridan Abu Jahl yohud Umar birla Islomni madadlantirishni so’rab duo k’ilgandilar. Allohga behisob hamdlar bo’lsinki, ushbu ulug’ sharafga siz noil bo’ldingiz, ey Umar, – deb birodarlarini muborakbod etishdi.
Hammalari Umarning taklifi bilan birgalikda Ark’amning uyidan chik’ib, Ka’ba sari yurishdi. Ka’ba atrofida Makka mushriklari ko’pligidan oz sonli musulmonlar u erda ibodat k’ilishga botinolmas, hatto u erda hozir bo’lishdan ham hayig’ishardi. Hozir saflarida Umar bo’lgani uchun ular Ka’baga dadil yak’inlashib kelishdi. «Dorun-nadva»da Umarning k’aytishini poylab o’tirgan mushriklar safdoshlarining olomonni boshlab kelayotganidan xavotirga tushdilar. Oldinda kelayotgan Umar K’uraysh peshvolariga k’arata shunday dedi:
– Ey ahli K’uraysh, meni tanimasanglar tanib olinglar, men Xattobning o’g’li Umarman! Men bugun Islomni k’abul k’ildim: Allohdan o’zga iloh va ma’bud yo’k’, Muhammad uning bandasi va elchisidir.
Umarning baland ovozda shahodat kalimasini aytib kelishi mushriklarni tamoman dovdiratib, sarosimaga solib k’o’ydi. Boyagina Islomga kirgan Umar Abu Jahlning uyiga borib, musulmon bo’lganini aytganida, u uyiga ham kiritmay so’kib jo’natgandi. Hozir ro’parasidagi K’uraysh mushriklari uning musulmon bo’lganidan G’oyat g’azablanib ketishdi. Umar arslon kabi ularga tashlandi. Janjal kuchayib, vaziyat k’altis tus ola boshladi. K’on to’kilishi ayon bo’lib k’oldi. Holatning yomonlashuvini sezib k’olgan Umarning ona tomondan k’arindoshlari Os Ibn Voil o’rtaga tushib, mushtlashayotganlarni ajrata boshladi.
Ishning pachavasi chik’k’anini sezgan mushriklar birin-ketin masjidni tark eta boshlashdi. Hozirgacha ular musulmonlarning Haramda ibodat k’ilishlariga to’sk’inlik ko’rsatib kelishardi. Alamga kirgan Umar musulmon birodarlarini ochik’, erkin suratda ibodat k’ilishga da’vat etdi. K’urayshiy mushriklarga k’asdma-k’asdiga Haramda ilk bor jamoat bo’lib namoz o’g’ildi.
RASULULLOH BILAN YONMA-YON
Umarning hijrati
Makka mushriklarining musulmonlarga k’arshi zulm va tazyig’i kun sayin kuchayib borardi. Ular Islomni k’abul k’ilgan hamshaharlarini hak’oratlashar, kaltaklashar, turli k’iynok’-azoblarga solishar, hatto o’ldirishdan ham toyishmasdi. K’ullar va cho’rilardan Islomga kirganlar-ku, eng og’ir tahk’ir, xo’rlovlarga mahkum edi. Shunda Rasuli akram (s. a.v.) musulmonlarni Madina shahriga hijrat k’ilishlariga amr etdilar. Bir vak’tlar Habashistonda jon va iymon asrab k’olgan musulmonlar uchun endi Madina najot k’al’asi, osoyishtalik maskani bo’lib k’olgandi. Makkalik musulmonlardan birinchi bo’lib Abu Salama Abdul Asad o’g’li, eng oxirida esa Rasuli akramning (s. a.v.) amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib Madinaga hijrat k’ildi. Muharram va safar oylari mobaynida hamma yashirincha berkinib, k’ochib Madinaga ko’chib bo’ldi. Fak’at hazrati Umargina bundan mustasno edi.
Uning YAsrib (Madina)ga ko’chishi Rasuli akramning (s. a.v.) hijratlaridan o’n besh kun oldin bo’ldi. U barcha ashobdan fark’li o’larok’ ochik’-oydin, yashirinmay hijrat k’ilishga k’aror k’ilgandi. Chunki hazrati Umar (r. a.) Islom ne’matidan bahramand bo’lganidan keyin avvalgi jasorati yanada kuchlangan, «Hak’ hamisha g’olibdir», degan mustahkam e’tik’odda edi.
Hazrati Umar (r. a.) Madinaga jo’naydigan kunlari ertalabdanok’ yaxshi kiyimlarini kiydilar, k’ilichlarini tak’dilar. Kamonlarini belga osib, bir necha o’k’larni o’k’donga joyladilar. Keyin k’o’lga asolarini olib, Ka’baga shahdam kirib bordilar. U erda K’uraysh mushriklari o’zlaricha majlis k’urib o’tirishgandi. Ular hazrati Umarning (r. a.) Islomga kirganidan g’azablari oshib, nafratlari toshib yotgan bo’lsa-da, u kishining fe’l-atvorlarini yaxshi bilishgani uchun biror so’z yoki harakat k’ilishga botina olishmasdi. Hozir ham hech narsaga parvo k’ilmay kirib kelgan Umarning (r. a.) hatti-harakatidagi k’at’iyat va nopisandlikni ko’rib ularning dami ichiga tushib ketdi. Er ostidan o’k’rayib k’araganlaricha, uning har bir ishini kuzata boshlashdi.
Umar (r. a.) ular tomonga hatto k’iyo bok’may, Ka’bani etti bor tavof k’ildilar. Keyin Mak’omi Ibrohimda turib, bemalol namoz o’k’idilar. Ibodatlarini xotirjam tugatib bo’lgach, mashvarat k’ilib o’tirgan mushriklarning k’arshisiga borib to’xtadilar. Keyin k’ilichlarini shartta sug’urib, havoda o’ynatib k’o’ydilar. Bundan cho’chib ketgan ikki-uch mushrik hatto o’rnidan turib ketdi. Hazrati Umar (r. a.) ularga parvo k’ilmay, mushriklarga shunday dedilar:
– Hozirgacha musulmonlar sizlarning zulmingizdan k’ochib, Madinaga yashirincha, k’o’rk’ib hijrat k’ilishdi. Bugun mana men Madinaga ketyapman! Oralaringda onalarini yig’latishni, xotinlarini tul, bolalarini etim k’ilishni xohlaganlar, jonidan to’yganlar bo’lsa, k’ani ork’amdan tushsin!
Umar ibn Xattob shunday deb, Ka’badan uzok’lashdilar. Birorta ta’k’ib k’iluvchi ortlaridan ergasha olmadi. Yigirma chog’li musulmon shu kuni hazrati Umar (r. a.) bilan Madinaga hijrat k’ildi.
Rashk tufayli…
Bir kuni janobi Rasululloh (s. a.v.) ashoblar bilan suhbatlashib o’tirgandilar. Keyin ularga k’arata shunday dedilar:
– Tushimda jannatni ko’rdim. Bir ayol ko’rkam va ulug’vor bir k’asr hovlisida o’ziga oro berib turardi. Men farishtalardan: «Bu k’asr kimniki?» deb so’radim. Ular: «Umar ibn Xattobnikidir», deyishdi. Shunda men Umarning nihoyatda rashkli ekanligini eslab, k’asrdan nari ketdim.
Umar ibn Xattob (r. a.) Rasuli akramning (s. a.v.) bu gaplarini eshitib, to’lk’inlanib ketganidan ho’ngrab yig’lab yubordi va yig’i aralash shunday dedi:
– YO Allohning Rasuli, ota-onam sizga fido bo’lsin, kelib-kelib sizdan rashk k’ilarmidim?!
«O’liklarimiz – jannatda»
Uhud g’azoti Badr jangi kabi makkalik mushriklarga k’arshi olib borilgan dahshatli urushlardan edi. Mushriklar avvalgi urushdagi mag’lubiyatlari alamini olish uchun jon-jahdlari bilan jang k’ilishardi. K’urayshiylardan Ibn Shihob, Utba, Ibn K’omiya, Ubay ibn Xalaflar k’anday bo’lmasin, hazrati Payg’ambarni (s. a.v.) o’ldirishga k’aror berib, u zotning k’arorgohlariga bostirib kirishdi. Ubay «Muhammadni o’ldiraman», deb k’asam ichdi, ammo Rasuli akram uni yaralab, mahv etdilar. Birok’ Sa’d ibn Abu Vak’k’osning mushrik ukasi Utba otgan toshdan Rasuli akramning (s. a.v.) lablari yorilib, tishlari sindi. Ibn Hishom otgan o’k’ Payg’ambarimizning (s. a.v.) peshonalaridan yaraladi. YAna bir k’urayshiy Ibn Kamia u zotni k’ilich bilan yaralab yig’itdi va darhol Abu Sufyonga borib, «Muhammadni o’ldirdim», deya mak’tandi. Dushman tomoni bu xabardan nihoyatda k’uvondi.
Musulmonlar orasida tahlika, sarosima boshlandi. Ba’zilar k’ocha boshladi, k’o’shin parokandalikka yuz tutdi. Ammo Anas ibn Nadir kabi «Muhammad o’lgan bo’lsa, Alloh bok’iydir!» deb jangni davom ettirganlar ham bor edi. Ana shunday alamli, fojiali damlarda ham hazrati Umar (r. a.) Rasuli akramning (s. a.v.) yonlaridan jilmadi, u zotni jon-jahdi bilan dushman hamlasidan himoya k’ildi.
Ammo mushriklarning etakchisi Abu Sufyon hanuzgacha hazrati Muhammadning (s. a.v.) o’lik-tirikliklarini bilolmay garang edi. U shubhasini yo’k’otish uchun Islom k’o’shinlari tomon k’ichk’irib, uch bora «Oralaringda Muhammad bormi?» deb so’radi. Rasuli akram (s. a.v.) ogohlantirib k’o’yganlari uchun musulmonlardan hech kim unga javob k’ilmadi. Shunda Abu Sufyon ayni tarzda Abu Bakrni (r. a.) so’radi. YAna javob ololmadi. Keyin Umarni (r. a.) so’radi. Bu gal ham hamma jimligini ko’rib, u sevinib ketdi: «Demak, bularning uchovi ham o’libdi, g’alaba biz tomonda ekan!»
Boyadan buyon g’azabidan to’lg’onib o’tirgan hazrati Umar (r. a.) bu gapni eshitib, chidolmay k’oldi. Bor ovozda Abu Sufyonga k’arab k’ichk’irdi:
– Tovushingni o’chir, ey Allohning dushmani! Bu odamlarning hammasi tirik, mana k’arshingda turishibdi!
Abu Sufyon Umarning gapidan biroz talmovsirab k’oldi. Dushmanlarining tirik ekanidan hafsalasi pir bo’lgani uchun Ka’badagi eng katta butlarini eslashdan o’zga iloj topolmadi:
– Oliy bo’l, Hubal! Aziz bo’l, Hubal!
Bunga javoban esa hazrati Umar (r. a.) Rasuli akramning (s. a.v.) amrlari bilan shunday dedi:
– Alloh a’lo va ajall! (Alloh — eng jalil, eng ustun!)
Abu Sufyon ham jim turolmadi:
– Bizning Uzzoimiz bor, sizniki yo’k’!
Hazrati Umar (r. a.) ham bo’sh kelmadi:
– Alloh bizning mavloimizdir, sizniki esa yo’k’!
– Jang navbati bilan, g’oliblik navbati bilan. Bugun biz Badrning intik’omini oldik! – dedi Abu Sufyon bolalarcha g’ururlanib.
Ammo Hazrati Umar (r. a.) ham osonlikcha mag’lub bo’ladiganlardan emasdi:
– To’g’ri, sizlar ustun keldinglar. Ammo baribir teng emasmiz. Bizning o’liklarimiz jannatda, sizlarniki esa jahannamdadir!
Abu Sufyon bu gapga chidolmay, ovozining boricha bak’irdi:
– Ey Umar, Alloh uchun to’g’ri gapir! Biz Muhammadni o’ldirdikmi yoki yo’k’mi?
– Vallohi, o’ldirmadinglar! Hozir Rasuli akram sening bu gaplaringni eshitib o’tiribdilar.
Hazrati Umar (r. a.) bilan Abu Sufyonning bu dahanaki jangidan so’ng mushriklar o’z k’o’shinlarini jang maydonidan olib ketishdi. Ular bu jangda ustun kelgan bo’lsa-da, birok’ zafar sharobini icholmadilar, batamom mudofaasiz Madinani istilo k’ilolmadilar. Birorta musulmonni ham asir ololmay, Makkaga k’o’rk’uv va alam bilan k’aytishdi. Ana shu jangdan so’ng hazrati Umar (r. a.) Payg’ambar alayhissalomga yanada k’attik’rok’ bog’lanib k’olganini his etdi.
Tarixda musulmonlarning birinchi bor imzolagan sulh shartnomalari bo’lmish Hudaybiya sulhi shartlariga ko’ra, musulmonlar va mushriklar o’n yilgacha bir-biri bilan urushmaslikka, o’sha yili musulmonlarning Ka’ba ziyoratiga kelmasligiga, Ka’ba ziyoratiga k’o’shilgan musulmonlar Makkada uch kundan ortik’ k’olmasligiga, ular Ka’bani ziyorat k’ilayotganida k’urayshiylarning Makkadan tashk’ariga chik’ib turishiga kelishib olindi. YAna sulh shartlariga ko’ra, k’urayshiylardan birortasi musulmonlar tomoniga o’tmok’chi bo’lib, valiysining ruxsatisiz Madinaga kelsa, musulmon bo’lsa ham, u odam k’abul k’ilinmaydi, k’aytarib yuboriladi, ammo biror madinalik musulmon K’uraysh tarafiga o’tib, Makkaga kiradigan bo’lsa, k’aytarib berilmaydi, deya kelishib olingandi. Xuddi shu masalada hazrati Umar (r. a.) Rasuli akramni (s. a.v.) tushunmay, xiyla ozor berib k’o’yganlarini muarrixlarimiz yozib k’oldirishgan.
Pushaymonlik
Tarixdan ma’lumki, Hudaybiya sulhiga imzo chekib bo’lingach, u erga Suhayl o’g’li Abu Jandal kelib k’oldi. U avval Makkada musulmonlikni k’abul k’ilgani uchun otasi tomonidan zanjirband k’ilinib, k’amab k’o’yilgandi. U ming mashak’k’at bilan k’amok’dan k’utilib chik’ib, zanjirini sudraganicha sulh tuzilgan joyga kelgan va musulmonlardan panoh so’ramok’chi bo’lgandi. Shunda Abu Jandalning otasi Suhayl: «Sulh shartlariga muvofik’ sizdan birinchi bo’lib so’raydigan narsam shuki, o’g’limni k’aytarib bersangiz, agar berilmasa, sulh buziladi», deb oyok’ tirab turib oldi.
Rasuli akram (s. a.v.) Abu Jandalni sulh hukmidan istisno etilishini xohlagan edi. Birok’ k’urayshiylar rahnamosi Suhayl k’aysarlik k’ilib turib oldi. Valiysining istagiga yon bosib, Abu Jandalni topshirishga rozi bo’ladilar. Bechora Abu Jandal vaziyatning bunday tus olib ketganidan xafa bo’lib, k’ovok’-tumshug’i osilib ketgandi. U musulmonlarga k’arata shunday dedi:
– Men musulmonlikni k’abul k’ilganim uchun bu azob-uk’ubatlarga giriftor bo’lib, zulm va xo’rlik ko’rgandim. Meni yana o’sha mushriklarning k’o’liga topshirmok’chimisizlar? Axir manavi yaralarim hali bitib ulgurgani ham yo’k’-ku! – deya o’zining nochorlikda va iztirobda k’olganini bildirib, birodarlaridan marhamat va najot kutardi.
Uning ahvolini ko’rib, janobi Rasululloh (s. a.v.) tasalli berdilar:
– Ey Suhaylning o’g’li! Sabr k’il, Allohdan umidingni uzma! Biz musulmonlar mag’lub bo’lmaymiz! Alloh taolo yak’inda senga va sen kabilarga najot yo’lini ko’rsatadi, berishga majburmiz, uning hukmlarini buzish esa bizga to’g’ri kelmaydi.
Abu Jandal yana kishanlangan holda Makkaga k’aytarildi. Bu holat, bu muomala hammaning asabini tarang, o’zini garang k’ilib k’o’ygandi. Musulmonlar g’alayonga kelishdi. Darhak’ik’at, birodarlarini kishanlangan holatda yana mushriklar k’o’liga topshirilishiga tog’at k’iladigan hollari yo’k’ edi. Eng avvalo hazrati Umar (r. a.), o’sha k’izik’k’on va hak’ik’atgo’y Umar chidolmay k’oldilar. O’zlarini bosolmay, Rasuli akram (s. a.v.) huzurlariga borib:
– Men tushunolmay k’oldim, Siz Allohning Payg’ambari emasmisiz, da’voyingiz hak’ da’vo emasmidi? Bu zalolatni nega k’abul k’ilyapsiz? Bu hukmga k’andok’ yo’l k’o’ydingiz? – deya ovozini balandlatib, k’izishib gapirdi.
Rasuli akram (s. a.v.) hazrati Umarning bu k’izg’in ta’nalariga osoyishtalik bilan javob k’aytardilar:
– Muhak’k’ak’, men Allohning rasuliman, Allohga isyon ham k’ilganim yo’k’. Musulmon bo’lganlarga Allohning o’zi najot beradi, yo’l ko’rsatadi. Biz sabr k’ilishimiz kerak.
Birok’ Umar (r. a.) Payg’ambar alayhissalomning bu gaplaridan k’onik’may, yana tortishuvda davom etdi:
– Siz bizga Ka’bani tavof k’ilamiz, degandingiz-ku!
– Ha, aytdim. Birok’ bu yil tavofi ifo k’ilamiz, demaganman. YAna takror aytaman, Makkaga kirasizlar, Ka’bani tavof k’ilasizlar, — dedilar Rasululloh (s. a.v.) yana xotirjamlik bilan.
Umar ibn Xattob (r. a.) yana hayajonga tushib, to’g’ri Abu Bakr Siddik’ni k’idirib ketdilar. Unga ham yuk’oridagi e’tirozlarini bildirdilar. Hazrati Abu Bakr (r. a.):
– Hazrati Muhammad (s. a.v.) Allohning Payg’ambaridirlar, nima k’ilsalar ham, Allohning amriga muvofik’ k’iladilar. Bu k’izik’k’onlik nechun, birodari aziz? — deb hazrati Umarni ogohlantirdilar.
Hazrati Umar (r. a.) k’izishgan holda sayyidul-mursalin Muhammadga (s. a.v.) k’ilgan k’o’pol muomalalaridan keyinchalik ko’p pushaymonlik va afsus chekdilar, Alloh taoloning mag’firatiga noil bo’lmok’ uchun nafl ibodatlar k’ildilar, ro’za tutib yurdilar va bir necha k’ulni ozod k’ildilar. Ana shu vok’ea esa musulmonlar o’z shaxsiy fikrlarini izhor etishda nak’adar hur, erkin ekanliklariga ham bir misoldir.
Shayton ham k’ochgay..
Bir kuni Umar ibn Xattobning (r. a.) janobi Rasulullohni (s. a.v.) ko’rgilari kelib k’oldi. Payg’ambar alayhissalomning xonadonlariga etib borib, u zotning huzurlariga kirmok’k’a izn so’radilar. Shu paytda ichkarida K’uraysh k’abilasining bir guruh ayollari bor edi. Erkaklar k’atori ayollar ham o’zlarini k’izik’tirgan, echisha olmayotgan savollariga javob so’rab, tez-tez Rasuli akramning (s. a.v.) huzurlariga kelib turishardi. Bu gal ham ular ezmalanib nimanidir so’rab turishgan ekan. Rasulullohning (s. a.v.) ovozlari ayollarning shank’i tovushlari orasidan arang k’ulok’k’a chalinib k’olardi.
Ijozat bo’lgach, hazrati Umar ichkariga kirib bordilar. U kishining kirganini ko’rgan ayollar shosha-pisha hijob-ro’mollariga o’ranib olishdi. Bu holatni ko’rib janobi Rasululloh (s. a.v.) miyig’larida chiroyli tabassum k’ilib k’o’ydilar. Hazrati Umar buni ko’rib: «O’ Rasululloh, ota-onam sizga fido bo’lsin, Alloh taolo sizni umr bo’yi kuldirsin», dedilar. Shunda janobi Rasululloh (s. a.v.) shunday dedilar: «Men hozir manavi huzurimdagi ayollardan taajjubdaman, sening ovozingni eshitib, ular shosha-pisha ro’mollarini o’rab olishdi». Hazrati Umar bunga javoban: «Siz ayollarning izzat-ehtirom va hayo k’ilmok’liklariga hammadan ham hak’lirok’siz», dedilar va ayollarga o’girilib, ularga dashnom berdilar: «Ey o’ziga-o’zi dushmanlar, nechun mendan uyalib, Allohning Rasulidan hayo k’ilmaysizlar?» Ayollar bu ta’naga javoban chuvillashib: «Siz janobi Rasulullohga nisbatan k’o’polrok’ va dag’alrok’siz, vajohatingizdan k’o’rk’amiz», deyishdi. Shunda Rasuli akram (s. a.v.) shunday dedilar: «Ey Xattobning o’g’li! Jonim k’o’lida bo’lgan zot hak’k’i, agar sening yo’lingdan hatto shayton chik’ib k’olsa, (dag’alligingdan k’ochib) boshk’a yo’lga burilib ketgay!» Ayollar Payg’ambar alayhissalomning gaplarini tasdik’lab, bosh silkib k’olishdi.
Umid – oxiratdan!
Bir kuni hazrati Umar (r. a.) Rasuli akramni (s. a.v.) ziyorat k’ilmok’ uchun bordilar. Hazrati Oishadan (r. a.) izn so’rab, hujrai saodatga kirib bordilar. Kichkinagina hujra. Bir tomonda yalong’och bir sadr. Ustida teridan tikib, ichiga poxol solingan bir to’shak. Bir burchakda xaltaning tagida bir hovuch suli. Bitta po’stak, narirok’da suvi bo’shagan mesh. Allohning so’nggi Payg’ambari, butun Islom olamining rahbari, dunyoning yarmiga Alloh taoloning hak’ dinini yoyib, yotk’izib-turg’izayotgan komil insonning uy jihozlari shular edi, xolos. Hazrati Oisha (r. a.) ham ana shu kamtarona hayot tarziga ko’nganlar. Oylab k’ozon osilmasa ham, go’sht va bug’doy noni bu xonadon uchun nihoyatda tansik’ bo’lib ketsa ham, emishlari nuk’ul xurmo va suv bo’lib k’olsa ham zorlanmaydilar, Rasuli akramni (s. a.v.) ta’na va malomat bilan k’iynamaydilar. Chunki bu zot Alloh roziligi yo’lida shu turmushni, shu yo’lni tanlaganlarini yaxshi biladilar.
Hujradagi bu holatni, Rasuli akramning (s. a.v.) birgina ehromda o’tirganlarini ko’rib, hazrati Umar (r. a.) o’zlarini tutib turolmadilar. Ko’zlaridan yosh jalasini ok’izib, yig’lab yubordilar. Rasuli akram (s. a.v.) taajjublanib, yig’i sababini so’radilar. Hazrati Umar (r. a.) hamon o’zlarini bosolmay, bolalar kabi pik’-pik’ yig’lab javob aytdilar:
– Siz ustida yotgan ko’rpa badanlaringizga botib, iz k’oldiribdi. Butun mol-mulkingiz shu xona ichida, ko’rib turibman. K’ozoningizga nima tushayotganidan ham xabarim bor. U yok’da k’aysarlar va kisrolar oltin-kumush ichra ko’milib yotibdi, dunyoning butun zavk’-shavk’i va lazzatiga g’ark’ bo’lgan, dasturxoniga kuniga bir necha xil taom va nozu-ne’matlar tortiladi, bir necha sidra kiyim kiyadi. Aslzodalar, boylar, akobirlar ham dunyo ne’matlaridan foydalanishda ulardan k’olishmaydi. Siz esa Allohning Payg’ambarisiz, musulmon olamining rahnamosisiz, shundayin hayot kechiryapsiz, shunga aslo tog’at k’ilolmayapman.
Rasuli akram (s. a.v.) hazrati Umar gapini tugatishi bilan nim tabassum k’ilib k’o’ydilar-da:
– Ey Xattobning o’g’li! Sen bu dunyo ularniki, oxirat ne’mati bizniki bo’lishini istamaysanmi? Mening bor umidim – oxirat dunyosidan! – deb marhamat k’ildilar.
Ilmga yo’ydilar
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam eng yak’in safdoshlari Abu Bakr Siddik’ va Umar ibn Xattobni tez-tez tushlarida ko’rib turardilar. Bir kuni Payg’ambar alayhissalom shunday deb k’oldilar:
– Men uxlab yotganimda tush ko’rdim. Tushimda sut ichdim, hatto uning tirnok’larim atrofidan ok’ib chik’ayotganini ham ko’rdim. So’ng sutning ortib k’olganini Umar ibn Xattobga berdim.
Shunda sahobalar Rasuli akramdan (s. a.v.) so’rashdi:
– Buni nimaga yo’ydingiz, yo Rasululloh?
– Ilmga, — dedilar u zot.
Uzun ko’ylakda..
YAna bir kuni Rasululloh (s. a.v.) hazrati Umarni tushda ko’rganlarini so’zlab berdilar:
– Men uxlab yotgandim, tushimda ko’ylak kiyib olgan odamlar menga namoyon bo’ldi. Ba’zi ko’ylaklarning etagi tizzaga k’adar tushib turibdi, boshg’alari esa kaltaligidan tizzaga ham etmaydi. Umar uzun ko’ylak kiyib olgan bo’lib, etagini sudrab borardi.
Shunda sahobalar u zotdan savol so’rashdi:
– YO Rasululloh, buni nimaga yo’ydingiz?
– Dinga, — dedilar Payg’ambar alayhissalom.
Achchik’ hak’ik’at
Bu kun musulmonlar uchun eng og’ir, eng musibatli, eng k’ayg’uli kun bo’ldi. Alloh taoloning so’nggi rasuli, Payg’ambarlarning sayyidi, eng komil inson hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallam dorul-omonatdan dorul-bak’oga rixlat k’ilayotgan kun edi. Bir necha kungi xastalik dushanbaga o’tar kechasi kuchaydi, ammo bemorlikka k’aramay, Rasuli akram (s. a.v.) erta tongda hazrati Ali va hazrati Fazl yordamida jome’ga chik’mok’ni ixtiyor etdilar. Hazrati Abu Bakrga ik’tido k’ilib, bomdodni o’k’idilar, kuchlari etganicha, jamoatga va’z-nasihatlar k’ildilar.
Xonalariga k’aytib kelganlarida ahvollari ancha og’irlashgan edi. Peshingacha bir necha bor o’zlaridan ketib k’oldilar. Ora-sira yonlaridagi suv idishga k’o’llarini botirib, yuzlarini ho’llab olardilar, shahodat kalimasini keltirib, o’lim k’o’rk’uvi va shiddatiga bardosh bermok’likda yordam so’rab, Allohga iltijo k’ilardilar. Lablari tinmay ushbu duoni takrorlardi: «Allohim, meni afu et! Meni rafik’u a’loga (Payg’ambarlar, siddik’lar, shahidlar, solih zotlar mak’omi) etkazgin!»
Hazrati Rasululloh (s. a.v.) hazrati Oishaning k’o’llarida jon berdilar, muborak ruhlari Buyuk Allohga k’ovushdi.
Rasuli akram vafot etgan kunlari Madina ahli k’attik’ motamda k’oldi. Peshindan so’ng o’lim xabari hamma yok’k’a tark’alib, xonadonlarga k’ayg’u, musibat, g’am-alam kirib bordi. Ashobi kirom ham, xesh-ak’rabolar chuk’ur iztirobda, mutaassir, esankiragan holatda edilar. Hazrati Ali tek k’otgan, hazrati Usmonning tili tutilgan edi. Mo’minlar tinmay ko’z yoshi to’kishar, motam tutar, munofik’lar esa xursandchiligini yashirolmasdi. Bunday ahvoldan hazrati Umar (r. a.) g’azab otiga mingan, o’zini bosolmas, bu ayrilik’k’a, so’ngsiz musibatga chidolmay, k’afasga tushgan k’ush kabi har yonga urar, k’ayg’ulari vujudiga sig’may k’iynalardi. U k’ilichini k’inidan sug’irib olgan, uni havoda o’ynatib, o’zi tinmay telbalarday k’ichk’iradi:
– Yo’k’, Muhammad o’lmagan! U shunchaki behush bo’lib k’oldi, ko’p o’tmay, o’ziga keladi! Kim Muhammadni o’ldi, deydigan bo’lsa, bo’ynini shu zahoti uzib tashlayman!
Shunday nozik va tahlikali bir paytda o’zini tutib, sarosimaga tushmagan hazrati Abu Bakr Siddik’ bo’ldilar. U kishi janobi Rasululloh (s. a.v.) bilan vidolashdilar, «Hayotligingizda ham ko’rkam edingiz, o’limingiz ham ko’rkam!» deb peshonalaridan o’pdilar. Keyin hamon o’zini bosolmay, hayk’irayotgan hazrati Umarga (r. a.) k’arata: «Jim bo’l, yo Umar!» deb uni tinchitdilar. Keyin masjidga kirib, xalk’k’a yuzlanib gapirdilar: «Ey insonlar! Orangizda Muhammadga sig’ingan kishi bo’lsa, yaxshi bilib olsinki, Muhammad o’ldi. Allohga ibodat k’ilganlar bo’lsa, yaxshi bilib olsinlarki, Alloh bok’iydir, aslo o’lmagaydir». Keyin K’ur’oni karimdan Payg’ambarlar, shu jumladan, Muhammad alayhissalom ham o’tguvchi va o’lguvchi ekanlari hak’idagi oyatlarni o’k’idilar. Shundagina boshg’alar k’atori hazrati Umar (r. a.) ham tinchlandi. O’ushi o’ziga k’aytdi. Sodir bo’lgan vok’eaning achchik’ hak’ik’atini anglab etdi. Shundagina o’n olti yil yonlaridan bir dam jilmagan do’stlaridan, Allohning rasulidan ayrilib k’olganlariga ishonib, o’ksib-o’ksib yig’ladi.
AHLI JANNAT SAYYIDLARI
Rasululloh sirlari
Hafsa binti Umar hazrati Umarning (r. a.) k’izlari edi. U Rasuli akramning (s. a.v.) sahobalaridan Xaniys ibn Xuzoma as-Sahmiyning xotini edi. U Madinada vafot topdi va Hafsa tul k’oldi. Shunda Umar ibn Xattob (r. a.) k’izini xayriyat ahllaridan birortasiga xotin k’ilib berishni o’ylab k’oldi. U birodari Usmon ibn Affon (r. a.) huzuriga borib, tul k’olgan k’izini xotinlikka olishini taklif k’ildi. Negadir hazrati Usmon bu taklifga uncha ro’yxushlik bermadi. «Biroz o’ylab ko’rayin», degan mavhumrok’ javobni k’ildi. Hazrati Umar (r. a.) bir necha kun kutib tog’ati tugadi. Shunda hazrati Usmonning (r. a.) o’zi kelib uchradi va: «Shu kunlarda uylana olmayman, shekilli, buning ilojini topolmadim», dedi.
Hazrati Umar (r. a.) uning gapidan hafsalasi pir bo’lib, boshk’a birodari Abu Bakr Siddik’ning (r. a.) huzuriga jo’nadi. Hazrati Usmonga aytilgan taklif unga ham etkazildi: «Agar istasangiz, k’izim Hafsani sizga nikohlab k’o’yaman». Hazrati Abu Bakr Siddik’ lom-mim ham demadi, indamay burilib ketaverdi.
Umar ibn Xattob (r. a.) bir necha kun u kishidan javob bo’lishini kutib yurdi. Ammo birodarlari hamon sukutda edi. Tabiatan k’izik’k’on Umarning (r. a.) bundan jahli chik’di, kuyundi: «K’izimni tortik’ k’ilib tursam-u bu odam yo «ha», yo «yo’k’» demasa. Hatto Usmon kabi bir tayinli javob k’ilmasa!»
Oradan bir kun o’tdi. Ana shu muhlat ichida Sarvari olam Muhammad (s. a.v.) Hafsani so’rattirib k’oldilar. Hazrati Umar (r. a.) juda sevinib ketdi: «Allohning rasuli k’izini so’rattirsa, sen u zotga k’aynota mak’omiga erishsang, inson uchun bundan ortik’ sharaf va baxt bormi?» Ularning nikohini hazrati Umarning (r. a.) o’zlari o’k’idi.
Ana shunday mas’ud kunlarning birida hazrati Umar (r. a.) do’stlari Abu Bakr Siddik’ni (r. a.) uchratib k’oldilar. Abu Bakr Siddik’ birodariga shunday dedilar:
– O’shanda k’izing Hafsani menga xotinlikka taklif etganingda, nega lom-mim demay ketganim sababini bilganmisan? Nazarimda, mening bu k’ilig’imdan og’rinib, xafa bo’lgansan ham. Aslida, bu taklifingga ko’nmaganimning sababi bor. Bir kuni janob Rasulullohning o’z suhbatlarida Hafsa hak’ida gapirib o’tganlaridan xabardor bo’ldim. Sarvari olamning bu niyatlari meni taklifingga ko’nishimga monelik k’ildi.
– Nega bu gaplarni o’shanda menga ochik’ ayta k’olmading? – deb so’radilar hazrati Umar (r. a.).
– Chunki men u zotning sirlarini oshkor k’ila olmasdim-da! Bordi-yu janob Rasululloh k’izingni olmaganlarida, men olgan bo’lardim, — dedi hazrati Abu Bakr Siddik’ (r. a.) birodariga mehr ko’zi bilan bok’ib.
Hovuz bo’yida
Bir kuni Rasuli akram (s. a.v.) shunday deb k’oldilar: «Men tushimda ko’rsam, bir k’uduk’ bo’yida turibman. Undan chelakda suv olib, odamlarga ichirayotgan ekanman. Shu asnoda oldimizga Ibn Abu K’ahofa (ya’ni, Abu Bakr) kelib k’oldi. U menga dam bermok’ niyatida k’o’limdan chelakni oldi-da, hovuzdan bir-ikki bor suv tortdi. Ammo suv kamrok’ chik’di. Alloh taolo uni mag’firat k’ilsin! Keyin Umar ibn Xattob kelib k’oldi. U Abu Bakrning k’o’lidan chelakni olib, hovuzga tashladi. U bak’uvvat va mohir bo’lgani uchun shu k’adar ko’p suv tortib chik’ardiki, hatto odamlar suvni to’ygunlaricha ichib, batamom k’onishdi. Hovuz suvi esa kamayishi o’rniga tobora ko’payib borardi. Hatto odamlar k’uduk’ atrofiga tuyalari uchun k’o’ralar ham k’urishdi.
K’ay biri mahbubrok’?
Kunlarning birida janob Rasululloh (s. a.v.) Amr Ibn Osni k’o’shinga k’o’mondon k’ilib, Zotus-Salosilga yuboradigan bo’ldilar. Safar oldidan ikkovlari biroz suhbatlashib k’olishdi. Amr Ibn Os Sarvari olamdan (s. a.v.) so’rab k’oldi:
– Ey Allohning rasuli, k’o’shinda Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumo bo’laturib, meni bosh k’ilib tayinladingiz. Bu odamlardan k’ay biri siz uchun mahbubrok’?
– Oishaning otasi Abu Bakr, – dedilar Sarvari olam (s. a.v.).
– U kishidan keyin-chi? – yana so’radi Amr Ibn Os.
– So’ng Umar ibn Xattob, – dedilar va u zot hazrati Umardan so’ng yana bir necha kishining nomini sanab o’tdilar.
Jannat bashorati
Ulug’ sahobiylardan Abu Muso al-Ash’ariy uylarida tahorat olib, ko’chaga chik’dilar. U kishining niyati Rasulullohga (s. a.v.) chin dildan komil ixlos bilan xizmat k’ilish, kunlarini u zot bilan birga o’tkazish edi. Abu Muso yak’indagi masjidga borib, Rasuli akramni (s. a.v.) so’radi. Masjiddagilar: «Hozirgina bu erdan chik’ib, hov anavi tarafga ketdilar», deyishdi.
Sahobiy ular ko’rsatgan tomonga bordilar. Axtara-axtara surishtirsalar, Bi’ru Arisga, ya’ni sahnida k’udug’i bo’lgan bir bok’k’a kirib ketgan ekanlar. Payg’ambar alayhissalom toki tahorat olib, poklanib bo’lgunlaricha, Abu Muso bog’ning xurmo shoxlaridan yasalgan eshigi oldida sabr bilan kutib turdi. Keyin u zot turgan joyga bordi. K’arasalar, Payg’ambar alayhissalom k’uduk’ taxtasining o’rtasida izorlarini shimarib, oyok’larini k’uduk’ ichiga osiltirib o’tiribdilar. Sahobiy u zotning k’oshlariga borib, salom berdilar. Rasuli akram (s. a.v.) alik oldilar-da, yana indamay xayolga berildilar.
Abu Muso yana eshik oldiga borib o’tirdi. «Bugun bir eshikbonlik k’ilib, Payg’ambar alayhissalomni xushnud etayin», deb dildan o’tkazdi. Shu asnoda Abu Bakr Siddik’ (r. a.) kelib, eshikni tak’illatdilar. Abu Muso:
– Kim? – dedi.
– Men Abu Bakrman.
– Shoshmay turing, men janobi Rasulullohdan so’rab kelay, – deb u zotning huzurlariga ketdi va Abu Bakr kelib, ichkariga kirmok’k’a izn so’rayotganini izhor etdi. Shunda u zot:
– Ijozat ber va jannati ekanliklarini aytib, xushnud k’il! – dedilar.
Abu Bakr (r. a.) bok’k’a kirib, Rasulullohning (s. a.v.) huzurlariga bordilar. Salomlashishgach, Abu Bakr (r. a.) ham izorlarini Payg’ambar alayhissalom kabi shimarib, u zotning o’ng tomonlarida k’uduk’ning ichiga oyok’larini osiltirib o’tirdilar.
Abu Muso yana eshik yoniga k’aytib keldi. Boya ko’chaga chik’ayotib, birodari Abu Burdaga «Tahorat olib, ortimdan etib bor», deb tayinlab kelgandi. Shuning uchun Alloh taolo birodariga yaxshilikni ravo ko’rgan bo’lsa, bu erga etib kelib, Rasuli akram (s. a.v.) suhbatlaridan bahramand bo’lishini orzu k’ilib o’tirgandi. Shu payt eshik tak’illab k’oldi. Abu Muso shoshilib so’radi:
– Kim bu?
– Umar ibn Xattobman, – degan ovoz keldi.
– Biroz kutib tursangiz, – dedi o’tinch ohangida Abu Muso. – Men ijozat so’rab kelay.
U Rasulullohning (s. a.v.) k’oshlariga borib, salom berdi va Umar ibn Xattob kelib, ichkariga kirish uchun ruxsat so’rayotganini ma’lum k’ildi. U zot:
– Ijozat ber va jannati ekanini aytib, xushnud k’il, — dedilar. Abu Muso shoshk’ich eshik oldiga borib, Umar ibn Xattobga (r. a.) xitob k’ildi:
– Kiring, janobi Rasululloh sizning jannati ekaningizni bashorat k’ildilar.
Xuddi shu taxlitda hazrati Umar (r. a.) ham bok’k’a kirib keldilar va janobi Rasulullohning (s. a.v.) chap yonlariga borib, oyok’larini k’uduk’ ichiga osiltirib o’tirdilar.
Birozdan so’ng Usmon ibn Affon (r. a.) ham bok’k’a keldilar va jannatga kirishi bashorati bilan kutib olindilar. Fak’at hazrati Usmon (r. a.) k’uduk’ labidagi taxtada joy k’olmagani uchun k’uduk’ning janobi Rasulullohga (s. a.v.) k’arama-k’arshi tarafiga borib joylashdilar.
Sa’id ibn al-Musayyib bu vok’eani, ya’ni janob Rasuli akramning (s. a.v.) o’ng tomonlarida Abu Bakr Siddik’, chap tomonlarida Umar ibn Xattob, oyok’ tomonlarida Usmon roziyallohu anhuning o’tirganlarini ularning k’abrlari keyinchalik k’ay tartibda joylashganiga yo’ygan ekanlar.
Ikki shahid
Bir kuni Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam o’zlarining eng sodik’ sahobalaridan Abu Bakr, Umar, Usmon roziyallohu anhumlar bilan Uxud tog’iga chik’dilar. Shunda hatto ongsiz, zabonsiz tog’ ham azboroyi xursand bo’lganidan titrab ketdi. Shunda Payg’ambar alayhissalom uni tinchlantirdilar: «Ey Hud, tek tur, chunki Payg’ambar va hamisha rostgo’y (Abu Bakr) hamda ikki shahid (Umar va Usmon) ustingdadir», dedilar. Darhak’ik’at, Abu Bakr Siddik’ har k’anday sharoitda ham biror marta yolg’on so’z aytmadilar, ikki xalifa Umar ibn Xattob va Usmon ibn Affon din dushmanlari k’o’lida shahid bo’lishdi.
MO’MINLAR AMIRI
«Allohdan k’o’rk’!»
Umar ibn Xattob (r. a.) chinakamiga mo’minlarning amiri, odil va foruk’ xalifasi edi. Hazrati Umar (r. a.) o’z oilasi va bolalari uchun ovk’at va unni o’zi org’alab tashidi. Xalifa o’z k’o’li bilan ovk’at pishirib, etimlarga tark’atdi. U Allohdan k’o’rk’ardi, hamisha Allohning rizoligini istardi, Allohga mak’bul ishlarni k’ilishga intilardi. «Dajla k’irg’og’ida bir cho’ponning k’o’zisini bo’ri olib k’ochsa, Alloh xalifa Umardan so’raydi», deb ko’z yoshini to’kardi. Bir gal otda ketayotib o’ziga-o’zi: «YO Umar, Allohdan k’o’rk’!» dedi va shu zahoti otdan tushib, boshini erga k’o’yib, sajda k’ildi va ovozi bo’g’ilgan holda «Umar kimki, Allohdan k’o’rk’masin!» deya nola k’ildi. U har ishda odillik k’ilardi, nochor, mazlum, ojiz kishilarning himoyachisi edi. Hatto, bir gal bir voliyga shahodatnoma berib, viloyatga rahbar k’ilib jo’natayotib, suhbat chog’ida uning o’z farzandlarini biror marta k’uchog’iga olib erkalamaganini bilib k’olgach, shahodatini yirtib tashlab, k’uvib chik’argan ham shu hazrati Umar (r. a.) edi. U kishining yana bir odatlari bor edi. Har kuni k’osh k’oraygach, o’zidan-o’zi: «Ayt-chi, ey Umar, bugun Alloh yo’lida nima ish k’ilding?» deb so’rardi.
«Men ham kechirdim»
Hazrati Umar roziyallohu anhuning xalifalik yillarida adolat bilan ish tutganlari, aynik’sa, fak’ir, nochor, mazlum kishilarga jon fido k’ilganliklari tillarda doston bo’lib ketgan. U kishining xalifalik yillarida bir odam janjalkash, shaddod xotinining janjallariyu bak’ir-chak’irlaridan to’yib, xalifaga shikoyatga keldi. U Umarning (r. a) eshiklari oldiga kelib, endi chak’irmok’chi bo’lib tursa, ichkaridan ayol kishining k’attik’-k’attik’ gapirgani eshitildi. Boyagi kishi hayron bo’lib k’oldi, k’ulok’lariga ishonmadi. Nahotki, xalifaning xotini bak’ir-chak’ir k’ilayotgan bo’lsa? Astoydil k’ulok’ solsa, xalifaning xonimi Ummu Gulsum eri hazrati Umarga k’attik’ gapirmok’da. Xalifadan esa sado chik’masdi.
Xotinidan shikoyatga kelgan odam o’ziga — o’zi shunday dedi:
– Men xotinimning janjallaridan, uning yomon fe’lidan, menga nisbatan hurmatsizligidan xalifaga arz-dod k’ilib kelgandim. Bu k’anday bedodlikki, mening boshimdagi g’am-alam xalifaning boshida ham bor ekan. YAxshisi, bu erdan tinchgina ketak’olay!
U k’aytib ketayotgan edi, Umar (r. a.) uni ko’rib k’oldilar:
– Nega kelding-u endi nega ketyapsan? – dedilar.
– Sizga xotinimdan shikoyat k’ilib kelgandim. K’arasam, bu dard, bu tashvish sizning boshingizda ham bor ekan. Shuning uchun shikoyat k’ilishdan kechib, k’aytib ketayotgan edim, — dedi arzga kelgan kishi.
– Agar gap shundok’ bo’lsa, endi menga yaxshilab k’ulok’ sol, — dedilar xalifa. – Oiladagi ayollarimizning bizga sabr-k’anoat, tog’at bilan k’ilgan xizmatlari ham, ayni paytda erning zimmasida uning hak’lari ham bor. Xotinim jahannam otashi bilan mening o’rtamda bir parda-to’sik’dir. Ko’nglim u bilan rohat topadi, haromga bok’mayman, chunki u menga xotinlik vazifasini k’iladi. U uyim va mulkimning k’o’rik’lovchi muhofizidir, uydan chik’sam, u uydagi mol-mulkimni sak’lab, bekalik vazifasini bajaradi. Kiyimlarimni yuvib-tozalaydi, uyning boshk’a yumushlarini bajaradi, hamma yok’ni orasta tutadi, bolalarni yuvib-tarab, edirib-ichiradi, tarbiya k’iladi. U mening ovk’atimni pishirib, oldimga k’o’yadi, boshk’a yumushlarimni k’iladi. Shuncha xizmatlarni o’rniga k’o’yib bajarib, biror marta ham minnat k’ilmaydi, zorlanmaydi.
Boyagi odam hazrati Umarning bu nasihatlarini eshitgach:
– Sizga k’ilinadigan bu xizmatlar menga ham k’ilinadi. Sizki ayolingizni xush ko’rib, ba’zi k’usur-kamchiliklarini kechirganingizdan keyin men ham xotinimning k’usurlarini kechirdim, — dedi.
Tundagi hodisa
Musulmonlarning xalifasi Umar (r. a.) doimiy odatlariga ko’ra, bir kun kechasi Madina ko’chalarini aylangani chik’dilar. U ana shunday «sayr» paytida aholining holidan xabar olar, adolat buzilmasligini nazorat k’ilar, beva-bechoralarning arz-shikoyatlarini tinglar edilar.
Bu gal ham tungi ko’chalarni aylanib yurarkan, oldinda bir sharpa ko’rindi. YAk’inlashib k’arasa, bir odam hadeb chodir ichiga k’arayapti. Hazrati Umar undan so’radilar:
– Bu erda nima k’ilib turibsan?
– Sayohatga chik’k’an edik. Ichkarida o’tirgan mening oilam, homilador edi, shu erda to’lg’ok’ tutib k’oldi. Majburan biz shu erda k’oldik, biz bilan kelgan karvon yo’lida davom etib ketdi, — deb javob berdi musofir.
– Unda nega bu erda turibsan, kirib xotiningga yordam bermaysanmi? – dedilar Umar (r. a.).
– YOrdam beray, desam, bu ishga ak’lim etmaydi.
– Unda sen shu erda tur, men hozir doya olib kelaman.
Umar (r. a.) shunday deb, uylariga jo’nadilar va uxlab yotgan xotinlarini uyg’otdilar.
– YO Ummu Gulsum. Tur o’rningdan, hozir sening yordaming kerak bo’lib k’oldi. Agar urush maydonida jang bo’lsa, bezovta k’ilmas edim. Bugun sen keraksan, bu ish sening k’o’lingdan keladi.
Ummu Gulsum chodirdagi ayolga yordam k’ildi va bir ozdan so’ng chodir ichidan chak’alok’ning yig’isi eshitildi. Yumushlarini tugatib chik’k’an Ummu Gulsum musofirni o’g’illi bo’lgani bilan k’utladi. So’zlashuv asnosida xotinining tug’ishiga kimlar yordam berganini sezib k’olgan musofir tamoman dovdirab k’olgandi:
– YO amiral-mo’minin, sizni bezovta k’ildimmi?
Bunga javoban hazrati Umar xiyol jilmayib k’o’ydilar va musofirga k’attik’ tayinladilar:
– Tongda huzurimga kel. Baytul-moldan kerakli yordam beriladi.
Chiroyli xotima
Ittifok’o bir kuni mo’minlar amiri Umar ibn Xattobning (r. a.) huzurlariga uch yigit kirib kelishdi. Ular otalarini o’ldirgan k’otilni tutib kelishgandi, undan k’anday k’asos olish masalasini anik’lashni xalifaga topshirmok’chi edilar. K’otil hazrati Umarni aldab bo’lmasligini tushunib, aybini bo’yniga oldi, har k’anday jazoga roziligini izhor k’ildi. Fak’at mol-mulkini farzandlariga bildirib k’o’yish uchun uch kunga muhlat so’radi. O’sha erda hozir bo’lgan sahobiylardan Abu Zarr g’iforiy k’otilning kafolatini oldi.
Uch kun o’tdi, k’otildan darak yo’k’ edi. Xalifa uning kafolatini olgan Abu Zarrni toptirib keldi. U etib kelib, k’atl etilishga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Shu paytda o’sha k’otil halloslaganicha etib keldi. Xalifaning yuzi yorishdi. K’otildan taajjubda so’radi:
– K’ochib ketishga imkoning bo’laturib, nega k’aytib kelding?
– Xalifalikda va’dasining uddasidan chik’adigan k’olmabdi, deyishlaridan k’o’rk’ib keldim, — dedi k’otil.
Shunda xalifa sahobiy Abu Zarrga yuzlanib so’radilar:
– Sen nega tanimagan odamingning kafolatini olding, axir u kelmaganda, uning o’rniga k’atl etilgan bo’larding-ku?!
– Xalifalikda himmatli kishilar yo’k’ ekan-da, deyishmasligi uchun shunday k’ildim, — dedi sahobiy.
Bu manzarani ko’rib turgan jabrdiyda uch yigit Xalifaga shunday deb murojaat k’ilishdi:
– Biz ham otamizning k’otilini kechirdik, undan k’asos ham olmaymiz, tag’in bu dunyoda afv etguvchilar k’olmabdi-da, deb yurishmasin.
Masalaning bu yanglik’ chiroyli adolat bilan xotima topganini ko’rgan amirning yuzlarida mamnunlik alomatlari jilva eta boshladi.
«Umar eshitmasinmi?»
Hazrati Umarning xalifalik yillari. U kishi o’z odatlariga ko’ra, bir guruh kishilar bilan Madina ko’chalaridan ketib borardilar. Shunda bir ayol xalifani to’xtatib, k’attik’ ovozda nasihat k’ilishga tushdi: «Ey Umar, yak’indagina Umarcha deb atalarding, ulg’ayganingdan so’ng «Ey Umar» deb murojaat k’iladigan bo’lishdi. Endi esa «Ey amiral-mo’minin» deb atalmok’dasan. Allohdan k’o’rk’k’in, ey Umar! Kim o’limga ishonsa, umrini bekor o’tkazishdan k’o’rk’adi, kim hisob-kitobga ishonsa, azobdan k’o’rk’adi», deya ta’na-dashnom k’ilaveribdi boyagi ayol.
Butun Islom olamining xalifasi, dunyoning yarmini turg’izib-o’tk’izayotgan hukmdor yupun kiyingan, ko’rimsizgina bu ayolning malomatlarini xuddi talaba boladay odob bilan, jimgina tinglayapti, hatto e’tiroz bildira olmayapti. Bu ne hol? Xalifaning hamrohlari taajjub ichra u kishidan: «Ey mo’minlarning amiri, bu kampirga ham shunchalik to’xtab, achchik’-tizik’ gaplarini eshitib o’tirasizmi?» deb so’rashdi. Bunga javoban hazrati Umar: «Allohga k’asamki, agar u ertalabdan kechgacha ham yo’limdan to’xtatib ushlab tursa ham, farz namozlari vak’tidan boshk’a paytda turaveraman. Bu kampirning kimligini bilasizlarmi o’zi?! Bu – Havla binti Sa’laba. Uning so’zini Alloh taolo etti osmonning ustidan eshitgan. Olamlarning Parvardigori bu ayolning so’zlarini eshitadi-yu oddiy banda Umar eshitmasinmi?» — dedilar.
Xalifaning kelini
Hazrati Umar xalifalik yo’llarida ko’pincha Madina ko’chalarini tunda yolg’iz aylanar, musulmonlarning holi-hayotidan, turmushidan shu tarik’a xabardor bo’lib olardi. O’sha kuni ham oddiy kiyimdagi xalifani Madina ko’chalarida ko’rganlar taniy olishmadi, e’tibor ham berishmadi. U katta-katta k’adam tashlab borarkan, chor atrofga sinchkovlik bilan nazar tashlar, nigohidan mayda-chuyda narsalar ham k’ochib kutula olmasdi. Shu payt xonadonlarning biridan ikki ayolning g’o’ng’ir-g’o’ng’ir gaplashayotgani k’ulog’iga chalindi. K’izik’sinib devorga yak’in bordi. Devor ortidan bir xotinning k’iziga aytayotgan gaplari baralla eshitilib turardi:
– K’izim, bugun sok’k’an sutimiz negadir ko’zimga oz ko’rinyapti, shunga bir oz suv k’o’shib ko’paytirmasak, bo’lmaydi, shekilli. Shunga suv olib kelib bergin.
K’izi hayratlanib: «Voy onajon, nimalar deyapsiz? Amiral-mo’minin sutga suv k’o’shmanglar, deb buyurgan edi-ku, — dedi. Onasi unga javoban:
– K’izim, bilasanki, tirikchiligimiz sut bilan o’tadi. Men bir beva ayolman, boshk’a daromadimiz yo’k’. Sutga biroz suv k’o’shsak, ko’payadi, ehtiyojimizga ishlatamiz, — dedi. Allohdan k’o’rk’ish k’albiga jo bo’lgan odobli k’iz:
– Onajonim, bugun sizga nima bo’ldi? Sizning bunday deganingizni xalifa eshitsa, nima bo’ladi? — dedi.
– K’izim, kechasi bu vak’tda xalifa uxlab yotibdi. Bizning bu erda sutga suv k’o’shganimizni k’anday biladi, k’anday ko’radi?! — dedi.
Ul muborak k’iz onasini gunohdan k’aytarishga harakat k’ilib:
– Onajon! Bugun sizga bir narsa bo’libdi! Siz shunday nomak’bul so’zlarni aytmok’dasiz! Siz aytgan hiylani agar xalifa ko’rmasa, hamma narsani biluvchi Alloh biladi va ko’radi! Sutga suv k’o’shish – gunohdir! – deb onasini gunohdan sak’lab k’oldi.
Hazrat Umar bu suhbatni oxirigacha eshitdi. Ertasiga ertalab bu erga kelib, Allohdan k’o’rk’uvchi, go’zal axlok’li, yaxshi fazilatli, iffatli va tarbiyali k’izni o’g’liga so’radi. Hazrat Umar o’g’lini shu fak’ir k’izga uylantirdi. Hazrat Umarning o’sha muborak kelinidan shunday avlodlar – farzandlar dunyoga keldiki, ulardan biri hazrat Umar kabi adolatli bo’lib, tarixda ikkinchi Umar ismini oldi. Bu zot Umar ibn Abdulazizdir. Umar ibn Abdulaziz bobosi kabi adolatni sevuvchi, Allohdan k’o’rk’ib yashaydigan muhtaram bir zotdir.
Uchta gunoh
Madina ko’chalarini kezib, ra’iyat ahvolotidan doimo xabardor bo’lish xalifa Umar ibn Xattobning (r. a.) eng suygan mashg’ulotlaridan edi. Bu gal ham hazrati Umar (r. a.) ana shu poytaxt ko’chalarini aylanib yurgandilar. Bir hovli yonidan o’tib ketayotib, erkak va ayolning g’o’ng’ir-g’o’ng’ir gaplashayotganini eshitib k’oldilar. Devorga chik’ib k’arasalarki, ularning o’rtasida ichkilik to’la idish turibdi. Shunda Umar (r. a.) tutog’ib ketib, erkakka ta’na k’ildilar:
– Ey Allohning dushmani, sen k’ilayotgan bu gunoh ishlar Allohdan pinhon k’oladi, deb o’ylaysanmi?
U odam esa xotirjam turib, xalifaga javob k’ildi:
– Ey amiral mo’minin, men Allohga bir gunoh k’ilgan bo’lsam, siz birato’la uchta gunohga yo’l k’o’ydingiz. Alloh taolo: «Josuslik k’ilmanglar!» degan. Siz bizning gapimizni poylab, josuslik k’ildingiz. Alloh yana aytganki: «Uylarga eshiklardan kiringlar!» Siz esa devor oshib tushdingiz. Va yana Alloh taolo: «O’zlaringizning uylaringizdan boshk’a uylarga uning ahlidan izn so’ramasdan, salom bermasdan kirmanglar», deydi. Siz buni ham k’ilmadingiz.
Umar (r. a.) bu kishining zukkoligiga tan berib, bo’shashib k’oldi va undan shunday deb so’radi:
– Birorta xayrli ishing bo’lsa, ayt, seni avf k’ilaman.
– Xudo hak’k’i, k’aytib bu ishni hech k’achon k’ilmaslikka so’z beraman, — deya uzr so’radi boyagi kishi.
– Borak’ol, seni kechirdim, — dedilar hazrati Umar xotirjam bo’lib.
Sotilgan shikoyat
Payg’ambar alayhissalomning amakilari Abbos ibn Abdulmuttalib k’orong’u kechalarning birida mo’minlar amiri Umar ibn Xattobning (r. a.) uyiga borish uchun yo’lga chik’dilar. Ketayotsalar, yo’lda sahroyi odamlarning yirtik’ kiyimlarini kiyib olgan bir kishi yo’llarini to’sib chik’di va englaridan tortib: «Yur men bilan, ey Abbos», dedi.
Abbos (r. a.) dik’k’at bilan k’arasalar, u kishi amiral-mo’mininning o’zlari ekanlar. Ko’pincha birov tanib k’olmasligi uchun kiyimlarini o’zgartirib, Madina ko’chalarini aylanish, musulmonlarning holi-hayotidan, turmushidan xabardor bo’lish u kishining odatlaridan edi. Chunki amiral-mo’minin Rasuli akramning (s. a.v.) «Sizlarning har biringiz bamisoli cho’pondirsizlar va o’z k’o’l ostingizdagilarga mas’uldirsizlar», degan gaplarini mahkam tutgan edilar.
Abbos ibn Abdulmuttalib xalifaga salom bergach, so’radilar:
– Yo’l bo’lsin, ey mo’minlar amiri?
– Bu zulmatli tunda arab mahallalarini aylanib chik’mok’chiman, — dedilar hazrati Umar (r. a.).
Kecha salk’in edi. Hamma kechki yumushlarini tugatib, uyk’uga hozirlik ko’rayotgandi. Hazrati Umar chodirlar va kulbalar oralab borarkanlar, ularning har birini dik’k’at bilan kuzatar, nimanidir axtarayotganidek ba’zan to’xtab ham k’olardilar. Aylanishni tamomlab, endi ork’aga k’aytishmok’chi ham ediki, to’satdan bir chodirdan kelayotgan ovoz xalifani sergaklantirib k’o’ydi. Sekin chodirga yak’inlashishdi. Unda bir ayol k’ozon oldida kuymalanib o’tirar, atrofida bir necha bola chirk’illab yig’lardi. Ayol tinmay bolalarni ovutmok’chi bo’lar, «Sabr k’ilinglar, ozgina k’oldi, hozir ovk’atim pishsa, eysizlar», deb aldardi. Hazrati Umar (r. a.) bu holatni ko’rib, kayfiyatlari buzildi. O’rinlaridan jilolmay k’oldilar. Shu alfoz ancha turib k’olishdi. Nihoyat, Abbos tilga kirdi:
– Ey amiral-mo’minin! Nega bu erda turibmiz, yuring ketaylik?!
– Alloh nomi bilan k’asam ichamanki, toki bu ayol ovk’atini suzib bolalariga edirmaguncha hech k’ayok’k’a ketmayman! – dedilar hazrati Umar.
Vak’t o’tib borardi. Bolalar hamon yig’idan to’xtamas, ayol esa «Sabr k’ilinglar, hozir ovk’atni suzaman, ozgina k’oldi», deb takrorlashdan charchamasdi. Hazrati Umar chidab turolmadilar va Abbosga:
– Yur, ichkariga kiraylik-chi, nima gap ekan? – dedilar. Ikkovlon ork’ama-ork’a chodirga kirishdi. Hazrati Umar ayolga salom berdilar.
– Assalomu alaykum!
– Va alaykum assalomu va rohmatullohu va barokatuh, – deb go’zal javob k’aytardi boyagi ayol.
– Bolalarga nima bo’lgan, nega ular yig’idan to’xtashmayapti? – so’radilar hazrati Umar (r. a.).
– K’orinlari och.
– Nega k’ozondagi ovk’atdan bermayapsan?
– Ovk’at bo’lganda, bermasmidim. Ularni aldab, ovuntirib o’tiribman, xolos. Zora, yig’idan charchab uxlab k’olishsa. Ularga ediradigan hech narsa yo’k’! – dedi ayol bo’shashib. Hazrati Umar (r. a.) k’ozonni kavlab ko’rdilar. Ozgina suv ichiga bir necha mayda tosh tashlab kavlab o’tirgan ekan.
– Nega bunday nochor ahvolda k’olding? – so’radilar amiral-mo’minin.
– Mening hech kimim yo’k’, na aka-ukam, na otam, na erim… Birortayam k’arindoshim yo’k’, yolg’iz ayolman.
– Unda nega mo’minlar amiriga borib, ahvolingni tushuntirmading? Baytul-moldan biror narsa berardi-ku!
– Vallohi, Umar menga zulm k’ildi, – dedi ayol. Ayolning bu gapidan hazrati Umar (r. a.) dahshatga tushdi, vujudlari k’alt-k’alt titray boshladi, peshonalaridan sovuk’ ter chik’ib ketdi.
– Ey xola, Umar senga nima zulm k’ildi? – deb so’radi xalifa arang tilga kirib.
– Ha, Xudo hak’k’i, Umar bizga zulm k’ildi. U boshlig’imiz edi, k’o’l ostidagi har bir odamning hol-ahvolidan ogoh bo’lib turishi mumkin edi. Axir musulmonlar orasida mendak’a serbola, nochor, yordam va shafk’atga muhtoj oilalar bor-ku!
– Umar sening ahvolingni k’aerdan bilsin? Sen unga arz bilan borib, ahvolingni ma’lum k’ilib k’o’yishing kerak edi., – dedi hazrati Umar (r. a.).
– Yo’k’, vallohi, hak’ik’iy boshlik’lar k’aramok’laridagi odamlarning nimaga muhtojligidan doimo xabardor bo’lishlari kerak. Ehtimol, mendak’a kambag’alning hayosi yo’l k’o’ymay, boshlik’ oldiga borishga iymanar…
– Hak’ gapni aytding! – dedi hazrati Umar (r. a.). – Bolalarni ozgina tinchitib tur, men hozir kelaman!
Hazrati Umar (r. a.) Abbosni etaklab chik’ib ketdi. Xazinaga borib, ichkariga kirishdi. Hazrati Umar (r. a.) bitta k’opga unni to’ldirib, Abbos yordamida elkaga oldilar. Ko’zada turgan yog’ni Abbosga ko’tartirib, ikkovlon boyagi ayolning chodiriga jo’nashdi. Yo’l xiyla olis edi, k’opdagi un hazrati Umarning (r. a.) peshonasiga, ko’z-yuziga to’kilib borar, terga k’orishib k’otib k’olardi. Xalifaning charchagani va k’iynalayotganini ko’rgan Abbos yordamlashmok’chi bo’ldi.
– Ota-onam sizga fido bo’lsin, amiral-mo’minin. Charchab ketdingiz, k’opni men ko’tarib olay!
– Yo’k’. Xudo hak’k’i, sen k’iyomat kuni bo’lganda, mening gunoh va zulmimni ko’tara olmaysan. Ey Abbos, shuni bilib k’o’yki, zil-zambil tog’larning og’irligini ko’tarish oxiratda katta-kichik jinoyatlar azobini ko’tarishdan osonrok’. Yurak’ol, Abbos, bolalar charchab uxlab k’olmaslaridan etib boraylik!
Hazrati Umar (r. a.) va Abbos k’adamlarini tezlatishdi. Chodirga etib kelganlarida ikkovi ham holdan toyib, madordan ketib bo’lishgandi. K’op elkadan tushdi. Hazrati Umar (r. a.) o’chok’ boshiga borib, k’ozon ichidagi toshlarni to’kib tashlab, tozaladi. Unga yog’ solib, o’t g’aladi. O’tin ho’l ekan, anchagacha tutab yonmadi. Xalifa engashib, o’tinga puflay boshladi. Bu yumushlarni Abbos k’ilmok’chi edi, xalifa ko’nmadi. K’ozonga o’zi yog’ solib, un bilan aralashtirib, taom tayyorlay boshladi. Ovk’at pishgach, o’zi uni sovutib bolalarga edirdi. Ularning k’orni to’yib, o’ynay boshlaganlaridan keyingina ko’ngli tasalli topdi. Bu ishlarni hayron bo’lib kuzatib turgan ayol hazrati Umarga (r. a.) shunday dedi:
– Hoy yaxshi odam, aslida Umarning o’rniga sen loyik’ odam ekansan!
Shunda hazrati Umar o’ng’aysizlanib:
– Men amiral-mo’mininning yak’inlaridan bo’laman. Men ahvolingni unga tushuntirib k’o’yaman. Ertaga uning huzuriga borgin, men ham o’sha erda bo’laman. Inshaalloh, hammasi yaxshi bo’ladi, – dedi.
Ikkovlon ayol bilan xayrlashib tashk’ariga chik’di. Shundagina xalifa engil tin olib, chuk’ur xo’rsindi:
– Bugun g’alati tun bo’ldi, ey Abbos! Vallohi, o’sha ayolning bolalarini tosh k’aynatib aldayotganini ko’rganimda, go’yo tog’lar silkinib, elkamga ag’darilganday bo’ldi. Masallik’ni keltirib, ovk’atni pishirib ularga edirganimdan keyingina o’sha zil-zambil tog’ elkamdan tushdi. Alhamdulillahki, bir hak’sizlikning oldi olib k’olindi.
Xalifa va Abbos o’sha tun birga k’olishdi. Hazrati Umar (r. a.) tong otguncha to’lg’onib uxlolmay chik’di. Ertasiga tong otgach, o’sha ayol xalifa huzuriga kirib keldi. Hazrati Umarni (r. a.) boshk’a kiyim, boshk’a mak’omda ko’rib k’olib, k’o’rk’k’anidan dag’-dag’ titray boshladi. Ammo xalifa unga dalda berdi:
– K’o’rk’mang, sizni bu erga taklif etishdan murod, kecha siz mendan Allohga shikoyat k’ilgan edingiz. Shu shikoyatingizni men sotib olmok’chiman, k’anchaga sotasiz?
Ayol ham k’o’rk’uv, ham taajjubdan tili kalimaga kelmasdi.
– Ey Abbos, siz guvoh bo’ling, – dedi xalifa o’rnidan turib, o’sha shikoyatni o’z pulimdan 500 dinorga sotib oldim.
Hazrati Umar (r. a.) pulni sanab, ayolga uzatdi. Undan etkazilgan ozor uchun k’ayta-k’ayta uzr so’radi. Unga va bolalariga Baytul-moldan har oyga etguday mik’dorda nafak’a tayinladi va uning ijrosini doimo nazorat k’ilib yurdi.
Bola bilan suhbat
Hazrati Umar (r. a.) erta tongda masjidga borishni odat k’ilgandilar. U kishi hali azon aytilmasdan masjidga kirib, namoz vak’ti bo’lishini kutib o’tirardilar.
O’sha kuni ham tong otmay, masjidga otlanib, yo’lga chik’dilar. Ko’chada shoshilinch ketib borarkanlar, bir bolaga ko’zlari tushdi. U ham k’ayok’k’adir shoshilib ketayotgandi. Hazrati Umar (r. a.) k’izik’sinib bolakaydan so’radilar:
– Ey bolam, erta tongda bunchalik shoshilib k’ayok’k’a ketyapsan?
– Namoz o’k’ish uchun masjidga boryapman, – burro javob k’ildi o’sha bola, – namoz vak’ti yak’inlashib k’oldi. Mening esa tahoratim yo’k’ edi, shuning uchun azon aytilmay turib, tahorat olishim va namoz vak’tini kutishim kerak. Shuning uchun shoshilyapman.
Hazrati Umar (r. a.) bolaning javobidan suyundi, ammo uni bir sinab ko’rish uchun yana savolga tutdi:
– Bolam, hali juda yosh ko’rinasan, hatto namoz ham farz bo’lmagan, senga k’iyin bo’lmayaptimi?
Ammo bola savolga dovdirab k’olmadi, aksincha, bir hayajon ichida k’izg’in javob k’ildi:
– Hazratim, nahotki, bu ishda yoshning ahamiyati bo’lsa? Kecha mahallamizda mendan ham yoshrok’ bir bola vafot etdi. Demak, menga ham shuncha yil yashaysan, deb kafolatlab k’o’yilmagan. Shuning uchun ibodat k’ilishga oshik’aman.
Hazrati Umar (r. a.) bolaning bu k’adar zukkolik bilan aytgan javobidan hangu-mang bo’ldi, ikki k’arama-k’arshi tuyg’u oK’ushida k’oldi. Bir tomondan bolaning kichik yoshdayok’ Allohdan k’o’rk’ib, uning ibodatiga shoshganidan k’uvongan bo’lsa, ikkinchi tomondan ak’lini tanigan kap-katta odamlarning g’aflatda, jaholatda yurganidan mutaassir bo’lib, k’ayg’u chekdi.
Allohning k’adaridan…
Umar (r. a.) bir necha mulozimlar bilan Shom safariga chik’di. Mak’sad – u erdagi musulmonlarning ahvolini o’z ko’zi bilan ko’rish, holidan xabar olish, Shom voliysi, mashhur sahobiy Abu Ubayda ibn Al-Jarrohning arzi-iltimoslariga k’ulok’ osish edi. O’nlab otlar karvoni kechga yak’in Hijozdan keladigan yo’lda birinchi bo’lib to’k’nashiladigan Shom k’ishlog’i – Sirg’ga etib keldi. Bu erda xalifa Umar va uning yo’ldoshlarini Ajnod (Falastin, O’rdun, Damashk’, Xims, K’unsurayn) amirlari Shom voliysi boshchiligida kutib olgani chik’k’an ekanlar.
Abu Ubayda hazrati Umar otining jilovidan ushlab, xalifaning egardan tushishiga yordamlashdi. Ikkovlon k’uchok’lashib ko’rishishdi. Hol-ahvol so’rashildi. Xalifa Umar Rasulullohning mashhur sahobalaridan dono va jasur Abu Ubaydani juda hurmatlar, uning dilini ranjitmaslikka tirishardi. Abu Ubayda gap orasida Shomda vabo tark’aganini aytib k’oldi. Hazrati Umar bir sapchib tushdilar. Vabo davosi mushkul, o’ta yuk’umli kasallik bo’lganidan biror tadorikini topish lozim edi. Hazrati Umar ibn Abbosga yuzlanib buyurdilar:
– Ey Abbosning o’g’li, menga birinchi muhojirlarni chak’irib kel.
Ibn Abbos hamsafarlaridan bir necha kishini boshlab keldi. Hazrati Umar ularga maslahat soldilar: «Shomda vabo tark’alibdi. Nima k’ilamiz – kirib boraveramizmi yoki ortga k’aytamizmi?» Muhojirlar tortishib k’olishdi. Birlari Shomga boraverishni maslahat berishsa, boshg’alari behuda halok bo’lmaslik uchun Hijozga k’aytmok’ni mak’bul ko’rishardi. Har ikkovi tomonning gaplari ham jo’yaliga o’xshab ko’rinardi:
– Shomlik musulmon birodarlarimizning holidan xabar olgani chik’k’an edik. Bu xabarni hamma eshitgan, do’st-dushman k’arab turibdi. Do’stlarimizni hafa k’ilib, dushmanlarimizni shod k’ilib, ortga k’aytsak, k’andok’ bo’larkin?
– Sen bilan shuncha odam Shomga ketyapti. Ular orasida Rasulullohning sahobalari, YAsribning mashhur a’yonlari ham bor. Shuncha odamni vabo tark’agan joyga olib borish ularni o’limga mahkum k’ilmok’ ila barobar emasmi?
– Jo’nanglar oldimdan, – dedi hazrati Umar ularning ixtilofga borayotganlaridan tutog’ib. So’ng Abbosga buyurdilar:
– Menga ansoriylarni chak’irib kel!
Ular ham muhojirlar kabi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vabo hak’idagi ko’rsatmalaridan bexabar ekanlar. Ansorlar ham ikkilanib k’olishdi. Umar noiloj hamsafarlaridan boshk’a bir guruhni chorlashga jazm etdi:
– Menga huv anavi erdagi K’uraysh shayxlaridan fath muhojirlarini chak’irib kel!
Fath muhojirlaridan ikkovining ham gapi bir joydan chik’di: «Odamlar bilan ork’aga k’aytishni, vabo tark’agan joyga bormaslikni maslahat beramiz!»
Nihoyat, hazrati Umarning ko’ngli taskin topdi. U odamlar orasiga jarchi yubordi: «Hammaga ma’lum k’il, erta tong chog’i ulovimga minurman, ork’aga k’ayturmiz!»
Shunda Abu Ubayda shunday deb k’oldi:
– Allohning k’adaridan k’ochibmi?
Shom voliysining bu gapi hazrati Umarga malol keldi, og’ir botdi. Ammo sirtiga chik’armadi. Chunki xalifa shunday mashhur sahobiyni xafa k’ilib k’o’yishdan k’o’rk’ardi. Buni Rasuli Akramga (s. a.v.) xiyonat deb tushunardi. Lekin baribir biroz og’ringanlarini izhor k’ilib k’o’ydi:
– Bu gapni sendan kutmagandim, ey Abu Ubayda. Ha, Allohning k’adaridan Allohning k’adariga k’ochyapmiz. Mana sening bir k’ancha tuyang bo’lsa-yu ularni ikkiga bo’lingan vodiyda o’tlatayotgan bo’lsang. Bo’laklarning birinchisida o’t-o’lan mo’l-ko’l, ikkinchisi esa k’up-k’uruk’, k’ovjiragan. Tuyalarni u o’tlok’da ham Allohning k’adari bilan bok’asan, bunisida ham Allohning k’adari bilan bok’asan…
Shu payt allak’ayok’k’a hojati bilan ketib k’olgan Abdurahmon ibn Avf kelib k’oldi-yu tortishuvga nuk’ta k’o’yildi. Hazrati Umar tortishuvga sabab bo’lgan vabo hak’ida so’radi. Abdurahmon ibn Avf shunday dedi:
– Bu hak’da menda ilm bor. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «K’achon biror erda vabo chik’k’anini eshitsangiz, u erga bormang, k’achon siz turgan erga vabo tark’asa, undan k’ochib chik’mang», deganlarini eshitganman.
Hazrati Umarning yuzlariga tabassum k’alk’di: «Allohning Rasuli, Payg’ambarlarning sayyidi shunday deb ko’rsatma bergan ekanlar-u boyadan beri nega behuda tortishib o’tiribmiz». U kishi hamrohlariga buyurdilar:
– K’ani otlarga mining! Hijozga keturmiz. Shomga esa keyinrok’ kelurmiz. Xush k’ol, ey Abu Ubayda! Xush k’oling, Ajnod amirlari!
HAZRATI UMARNING ADOLATI
Odillik shamshiri
Hazrati Umar (r. a.) ra’iyatni k’attik’k’o’llik bilan boshk’arsalar-da, mo’min-musulmonlar ham, hattoki zimmiylar ham u kishidan norozi bo’lmasdilar. Chunki Umar ibn Xattob adolat bilan ish tutardilar. Hukm chik’arganda ikki tomonning obro’-martabasi-yu boy-kambag’alligi, hukmdoru-k’ul ekanligini hisobga olmas, Islom shariatiga, Allohning buyrug’i-yu Rasulullohning (s. a.v.) sunnatlariga amal k’ilardilar.
Hazrati Umarning xalifalik davrlarida Islom davlati bir necha viloyatlarga bo’lingan, ularning har biriga alohida voliy (hokim) tayin etilgan edi. Xalifaning o’zlari Madinada voliy edilar. Makkada Nofi’ ibn Abdulxoris Huzoiy, Toifda Sufyon ibn Abdulloh, Basrada Abu Muso al-Ash’ariy, Damashk’da Muoviya ibn Sufyon, Misrda Amr ibn Os, Falastinda Alk’ama ibn Muhazzaz voliy edilar. Ular xalk’k’a ham, armiyaga ham, din ishlariga ham rahbar edilar.
Xalifa davlat amaldorlari uchun k’uyidagi to’rt k’oidani ishlab chik’k’andi:
1. Hech k’achon ot yoki izvoshda yurmaslik;
2. Hech k’achon nafis, go’zal matodan kiyim kiymaslik;
3. Hech k’achon lazzatli taom emaslik;
4. Muhtojlar kelganda, hech k’achon eshikni yopib olmaslik va tashrifchilarni k’abul k’iluvchi hojib (maxsus xodim) tutmaslik.
Umar ibn Xattob bir k’o’llarida darra, ikkinchi k’o’llarida adolat shamshirini mahkam tutib, idora etganlari bois u zot nohak’ biror kishiga zulm etkazmadilar, noo’rin jazolamadilar. Aksincha, gunoh ish k’ilgan kimsa o’zining boyligi, nasl-nasabi, martabasiga k’aramay, xalifaning dargohlaridan k’ochib k’utula olmadi.
Hazrati Umar (r. a.) amaldorlar pora olishmasin, deb ularni biror erga ishga yuborishdan oldin barcha mol-mulkini hisobga oldirardilar. Oradan vak’t o’tgach, ana shu mulkni taftish k’ilib, tekshirtirardilar. Agar tekshiruvda mulk avvalgisidan ko’prok’ chik’ib k’olsa, ortik’chasini davlat xazinasiga – Baytul-molga oldirib k’o’yardilar. Masalan, Kanona arablari huzuriga zakot omili (yig’uvchi) bo’lib borgan Utma ibn Abu Sufyon Madinaga k’aytib kelganida, uning ortik’cha mol-mulki Baytul-molga k’o’shib olingan. Uning «Men buni savdogarchilik k’ilib, halol yo’l bilan ko’paytirganman», degan bahonalari ham inobatga o’tmagan.
Shuningdek, Umar ibn Xattob (r. a.) Xolid ibn Validning Ash’as ibn K’aysga o’n ming dirham mukofot berganlarini eshitib k’olib k’attik’ g’azablandilar. Xolid ibn Validni vazifasidan bo’shatdilar va barcha pulni xazinaga musodara k’ilib olib k’o’ydilar. Keyinchalik Usmon ibn Affon davrlarida xazina molini o’z manfaati yo’lida tasarruf k’ilib, ba’zi amaldorlarni mukofotlar evaziga o’z tomoniga og’dirib olgan Muoviya kabi zotlar ham hazrati Umar davrlarida bunday yaramas ishlarga k’o’l urishga botina olmagan edilar.
Hazrati Umar (r. a.) k’o’l ostilaridagi voliylarga xalk’ orasida adolatni mahkam ushlashga, katta-kichik, boy-kambag’al, aslzoda-oddiy fuk’aro orasini ayirmasdan, hammaga bir tekis ko’z bilan k’arashni buyurdilar. K’aysi bir o’lkadan elchi yoki shikoyatchi kelsa, eng avvalo voliylar hak’ida so’rar edilar: «Kasallaringizni borib ko’radimi? K’ullarni ziyorat etadimi? Zaif, bechoralarga yumshok’lik bilan muomalada bo’ladimi? Muhtoj, nochorlar holidan xabardormi? Shikoyatchilar, hojatmandlar uchun eshigi doimo ochik’mi?» degan savollarni berardilar. Agar biror savolga «yo’k’» degan javob olsalar va bu dalil tekshirib ko’rilganda isbotini topsa, o’sha voliyning holiga voy, deyavering, u to’xtovsiz ishdan bo’shatilardi. Hazrati Umar adolat buzilmasin, degan mak’sadda dalillarini juda mukammal tekshirtirardilar. Agar tekshiruv natijasi voliyni bo’shatishni tak’ozo etsa, k’anday martabali kishi bo’lmasin, uni vazifasidan to’xtovsiz olib tashlardilar.
K’asos hammadan olinadi
Bir kuni misrlik bir k’ibtiy Umar ibn Xattobning (r. a.) huzurlariga kelib, Misr voliysi Amr ibn Osning o’g’lidan shunday shikoyat k’ildi: «Men poygada Amrning o’g’lidan o’zib ketsam, u alam k’ilib, meni k’amchi bilan nohak’ urdi, ustingdan xalifaga shikoyat k’ilaman, desam, «Biz aslzodalarmiz, hech kim bizni tergay olmaydi, k’o’lingdan kelganini k’il», deb meni hak’oratladi».
Hazrati Umar (r. a.) darhol Amr ibn Osga xat yozib, o’g’li bilan zudlikda Madinaga etib kelishiga amr etdi. Ota-bola shoshilinch etib kelib, xalifaning huzuriga kirib borishdi. Ularni ko’rgan xalifa boyagi misrlik k’ibtiyni chak’irtirdi. K’o’liga k’amchi tutk’azib, voliy Amrning o’g’lini kaltaklashga buyurdi. Har urganda hazrati Umar (r. a.) «Ur aslzodaning bolasini!» deb turdilar. Amrning o’g’lini urib, k’asosini olgan k’ibtiyga endi uning otasini urishga buyurdilar. Ammo misrlik «Otasida k’asdim yo’k’, o’g’lidan k’asosini oldim», deb xalifani xotirjam k’ildi.
Amr ibn Os hazrati Umarga (r. a.) ushbu vok’eadan mutlak’o bexabar ekanliklarini aytib, uzrxohlik k’ildi. Ammo xalifa buning bahona bo’lmasligini aytib, Amrni shundayin ta’naomuz so’zlar bilan koyidilar: «Sizlar k’achondan buyon xalk’ni o’zingizga k’ul k’ilishga boshladingiz. Holbuki, ularni onalari ozod, hur holda tuk’k’an-ku!» Umarning (r. a.) adolatlarini k’arangki, shikoyatchi oddiy misrlik bir k’ibtiy bo’lsa, Amr ibn Os esa butun Misr o’lkasining voliysi, yangicha ta’bir bilan aytganda, general-gubernatori vazifasidagi kishi bo’lgan.
Hazrati Umar (r. a.) bir haj mavsumida butun xalk’ni yig’ib, voliylar ishtirokida ularga xutba so’zladilar: «Ey xaloyik’, men ushbu voliylarimni sizga hak’lik bilan hukm yurgizishlari uchun yuborganman. Aslo sizning taningizga, molingizga egalik k’ilish uchun jo’natmaganman. Hozir kimda-kim bulardan zarar yoki aziyat ko’rgan bo’lsa, turib ochik’ aytsin!» Shu payt bir kishi o’rnidan turib, Misr voliysi unga nohak’ ravishda yuz darra urganligini aytib berdi. Buni eshitgan hazrati Umar (r. a.) xafa bo’lib, o’zlarini k’o’ygani joy topolmay k’oldilar va Misr voliysini savolga tutdilar: «Nima uchun yuz k’amchi urding?» Undan ma’nilirok’ asosni eshitmagan xalifa undan k’asos olishga amr etdilar. Bu buyruk’ni eshitgan Amr ibn Os chidab turolmay, o’rindan turib ketdi va xalifani bu yo’ldan k’aytarmok’chi bo’ldi: «Ey amiral-mo’minin, agar siz bunday yo’l tutsangiz, voliylarga og’ir botadi, ularning xalk’ oldidagi obro’siga putur etadi. Sizdan keyingi xalifalarga ham ushbu ish odat bo’lib k’oladi».
Hazrati Umar (r. a.) bunga javoban: «Nechun k’asos olinmasligi kerak? Hatto Rasululloh ham o’zlaridan k’asos oldirganlar, oldirar edilar», dedilar-da, boyagi shikoyat k’ilgan odamga buyurdilar: «Voliyni yuz k’amchi ur!»
Amr ibn Os k’arasalar, xalifa niyatidan k’aytadigan holatda emas. Endi o’zga chora k’olmaganini tushungan voliy hazrati Umarga (r. a.) yalinishga tushdi: «Ey mo’minlar amiri, hech bo’lmasa, bizga har k’amchi o’rniga pul berib, rizo k’ilishga ruxsat eting!» Xalifa rozi bo’ldilar. Voliy boyagi odamni har k’amchi uchun ikki dinordan olishga ko’ndirdi va ikki yuz dinor barobariga muk’arrar k’asosdan k’utilib k’oldi.
Voliyning tavbasi
Bir kuni hazrati Umar (r. a.) Madina ko’chalarida ketib borayotsalar, bir odam yo’llarini to’sib chik’ib, u kishiga ta’na-malomatlar yog’dira boshladi: «Ey mo’minlar amiri, sen voliylaringga yolg’iz pand-nasihat k’ilish bilan Allohning azobidan k’utilib k’olaman, deb o’ylaysanmi? Holbuki, Misrdagi voliying Iyoz ibn hanam Payg’ambar alayhissalom tak’ik’laganiga k’aramay, nafis ipak kiyimlar kiyadi, shikoyatchi – hojatmand kirmasin, deya eshigida sok’chi ham sak’laydi».
Bu gapni eshitgan hazrati Umar (r. a.) k’attik’ xafa bo’ldilar, hatto shu joyning o’zidayok’ taftishchilar boshliK’i Muhammad ibn Maslamani toptirib keldilar. Uni Misrga borishga va yurtning o’sha paytdagi voliysi Iyozni k’andok’ holda topsa, shundayligicha Madinaga olib kelishga amr etdilar. Tekshirishdan ma’lum bo’lishicha, Iyoz nafis kiyimlar ham kiygan, eshigida sok’chi ham ushlagan ekan.
Iyozni hazrati Umarning (r. a.) huzuriga olib kirishdi. Xalifa Iyozni echintirib, ustiga dag’al jundan to’g’ilgan k’ora chakmonni kiygizdirib, k’o’liga cho’ponlik tayog’ini tutk’azdilar-da, «Endi sen borib, manovi k’o’ylarni bok’ib kelasan!» dedilar. Iyoz bundan k’at’iyan bosh tortdi: «Men katta o’lkaning voliysi bo’lsam, k’o’y bok’amanmi? Menga bundan o’lim yak’inrok’!» dedi. Hazrati Umar (r. a.) yana buyruk’larini takrorladilar. U esa yana tixirlik k’ilib turib oldi. Bundan g’azablangan hazrati Umar (r. a.): «Sening otang k’o’y bok’k’anligi uchun hanam (ya’ni, k’o’y) deb nomlangan bo’lsa kerak, sen nega k’o’y bok’ishdan or k’ilasan?» dedilar. Xalifa bilan tortishib battar obro’si rasvo bo’lishini tushungan Iyoz yalinib-yolborishga tushdi: «Albatta, o’zimni tuzataman, xatolarni hargiz k’aytarmayman!» Shundan so’nggina Umar (r. a.) Iyozning chakmonini echishga buyurdilar va avvalgi vazifasiga k’aytardilar.
Saroyga o’t k’o’yildi
Kufa shahri barpo k’ilinganida, shahar hokimi uchun boshg’alaridan ko’ra yuksakrok’ va hashamatlirok’, ko’rkamrok’ va bezaklirok’ bir bino tiklandi. Bu imorat xalk’ tilida «Sa’dning saroyi», deb yuritiladigan bo’ldi. Mazkur saroy solingan joy bozor maydoniga yak’in bo’lib, bozordagilarning tovushi, g’ala-g’ovuri baralla eshitilib turardi. Saroyning eshik og’asi bo’lib, xalk’ bilan hukmdorning o’rtasida o’sha vositachi edi.
Bir kuni Sa’d eshik og’asiga «Bozordagilar tovushlarini ko’tarib so’zlashmasinlar», deb amr etgan emish, degan gaplar oralab k’oldi. Oxiri bu gap hazrati Umarning (r. a.) ham k’ulok’lariga etib bordi. U kishi darhol taftishchilar raisi Muhammad ibn Maslamani chak’irib: «Kufaga tez etib borgin-da, Sa’d saroyining darvozasini yondirib tashla, mana bu maktubni esa Sa’dning o’ziga topshir», deya k’o’liga bir maktubni tutk’azdilar.
Muhammad ibn Maslama Kufaga etib kelib, Sa’dga bildirmay, ulkan saroy darvozasiga o’t k’o’yib yubordilar. Sa’d bo’lgan vok’eaning tagiga etgach, Muhammad ibn Maslamani tanib k’oldi va saroyga taklif etdi. Taftishchilar raisi saroyga borishdan bosh tortdi. Oxiri noiloj k’olgan Sa’dning o’zi Muhammadning oldiga kelib, o’z uyiga mehmonga taklif etadi. Muhammad ibn Maslama bu taklifni ham keskin rad etadi. Oxiri Sa’d raisga yo’l kira, ozik’-ovk’at uchun ul-bul narsa tayyorlab keladi. Muhammad buni olishga ham rozi bo’lmaydi. Buning o’rniga Sa’dga xalifa Umarning (r. a.) maktubini topshiradi.
Maktubda shunday k’ahrli so’zlar yozilgandi: «Sen o’zingga hashamatli saroy soldirib, xalk’dan ajralib yashar ekansan, saroying xalk’ tilida «Sa’dning saroyi» nomi bilan mashhur ekan. Xalk’ning bemalol kirishi uchun to’sik’ k’ilib, darvoza ham k’urib, hatto eshik og’asi ham k’o’ygan emishsan. U sening saroying emas, fasod saroyidir. Bundan keyin saroyga darvoza k’urdirib, xalk’ning kirishiga mone’lik k’ilma!»
Sa’d maktubni boshdan-oyok’ o’k’ib chik’ib, k’attik’ iztirobga tushdi. U Muhammad ibn Maslamaga k’asam ichib, xalk’ orasida yurgan gap-so’zlar yolg’onligini, hech k’achon bunday gap aytmaganini isbotladi. Muhammad ibn Maslama Madinaga k’aytib kelib, Sa’dning k’asam ichib aytgan gaplarini etkazgandan keyingina hazrati Umar (r. a.) k’anoat hosil k’ilib, xotirjam bo’ldilar.
Zo’ravonlik ketmaydi
Mo’minlar amiri Umar ibn Xattob (r. a.) bir gal Abbos ibn Abdulmuttalib (r. a.) hovlisining hisobiga Masjidul Haromni kengaytirmok’chi bo’ldilar. Abbos ibn Abdulmuttalibning hovlilari masjidga k’o’shni edi. Hazrati Umar (r. a.) undan hovlisining bahosini so’radilar. Ammo Abbos hovlini sotishga ko’nmadi:
– Yo’k’, amiral mo’minin, bu narsaga ruxsat etmayman. Umid k’ilamanki, xalifa sifatida zo’rlik bilan tortib ham olmaysiz.
– Xo’sh, unda nima k’ilay? – so’radilar hazrati Umar (r. a.).
– Ey amiral mo’minin, unda ikkovimizning o’rtamizni adl ajrim k’ilib beradigan odil k’ozini tanlang, – dedi Abbos.
– K’ozini sen tanlashing kerak, toki mansabidan foydalanib, menga zulm ko’rsatdi, deya ta’na-malomat k’ilmasliging uchun sen tanlaganing ma’k’ulrok’, – dedilar hazrati Umar (r. a.).
Abbos ibn Abdulmuttalib (r. a.) Shurayx ismli k’ozini tanladi. Uning taklifiga xalifa ham rozi bo’ldi.
– Unda Shurayhga odam jo’nating, huzuringizga etib kelsin, — dedi Abbos.
– Yo’k’, u kelmaydi, bil’aks biz uning huzuriga boramiz, — dedi Umar ibn Xattob (r. a.).
Shundan so’ng ikkovlon k’ozining mahkamasiga yo’l olishdi. Hazrati Umar (r. a.) u erda Abbos (r. a.) bilan yonma-yon tik turdilar. K’ozi esa o’tirgan holatda vok’eani batafsil dik’k’at bilan eshitdi. Nihoyat, u hukm k’ilish oldidan:
– Ey amiral mo’minin, – deya hazrati Umarga (r. a.) iltifot bilan murojaat k’ildi. Hazrati Umar (r. a.) bundan narozilandilar:
– Menga bunday murojaat k’ilmang, zero, k’ozi xuzurida hamma teng huk’uk’li bo’lishi kerak. Shundok’ ekan, nomimni atab gapiravering.
– Ey Umar, menga k’ulok’ soling, — dedi k’ozi.
– Nima deysiz, ey Shurayh?
– Shubhasiz, Allohning nabiyi bo’lmish Dovud alayhissalom ham Masjidul Ak’soni yonidagi hovli hisobiga kengaytirmok’chi bo’lganlarida, Alloh taolodan shunday vahiy kelgandi: «Ey Dovud, Mening Uyimga boshk’aning uyini k’o’shib kengaytirmagin. Haromdan eng uzok’ uy Mening Uyimdir».
K’ozi shunday dedi-yu hazrati Umarning (r. a.) da’vosini rad etuvchi hukm chik’arib berdi.
Mahkamadan k’aytishayotganda, Abbos (r. a.) birdan hazrati Umarga (r. a.) shunday deb k’oldilar:
– Ey amiral mo’minin, Alloh taolo nomiga k’asamki, k’ozi chik’argan hukmni eshitgandan so’ng rizoi nafs bilan Allohning bayti uchun uyimni k’o’shib berishga rozi bo’ldim. Albatta, kimniki bo’lishidan k’at’iy nazar, birorta uy pul yoki zo’ravonlik evaziga olinmaydi. Hak’lar ham tortib olinishi lozim emas. Hak’-huk’uk’lar har k’anday holatda ham rizolik va adolat bilan hal etiladi.
Hazrati Umar (r. a.) Abbos ibn Abdulmuttalibning (r. a.) bu gaplarini tasdik’lashdan boshk’a iloj topolmadilar.
Izzat – Islomdadir!
Tarix kitoblarida hazrati Umarning (r. a.) fath etilgan K’uddus shahriga kirib borishlari shunday tasvirlangan: K’uddusliklar «xalifangiz kelsagina shaharni sizlarga topshiramiz», deyishadi. Hazrati Umar (r. a.) bir tuya, bir xizmatkor bilan Madinadan K’uddusga ravona bo’ladilar. Kamtarlikni k’arang. Dunyoning yarmini boshk’arib turgan amir xohlaganida arkoni davlat bilan, as’asayu dabdaba bilan yo’lga chik’k’an bo’lardi. Ammo uning xizmatkordan boshk’a kuzatuvchi yo’k’, k’o’rik’chisi yo’k’, k’ilich-k’alk’on, o’k’-yoy yo’k’.
Adolatli Umar (r. a.) xizmatkor va o’zlari navbat bilan tuyaga minib borishaverdi. K’uddusga yak’inlashganlarida shahar ahli «xalifa kelyapti», deb darvoza kalitlarini topshirish uchun uning istik’boliga chik’adi. Shunda tuyaga minish navbati xizmatkorda edi. U tuyada, xalifa esa piyoda kelyapti. Bir joyda xalifa Umar (r. a.) suvdan kechish uchun pochalarini shimarib oladi. Endi bir tasavvur k’ilib ko’ring: «Islom oliy davlatining bosh rahbari yalang oyok’, bosh yalang, pochalari shimarilgan holda mag’lub shaharga kirib borayotir… K’uddusni k’amal k’ilgan Islom lashkarining bosh k’o’mondoni bu ko’rinishdan xijolat bo’lib, xalifaga ta’na k’iladi:
– Ey Umar (r. a.), ayb bo’ldi, bu holdan biz uyalamiz.
Hazrati Umar uning ko’ksiga bir urib:
– Yo’k’ol ko’zimdan! Agar shu so’zingni oldinrok’ aytsayding, vazifangdan olib tashlardim. Izzat – Islomdadir, k’ilik’-k’iyofada emasdir! – dedilar.
Baridan vok’if
Umar (r. a.) xalk’k’a e’tiborli, zaiflarga yaxshilik k’iluvchi, hak’ik’at borasida k’attik’k’o’l va odamlarning barini barobar ko’radigan xalifa edilar. Umar (r. a.) odamlarga berish uchun o’zlarini mahrum k’ilar va ular to’yishlari uchun och k’olar edilar. Odamlarning uylaridan, manzillaridan xabardor bo’lib turardilar.
Bir kuni bozorda sadak’a so’rayotgan k’ariyani ko’rdilar va: «Ey shayx, nima k’ilayapsan?» deb so’radilar. K’ariya: «Men yoshi ulug’ k’ariyaman, yordam va nafak’a so’rayapman», dedi. U Madina axolisidan bo’lgan yahudiy edi. Umar (r. a.) buyuk insoniy xislat egasi edilar. Shundan unga: «Ey shayx, biz senga insof k’ilmadik. O’shligingda sendan jizya olib k’ariganingda tashlab k’o’ydik», dedilar-da, uning k’o’lidan ushlab uyiga olib bordilar. Unga zarur mik’dorda ozik’-ovk’at tayin etdilar va Baytulmol xazinachisiga: «Bu va bunga o’xshashlarning o’zi va ahliga etarli mik’dorda mablag’ ajrat», deb odam yubordilar.
* * *
Bir marta Umar (r. a.) Madina ko’chalarida yurgandilar, ozg’inlikdan to’zib ketgan k’izchani ko’rib k’oldilar. K’iz bir turar, bir yig’ilardi. Shunda Umar (r. a.): «Bu k’izalok’ning aybi nima?! Gunohi ne?! K’aysi biringiz bu k’izchani taniysiz?» dedilar. O’g’illari Abdulloh: «Tanimadingizmi, ey mo’minlarning amiri?» deganda, u kishi: «Yo’k’», dedilar. Abdulloh aytdilar: «Bu – k’izlaringizdan biri!».
– Bu k’aysi k’izim?
– Umarning o’g’li Abdullohning k’izi Falona.
– Essiz, uning bu holga tushishida nima sabab bo’ldi?
– Sizdagi narsa bundan to’sib k’o’ydi.
– Allohga k’asamki, menda musulmonlarnikichalik hak’k’ingdan boshk’a narsa yo’k’. Bu men va sizning o’rtangizdagi Allohning kitobi (farzi)dir.
* * *
Madinaga tijoratchilar karvoni keldi. Unda ayollar va bolalar ham bor edi. Umar (r. a.) Abdurahmon ibn Avfga (r. a.): «Bu kecha ularga k’o’rik’chilik k’ilamizmi?» dedilar. Ularni k’o’rik’lab kech kiritishdi. Alloh farz etgan namozlarini o’k’ishdi. Shunda Umar (r. a.) bir go’dakning yig’isini eshitdilar va u tomon yurdilar. Uning onasiga: «Allohdan k’o’rk’, bolangga yaxshi k’ara», dedilar, so’ng o’z o’rinlariga k’aytdilar. shunda yana yig’i ovozini eshitib, onasiga: «Allohdan k’o’rk’, bolangga yaxshi k’ara», dedilar-da , joylariga k’aytdilar. Vak’tiki, tun oxirlagandi, yana uning yig’isini eshitdilar. Onasiga borib: «Hayf senga, yaxshi ona emas ekansan! O’g’lingga nima bo’ldi, kechadan beri tinchimaydi?» dedilar. Onasi u kishini mo’minlarning amiri ekanliklarini bilmay: «Ey Allohning bandasi, u kechadan beri meni bezor k’ilib yubordi, men uni ko’krakdan chik’arishga majburlayman, u esa ko’nmaydi», dedi. Umar (r. a.): «Nima uchun?» deb so’radilar. U aytdi: «Chunki Umar ko’krakdan chik’k’an bolalargagina nafak’a belgilaydi (ya’ni, farzandlari ko’krakdan chik’k’an otalargagina hak’ beradi). Umar (r. a.): «Buning yoshi nechada?» dedilar. U: «Mana shuncha oylik», deb aytdi. Umar (r. a.) esa: «Essiz unak’a shoshmagin», dedilar-da bomdod namozini o’k’idilar. Yig’ining kuchliligidan k’iroatlari odamlarga eshitilmadi. Shunda salom berib dedilar: «Ey baxtsiz Umar, k’ancha musulmon farzandlari halok bo’ldi…» So’ng bir munadiyga: «Go’daklaringizni ko’krakdan chik’arishga shoshilmanglar. Biz Islomda tug’ilgan har bir go’dak uchun (hak’) belgilaymiz», deb nido k’ilishga buyurdilar. Bu bilan hamma tomonga chopar yuborildi.
Fak’ir hokim
Hazrati Umar (r. a.) Said ibn Omir al-Jumahiyni Ximsga voliy k’ilib tayinladi. Uni safarga jo’natish oldidan huzurlariga chak’irib:
– Ey Said, mana voliy bo’lib ketyapsan, senga k’ancha maosh ajratay? — deb so’radilar xalifa.
Said ibn Omir talmovsirab k’oldi. U amirning o’zi juda oz maoshga k’anoat k’ilib yurganini, uyida ko’pda k’ozon k’aynamasligini, kiyimida bir necha yamok’ borligini eshitgandi. Shuning uchun xijolat bo’lib:
– Ey amiral mo’minin, men maoshni nima k’ilaman? Baytul-moldan berib turiladigan nafak’a (ya’ni, kiyim va ovk’at)ning o’zi etadi, — deb javob k’aytardi va Ximsga jo’nab ketdi.
Said Ximsda voliylik k’ilib tayinlanganidan keyin bir oz vak’t o’tgach, Umar ibn Xattob (r. a.) bir guruh ishonchli kishilar bilan Ximsga keldilar. Mak’sad – voliyning ishi bilan tanishmok’, kamchiliklarini tuzatmok’, adolatsizlik k’ilgan bo’lsa, tanbeh bermok’ edi. Xalifa xalk’ning hayoti bilan tanishish, muhtoj va miskinlar bo’lsa, ularga yordam ko’rsatish uchun bechora-fak’ir kishilarning ro’yxatini olishga buyurdilar. Ro’yxat tuzildi. Uni ko’rayotgan Umar (r. a.) ro’yxatning avvalida «Said ibn Omir» ismiga nogoh ko’zlari tushib, atrofdagilardan so’radilar:
– Kim bu?
– Bizning voliyimiz…
– Ie, u ham fak’irlar k’atoridami? — hayron bo’lib so’radilar xalifa.
– Ha, judayam fak’ir. Vallohi, uning uyida oylab o’chok’k’a o’t g’alanib, ovk’at pishirilmaydi.
Bu gaplarni eshitib, hazrati Umar (r. a.) yig’lab yubordilar. Bu k’andok’ mo’minki, o’zi voliy bo’laturib, boy bir o’lkaning hukmdori bo’laturib, o’zi kambag’allarcha turmush kechirsa, Baytul-moldan egulik olishga haddi siK’masa. U-ku bir voliy ekan, butun Islom olamining xalifasi hazrati Umarning (r. a.) o’zlari-chi? Uning ham xonadonida uncha-munchaga k’ozon k’aynamaydi, egnidagi xirk’asining bir necha yamog’i bor. Musulmonlikning, mo’minlikning k’ismati shundok’. Voliysi ham, xalifasi ham, olimi ham, fozili ham sabr-k’anoatda, tamkin-itoatda bir-biridan o’zishga harakat k’iladi.
Hazrati Umar (r. a.) shundan keyin voliyning vakillariga ming dinor berib tayinladilar:
– Mendan Saidga salom aytinglar. Mana bu pullarni amiral-mo’minin muhtojlikdan k’utilishing uchun berib yubordi, deb aytinglar.
Umar ibn Xattob (r. a.) yuborgan xaltachani vakillar Said ibn Omirga keltirib berishdi. Voliy hayron bo’lib ochib ko’rdi. K’arasa, ichi to’la dinor… Shunda u boshiga og’ir kulfat tushgan odamday, istirjo aytdi: «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un». Xaltachani chetga surdi, kayfiyati buzildi, yuragi sik’ildi. Oxiri barcha dinorni mayda xaltachalarga solib tak’simladi va hammasini musulmonlarga tark’atib, tinchidi.
Amir k’ochib ketdi
Musulmon olamida bugun bir shodiyona. Ko’ngillarni k’uvnatuvchi, dillarni yashnatuvchi bir mujda tark’alib, hammani shod-masrur k’ilgan. YArmuk jangida rumliklar tomonida jang k’ilgan mashhur sarkarda, hassoniya amiri Jablaxa o’g’li Ayxam ana shu urushdan so’ng musulmon ummatining mardlik-shijoatiga, Islom dinining hak’ din ekaniga tan berib, Islomni k’abul k’ilgandi. Hijratning 16-yili butun Madina ahli o’z yoronlari bilan bu erga kelgan Jablaxani zo’r shodiyona bilan k’arshi oldi. Xalifa hazrati Umar ham Jablaxaning musulmon bo’lganidan g’oyat xursand bo’ldilar. Shu yili Jablaxa haj k’ilish uchun Makkaga jo’nab ketdi. Ana shu haj paytida hazrati Umar (r. a.) bilan Jablaxaning oralarini buzib k’o’ygan mana bu vok’ea sodir bo’ldi.
Jablaxa hayrat va ixlos ila Masjidul Xaromga kirib bordi. Ming-ming hojilarga k’o’shilib, Ka’bani tavof k’ila boshladi. Tavof paytida olomon ichida yurganida, bir a’robiy (sahroyi kishi) Jablaxa egnidagi kiyimning etagini bosib oldi. Bundan Jablaxa k’uturib ketdi. U bir amir, mashhur sarkarda, buning ustiga xalifaning mehmoni bo’lsa-yu allak’ayok’dagi nasl-nasabining tayini ham yo’k’ bir sahroyi ehtiyotkorlikni unutib, uning etagini bosib olsa-ya! Jablaxa g’azabini bosolmay, o’sha a’robiyning yuziga bir shapalok’ k’o’ydi. Bu ham kamlik k’ilganday, uni hak’oratlab jerkib tashladi.
Shunda a’robiy adolat izlab, Umar ibn Xattobni (r. a.) topish uchun ketdi. U xalifa hamisha har ishda adl turishini, hak’ yo’l uchun hech kimni ayamasligini ko’p eshitgandi. O’zini hak’oratlab, zulm ko’rsatgan Jablaxaning adabini xalifa yaxshilab berib k’o’yishini ham bilardi.
Hazrati Umar (r. a.) Jablaxani toptirib keldi. Uning ham so’zini eshitib ko’rgach, ayb Jablaxaning o’zida ekanini bilib oldi. Keyin unga yuzlanib: «YAxshisi, bu odamni rozi k’il, bo’lmasa, sening ham yuzingga uning shapaloK’i tushadi», dedi.
Jablaxa esa taajjubda: «Oddiy sahroyi bilan amirning orasidagi munosabat hali shumi?» – deydi zorlanib. Ammo xalifa yon beradiganlarga o’xshamadi: «Islom nazdida oddiy halk’ bilan amir o’rtasida hech k’anday fark’ yo’k’», deydi hazrati Umar (r. a.).
Oxiri noiloj k’olgan Jablaxa xalifadan ertalabgacha muhlat so’raydi. Xalifaning adolatidan k’o’rk’k’an Jablaxa yarim tunda butun shon-shavkati bilan Makkadan k’ochib chik’ib ketadi va K’ustantaniyadan panoh topadi.
YAMOK’ KO’YLAKLI XALIFA
Iftixor
Hazrati Umarning (r. a.) xalifalik davrida bir ming to’rt yuz shahar fath etildi, Vizantiya, Eron, Misr kabi o’lkalarning xalk’i musulmon bo’lish baxtiga erishdi. Fath etilgan boy yurtlardan butun-butun xazinalar, g’animat mollar, oltin-kumushlar xalifalik poytaxti – Madinai munavvaraga xuddi sel kabi ok’ib kelardi.
Ammo Islom olamining ikkinchi xalifasi Umar Xotamun-nabiy Muhammad (s. a.v.) vasiyatlariga amal k’ilib, kamtarona, fak’irlarday turmush kechirar, juda oziga k’anoat k’ilar, ahli baytini ham shunga targ’ib k’ilardi. Uning xonadonida oylab k’ozon osilmas, kiyimlari yirtilib, to’zib ketguncha yangi bo’lmas, u zot o’z ahvollariga odamlarning kulishi, masxara k’ilishi yoki achinishiga parvo ham k’ilmasdi.
Bir kuni hazrati Umarning (r. a.) o’g’li otasiga shikoyat k’ilib k’oldi:
– Otajonim, kiyim-boshim eskib, to’zib ketdi. Oshnalarim masxara k’ilib, «Xalifaning o’g’li ham shunak’a juldur kiyimda yuradimi?» deb ustimdan kulishyapti. YAna «Otang mo’minlar amiri bo’lsa, Baytul-mol xazinasining kaliti uning k’o’lida bo’lsa-yu sening seryamok’ ko’ylakda yurishingni k’ara, yo dadang yomon ko’radimi?» deyishyapti. Mana hayit kelyapti, birorta yangi kiyim olib bering.
Xalifa Umar (r. a.) norozi bosh chayk’adi:
– Bo’lmaydi, o’g’lim, yangi kiyim olgani pulimiz yo’k’.
– Otajon, yak’inda oladigan maoshingiz ustidan pul so’rab ko’ring, o’sha pulni kiyimga berasiz, — dedi o’g’il hamon bo’sh kelmay.
Noiloj k’olgan hazrati Umar (r. a.) Baytul-molning xazinaboniga bir xat yozdi. Unda «Kelgusi oyning maoshidan biroz pul berib tur, o’g’limga hayitlikka libos olmok’chiman», deb yozilgandi. Maktubni o’g’lidan berib yubordi. Uni olgan xazinabon xatni o’k’ib ko’rib, kayfiyati buzildi, boshini sarak-sarak k’ilib, xalifaning o’g’liga shunday dedi:
– Men pul berolmayman.
– Nima uchun? YO maktubga ishonmayapsizmi? – so’radi yigitcha k’izishib.
– Yo’k’, maktub xalifadan ekanini bilaman. Ammo yana bitta hujjat etishmaydi. Xalifa yanagi oygacha yashashi hak’ida tilxat bermabdi, — dedi xazinabon.
Hazrati Umarning (r. a.) o’g’li bu gapni eshitib, nima deyishini bilmay k’oldi. Bo’shashib, ortiga k’aytdi. Uning hech narsasiz kelganini ko’rgan ota so’radi:
– Ha, o’g’lim, nima bo’ldi, pulni ololdingmi?
– Yo’k’, otajon! Birinchidan xazinabon pulni bermadi va sababini aytdi. Shundan keyin pul olishdan voz kechdim. Ikkinchidan, uning k’ilig’idan shunday xulosaga keldimki, siz shu k’adar halol, Allohga ishongan millatning xalifasi bo’lganingizdan har k’ancha iftixor k’ilsangiz arzirkan.
Hazrati Umar (r. a.) o’g’lining faxr to’la aytayotgan so’zlarini eshitarkan, shunday dedi:
– Xazinabon Umarning fe’lini biladi. Agar senga pul berib yuborganida, tug’ilganiga pushaymon k’ildirardim. O’sha zahoti vazifasidan bo’shatgan bo’lardim. Sen esa xafa bo’lma, o’g’lim. Alloh nasib etsa, yangi ko’ylak ham kiyib k’olarsan.
Kimning chirog’i?
Bu vok’ea hazrati Umarning (r. a.) Madinada xalifalik k’ilib turgan paytlarida sodir bo’lgandi. Bir kuni u zotning huzuriga makkalik Abdurahmon ibn Avf mehmon bo’lib keldi. K’orong’u kecha edi. Hazrati Umar (r. a.) uylarida davlat ishlari bilan mashK’ul edi. Abdurahmon kirib kelganda, salomlashdi-da, unga joy ko’rsatib, o’tirishni va ishlarni tamomlagunlaricha kutib turishni iltimos k’ildi. Oshnalari xalifaning ishlarni tugatishini sabr bilan kutib turdi.
Nihoyat, hazrati Umar (r. a.) ishlarini tamomlab, yonib turgan chirok’ni o’chirdilar va boshk’a bir chirok’ni yok’a boshladilar. Buni hayrat va taajjub bilan kuzatib turgan oshnalari bir chirok’ni o’chirib-boshk’asini yok’ishining sababini so’radi. Hazrati Umar (r. a.) unga shunday javob k’aytardilar:
– Boyagi o’chirgan chirog’imning yog’i davlat xazinasidan olingandi. Davlat ishlarini k’ilayotganimda, u yonib tursa, menga halol bo’lardi. Sen esa mening oshnam bo’lganing uchun sen bilan k’iladigan suhbatimiz o’zimizga tegishli bo’ladi. Shu sababli yog’ini o’z pulimga sotib olgan ikkinchi chirok’ni yok’ib k’o’ydim. Davlat molini xususiy ishlarda foydalanilsa, yoruK’lik o’rniga k’oronK’ulik, ya’ni uyat va insofsizlik bo’lur edi.
«Yo’limizdan ayrilma!»
Payg’ambar alayhissalomdan ibrat olgan sahobai kiromlar kamtarona, odmigina, boriga k’anoat k’ilib yashadilar. Hazrati Umar (r. a.) ham bu sohada k’olishmadilar, imkonlari bo’laturib juda oddiy, fak’irona turmushni afzal ko’rdilar.
Hazrati Umarning k’izlari, hazrati Payg’ambarimizning zavjalari Xafsa onamiz bir kuni juda xafa bo’lib ketdilar. Sababi, otalari mo’minlar amiri bo’lsa, dunyoning hamma joyidan mol-dunyo ok’ib kelayotgan bo’lsa, boyiganlar boyib yursa-yu shundok’ xalifaning dasturxoni juda g’arib edi, otalari k’uruk’, bemaza ovk’atlar bilan kifoyalanib yuradi. Xafsa onamiz otalariga ta’na k’ila boshladilar:
– Otajonim, hayotimiz ancha yaxshilanib k’olgan, hammaning o’ziga yarasha nafak’asi bor. Biroz o’zingizga k’arasangiz, ahvolingizni yaxshilasangiz, o’zingizga yok’adigan, mazali taomlardan buyursangiz.
Bu gaplarni eshitgan hazrati Umar (r. a.) tutog’ib ketdilar:
– Hoy, menga k’ara, shu gaplarni Payg’ambar alayhissalomning xotini gapiryaptimi? Axir sen u zotning k’anday yashaganlarini boshg’alardan ko’ra yaxshirok’ bilasan-ku! Nega endi menga boshk’acharok’ yashashni taklif k’ilasan? Bilib k’o’y, men aslo Rasuli akramning (s. a.v.) yo’llaridan, sunnatlaridan chik’mayman!
Xafsa binti Umar otalariga endi gap uk’tirib, ko’ndirib bo’lmasligini anglab, jim bo’lib k’oldilar. Chunki bundan avvalrok’ ham ikkovlarining o’rtalarida xuddi shu sohada ko’ngilsiz gap-so’zlar o’tgandi.
O’sha kuni Xafsa onamiz otalarining ziyoratiga kelgandi. Hol-ahvol so’rashildi, yig’ilgan gaplar gaplashildi. Shunda Xafsa roziyallohu anho gap orasida otasiga shunday deb k’oldi:
— Otajonim, bugun xirk’a (kiyim)ngizda o’n ikkita yamok’ sanadim. Bu eski kiyimni biror fak’irga berib, yangisini sotib olsangiz bo’lmaydimi? Axir Islom olamining xalifasisiz, oldingizga uzok’-yak’indan turli mehmonlar kelib turadi.
Hazrati Umar (r. a.) k’izining kuyunib aytayotgan so’zlarini eshitib turdi-da, miyig’ida bir kulib k’o’ydi:
— Ey mening suyukli k’izim! Mana sen Rasuli akramning oilasi bo’lishga musharraf eding, u zotga bizdan ham yak’in eding. Rasuli akramning bu o’tkinchi dunyoga k’anchalik k’iymat berganlarini, bu foniy dunyoni nechog’li xak’ir ko’rganlarini, «Mahshar kuni men va Abu Bakr bilan bo’lishni istasang, yo’limizdan ayrilma!» deb buyurganlarini nahotki tushunmasang?! Oxiratda Allohga hisob berish kerakligi uchun ushbu yamok’li kiyimni kiyib yurganim ma’k’ul.
Nafsni k’iynash
Bir kuni odamlar ko’rishsaki, hazrati Umar (r. a.) suv to’la meshni elkasiga olib harsillab kelyapti. Yuz-ko’zidan tinmay ter k’uyiladi, charchaganidan oyog’ini arang sudrab bosadi. Otasining ahvolini ko’rib k’olgan o’g’li norozi bo’lib gapirdi:
– Nega bunday k’ildingiz, ota, axir suvni biz tashib kelardik-ku!
Hazrati Umar (r. a.) meshni erga k’o’yarkan, o’g’liga dedi:
– K’arasam, nafsim juda haddidan oshib ketganday bo’ldi. Ich-ichimdan o’zimning ham haddimdan oshib ketayotganimni sezib k’oldim. Shu bois nafsimni zalil k’ilib, k’iynamok’ uchun meshni ortmok’lab yo’lga tushdim.
Malomat sababi
Bir gal shunday vok’ea yuz berdi. Navbatdagi fathlardan birida Islomiyatga kirgan o’lkadan ko’plab mol-mulk o’lja k’ilib keltirildi. Tartibga ko’ra, o’lja mol hammaning o’rtasida baravar tak’sim k’ilinardi. Shunda k’izik’ hodisa ro’y berdi. Ko’ylaklik gazlamalar hammaga teng tak’simlangandi-yu ammo u oz bo’lgani uchun birorta odam ham o’ziga ko’ylak tiktirolmasdi, chunki bir kishining ulushi ko’ylakka etmasdi. Shunda hazrati Umarning (r. a.) o’g’li Abdulloh bir tadbir topdi:
– Berilgan mato menga ko’ylaklikka etmaydi, ozlik k’iladi. Otamning ulushi ham uning o’ziga kamlik k’iladi. YAxshisi, men o’zimga tegishli matoni otamga hadya k’ilsam, unga ko’ylak tikish uchun etarkan.
Abdulloh shunday ham k’ildi, ota-bolaning ulushidan hazrati Umarga (r. a.) bir ko’ylak tikildi. Kunlardan bir kuni hazrati Umar (r. a.) ana shu kiyimda minbarda so’zlayotganida, bir fak’ir kishi o’rnidan turib, unga malomat k’ila boshladi:
– Ey amiral mo’minin, endi men sening gapingga ishonmayman, senga itoat ham k’ilmayman. «Nega?» desang, sen Alloh va Uning rasuli buyurgan ishni k’ilayotganing yo’k’.
Hazrati Umar (r. a.) sarosimaga tushib k’oldi va o’sha odamdan ajablanib so’radi:
– Bu nima deganing?
O’sha kishi o’rnidan turib, so’zlay ketdi:
– Bir kuni o’lja bo’linayotganida, har birimizga tekkan matodan bir ko’ylak chik’masdi. Shuning uchun biror kishi o’ziga tekkan ulushdan ko’ylak tiktira olmadi. Sen esa xalifaligingdan foydalanib, o’zingga ikki hissa ulush olibsan, mana ko’ylak tiktirib, kiyib ham olibsan.
Hazrati Umar (r. a.) xijolatlikdan k’ip-k’izarib ketdi. Ammo ayni paytda bu kishining hak’ni gapirayotganidan xursand ham edi. U najot izlaganday atrofiga bok’di, nigohi odamlar to’pi ichidan kimnidir axtara boshladi. «Oralaringda Abdulloh bormi, bor bo’lsa, hak’ik’atni aytib bersin!» dedi xalifa.
Xayriyatki, Abdulloh shu erda, jamoat orasida ekan, o’z ulushidan voz kechib, otasiga ko’ylak tiktirib berganini aytib, xalifani xijolatlikdan k’utk’ardi. Bundan k’onik’ish hosil k’ilgan boyagi odam uzr so’radi:
– Vok’ea shunday bo’lgan ekan, mayli, men so’zimni k’aytarib oldim. Hak’ik’atan tushunmovchilik bo’libdi. Sening gapingga endi ishonaman, itoat ham k’ilaman…
Hazrati Umar (r. a.) shundagina engil tin oldi, yuziga k’izillik yugurdi. U tushunmay malomat k’ilgan odamdan xafa ham bo’lmadi. Aksincha, shunday teran fikr yurituvchi, sergak va hak’go’y odamlar borligidan xursand bo’ldi.
HAZRATI UMARNING ShAHODATI
Xulofoi roshidin (to’g’ri yo’ldagi xalifa)larning hazrati Abu Bakr Siddik’dan tashk’ari k’olgan uch nafari, ya’ni hazrati Umar, hazrati Usmon va hazrati Ali Islom dushmanlarining fitna va suik’asdlari tufayli shahid bo’lishgan. Hazrati Umar ham Islom dushmanlari k’o’lida shahodat topdilar.
Hazrati Umarning xalifalik davrlarida muborak Islom fathi juda ko’p o’lkalarni k’amrab oldi, u erlarga arab lashkarlari Allohning dini Islom shariatini, oxirgi Payg’ambarning sunnatini etkazib borishdi. Bu xalk’k’a manzur tushib, risolat etib borgan o’lkalar gullab-yashnagan esa-da, mansabidan ayrilib, zulm va istibdodga to’la siyosatlarini avvalgiday emin-erkin o’tkazolmay k’olgan hukmdorlarning g’azab va nafratini kuchaytirib yuborgandi. Aynik’sa, Islom fathi tufayli ink’irozga yuz tutgan Irok’ va Eron davlatlaridagi mansabdorlarning Islom fotihlariga adovati cheksiz edi. Eronning ko’zga ko’ringan hukmdorlaridan Xurmuzon urushda asir tushib, Madinaga keltirilgan, hazrati Umarga hiyla ishlatib, o’z jonini sak’lab k’olgandi. Madinada undan boshk’a o’z mol-mulki, mansab-martabasidan ajrab k’olgan ko’pgina a’yonlar ham yashab turgandi. Bu ham bir siyosat edi, yovuz dushmanning ko’z o’ngingda turgani yaxshirok’ edi.
Ana shunday alamzada va dushman kimsalar anchadan buyon musulmonlarning odil xalifasi joniga k’asd k’ilishni niyat k’ilib yurishgandi. Bir kuni ular Mug’iyra ibn Shu’ba xonadoniga to’planib, hazrati Umarni jismonan yo’k’ k’ilish rejasini tuzishdi. Bu ishni Shu’baning k’uli Abu Lu’luaga topshirishdi. Bu k’ul o’zi eronlik nasroniy bo’lgani uchun musulmonlarga adovati va nafrati cheksiz edi, ular zarariga har k’anday k’abih ishdan k’aytmasdi.
Abu Lu’lua k’anday janjal chik’arishni bilmasdi. Bir gal k’ul dunyoning yarmiga hukmronlik k’ilib turgan xalifani ko’chada to’xtatib, o’z hayotidan, musulmonlardan ozor chekayotganidan shikoyat k’ilib zorlandi. Xalifa uning o’rnida boshk’a odam bo’lganida k’ul bilan, buning ustiga nasroniy k’ul bilan gaplashib ham o’tirmasdi. Ammo hazrati Umar uning shikoyatini batafsil tingladilar, ahvolini yaxshilashga doir maslahatlar berdilar. Ammo ichi alamga to’lgan k’ul shunda ham tinchimadi. Amirga ochik’dan-ochik’ tahdid k’ilib, hak’orat k’ila boshladi. Ammo xalifa atroflarida to’plangan olomonni hayratga solib, k’ulning hak’oratlariga, tahdidlariga e’tibor bermay, o’z yo’llarida ketaverdilar.
Ammo badbaxt Lu’lua nima k’ilib bo’lsayam hazrati Umarni o’ldirishga k’asd k’ilgandi. O’sha kuni kechk’urun bir xanjar topdi, uni yaxshilab charxladi, o’tkir og’u bilan zaharlab tayyorlab k’o’ydi. U tong ok’armay turib, hazrati Umarning bomdod o’k’ish uchun masjidga kelishlarini poylab turdi.
Xalifa namozga juda erta kelardi, shuning uchun masjidda k’avm hali to’la to’planmagan edi. K’ul masjid ichigi kirib yashirindi. K’o’lidagi xanjarni shay k’ilib, yuragi duk-duk urib, hazrati Umarning namoz boshlashlarini kutib turdi. Chunki u xalifaning har k’anday holatda ham namozni buzmasligini eshitgandi.
Mana, xalifa mehrobga o’tdi. Ikki k’o’lini k’ulok’lariga yak’inlashtirib, «Alloh akbar», dedi. Ortda turganlar ham guvranib k’o’shilishdi. Xalifa k’iroatni boshladi. Hamma churk’ etmay, some’ bo’lgan, pashsha uchsa, eshitilguday sukunat hukmron edi. Suik’asd uchun bundan ortik’ imkoniyat bormi? Abu Lu’lua xanjarini mahkam changallaganicha, bekingan joyidan chik’ib, mehrobga k’arab yurdi. O’ech narsadan bexabar holda Allohning kalomini k’iroat k’ilayotgan xalifaga yak’inlashib, uning bo’yni, elkasi aralash olti eriga xanjarini jon-jahdi bilan sanchib, botirib oldi. Xalifaning yonida Amr ibn Maymun va Abdulloh ibn Abbos turishgandi. Hazrati Umar (r. a.) ruku’ga ketdilar-da, birdan «Uh, meni o’ldirdi, ushlanglar», deya k’ichk’irib yubordilar. Abu Lu’lua hazrati Umarning bir necha joylariga xanjar urishga ulgurgan edi. Hazrati Umarning xitoblaridan so’ng u namozxonlar orasidan otilib chik’di-da, o’ngu-so’lida uchragan har bir odamga xanjar ura boshladi. Shu tarik’a bir pasda u o’n uch kishini jarohatladi, ulardan etti kishi o’ldi.
Bu hodisani ko’rib turgan musulmonlardan biri burnusi (choponi)ni echib, k’ulning ustiga otdi. Shunda boyagi k’otil k’o’lga tushganini sezib, o’ziga xanjar sanchib o’ldirdi. Hazrati Umar (r. a.) yig’ilib ketmaslik uchun Abdurahmon ibn Avfning k’o’lidan ushlab k’oldilar. Fojiani fak’at xalifaning ortida turganlargina ko’rib, u kishiga yordamga shoshilishdi. Ork’a safdagilar bundan tamoman bexabar, hazrati Umarning ovozi to’xtab k’olganidan taajjublanib: «Subhonalloh, subhonalloh», deyishardi.
Hazrati Umar (r. a.) ko’p k’on yo’k’otganliklaridan holdan toyib k’olgandilar. Shuning uchun o’rnilariga Abdurahmon ibn Avfni imomlikka k’o’ydilar. U kishi namozxonlarga imom bo’lib, namozni tezda tugatdilar. Namozxonlar masjiddan chik’ib bo’lishgach, hazrati Umar buyurdilar: «Ey ibn Abbos, menga kim suik’asd k’ilganini bilib kel!» Ibn Abbos chik’ib ketib, birozdan so’ng k’aytib keldi va: «Sizga suik’asd k’ilgan Mug’iyraning nasroniy k’uli ekan», dedi. Hazrat Umar (r. a.): «As-Sunu’mi?» — deb so’radilar. Ibn Abbos tasdik’ k’ildi. Hazrat Umar (r. a.): «Uni Alloh taolo halok k’ildi. Men unga amru ma’ruf k’ilgan edim. Alloh taologa shukrkim, U meni musulmonning k’o’li bilan o’ldirmadi. Ey ibn Abbos, sen va otang Madinada ulujlarning ko’p bo’lmog’ini istar edingizlar!» deya undan o’pkaladilar. Darhak’ik’at, Ibn Abbos va uning otasi ulujlarni, ya’ni arab bo’lmagan kofir k’ullarni Madinada ko’paytirish tarafdori bo’lib, ularning ajamiy k’ullari boshk’asidan ko’prok’ edi. Xijolatda k’olgan ibn Abbos: «Agar istasangiz, ularni o’ldiramiz», dedi. Bunga javoban hazrati Umar (r. a.): «Ikkalangiz o’z tillaringiz bilan «Madinada ajamiy k’ullarni ko’paytiraylik», deganingizdan keyingi bu gaping yolg’ondir, endi bo’lar ish bo’ldi, o’z k’iblalaringizga k’arab namozlaringizni o’k’iyveringlar, hajlaringizni ado etaveringlar», dedilar.
Hazrati Umarni uylariga olib ketishdi. Madina ahli, uzok’-yak’indagi musulmonlar bu dahshatli k’otillikdan gangib k’olishgandi. Xalifaning k’attik’ yaralanganini eshitgan musulmonlarning ko’zidan yosh jalasi k’uyilar, dushmanlar shod, masrur edi. Ba’zilar «Hech nima k’ilmaydi, tezda tuzalib ketadilar», deya o’ziga tasalli bersa, boshg’alar u kishining sog’lik’laridan xavotirga tushib, o’zini k’o’ygani joy topolmasdi.
Xalifa huzuriga tabib olib kelishdi. U bemorga sharbat, sut ichirib ko’rdi. Ikkovi ham jarohat o’rnidan ok’ib chik’di. Buni ko’rgan tabib afsuslanib bosh chayk’adi: «K’iladigan ishingizni k’ilib oling, ey amiral mo’minin, jarohatingiz xiyla og’ir!»
Hamma hazrat Umarning huzurlariga kirib, u kishiga tasalli, hamdardlik izhor k’ildi. So’ngra bir ansoriy yigit kirib kelib, shunday dedi: «Ey mo’minlar amiri, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sahobiylik k’ilganingiz hamda Islomda o’zingizga ma’lum shijoatkorligingiz tufayli Alloh taolo jannatiy ekanligingiz xususida k’ilgan bashoratidan xursand bo’lingiz! Keyin adolat bilan xalifalik k’ildingiz, buning ustiga, mana sizga shahidlik ham nasib etib turibdi».
Bu k’izg’in gaplarni indamay eshitgan xalifa: «Shoyad shunday bo’lsa! Ey jiyanim, ammo bular mening na Alloh taolo oldidagi hisob-kitobim va na Uning bandasiga beradigan k’arzim uchun kifoya k’ilmas edi», dedilar. Keyin o’g’illarini chak’irib: «Ey Abdulloh ibn Umar, k’ara-chi, k’ancha k’arzim bor ekan?» — deb so’radilar. Hisoblab chik’ishsa, dunyoning yarmiga hukmronlik k’ilgan va Arabistonni oltin-kumushga ko’mib yuborgan xalifaning sakson olti ming dirham k’arzlari bor ekan. O’nlaridan esa 30-40 dirham pul chik’di. Shunda hazrati Umar (r. a.) o’g’illariga topshirik’ berdilar: «Agar k’arzimni uzishga Umar oilasining mol-mulki etsa, uni to’lagin, basharti etmasa, Bani Adiy ibn Ka’b k’abilasidagi k’arindoshlarimdan so’ra, ammo ularni o’zgalar k’oshiga bormok’k’a majburlama, ular bergan mol-mulknigina k’arzimga to’la! Hozir esa mo’minlar onasi Oisha roziyallohu anhoning huzurlariga borgil-da: «Otam Umar sizga salom aytdilar», deb aytgin, ammo «Mo’minlar amiri salom aytdilar», demagin, chunki men bugundan e’tiboran mo’minlarning amiri emasman. So’ng «Otam Umar ibn al-Xattob ikki do’stlari yoniga dafn k’ilinmok’lariga sizdan ijozat so’rayotirlar», deb aytgin».
O’g’illari hazrati Oishaning huzuriga kirishga ruxsat so’radilar va otalarining iltimoslarini etkazdilar. Oisha onamiz: «Men o’zimning ular yoniga dafn k’ilinmog’imni orzu k’ilar edim, ammo bugun bunga o’zimdan ko’ra hazrat Umarni munosibrok’ ko’rurman», dedilar.
Ibn Umarning k’aytib kelganini hazrati Umarga ma’lum k’ilishdi. Shunda u kishi boshlarini yostik’dan biroz ko’tarib k’o’yishni so’radilar va o’g’illariga «K’anday javob keltirding?» — dedilar. Ibn Umar: «Ey mo’minlar amiri, siz istagan javobni keltirdim, ul muhtarama ijozat berdilar», dedi. Hazrati Umar chuk’ur k’onik’ish bilan: «Alhamdulillah, mening uchun ikki do’st yoniga dafn k’ilinmog’imdan ko’ra muhimrok’ narsa yo’k’ edi!» — dedilar.
So’ngra mo’minlar onasi Xafsa (hazrati Umarning k’izlari) bir necha ayollar bilan kirib kelishdi. Erkaklarni ko’rib, ayollar tashk’arida k’olishdi, birgina Xafsaning yolg’iz o’zlari hazrati Umarning huzurlariga kirib, tepalarida bir muncha vak’t yig’lab o’tirdilar. To’planganlar hazrati Umarga: «Ey mo’minlar amiri, vasiyat k’ilib, biror kishini o’rningizga xalifalikka k’oldiring», deyishdi. Shunda Umar (r. a.): «Men bu ishga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafotlari oldida roziliklarini bildirgan o’shal kishilardan ko’ra hak’lirok’ biror odamni topmadim. Janob Rasululloh o’shanda Ali, Usmon, Zubayr, Talha, Sa’d va Abdurahmonni tilga olgan edilar. O’g’lim Abdulloh ibn Umar esa mening oldimda «Xalifalikni talab k’ilmayman», deb so’z beradi. Uning xalifalik xususida hech k’anday hak’-huk’uk’i yo’k’ bo’lib, mening bu vasiyatim uning uchun xalifalikni talab k’ilmok’dan tiyib turuvchi bir ulug’ hay’at kabidir. Agar xalifalik Sa’dga nasib etsa, bu Alloh taoloning irodasidur. Basharti nasib etmasa, k’aysi biringiz ham xalifa bo’lsangiz, o’z ishingizda unga suyaning, chunki men uning ojizligu xiyonat k’ilganini sira bilmayman», — dedilar.
Keyin yostik’dan boshlarini arang ko’tarib, to’planganlarga so’nggi vasiyatlarini aytdilar: «Mening o’zimdan keyingi xalifaga k’iladigan vasiyatim shuki, avvalgi muhojirlarning hak’-huk’uk’larini e’tirof k’ilib, ularning izzat-hurmatini joyiga k’o’ysin! Madinaga va iymonni k’alblariga jo etgan ansorlarga yaxshilik k’ilsin, ularning yaxshi ishlarini k’abul aylab, yomonlarini kechirsin! Men unga yana bunday vasiyat k’ilurman: shahar ahliga yaxshilik ko’rsatsin, chunki ular Islom tayanchi, mol yiK’uvchi va dushmanga k’iron keltiruvchi bo’lib, ulardan rozi k’ilib ortik’cha mollarigina olinadi. Men unga yana bunday deb vasiyat k’ilurman: badaviylarga yaxshilik k’ilsin, chunki ular arablarning ildizi va Islom o’zagi bo’lib, ularning sarxil bo’lmagan mollaridan olinib, fak’irlariga k’aytariladi. Men unga yana bunday deb vasiyat k’ilurman: «Alloh taolo va uning Rasuli zimmasidagi (ya’ni, zimmiylar bilan musulmonlar o’rtasidagi) ahdnomaga vafo k’ilsin, zimmiylarni himoya aylasin, ularga tog’atlari etadigan yuknigina yuklangizlar!»
Hazrati Umar (r. a.) yuk’oridagi vasiyatni aytib bo’lgach, hijriy 23 (milodiy 645) sananing 27-zulhijja kuni og’ir jarohatlardan tuzala olmay, jonni Hak’k’a topshirdilar. Janozalari masjidda o’g’ildi, Suhayb Rumiy imom bo’ldilar. Tobutlarini ko’targan yuzlab kishilar Oisha onamizning hujralari tomon yo’l olishdi. Abdulloh ibn Umar u muhtaramaga salom berib: «Umar ibn al-Xattob ikki do’stlari yoniga dafn k’ilinmok’liklariga izn so’rayotirlar!» — dedi. Oisha onamiz: «Tobutni hujramga olib kiraveringlar», dedilar. Hazrati Umarning (r. a.) jasadlari hujrai saodatga olib kirilib, ikki do’st yoniga dafn etildi. Shunday k’ilib, hazrati Umarning (r. a.) xalifalik davrlari o’n yilu olti oy davom etdi. Bu zot ham vafot etganlarida, Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom kabi 63 yoshda edilar.
Amiral mo’minin hazrati Umar jisman vafot topgan esalar-da, u zotning Alloh yo’lida, Uning dini ravnak’i yo’lida olib borgan ishlari, ulug’ xizmatlari, jasorat va fidoyiliklari musulmonlar olamida yaxshilik va adolat timsoli sifatida yashab kelyapti. Rasuli akram (s. a.v.) Umar (r. a.) hak’larida: «Alloh taolo to’g’rilikni Umarning tiliga va k’albiga soldi», degandilar. YAna hazrati Umarga «Islom davlatini boshidan to’g’ri asosga bino k’ilgan zot», deb ta’rif berilgan edi. Alloh taolo barcha ashobi kiromlar k’atori hazrati Umar ibn Xattobdan rozi bo’lsin!

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.