Hamdostlik kubogi musobakasi ozarboyjonda kayta tiklanishi mumkin — ozbekiston

Hamdostlik kubogi musobakasi ozarboyjonda kayta tiklanishi mumkin — ozbekiston

Hamdo’stlik kubogi musobak’asi ozarboyjonda k’ayta tiklanishi mumkin — o’zbekiston

2016 yilda tugatilgan Hamdo’stlik chempionlari kubogi k’ayta tiklanishi mumkin.
«Izvestiya» nashrining xabar tark’atishicha, Ozarboyjan futbol federasiyalari assosiasiyasi (OFFA) ushbu musobak’aning huk’uk’ini o’ziga berishni so’rab Rossiya futbol ittifok’iga murojaat k’ilgan.
Agar RFI turnirni OFFAga berishga k’aror k’ilsa, Hamdo’stlik kubogi avvalgi formatiga k’aytariladi. Unda yana sobik’ ittifok’ respublikalarining chempionlari ishtirok etadi. Musobak’a 2012-2016 yillarda MDH mamlakatlarining yoshlar terma jamoalari (U-21) ishtirokida o’tkazilgandi.
RFI prezidenti Vitaliy Mutko «Izvestiya»ga bergan intervyusida musobak’ani k’ayta tiklashning bir nechta variantlari mavjudligini ta’kidlagan.
— Hamdo’stlik kubogini k’ayta tiklash masalasi hak’ik’atan ham kun tartibida turibdi, — deydi Vitaliy Mutko. — YAk’inda biz ushbu g’oyani UEFA rahbari Aleksandr Cheferin bilan birga muhokama k’ildik. Hozirda bizda bir nechta variantlar bor. Biz MDHning top-klublari ishtirokidagi formatga k’aytamiz hamda turnir yopik’ manejlardan tabiiy maydonlarga ko’chiriladi. Musobak’a yanvar oyida o’tkazilishi inobatga olib, uni janubga ko’chirish lozim. Balki, Hamdustlik kubogi Sochidagi «Fisht» stadionida o’tkazilar. Shuningdek, turnir Ozarboyjonda o’tkazilishi mumkin. OFFA bizga bergan taklif ham tijoriy, ham tashkiliy jihatdan juda k’izik’arli. Hozirda Ozarboyjonda futbolga, umuman sportga k’izik’ish yuk’ori darajada.
Ozarboyjondagi Hamdustlik kubogi mukofot jamg’armasi 1 — 1,5 mln evro atrofida bo’ladi. Bu esa Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldova, O’zbekiston va boshk’a mamlakatlar chempionlari uchun motivasiya bo’lib xizmat k’iladi hamda ular Bokuga asosiy tarkib bilan ishtirok etishadi.

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.