Har bir tuman va shaharda prezident xalk kabulxonasi ochiladi — ozbekiston

Har bir tuman va shaharda prezident xalk kabulxonasi ochiladi — ozbekiston

Har bir tuman va shaharda prezident xalk’ k’abulxonasi ochiladi — o’zbekiston

O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 dekabr kuni «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida»gi farmonni imzoladi. Hujjat O’zA tomonidan e’lon k’ilindi.
Farmonda k’ayd etilishicha, sentyabr so’ngida ochilgan bosh vazir virtual k’abulxonasi k’isk’a davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshk’aruvi, xo’jalik boshk’aruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuk’arolar o’rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.
Tahlillar shuni ko’rsatdiki, murojaatlarning aksariyat k’ismi tadbirkorlik sub’ektlarining rivojlanishiga xalak’it berayotgan to’sik’ va g’ovlarni bartaraf etish, k’onunchilikka zid bo’lgan idoraviy k’arorlarni bekor k’ilish, ishga joylashish, sog’lik’ni sak’lash, bank kreditlaridan erkin foydalanish, uy-joy-kommunal va yo’l-transport xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sud, huk’uk’ni muhofaza k’iluvchi va nazorat organlarining faoliyati yuzasidan kelib tushmok’da.
Ayni paytda, farmonda keltirilishicha, virtual k’abulxona faoliyati «davlat organlarining murojaatlar bilan bog’lik’ ishni tashkil etishda ularni ko’rib chik’ish tartibi va muddatlariga, rasmiyatchilik, byurokratizm va sansalorlik holatlariga doir k’ator tizimli kamchiliklarni anik’ladi».
2017 yil «Xalk’ bilan mulok’ot va inson manfaatlari yili» deb e’lon k’ilingani munosabati bilan hamda aholining O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual k’abulxonasi ishi to’g’risidagi ko’plab ijobiy fikrlarini e’tiborga olib, barcha darajadagi davlat organlari faoliyatida «Xalk’ davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalk’imizga xizmat k’ilishi kerak» degan tamoyilni amalda k’aror toptirish, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish mak’sadida O’zbekiston Prezidenti devoni ishlar boshk’armasining Fuk’arolar k’abulxonasi negizida O’zbekiston Prezidentining Xalk’ k’abulxonasi va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual k’abulxonasi tashkil etish ko’zda tutilgan. K’orak’alpog’iston Respublikasi, viloyatlar va

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.