Hazrati ali roziyallohu anhuning zuhdi — ozbekiston

Hazrati ali roziyallohu anhuning zuhdi — ozbekiston

Hazrati ali roziyallohu anhuning zuhdi — o’zbekiston

Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu o’ta kambag’al va dunyo ishlariga zohid bo’lganliklaridan ularning hayotlari ik’tisodiy tanglik ila o’tar edi. Bu hak’ik’at mo’’tabar hadis, siyrat va tarix kitoblarimizda kelgan ko’plab rivoyatlarda o’z aksini topgan.
Imom Abu Dovud va boshk’alar keltirgan rivoyatda hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu k’uyidagilarni aytadilar:
«Bir necha kungacha bizning huzurimizda ham, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida ham biror narsa bo’lmasdan turib k’oldik. Ko’chaga chik’sam, yo’lda bir dinor tushib yotibdi. Uni olsammikan yoki olmasammikan, deb bir muddat turdim. Keyin o’zimizga etgan og’irlikni o’ylab, uni oldim. Savdogarlarning oldiga borib, un sotib oldim va Fotima roziyallohu anhoning oldiga olib kelib, «Xamir k’ilib, non yop», dedim. U xamir k’ilishga tutindi. K’uvvatsizlikdan xamir k’ilayotganida peshona sochi jomning chekkasiga tegib ketay der edi. Oxiri u nonni pishirdi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, xabarni aytdim. U zot: «Eyaveringlar. U Alloh azza va jalla tomonidan sizlarga berilgan rizk’dir», dedilar».
Hannod Dinavriy Sha’biydan keltirgan rivoyatda hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu k’uyidagilarni aytadilar:
«Muhammad sollallohu alayhi vasallamning k’izlari Fotima roziyallohu anhoga uylanganimda mening ham, uning ham bir k’o’y terisidan boshk’a to’shagimiz yo’k’ edi. Kechasi ustida uxlar edik, kunduzi unda suvchi tuyamizga em berar edik. Mening undan (Fotimadan) boshk’a xizmatchim yo’k’ edi».
Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va boshk’alar keltirgan rivoyatda Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu k’uyidagilarni aytadilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishiga Fotimani nikohlab berganlarida u bilan birga teridan bo’lgan yopinchik’, ichiga xurmo fatilasi solingan yostik’, tosh tegirmon, suvidish va ikkita meshcha yuborgan ekanlar (Fotima onamizning seplari mazkur narsalardan iborat bo’lgan).
Bir kuni Ali Fotimaga:
«Alloh hak’k’i, k’uduk’dan suv tortaverib ko’kragim og’rib ketdi. Alloh otangga asirlar berdi. Borib, birorta xizmatchi so’rasang k’anday bo’larkin?» dedi.
Fotima: «Men ham tosh tegirmonni aylantiraverib k’o’llarim k’avarib ketdi», dedi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga:
«Nimaga kelding, k’izim?» dedilar.
«Sizga salom bergani kelgan edim», dedi Fotima va u zotdan so’rashga hayo k’ilib, ortiga k’ayt­di.
«Nima k’ilding?» dedi Ali.
«U zotdan so’rashga hayo k’ildim», dedi.
Keyin ikkovlari birgalashib Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borishdi va Ali:
«Ey Allohning Rasuli! K’uduk’dan suv tortaverib ko’kragim og’rib ketdi», dedi.
«Men ham tosh tegirmonni aylantiraverib k’o’llarim k’avarib ketdi. Alloh sizga asirlar va kenglik berdi. Bizga xizmatchi bering», dedi Fotima.
«Allohga k’asamki, sizlarga berib, ahli suffalarni ochlikdan k’orinlari burishib turgan holda k’o’ya olmayman. Men ularga bergani nafak’a topolmay turibman. Ularni (asirlarni) sotib, tushgan mablag’ni o’shalarga infok’ k’ilmok’chiman», dedilar.
Ikkovlari k’aytib ketishdi.
Ular k’atiyfa, ya’ni teridan bo’lgan yopinchik’lariga kirib yotganlarida Nabiy sollallohu alayhi vasallam oldilariga keldilar. Ikkovlari uni boshlariga yopsalar, oyok’lari ochilib k’olar, oyok’lariga yopsalar, boshlari ochilib k’olar edi. Ular sapchib turdilar. U zot:
«Joyingizdan k’imirlamang! Men sizlarga mendan so’ragan narsangizdan ko’ra yaxshirok’ narsaning xabarini beraymi?» dedilar.
«Ha», deyishdi.
«Bir kalimalarki, ularni menga Jabroil o’rgatdi. Har namozdan keyin o’n marta Allohga tasbeh aytasizlar, o’n marta hamd aytasizlar, o’n marta takbir aytasizlar. To’shaklaringizdan joy olganingizda esa o’ttiz uch marta tasbeh aytinglar, o’ttiz uch marta hamd aytinglar. O’ttiz to’rt marta takbir aytinglar», dedilar u zot.
Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu:
«Allohga k’asamki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganimdan buyon ularni tark k’ilganim yo’k’», dedi».
Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu xalifa bo’lishlaridan avval juda ham sodda ki­yinganlar, xalifa bo’lganlaridan keyin ham mazkur odatlariga sodik’ k’olib, sodda va kamtarona ki­yinishni tark etmadilar.
Abu Nu’aym Abu Sa’id Azdiydan rivoyat k’iladi:
«Ali roziyallohu anhuni bozorga kelganida ko’rdim. U: «Kimda uch dirhamlik butun ko’ylak bor?» dedi. Bir odam: «Menda», dedi.
Uni olib kelgan edi, ma’k’ul keldi. «Bu yaxshirok’ shekilli», dedi. Haligi odam: «Yo’k’, bahosi o’shaning o’zi», dedi. Alining kiyimi ichidan bog’lab k’o’yilgan dirhamlarni olib berganini ko’rdim. Uni kiygan edi, engi barmok’laridan uzun keldi. Barmok’laridan ortib turgan joyini kesishga amr k’ildi».
Abu Nu’aym Amr ibn K’aysdan rivoyat k’iladi:
«Aliga: «Ey mo’minlarning amiri, nima uchun ko’ylagingizni yamab yurasiz?» deyildi. «K’albning xushu’si uchun va mo’minning ik’tido k’ilishi uchun», dedi».
Abu Nu’aym Zayd ibn Vahbdan rivoyat k’iladi:
«Alining huzuriga Basra ahlining hay’ati keldi. Ularning ichida xavorijlardan Ja’d ibn Ba’ja degan odam ham bor edi. U Alining kiyimini aybladi. Shunda Ali: «Kiyimimga nima bo’libdi?! Kibrdan uzok’rok’, musulmonning ik’tido k’ilishiga loyik’rok’», dedi».
Imom Abdulloh ibn Muborak Zayd ibn Vahbdan rivoyat k’iladi:
«Huzurimizga Ali roziyallohu anhu chik’di. Uning ustida rido bilan izor bo’lib, uni latta bilan bog’lab olgan edi. Unga: «Bu k’anday bo’ldi?» deyishgan edi, «Men bu ikki kiyimni havolanishdan uzok’rok’ bo’lish uchun, namozimda k’ulayrok’ bo’lishi uchun va mo’minga sunnat bo’lishi uchun kiyaman», dedi».
Imom Bayhak’iy bir kishidan rivoyat k’iladi:
«Ali roziyallohu anhuning ustida dag’al izor ko’rdim. U: «Buni besh dirhamga sotib oldim. Kim menga bir dirham foyda bersa, unga sotaman», dedi».
YA’k’ub ibn Sufyon Mujammi’ ibn Sam’ondan rivoyat k’iladi:
«Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu k’ilichini bozorga olib chik’di va: «Kim mening mana shu k’ilichimni sotib oladi? Agar izor olish uchun to’rt dirhamim bo’lganida, buni sotmas edim», dedi».
Abu Nu’aym yana Ali roziyallohu anhu Akbaroga omil k’ilgan sak’iflik bir kishidan rivoyat k’iladi:
«U erda namozxonlar yashamas edi. U (hazrati Ali) menga: «Peshin bo’lganda oldimga borgin», dedi. Borsam, uning k’orovuli ham yo’k’ ekan. Meni undan hech kim to’smadi. Kirsam, oldiga bir ko’zada suv bilan kosa k’o’yib olib o’tirgan ekan. U mahkamlangan sopol ko’zani keltirishni amr k’ildi. Ichimda: «Ish zo’r bo’ldi-ku, menga javharmi yoki yana kim biladi, biror narsa beradiganga o’xshab k’oldi», dedim. K’arasam, muhri ham bor. Bir payt u muhrni sindirdi. K’arasam, uning ichida tolk’on bor ekan. U undan kosaga soldi, ustidan suv k’uyib, o’zi ichdi va menga ham ichirdi. Sabrim tugab:
«Ey mo’minlarning amiri! Irok’da turib, shunday k’ilasizmi?! Irok’ning taomi bunda ko’p-ku!?» dedim.
«Allohga k’asamki, uni baxilligim uchun muhrlab k’o’yganim yo’k’. Lekin men o’zimga kifoya k’iladiganini sotib olaman va tugab k’olib, boshk’a narsa k’ilishdan xavf k’ilaman. Buni shu mak’sadda sak’layman. K’ornimga pok narsadan boshk’a kirishini xush ko’rmayman», dedi».
A’mash roziyallohu anhudan rivoyat k’ilinadi:
«Ali roziyallohu anhu tushlikka ham, kechk’urun­ga ham Madinadan keltirgan narsasini er edi».
Abu Nu’aym Abdulloh ibn Sharikdan, u bobosidan rivoyat k’iladi: «Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga folunj keltirishib, oldiga k’o’yishdi. Shunda u: «Sening hiding yok’imli, ranging go’zal, ta’ming totli, lekin men nafsimni o’rganmagan narsasiga o’rgatishni xohlamayman», dedi».
Imom Buxoriy «Adabul-Mufrad»da kiyimfurush Solihdan, u momosidan rivoyat k’iladi:
«Ali roziyallohu anhuning bir dirhamga xurmo sotib olib, dastro’moliga solib, ko’tarib ketayotganini ko’rdim. Bir odam: «Ey mo’minlarning amiri, sizning o’rningizga men ko’taray», dedi. «Yo’k’. Oila boshlig’i o’zi ko’targani yaxshi», dedi u».
Ibn Asokir Zozondan rivoyat k’iladi:
«Ali roziyallohu anhu voliylik vak’tida bozorlarda yolg’iz o’zi yurar edi. Adashganga yo’l ko’rsatar, yo’k’olgan narsani e’lon k’ilar va zaifga ko’mak berar edi. Savdogar va bak’k’ollarning oldidan o’tganda, «Biz o’sha oxirat diyorini er yuzida baland ketish va buzg’unchilikni istamaydiganlar uchun (ato) k’ilurmiz» oyatini tilovat k’ilar va: «Ushbu oyat odamlarga voliy va ahli k’udrat bo’lganlardan adolatli va tavozelilari hak’ida nozil bo’lgan», der edi».
Ibn Sa’d va Ibn Abdul Barr Jurmuzdan rivoyat k’iladilar:
«Ali roziyallohu anhuning k’asrdan chik’ib kelayotganini ko’rdim. Ustida k’atariy ikki kiyim: boldirining yarmidan keladigan izor va unga yak’in shimarib olingan rido bor edi. K’o’lida darra bilan bozorda yurib, Allohga tak’vo k’ilishga, savdoni yaxshi k’ilishga amr k’ilar: «O’lchash va tortishni to’lik’ k’ilinglar! Go’shtni puflamanglar!» der edi».
Imom Ishok’ ibn Rohavayh, Imom Ahmad va boshk’alar Abu Motardan rivoyat k’iladilar:
«Masjiddan chik’sam, birov ortimdan «Izoring­ni ko’tar, o’sha Robbing uchun tak’vodir, kiyiming uchun safodir. Agar musulmon bo’lsang, sochingni k’isk’artir!» deb nido k’ilib k’oldi. K’arasam, Ali ekan. Darrasi ham bor. U tuya bozoriga bordi va: «Savdo k’ilinglar, ammo k’asam ichmanglar! K’asam molni o’tkazadi, lekin barakani ketkazadi», dedi.
Xurmochining oldiga borgan edi, xodima yig’lab turgan ekan. «Nimaga yig’layapsan?» dedi.
«Manavi menga bir dirhamga xurmo sotgan edi, xo’jayinim uni k’abul k’ilmadi», dedi u.
«Buni olib, unga bir dirham ber, uning ishi o’z ixtiyorida emas», dedi. Xurmochi ko’nmagandek bo’ldi. Men unga: «Bu odamning kimligini bilmaysanmi?» dedim. «Yo’k’», dedi. «Ali-ku, mo’minlarning amiri!» dedim. U darhol xurmosini olib, bir dirham berdi va: «Mendan rozi bo’ling, ey mo’minlarning amiri», dedi. Ali: «Ularga vafo k’ilsang rozi bo’laman», dedi-da, xurmochilarning k’atoridan o’tib ketayotib, «Miskinlarni taomlantiringlar, kasbingizga baraka kiradi», dedi. Keyin balik’furushlarning oldiga borib: «Bizning bozorda suvda o’zi o’lib k’olgan balik’ sotilmaydi», dedi. So’ngra kiyimfurushlarning oldiga bordi. U karobis, ya’ni paxta bozori edi. (Ali bir kishiga) «Ey shayx, menga uch dirhamga bir ko’ylakni yaxshi savdo k’ilasanmi?» dedi. Savdogar uni tanib k’olib, undan biror narsa sotib olmadi. Keyin boshk’asining oldiga bordi. U ham tanib k’olgan edi, undan ham biror narsa sotib olmadi. Oxiri bir yosh bolaning oldiga borib, undan uch dirhamga bir ko’ylak sotib oldi. Kiygan edi, ikki k’o’lining kaftiga yak’in joyidan va to’pig’idan keldi. Kiyimning egasi kelgan edi, «O’g’ling mo’minlarning amiriga bir ko’ylakni uch dirhamga sotdi», deyishdi. U o’g’lini: «U kishidan ikki dirham olsang bo’lmasmidi!?» deb koyidi va bir dirhamni olib, Alining oldiga kelib, «Manavi dirhamni oling», dedi. «Unga nima bo’pti?» dedi Ali. «Ko’ylakning bahosi ikki dirham edi. O’g’lim sizga uch dirhamga sotibdi», dedi u. «U rozi bo’lib sotdi, men rozi bo’lib oldim», dedi Ali».
Askariy Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat k’iladi:
«Uch narsa tavozening boshidir: uchragan kishiga avval salom berish, pastrok’ joyda o’tirishga rozi bo’lish hamda riyokorlik va xo’jako’rsinni yok’tirmaslik».
Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu Basradagi ishlarini tamomlab, Kufaga yurdilar. U kishi o’sha erdan o’zlariga k’arorgoh tutdilar. Bu erga kelganlaridan keyin k’ilgan ishlaridan birinchisi baytulmoldagi bor narsani hak’dorlarga bo’lib berish bo’ldi. Atroflaridagi kishilar, hozir zamon alg’ov-dalg’ov bo’lib turibdi, bir oz olib k’olinsa bo’larmidi, k’abilida gap k’ilsalar ham, k’ulok’ solmadilar.
Baytulmoldan hech narsa k’olmay, bor mol-mulk hak’dorlarga bo’lib berilganidan keyin hazrati Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu uni tozalashni va keyin yuvishni amr k’ildilar. Hamma aytganlari bajo keltirilganidan keyin o’sha erda ikki rak’at namoz o’k’idilar.
Keyin u kishini voliylik k’asriga taklif k’ildilar. K’asr katta va dabdabali edi. Ali ibn Abu Tolib karramallohu vajhahu uni ko’rishlari bilan fikrlarini o’zgartirdilar va ork’aga k’ayta turib:
«Bu Xabol k’asri-ku! Bunda zinhor turmayman!» dedilar.
Kufaliklar u kishini ko’ndirishga ko’p urindilar, ammo uddasidan chik’a olmadilar. U kishi:
«Mening unga hojatim yo’k’. Umar uni yok’tirmas edi», deb turib oldilar.
U kishi Kufada oddiy odamlar bilan aralashib yashadilar. Chunki bundan boshk’a narsani bilmas ham, xohlamas ham edilar. Ko’cha-ko’yda, bozorda o’zlari yolg’iz uylariga kerak ishlarni k’ilib yurgan hollari ham bo’lar edi. U kishining yukini ko’tara olmay turgan kishiga uni ko’tartirib k’o’yishlari, adashgan kishini yo’lga solib k’o’yishlari, bozorda biror narsani talashib turgan kishilarni ajratib k’o’yishlari va shunga o’xshash holatlar oddiy bir narsa edi.

Shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf
(zuhd va hayo kitobidan)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.