Hazrati usmon ibn affon roziyallohu anhu — ozbekiston

Hazrati usmon ibn affon roziyallohu anhu — ozbekiston

Hazrati usmon ibn affon roziyallohu anhu — o’zbekiston

Xalifa bo’lish, o’sha vak’tdagi dunyoning eng k’udratli jamiyatini uzok’ vak’t boshk’arib turish hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning shaxsiy sifatlariga zarracha ham salbiy ta’sir ko’rsata olmadi. U kishi avval k’anday bo’lsalar, keyin ham shunday k’oldilar. Hatto ba’zi holatlarda yana ham yaxshirok’ darajalarga o’tdilar. Ulamolarimiz hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning shaxsiy sifatlari hak’ida ko’pgina rivoyatlar keltirganlar. Keling, shulardan ba’zilarini o’rganib chik’aylik.
Abu Nu’aym «Hilyatul avliyo» kitobida Abdulmalik ibn Shaddoddan rivoyat k’iladi:
«Usmonni juma kuni minbar ustida ko’rdim. Egnida k’o’pol, bahosi to’rt dirham yoki besh dir­hamlik adaniy izor va titilgan kufiy yopinchik’ bor edi».
Imom Ahmad hamda «Sifatus-sofva» kitobining sohibi Ibn Javziy shunday rivoyat k’iladilar: «Hasandan kunduzi masjidda uxlovchilar hak’ida so’rashdi. U shunday dedi: «Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning kunduzi masjidda uxlashini ko’rganman. U o’sha payt­da xalifa edi. Turganida bik’iniga mayda toshlar botgan bo’lardi. «Shu kishi mo’minlarning amirimi?! Shu kishi mo’minlarning amirimi?!» deyishar edi».
Sharhabiyl ibn Muslimdan rivoyat k’ilinadi: «Usmon roziyallohu anhu odamlarga amirlarning taomini egizar edi. O’zi esa uyiga kirib, sirka bilan zayt (yog’) er edi».
Bayhak’iy Molikdan, u amakisidan, u otasidan rivoyat k’iladilarki, u kishi Umar va Usmon roziyallohu anhumoning Makkadan kelsalar, Mu’arrasda (Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odatda tushib, dam oladigan joyda) tushishlarini, ulovga minganlarida g’ulomni albatta mingashtirib olishlarini va o’sha holda Madinaga kirib borishlarini ko’rgan ekan. Unga: «Tavoze uchunmi?» dedim. «Ha. Odamlarni mingashtirib olishlari boshk’a podshohlarga o’xshamaslik uchun bo’lgan», dedi, keyin odamlarda o’zi ulov minib, g’ulomlari ortlaridan piyoda borish odati chik’k’anini, bu esa ayb ekanligini zikr k’ildi».
Abu Nu’aymning «Hilyatul avliyo» kitobida Maymun ibn Mehrondan rivoyat k’ilinadi:
«Menga Hamadoniyning xabar berishicha, u Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning xalifalik vak’tida xachirga minib, ortiga g’ulomi Noilni mindirib olib ketayotganini ko’rgan ekan».
Ibn Sa’d, imom Ahmad va Ibn Asokirlar Abdulloh Rumiydan rivoyat k’iladilar:
«Usmon roziyallohu anhu tahoratiga o’zi suv tayyorlar edi. Unga: «Ba’zi xodimlarga aytsang-ku, tayyorlab berishadi», deyildi. U:
«Yo’k’. Kechasi dam olish ularning hak’lari», dedi».
Ibn Sa’d Amr ibn Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat k’iladi:
«Usmon roziyallohu anhu farzand ko’rganida, uni matoga o’rab opkeltirib, hidlar edi. Unga:
«Nimaga bunday k’ilasan?» deyildi.
«Mabodo unga biror narsa bo’lib k’olsa, muhabbati k’albimda k’olsin, deb shunday k’ilaman», dedi.
Bu, albatta, kelajakda kelishi mumkin bo’lgan musibatga rozilik ila tayyorgarlik ko’rish edi.
Imom Termiziy Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning mavlosi Hone’dan rivoyat k’iladi:
«Usmon k’abrni ko’rsa, yig’lab, sok’ollari ho’l bo’lib ketar edi. Unga:
«Jannat va do’zaxni zikr k’ilsang, yig’lamaysan. K’abrni zikr k’ilsang, yig’laysan?» deyildi.
«Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «K’abr oxirat manzillaridan birinchi manzildir. Undan najot topsa, undan keyingisi osondir. Undan najot topmasa, keyingilari bundan ham shiddatlidir», deganlarini, yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «K’ay bir manzarani ko’rsam, k’abr undan ko’ra k’o’rk’inchlidir», deganlarini eshitganman», dedi».
Ibn Sa’d va Ibn Asokir Abdurrahmon ibn Hotibdan rivoyat k’iladilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalaridan hech kimning Usmon roziyallohu anhuchalik hadisni batamom va go’zal aytishini ko’rmadim. Illo, u hadis rivoyat k’ilishdan k’o’rk’ar edi».
Imom Ahmad, Abu YA’lo va Bazzor Usmon ibn Affon roziyallohu anhuning shunday deganini rivoyat k’iladilar: «Menda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat k’ilishga monelik yo’k’, holbuki u zotning sahobalari ichida eng yaxshi tushungani menman. Ammo guvohlik beramanki, men u zotning «Kim men aytmagan narsani aytdi, desa, do’zaxdagi o’rnini olaversin», deganlarini eshitganman».
Imom Ahmad va Ibn Asokir k’ilgan rivoyatda Usmon ibn Affon roziyallohu anhu: «Biror nahor yoki tunni Allohning Kitobiga nazar solmasdan o’tkazishni istamayman», dedilar.
YAna o’shalar k’ilgan rivoyatda hazrati Usmon ibn Affon roziyallohu anhu: «Agar k’alblaringiz pok bo’lsa, Allohning Kitobidan to’ymas edingiz», dedilar.

Shayx Muhammad Sodik’ Muhammad Yusuf
(zuhd va hayo kitobi)

Комментарии 0

Оставить комментарий

Ваш email не будет опубликован.