Hukumat delegasiyasi kobulda muzokaralar utkazdi — ozbekiston

Hukumat delegasiyasi kobulda muzokaralar utkazdi — o’zbekiston
20 yanvar kuni bosh vazir urinbosari, moliya vaziri Jamshid Quchqorov boshchiligidagi Uzbekiston delegasiyasi Afgonistonga amaliy tashrif bilan bordi, deya khabar qildi TIV matbuot khizmati.
Tashrif doirasida Prezident Muhammad Ashraf Gani, hukumat Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla, moliya vaziri Eklil Hakimiy va boshqa rasmiy shakhslar hamda hukumat azolari, shuningdek Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Osiyo infratuzilma investisiyalari banki rahbariyati vakillari bilan muzokaralar bulib utdi.
Kobuldagi muzokaralarda dekabrda Toshkentda bulib utgan muzokaralarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish buyicha amaliy choralar muhokama qilinib, «Mozori Sharif-Khirot» yunalishi buyicha temir yul liniyasi loyihasining moliya institutlari tomonidan tashqi moliyalashtiruv masalalari yuzasidan vazirliklararo maslahatlashuvlar utkazildi.
Uzbekiston delegasiyasi Afgoniston hukumatining Prezident Gani rahbarlik qilgan Iqtisodiy masalalar buyicha kengaytirilgan kengashi ishida ham ishtirok etdi. Muhokamalar chogida temir yul loyihasining nafaqat Uzbekiston va Afgoniston urtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni jadallashtirish, balki butun mintaqa uchun muhim ekani takidlandi.
Комментарии 0